Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti xalmuratov m. A



Download 0,5 Mb.
bet126/155
Sana29.05.2022
Hajmi0,5 Mb.
#616027
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   155
Bog'liq
Odam anatomiyasi DENOV 20222

7-mashg’ulot
Mavzu. ERKIN OYOQ SKLETE SUYAKLARI. SON, KATTA VA KICHCHIK BOLDIR SUYAGI TUZILISHI (2 soat)
Kerakli materiallar va jihozlar: (material va jihozlar ikkita talabaga bir komplekt (to‘plam) tayyorlanadi):
1. odamning to’liq skeleti.
2. odamning alohida erkin oyoqsklete suyaklari suyaklari.
3. odam erkin erkin suyaklari
4. lupa.
5. mikroskop.
Vazifa Odamning oyoqsklete tuzilishini o’rganish, tarqatma materiallardan foydalanib odam oyoq suyaklarini ko‘rib chiqish.
OYOQ SUYAKLARI- Oyoq suyaklari qo’l suyaklari singari ikkita qismga bo’linadi. Birinchisi oyoq kamari (cingulum membri inferioris) bo’lib, ikki tomonda bittadan chanoq suyagidan tuzilgan. Ikkinchisi, erkin turgan qismi-skeleton membri inferioris liberi esa uch qismni tashkil qiladi. proksimal qismi- son suyagidan; 2) o’rta qismi-boldir (katta va kichik boldir) suyaklaridan hamda tizza qalpog’i suyagidan; 3) distal bo’limi - oyoq panjasi skeletidan tuzilgan.
OYOQ KAMARI SUYAKLARI Chanoq suyagi (os coxae) ikkita yalpoq chanoq yoki nomsiz suyakdan iborat bo’lib, odamning yurishida gavda og’irligini oyoqqa o’tkazadi va chanoq bo’shlig’idagi a’zolarni tashqi muhit ta’siridan saqlab turadi. Chanoq suyagining bu xildagi vazifalari uning murakkab tuzilishiga sabab bo’lgan. O’rta yashar odam chanoq suyaklarida uchta ayrim suyaklar: yonbosh suyagi (os ilium), qov suyagi (os pubis) va quymich (o’tirg’ich) suyagi (os ischii) tafovut qilinadi. Bu suyaklar 14-16 yoshga kirguncha alohida joylashadi, so’ngra tog’ay plastinkalari vositasida o’zaro qo’shiladi va keyinchalik suyaklanib, bir butun chanoq suyagini hosil qiladi. Chanoq suyagining tashqi yuzasida (uchala suyakning o’zaro birlashgan joyida) son suyagining boshi kirib turadigan quymich kosasi (acetabulum) bo’lib, gir atrofi yarimoy bo’g’im yuzasi (facies lunata) bilan o’ralgan. Uning pastki qismi quymich o’ymasi (incisura acetabuli) bilan chegaralanadi. Quymich kosasiga son suyagining boshchasi bo’g’im hosil qilib joylashadi. Quymich kosasining markazida kosa chuqurchasi- fossa acetabuli ko’rinadi.
