Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti xalmuratov m. A



Download 0,5 Mb.
bet106/155
Sana29.05.2022
Hajmi0,5 Mb.
#616027
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   155
Bog'liq
Odam anatomiyasi DENOV 20222

IChKI QULOQ - AURIS INTERNA - Ichki quloq yoki labirint chakka suyagining toshsimon qismiichida joylashgan, tashqi tomoni suyakdan tuzilgan bo’lib, labirint ichkarisida uni takrorlovchi parda labirinti mavjud. Labirint uch qismga: labirint dahlizi (vestibulum labyrinthus), yarim halqsimon kanallar (canalis semicircularis) va chig’anoqqa (cochlea) bo’linadi. Suyak labirinti - labyrinthus osseus. Suyak labirinti dahlizi - vestibulum labyrinthus ning uzunligi 6 mm, kengligi 3,6 mm va balandligi 5-6 mm bo’lib, ezilgan nok shakliga o’xshaydi. Labirint dahlizi 2-3 tomchi suv sig’dira oladi. U tashqi tomondan o’rta quloqqa qaragan bo’lib, yumaloq va oval darchalar orqali o’rta quloq bo’shlig’i bilan aloqadordir. Orqa tomondan esa beshta teshik yordamida uchta yarimoysimon halqalar bo’shlig’i bilan aloqa qiladi. Labirint dahlizi oldingi tomonda nisbatan kattaroq teshik orqali chig’anoqqa o’tib ketadi. Shunday qilib, labirint dahlizining 8 ta: 5 ta yarimoysimon halqalarga, ikkita o’rta quloq bo’shlig’iga va bitta chig’anoqqa ochiladigan teshiklari bor. Chig’anoq - cochlea. Bu a’zo spiralga o’xshab 2,5-3 marta aylanib, tepada cho’qqi - cupula cochlea hosil qilib, ya’ni chig’anoqqa o’xshab tugaydi. Shu sababli u chig’anoq deb ataladi. Labirint dahlizining pastki qismidan boshlangan chig’anoq ovallari ichkariga buriladi, so’ng yuqori tomonga yo’naladi. Aylanish o’qi modeolus atrofida hosil bo’ladi. Shuning uchun ham ostki birinchi aylanasi katta (katta aylanasi 6 mm, ikkinchi aylanisi 4 mm va uchinchi aylanasi 2 mm) diametrga ega bo’lganidan, chig’anoq ezilgan konus shakliga ega. Chig’anoq - modiolus dan chig’anoq bo’shlig’i ichiga spiral suyak plastinkasi - lamina spiralis ossea chiqadi, bu plastinka chig’anoq bo’shlig’ini ikkiga: dahlizga olib kiruvchi dahliz narvoni - scala vestibuli va chig’anoq teshigi orqali nog’ora bo’shlig’iga olib kiruvchi narvon - scala tympani ga bo’lib yuboradi. Spiral suyak plastinka bilan modiolus canalis spiralis modeoli orasida joylashgan. Ana shu kanalda ganglion spirale ham bor. G. spirale dan chiquvchi n. cochlearis ning periferik uchlari suyakdan iborat spiral plastinkadagi mayda kanalchalar orqali o’tib, Kortiy a’zosiga borib to’xtaydi. Parda labirinti - labyrinthus membranaceus. Parda labirinti devori qo’shuvchi to’qima pardadan tuzilgan bo’shliq va kanallardan iborat: u suyak labirintining ichida ana shu labirint shaklini qaytarib, bo’shlig’ini qo’sh qavat qilib yotadi. Labirint ichida limfa suyuqlig’i oqib yuradi. Parda labirinti ichidagi suyuqlik endolimfa, parda labirinti bilan suyak labirinti ichidagi suyuqlik perelimfa deyiladi. Suyak labirinti bilan parda labirinti orasidagi bo’shliq perilimfa bo’shlig’i - spatium perilymphaticus deb ataladi. Parda labirinti ichki quloq dahlizi sohasida ikkita bo’shliq: bachadonga - utriculus va qopcha - sacculus larni hosil qiladi. Qopcha cho’ziqroq bo’lib, dahlizining medial devorida chig’anoq tomonga qarab joylashgan. Shuning uchun ham utrculus ichida 5 ta pardadan iborat yarim halqasimon kanallar ochiladigan teshiklar va bitta sacculus ga tutashgan ductus utriculosaccularis bor. Bu yo’l orqali utriculus bilan sacculus aloqa qilib turadi. Sacculus bo’shlig’i pardadan iborat chig’anoq bo’shlig’i (ductus endolymphaticus) bilan ductus reuniens orqali aloqadordir. Pardadan tuzilgan yarim halqasimon kanallar shaklan suyak yarim halqasimon kanallarga o’xshasa ham, ulardan 3 marta tor (diametri 0,5 mm) dir. Yarim halqasimon kanal oyoqlarining kengayib, ampula hosil qilgan yerlarida pardadan iborat yarim halqasimon kanallar ham ampula hosil qiladi. Pardadan iboart ampulalarning ichki yuzalarida ampula qirrasi - crista ampularis bo’lib, bu qirralar sohasidan muvozanat nervining oxirlari boshlangan. Umuman yarim halqasimon kanallar muvozanat a’zosidir. Halqalarni ampula qismining ichki yuzasi yassi epiteliy bilan qoplangan bo’lib, bachadoncha va qopcha sohalarining ichki tomonida oq dog’lar hosil qiladi. Oq dog’lar yuzasi shilliqsimon modda (otolitlar) bilan qoplangan mayda mikroskopik ohak zarrachalari - otolitlar yoki statolitlardan iborat. Eshitish a’zosi - quloqning tuzilishi bilan tanishib bo’lganimizdan so’ng tovush o’tkazish va eshitish qanday ro’y berishi haqidagi hozirgi zamon tushunchasini so’zlab bermoqchimiz. Yuqoridagilardan ma’lum bo’ldiki, quloqni funksional jihatidan asosan ikki qismga bo’lish mumkin:
1. Quloqning tovush o’tkazuvchi qismi, bunga tashqi va o’rta quloq kiradi.
2. Tovush sezish (qabul qilish) qismi, bunga chig’anoq ichidagi kortiy a’zosi kiradi. Havodagi tovush to’lqinlari quloq suprasiga urilib, tashqi eshitish yo’li orqali nog’ora pardaga borib yetadi va pardani tebratadi. Nog’ora parda bu tebranishlarni eshitish suyaklari zanjiriga o’tkazadi. Avval bolg’acha, so’ngra sandoncha, nihoyat uzangicha tebranadi. Eshitish suyaklarining tebranishini shu suyaklar orasidagi boylamlar va m. stapedis ta’minlab turadi, nog’ora pardaning kuchli yoki kuchsiz tebranishi shu pardani taranglovchi muskuli - m. 79 tensor tympani ning qisqarishiga bog’liq bo’ladi. Uzangicha tebranar ekan, uning asosi oval teshikni qoplab turuvchi pardaga tutashganligi sababli eshitish suyaklarida yuzaga kelgan tebranish ana shu parda orqali scala vestibuli ga o’tadi va bu yerdagi perilimfani tebratadi. Perilimfa tebranishi helicotrema orqali scala tympani ga o’tadi va dahliz tomon qaytib kelib, membrana tympani secundaria ni tebratadi. Perilimfa tebranishi Reysner pardasi orqali endolimfaga o’tadi. Natijada havodagi tovush to’lqini endolimfa suyuqligini tebratadi. Endolimfa tebranishi Kortiy a’zosining eshitish torlariga uriladi, bu yerda esa eshitish analizatorlarining periferik uchi joylashgan. Eshitish analizatorining periferik uchida qabul qilingan ta’sirot eshitishni o’tkazuvchi nerv yo’li orqali markaziy nerv sistemasiga, toki eshitish markazining miya po’stlog’idagi hujayralariga qadar boradi. Odamning eshitish analizatori uzunligi 16 dan 22. 000 GS gacha bo’lgan to’lqinlarni eshita olsa, yoshi 35 dan oshgach, 15 000 GS ga kamayadi, 50 yoshdan so’ng 13 000 GS ga to’g’ri keladi. Odam eshitish qobiliyatining kuchiligi darajasiga ko’ra ko’p umurtqali hayvonlardan orqada turadi, masalan, itlar, mushuklar 38 000 GS to’lqin uzunligiga ega bo’lgan tovushlarni ham eshitadi. Olimlarning teshiruvlariga ko’ra shu narsa ma’lum bo’ladiki, eshitish analizatorining o’tkirligi sukunatda oshib, shovqin yerda kamayar ekan.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish