Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti xalmuratov m. A



Download 0,5 Mb.
bet90/155
Sana29.05.2022
Hajmi0,5 Mb.
#616027
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   155
Bog'liq
Odam anatomiyasi DENOV 20222

ORQA MIYaNING IChKI TUZILIShI Orqa miya ikki xil moddadan, ya’ni uning markazida joylashgan kulrang modda - substantia grisea va kulrang moddani o’ragan oq modda- substantia alba dan tuzilgan. Kulrang modda orqa miyaning uzunasi bo’ylab joylashgan bo’lib, oldidan orqasiga tomon cho’zilgan va birbiri bilan ko’ndalang xari bilan qo’shilgan ikki (har yarmida bittadan) kolonnadan iborat. Kolonnada oldingi kulrang ustun - columpa grisea anterior va orqa kulrang ustun - columna grisea posterior tafovut qilinadi. Kulrang moddaning (ko’ndalang xarining) o’rtasidan markaziy kanal - canalis centralis o’tadi. Uzunchoq miya markazidagi kanal bilan tutashgan bu kanal ko’ndalang xarini ikkiga, ya’ni oldingi kulrang bitishma - comissura grisea an terior va orqadagi kulrang bitishma- comissura grisea posterior ga ajratadi. Markaziy kanalning pastki, konusga yaqin qismi kengaygan bo’lib, bunga oxirgi qorincha - ventriculus terminalis deyiladi, tepa tomoni esa uzunchoq miya kanali orqali bosh miyaning IV qorinchasi bilan qo’shiladi. Orqa miya ko’ndalangiga kesilganda kulrang moddaning kapalak shaklida yoki “N” harfi shaklida ekanligini ko’rish mumkin. Ana shu kulrang moddaning oldingi qismlari bir oz kengaygan, orqa qismlari esa, aksincha, toraygan, nayzasimon bo’ladi. Oldingi kengaygan chizig’ini oldingi shoxlar - cornua anterior, orqadagi toraygan chiqiqlarni esa orqadagi shoxlar - cornua posterior deb ataladi. Oldingi va orqadagi shoxlarni bir-biriga qo’shib turgan sohani zona intermedia, ya’ni oraliq soha deyiladi. Ana shu oraliq soha birinchi ko’krak segmenti bilan uchinchi bel segmenti o’rtasida yon tomonga birmuncha turib chiqqan bo’ladi. Bu joyni tashqi (yon) shoxlar - cornua lateralea deb ataladi. Orqa miyaning bo’yin sohasida, orqa va oldingi shoxlar oralig’idagi oq modda bag’rida (kulrang modda yaqinida) ko’p tarmoqli nerv hujayralaridan iborat to’rsimon tuzilma bo’lib, bunga formatio reticularis deyiladi. Orqa shoxlarning uchlari liqildoq modda - substantia gelatinosa bilan qoplangan.
ORQA MIYaNI O’ROVChI PARDALAR Orqa miya qavatma-qavat joylashgan uch xil parda bilan o’ralgan. Eng tashqi pardaga - qattiq (qalin) parda - dura mater spinalis, undan keyingisi, ya’ni o’rtasiga - to’r parda - arachnoidea spnalis va eng ichkaridagi, miyaga tegib turgan pardaga - yumshoq parda yoki tomirli parda - pia mater (s. vasculosa) spinalis deyiladi. Bu pardalarning hammasini meninges deb ataladi. Qattiq (qalin) parda - dura mater spinalis orqa miyaning hammasini o’ragan bo’lib, uning diametri orqa miyaning diametriga qaraganda ancha kattadir. Shuning uchun ham orqa miya bu parda ichida erkin, xuddi keng haltaga solinganday bo’lib turadi. Shu bilan birga bu parda tashqi tomondan ham umurtqa devorlariga tegib turmaydi, ya’ni u bosh miyaning qattiq pardasi singari suyaklarning ichki yuzalariga mustahkam yopishib ketmaydi, suyaklarning ichki pardasi vazifasini bajarmaydi. Chunki umurtqalarning orqa miyaga qaragan yuzalari alohida, o’ziga xos parda bilan qoplangan bo’ladi. Shu parda bilan miyaning qattiq pardasi o’rtasida orqa va yon tomonlarida bo’shliq - cavum epidurale qoladi. Bu bo’shliqda limfa yo’llari, yog’ qatlami va ko’p miqdorda vena tomiri chigillari (plexus venosi vertebralis interni) turadi. Oldingi tomonda esa qattiq parda umurtqalarning orqadagi uzunasiga ketgan boylami (ligamentum longitudinale posterius) bilan birikib ketadi. Xalta ichidagi tor bo’shliqa cavum subdurale deyiladi. To’r parda - arachnoidea spinalis biriktiruvchi to’qimalardan tuzilgan juda ham yupqa parda bo’lgani uchun (uchta pardaning ichida eng yupqasi) unga to’r parda nomi berilgan. Bu parda bosh miyadagi to’r pardadan shu bilan farq qiladiki, u o’z ustidagi qattiq parda bilan ancha mustahkam birikkandir. Bunday birikish ayniqsa umurtqalararo teshiklar oldida, nerv tugunlari ustida va tishli boylam deb atalgan boylamning tishlari yopishgan joylarda yaxshi ko’rinadi. Bu pardaning muhim xususiyatlaridan yana biri shuki, u o’z ostidagi yupqa pardaga hyech qayerda tegmasdan turadi. Yumshoq parda - pia mater spinalis (s. vasculosa) orqa miyaga jipslashib yopishib turadi va o’zi ikkita pishiq varaqdan iborat bo’ladi. Ana shu varaqdan tuzilganligi bilan u bosh miyadagi yumshoq pardadan farq qiladi. Bu parda orqa miya yuzasi bilan mahkam birikib ketganligi tufayli, uni ajratib olib bo’lmaydi. U orqa miyani faqat sirtdan qoplab qolmay, balki egatlarining oralariga ham kirib boradi. Yumshoq pardada qon tomirlar juda ham ko’p bo’ladi (shuning uchun ham uning ikkinchi nomi tomirli parda - vasculosadir). Bu mayda qon tomirlar orqa miyaning o’zini oziqlantirishda ham ishtirok etadi. Ba’zi yirikroq qon tomirlar esa oldingi egat orqali miyaning ichiga ham kiradi. Conus medullarisning cho’qqisidan yumshoq parda yuqorida aytib o’tilgan oxirgi ipga (filum terminale ga) aylanib ketadi.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish