Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti Amaliy matematika va informatika yo`nalishi 303-guruh talabasi Bobomurodov Faxriddinning Umumiy pedagogika va psixologiya fanidan tayyorlagan TAQDIMOTI Reja: 1.Psixik taraqqiyot, yosh bosqichlari va yosh inqirozlari 2.Yosh davrlar psixologiyasida bir necha kichik krizislar va katta krizislar mavjud. Inson shaxsining tarkib topishini o‘rganish davomida yuzaga kelgan sotsiogenetik konsepsiya fanda eksperimentlarning rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, XVII asrning oxiri va XVIII asrning boshlarida tabiiy fanlar jadal sur’atlar bilan rivojlana boshladi, o‘sha paytda hammaning diqqat - e’tibori mo‘jizakor tajribaga qaratilgan edi. Bu hodisa inson shaxsining tarkib topishi masalasiga ham ta’sir qilmay qolmadi Chunonchi, angliyalik olim Djon Lokk dunyoga kelgan yangi chaqaloq bolaning ruhini «top-toza taxtaga»o‘xshatadi. Uning fikricha, bolaning «top-toza taxta» tarzidagi ruhiga nimalarni yozish mutlaqo katta odamlar ixtiyorlaridadir. Ma’lumki, odam shaxs sifatida muntazam, qandaydir faoliyatda tarkib topib boradi, rivojlanadi, uning faolligi namoyon bo‘ladi. Agarda hayvonlar tevarak-atrofdagi tashqi muhitga passiv moslashib, hayot faoliyatlarida tabiatdagi, ya’ni tashqi muhitdagi tayyor narsalardan foydalansalar, odam esa tevarak-atrofidagi tashqi muhitga faol ta’sir ko‘rsatib, uni o‘z irodasiga bo‘ysundiradi hamda o‘zgartirib, o‘z ehtiyojlarini qondirishga xizmat qildiradi. Kuzatishlar jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ldi-ki, odamdagi tug‘ma irsiy mexanizmlari uning psixik rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi-yu, biroq uning mazmunini ham, shaxsiy fazilatlarini ham belgilab bera olmaydi. Ta’kidlash zarurki, muhit ham bola psixikasida rivojlantirishda muayyan rol o‘ynaydi. Faqat, buning uchun bolani o‘qitayotgan kishilarning ta’siri natijasida bola ana shu muhitni faol ravishda o‘rganib olishi, tabiiydir.
Inson shaxsi tuzilishida biologik (tabiiy) va ijtimoiy omillarning o‘zaro nisbati masalasi hozirgi zamon psixologiyasidagi eng murakkab va munozarali masalalardan biridir.
Psixologiyada shaxsda ikkita omil - biologik va ijtimoiy omillar ta’siri ostida shakllangan ikkita asosiy kichik struktura borligini alohida ta’kidlaydigan nazariya sezilarli o‘rin egallaydi
D.B.Elkoninning yosh davrlari bosqichlari shu guruhga kiradi va u ham bolalikning uch davrini farqlaydi:
Ilk bolalik
Bolalik
O‘smirlik
Yosh davrlar psixologiyasida bir necha kichik krizislar va katta krizislar mavjud. Kichik krizislarga quyidagilar kiradi: 1 yosh krizisi 7 yosh krizisi 17-18 yosh krizisi Katta krizislarga quyidagilar kiradi: Chaqaloqlik krizisi 3 yosh krizisi 13-14 yosh krizisi Chaqaloqlik davri inqirozi Bu davrda muloqot emotsional-ijobiy xarakterga ega bo‘lishi kerak. Bu esa bolada emotsional ijobiy xarakter, emotsional – ijobiy tonus shakllantiradi va bolada ham psixik, ham jismonan sog‘lom bo‘ladi. Bolani onadan bu davrda ayirish bola psixik rivojlanishida jiddiy buzilishiga olib keladi va bu bolaning butun hayotiga ta’sir qiladi. Bolani onadan ayirish bilish jarayonlarining rivojlanishiga, emotsional rivojlanishiga ta’sir qiladi. 1 yosh inqirozi Bu davr rivojlanishining ijtimoiy situatsiyasi quyidagilardan iborat: bola – predmet – katta odam. Bu davrda bola diqqat e’tibori predmetga qaratilgan bo‘ladi. Bundan tashqari bu davrda idrok, intellekt va nutq faoliyatlari rivojlanadi. 3 yosh inqirozi Bu davr krizisi haqida Elda Gepper “Uch yoshli bola shaxsi haqida” ilmiy ishida bir necha muhim belgilarni ko‘rsatib o‘tgan: 7 yosh inqirozi Bu davrda bola o‘zligini yo‘qotib qo‘yadi. Maktabgacha ta’lim muassasidan yangi ijtimoiy muhit-maktabga keladi. Bu davrda bolaning intellektual va aqliy imkoniyatlari baholanadi. O‘z-o‘zini baholash rivojlanadi. Bolaga bu vaqtda to‘g‘ri ijobiy – munosabatda bo‘lish, mehr-muhabbat berish. Bu krizisdan oson o‘tishga yordam beradi. 13-14 yosh o‘smirlik davri inqirozi O‘smirlik davrda shaxs dunyoqarashi, muloqot doirasi kengayadi. Bu davrda o‘smir uyatchan, tez hafa bo‘luvchan, agressiv, keskin harakatlar qiluvchi bo‘ladi. O‘smirlik davrini bolani ikkinchi psixologik tug‘ilishiga qiyoslasa bo‘ladi. O‘smir o‘z “Men”ini yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqadi. Ko‘pincha ota-onalar quyidagilardan norozi bo‘ladilar, shikoyat qilishadi: Bolani maktabda va uyda o‘zini to‘tishi (boshqarib bo‘lmaydi, tarbiyasiz) Xarakteridan – agressiv, birinchi o‘ringa o‘z ehtiyojlarini qo‘yadi. 17-18 yosh davri krizisi Bu davr krizisi maktab davri tugab, yangi katta hayotga qadam qo‘yish bilan belgilanadi. 17 yosh krizisi turli xil qo‘rquvlar bilan ham belgilanadi. Qilingan tanlov to‘g‘riligini, yangi hayot, xatolar qilib qo‘yish kabi qo‘rquvlar juda kuchli bo‘ladi. Yuqori xavotirlanish va qo‘rquv nevrotik reaksiya, gastrit, neyrodermit, bosh og‘rig‘i va surunkali kasalliklarni keltirib chiqaradi. Har bir ota-ona, o‘qituvchi yosh davr psixologiyasi, undagi inqirozlarni bilish tavsiya etiladi Foydalanilgan adabiyotlar: Nishonova Z.T., Alimova G.K. Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostiasi T.: TDPU 2017 – 264 b. G‘oziyev E. Ontogenez psixologiyasi Nazariy- eksperimental tahlil T.: Noshir 2010. – 356 b. Do‘stmuhamedova Sh.A., Nishonova Z.T.va boshqalar Yosh davrlari va pedagogik psixologiya T.: Fan va texnologiyalar 2013 – 343 b. Shapovalenko I.V. Vozrastnaya psixologiya (Psixologiya razvitiya i vozrastnaya psixologiya): uchebnik dlya studentov vuzov. – M.: Gardariki, 2007. –349 s.
Do'stlaringiz bilan baham: |