OYOQNING ERKIN TURGAN BO’LIMIDAGI SUYAKLAR Oyoq skeletining erkin turgan qismi (sceleton membri inferioris liberi) son suyagi (femur), tizza qopqog’i (patella), boldir suyaklari (ossa cruris) va oyoq panjasining skleti (ossa pedis) dan tashkil topgan. Son suyagi (femur), naysimon suyaklar orasida eng uzuni va bo’lib, tanasi (corpus femoris), pastki va yuqori tomon (epifiz) lari tafovut qilinadi. Son suyagining yuqori uchida (ichki tomonga qarab joylashgan) sharsimon boshcha (caput femoris) ko’rinib turadi. boshcha markazining pastrog’ida chuqurcha (fovea capitis ossis femoris) joylashgan. Son suyagining boshchasi qolgan bo’lagi bilan bo’yin (collum femoris) orqali qo’shilgan. Son suyagining bo’yini tanasiga 1300 o’tmas burchak hosil qilib qo’shilgan. Ayollar chanog’ining keng va kattaligiga ko’ra, son suyagining bo’yin to’g’ri burchak hosil qilib birlashadi. Son suyagi bo’yining tanasiga o’tish chegarasida muskul yopishishidan paydo bo’lgan ikkita do’mboq, katta ko’st (trochanter major) va kichik ko’st (trochanter minor) joylashgan. Katta ko’stning ichkarisida chuqurcha (fossa trochanterica) ko’rinadi. Ko’stlar oralig’ida (orqa tomondan) qirra (crista interochanterica), oldingi tomonda g’adirbudur chiziq (linea intertrochanterica) bo’ladi. Tizza qopqog’i (patella) to’rt boshli son muskuli payining orasida joylashgan eng katta sesamasimon suyakdir. Tizza qopqog’ining oldingi yuzasi (facies anterior) g’adir-budir bo’lsa, orqasi, silliq bo’g’im yuzasi (facies articularis) son suyagi bilan bo’g’im hosil qiladi. Uning keng asosiga - basis patellae va uchiga- apex patellae deyiladi. Birinchi suyaklanish nuqtasi son suyagining pastki epifizda, embrionning 8-9 oyligida paydo bo’ladi. suyaklanish davri yuqori epifizda bolaning 1-4 yoshligida paydo bo’lib, 18-24 yoshgacha davom etadi. Tizza qopqog’ida suyaklanish nuqtasi bolaning 3-5 yoshligida boshlanib, 7 yoshda to’xtaydi. Boldir suyaklari ikkita naysimon suyakdan, ya’ni medial tomonda joylashgan katta boldir va lateral tomonda joylashgan kichik boldir suyagidan tashkil topgan. Bu ikki suyak orasidagi masofaga - spatium interosseum crurisn deyiladi. Katta boldir suyagi (tibia), kichik boldir suyagiga nisbatan katta bo’ladi, yuqori uchi (epifizi) da ikkita do’ng medial- codylus medialis va lateral- codylus lateralis lar joylashgan. Ikkala do’nglar yuqorisida son suyagi bilan bo’g’im hosil qiluvchi botirqroq yuza (facies articularis superior) ko’rinadi. Ana shu bo’g’im yuzalar ikkita do’mboq (medial do’mboq-tuberculum intercondylare mediale, lateral do’mboq- tuberculum intercondylare laterale) dan tuzilgan tepacha (eminentia intercondyloris) vositasida bir-biridan ajralib turadi. tepachaning oldingi tomonidagi yuzaga - area intercondylaris anterior, orqa tomonidagi yuzaga-area intercondylaris porteior deyiladi. Kichik boldir suyagining yuqori uchi lateral do’ngning pastida va orqa tomonida yassi bo’g’im yuzasi - facies articularis fibularis bilan birlashadi. Kichik boldir suyagining (fibula), ikki uchi yo’g’on hamda juda ingichka bo’ladi, uning yuqori (proksimal uchi-epifiz)- suyak boshi (caput fibulae) va (apex capitis fibulae) tafovut qilinadi. Kichik boldir suyagining medial yuzasida katta boldir suyagining lateral do’ngi va bo’g’im hosil qiladigan yuzasi (facies articularis capitis fibulae) mavjud. Suyak tanasi (caput fibulae) uch qirrali bo’lib, o’z o’qi atrofida biroz buralgan va suyak boshchasidan bo’yni (collum fibulae) orqali ajralgan. Suyak tanasining medial yuzasida oraliq parda (membrana) yopishadigan oraliq qirra (margo interosseus) ni ko’rish mumkin. Oldingi tomonida - margo anterior, orqa yuzasida - margo posterior joylashgan. Qirralar orasidan lateral yuza (facies lateralis), medial yuza (fasies medialis) va orqa