Kichik biznesda investitsiya va investitsiya faoliyatining nazariy asoslari
Tobora kuchaytirilayotgan kichik tadbirkorlikka e'tibor uning o’ziga xos xususiyatlaridan kеlib chiqadi:
-bozordagi talabga tеz moslasha borib, sifatli maqsulot ishlab chiqarish qobiliyati;
- nisbatan qisqa muddatlarda aholi ehtiyoji uchun zarur tovar va xizmatlarga bo’lgan talabni qondira olishi;
- dastlabki sarmoya hajmi nisbatan kichikroq hajmda ekanligi;
- tеz orada yangi ishchi o’rinlari barpo etish hamda bandlik muammosini hal etishga ko’maklashish imkoniyati;
- biznеs egasi (tadbirkor)ning bu boradagi faoliyatni amalga oshirishda bеvosita ishtiroki.
Kichik biznesni rivojlanishi va unga ta’sir etuvchi omillar tadbirkorlikning o’ziga xos xususiyatlari, afzalliklari va salbiy xususiyatlariga investitsiya ko’p jihatdan bog’liq.
Investitsiya loyihasi tushunchasi investitsiya borasida tadbirkorlik va tashabbusning natijasi sifatida vujudga kelgan hujjatlar majmuasidir. Loyihalarning ko‘lami, tuzilmasi, resurslari,qiymati va boshqalarga qarab ularni boshqarishni maxsus usullariga ehtiyoj ortib boradi .Boshqarish aslida kichik biznes tomonidan qo‘yilgan maqsadlarga erishish vazifasini , loyihani amalga oshirish muommolarini bartaraf qilish , huquo‘lar va ma’suliyatlarni jamlash vazifasini ko‘zlaydi. Iqtisodiyotni globallashuvi va integratsiyalashuvi, kichik biznesga investitsiya kiritishda chet ellik sheriklar, turli su’yektlar, moliya institutlarining ishtirok etishi, ularning harakatlari va faoliyatlarini muvofiqlashtirishni talab etadi. Faoliyatni muvofiqlashtirilmasligi loyihani amalga oshirishda muvaffaqiyatsizliklarga , kapitalni yo‘qotish riskini kuchayishiga olib kelishi mumkin. Investitsiya xususida qarolar qabul qilishda. Investitsiya loyihalarini baholash, tanlash va amalga oshirishning ilmiy asoslangan uslublaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Loyixani har xil nuqtai nazardan qarash kerak. Loyixa texnik asoslanganmi? Tijorat bo‘yicha yashovchanmi? U o‘zini-o‘zi oqlay oladimi? U iqtisodiy asoslanganmi? Loyixa atrof muhitga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Loyixa mahalliy ijtimoiy va madaniy xususiyatlarni hisobga olganmi? Loyixani amalga oshirishda tashkiliy imkoniyatlar mavjudmi? Shu bilan birga pirovard natijada ijobiy natijalar jamg‘arma harajatlardan ortadimi yoki yo‘qmi? kabilarni aniqlash kerak. Shuning uchun foyda va harajatlarni tahlil qilish loyixalashng natijasi qanday? harajatlarni kim to‘laydi va loyixaning ijobiy natijasi qachon ko‘rinadi va u kimga tegadi?. Loyixa foydasi va harajatlari quyidagi tutgan o‘rinlari bilan baholanadilar:
1.Texnikaviy tahlil: loyixa texnika jihatidan asoslanganmi ? 2.Bozor tahlili: loyixa mahsulotiga talab bormi? 3.Moliya: loyixa moliya nuqtai nazardan yashovchanmi? Loyixa uchun qilingan harajatlar iste’molchi xisobiga qaytariladimi? 4.Ekologiya: loyixa atrof muhitga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 5.Institutsional taraqqiyot: loyixa uchun javob beradigan tashkilot loyixani amalga oshirish va uni ishlatishda rahbarlik qila oladimi? 6.Loynxani ijtimoiy va madaniy munosabatlarda ishlatilishi. Loyixa mahalliy sharoitlarni aks ettiradimi? Loyixa ba’zi bir guruh odamlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadimi? 7.Iqtisod: loyixaning ijobiy natijalari uni amalga oshirishdagi va ishlatishdagi harajatlardan ustun keladimi? Loyixa qanday tavakkalchilik bilan bog‘liq?.
Ushbu vazifalarning tavsifiga quyidagilar ham bog‘liqdir: birinchidan, tadbirlar o‘tkazilishida davlat va shaxsiy manfaatlarining inobat rolini jamiyat tanlovi foydasiga (shaxsan loyixani amalga oshirilishi kimga topshirilishi) va ikkinchidan davlat loyihalari oldida qo‘yilgan maqsadga jamiyat guruhlarini o‘zaro kelishuvga erishishi. Hozirgi paytda kichik biznesni investitsiya loyihalari taklifining barqaror o‘sishi kuzatilmoqda. Shuning uchun, asosiy vazifasi kredit loyixalarni baholash natijasida eng samaralisini tanlab olish va qayta tashkil etilayotgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kichik biznes rivojini rag‘batlantirishning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish va qo‘llash maqsadga muvofiqdir.