Bosh skeleti.Kalla suyaklari: kallaning ensa, peshona, tepa, chakka, ponasimon va g’alvirsimon suyaklari. Bosh skeleti har xil tuzilishiga ega bo’lgan bir nechta juft toq suyaklarning yig’indisidan tashkil topgan. Suyaklar soni umurtqali xayvonlarnikiga nisbatan kam. Ayrimlari bir-birlari bilan birlashib murakkab bosh suyaklariga aylangan. Odam bosh skeleti, ayniqsa miya qismini, dumaloq sharsimon shaklda bo’lib, yuz qismi ayrim umurtqa xayvonlarnikiga o’xshab miya qutisini oldida emas, balki uning ostida joylashgan. Bunday past tomondan umurtqa pog’onasiga tayanib turadi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis-so’rov, zig-zag usuli, munozara, Shajara tuzish, Insert, o’z-o’zini nazorat. Adabiyotlar: A1,A2,A3,A4,Q1,Q2,Q3,Q4,Q5
Kallaning yuz suyaklari. Yuqori va pastki jag’ suyaklari, tanglay, burun, ko’z yosh, til osti suyaklari. Yuz bo’limining suyaklari yuz suyaklarining asosi, hamda ovqat xazm qilish va nafas olish tizimlarining boshlang’ich qismlarini tashkil etadi. Yuz suyaklari uning asosi va shaklini tashkil etishda yuqorigi va pastki jag’, tanglay, burun, dimog’, yonoq va til osti suyaklari kabi suyaklar ham ishtirok etadi. Bulardan tashqari yuz bo’limida ko’rish, hid bilish a’zolari joylashadigan bo’shliqlar mavjud. Yuz bo’limi suyaklaridan tashqari miya qutisi suyaklari bilan choklar Hosil qilib birikadi. Yuz suyaklari o’z vazifalariga moslashgan holda turli shaklga ega. 16 Yuqorigi jag’ suyagi juft va murakkb tuzilishga ega. Bir necha vazifalarni bajarishga moslashgan bo’lib, ko’z kosasi, burun va og’iz bo’shliqlarining shakllanishida ishtirk etadi. Chaynov apparatlari ishini ta’minlaydi. Yuqorigi jag’ suyagida tana va to’rtta o’simliklar mavjud. Tana ichida burinning o’rta yo’liga ochiladigan yuqorigi kavagi Gaymr bo’shlig’i. Suyak tanasida chakka osti va burun bo’shlig’i yuzalari haqida ma’lumotlar. Pastki jag’ suyagi toq suyak bo’lib, taqasimon shaklga ega. Ko’pchilik sut emizuvchilarda pastki jag’ suyagi juft holda saqlanib qolgan. Jag’ suyagi kalla suyagi bilan harakatchan tarzda birikadi. Tanasi va ikki tomonidan o’sib chiqqan ikkita shoxcha qismidan tashkil topganligini tariflab berish kerak.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis-so’rov, zig-zag usuli, munozara, Shajara tuzish, Insert, o’z-o’zini nazorat. Adabiyotlar: A1,A2,A3,A4,Q1,Q2,Q3,Q4,Q5
Muskullar: gavdaning yuza va chuqur joylashgan muskullari bosh, bo’yin va yuz (mimika) muskullari. Muskullar to’g’risida umumiy ma’lumot. Muskullarning vazifasi va tuzilishi. Muskullarning takomillashishi, makro va mikroskopik tuzilishi. Yordamchi aparatlari, birikishi. Morfo-fiziologik xususiyatlari. Muskullarning evolyusion taraqqiyoti haqida qisqacha ma’lumot. Tananing orqa tomonidagi muskullar. Orqaning yuza va chuqur joylashgan muskullari. Tananing old tomonidagi kukrak va qorin muskullariga tavsif. Bo’yinnig yuzada va chuqur joylashgan muskullari. Bosh (mimik va chaynov) muskullari. Yelka va chanoq kamarlari, kul va oyoqning yerkin qismi muskullari. Muskullarni vazifasiga qarab tabaqalash.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Blis-so’rov, zig-zag usuli, munozara, Shajara tuzish, Insert, o’z-o’zini nazorat. Adabiyotlar: A1,A2,A3,A4,Q1,Q2,Q3,Q4,Q5
Do'stlaringiz bilan baham: |