yuza (facies posterior) o’rin olgan. Suyakning pastki uchi (epifiz) yo’g’onlashib, tashqi to’piq (malleo lus lateralis) ni hosil qiladi. To’piqning bo’g’im yuzasiga facies articularis malleoli deyiladi. Bo’g’im yuzasining orqa tomonida chuqurcha (fossa malleoli lateralis) mavjud. Suyaklanish nuqtasi katta boldir suyagining yuqori uchida embrionning 8-9 oyligida, pastki uchida bolaning 2 yoshligida paydo bo’lib, 19-24 yoshgacha davom etadi. Oshiq suyak (talus). Bu suyak Yirik bo’lib, uning tanasi carpus tali, boshchasi - caput tali va ularni qo’shib turuvchi bo’yini -collum tali tafovut qilinadi. Oshiq suyagining tepa qismida g’altak (trochlea tali) bor, bu yerda uchta bo’g’im yuzasi ko’rinadi, ulardan tepa bo’g’im yuzasi (facies superior) katta boldir suyagining pastki bo’g’im yuzasi bilan qo’shiladi, qolgan ikkita yonbosh bo’g’im yuzalari (facies malleolaris medialis va facies malleolaris lateralis) tashqi va ichki to’piqlarning bo’g’im yuzalari bilan qo’shiladi. Oshiq suyagining tashqi to’piq yuzasi o’sgan bo’lib, unga processus lateralis tali (oshiq suyagining yonbosh o’sig’i) deyiladi. Oshiq suyagi g’altagining orqasidagi o’siq (processus posterios tali) dan m.flexor hallucis longus payi o’tadi va o’siqni ikkita do’mboqcha (tuberculum mediale va laterale) ga ajratadi. Oshiq suyagining pastki yuzasida tovon suyagi bilan birlashadigan uchta bo’g’im yuzalari joylashgan. Bu yerda o’rta va orqa bo’g’im yuzalari orqasida, sulcus tali egati ko’rinadi. Oshiq suyagining bosh qismidagi yuzasi (facies articularis navicularis) šàéèšñèìîí ñóÿê áèëàí š¢øèëàäè.Tovon suyagi (calcaneus) eng katta suyaklardan bo’lib oshiq suyagi va uchta ponasimon suyaklar orasidan joy olgan. Uning orqa tomonidan tovon do’mbog’i (tuber calcanei) ko’rinadi. Uning pastki yuzasidan ikkita do’mboqcha - processus lateralis calcanei va processus medialis tuberis calcanei lar joy olgan. Tovon suyagining tepasida, oshiq suyagining pastki bo’g’im yuzalariga mos keluvchi bo’g’im yuzalari joylashgan. Ulardan o’rta va orqa bo’g’im yuzalari o’rtasida joylashgan egat- sulcus calcanei oshiq suyagidagi xuddi shunga o’xshash egat bilan qo’shilib, kavak (sinus tali) hosil qiladi. Tovon suyagining medial yuzasida oshiq suyakni ko’tarib turuvchi o’siq (sustentaculum tali) bor, uning lateral yuzasidan m. peronaeus longus payi o’tadi. Bu yerda shuningdek - sulcus tendinis m.peronei longi egati joylashgan. Tovon suyagining old tomonida kubsimon suyak bilan birlashadigan bo’g’im yuzasi bor. Qayiqsimon suyak -os naviculare oshiq boshchasi bilan uchta ponasimon suyaklar orasida joylashgan, uning orqa tomonida oshiq suyagi boshchasi bilan bo’g’im hosil qilib birlashuvchi botiq bo’g’im yuzasi ko’rinadi. Oldingi tomonidan esa uchta ponasimon suyaklar bilan birlashadigan, salgina bo’rtgan uchta bo’g’im yuzalari joylashgan. Ponasimon suyaklar - ossa cuneiformia (medial, o’rta va lateral), qayiqsimon suyak (oldi tomondan) bilan oshiq suyagining boshchasi (orqa tomondan) o’rtasida o’rnashgan. Ponasimon suyaklar orasida eng kattasi - os cuneiforme mediale birinchi kaft suyagi bilan birlashsa, o’rtadagi - os cuneiforme intermedium ikkinchi kaft suyagi bilan, lateral tomondagisi - os cumeiforme laterale esa uchinchi kaft suyagi bilan bo’g’im hosil qilib qo’shiladi. Kubsimon suyak -os cuboideum tovon suyagi bilan IV va V kaft o’rtasida, oyoq panjasining lateral tomonida joylashgan; bu yerda ular bilan birlashadigan bo’g’im yuzalari mavjud. Bundan tashqari, qayiqsimon va lateral ponasimon suyaklarni qo’shuvchi bo’g’im yuzalari ham bo’ladi. kubsimon suyakning pastki yuzasida g’adirbudur (tuberosi tas ossis cuboidae) yuzacha mavjud, bu yerdan, oldindan kichik boldir muskuli payi o’tadi.


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish