Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi. “Odam anatomiyasi ” fanining ayrim mavzulari bo’yicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. Tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so’z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o’tkaziladi.
Fan mavzulari va ularga ajratilgan soatlar taqsimoti
T/r
|
Mavzular nomi
|
Jami
soat
|
Ma’
ruza
|
Amaliy mashg’
ulot
|
Must. ta’lim
|
1
|
Kirish. Odam anatomiyasi va antropologiya asoslari fanining maqsadi va vazifalari. Fanining qisqacha rivojlanish tarixi
|
6
|
2
|
4
|
2
|
2
|
Skelet suyaklari va ularni birikishi. Skelet va uning boylamlari haqida ta’limot
|
6
|
2
|
4
|
3
|
3
|
Umurtqa pog’onasisuyaklari. Ko’krak qafasi
|
8
|
2
|
2
|
4
|
4
|
Qo’lning erkin turgan bo’limidagi suyaklar. Yelka kamari suyaklari va ularning birikishi
|
12
|
2
|
4
|
6
|
5
|
Oyoqning erkin turgan bo’limidagi suyaklar. Oyoq kamari suyaklari va ularning birikishi
|
10
|
2
|
4
|
4
|
6
|
Bosh skeleti. Kalla suyaklari: kallaning ensa, peshona, tepa, chakka, ponasimon va g’alvirsimon suyaklari
|
10
|
2
|
4
|
4
|
7
|
Kallaning yuz suyaklari
|
12
|
2
|
4
|
6
|
8
|
Muskullar: gavdaning yuza va chuqur joylashgan muskullari bosh, bo’yin va yuz (mimika) muskullar
|
8
|
2
|
2
|
4
|
9
|
Ovqat hazm qilish a’zolari
|
12
|
2
|
4
|
6
|
10
|
Nafas olish sistemasi.
|
10
|
2
|
2
|
6
|
11
|
Siydik va tanosil a’zolari
|
10
|
2
|
2
|
6
|
12
|
Qon tomirlar tizimi Tomirlar sistemasi haqida ta’limot. Arteriya, vena va kapilyarlarning tuzilishi. Qon aylanish doiralari.
|
12
|
4
|
4
|
4
|
13
|
Nerv tizimi Nerv sistemasi haqida ta’limot.
|
12
|
4
|
4
|
4
|
14
|
Eshitish, ko’rish va sezgi a’zolari
|
12
|
2
|
4
|
6
|
|
Jami
|
140
|
32
|
40
|
68
|
Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi
Asosiy qismda (ma’ruza) fanni mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda keltiriladi. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib beriladi. Bunda mavzu bo’yicha talabalarga DTS asosida yetkazilishi zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar to’la qamrab olinishi kerak. Asosiy qism sifatiga qo’yiladigan talab mavzularning dolzarbligi, ularning ish beruvchilar talablari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mosligi, mamlakatimizda bo’layotgan ijtimoiysiyosiy va demokratik o’zgarishlar, iqtisodiyotni erkinlashtirish, iqtisodiy-huquqiy va boshqa sohalardagi islohatlarning ustuvor masalalarini qamrab olishi hamda fan va texnologiyalarning so’ngti yutuqlari e’tiborga olinishi tavsiya etiladi.
Ma’ruza mashg’ulotlari
Kirish. Fanning maqsad va vazifalari.Odam anatomiyasi va uni o’rganishdagi asosiy maqsadi. Anatomiyaning boshqa fanlar (fiziologiya, gistologiya, embriologiya, qiyosiy anatomiya paleontologiya va antropologiya) bilan uzviy bog’liqligi. Zamonaviy o’rganish usullari. Qadimiy anatomiyaning qisqacha rivojlanish ta’rixi (Alkmeon, Krotonskiy, Gippokrat, Gerofil). O’rta asrlarda anatomiyaning rivojlanishiga katta xissa qushgan O’rta osiyo olimi Abu Ali Ibn Sino. Fransiya va Italiya olimlari. Plastik anatomiyaga birinchi bo’lib o’z xissasini qushlardan Leonardo da Vinchi. Anatomiyani fanining asoschilardan Andrey Vezaliy. Uyg’onish davrida (XV-XVII asrlar), zamonaviy anatomiya faniga katta xissa qushganlardan Gabriyel Faloppiy, B. Yevstaxiy, V. Garvey, I. Purkine, Fransua Bishning nazariy va amaliy ishlari. Anatomiya fanida evolyusion yo’nalishining rivojlanishiga Ch. Darvin xissasi. XVIII-XIX aslarida anatomiya fanining rivojlanishida salmoqli xissa qo’shganlardan P.A Zagorskiy, Ye.O.Muxin, N.I. Pigarov, P.F. Lesgaft, hamda XX asrda V.P.Vorobyov, V.N. Ponkov, G.I. Iosifov va h .k.ishlari. Odam yembrioning rivojlanishi (ontogenezi), evolyusiyaning bosqichlari. Odamning hayvonot olami sistematikasidagi o’rni.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli ta’lim. Bingo, blis, ajurali arra, nilufar guli, munozara, o’z-o’zini nazorat. Adabiyotlar: A1,A2,A3,A4,Q1,Q3,Q4
Do'stlaringiz bilan baham: |