1917-yil 17-20-sentabrda Toshkentda boʻlib oʻtgan Turkiston va Qozogʻiston musulmonlarining qurultoyida „Shuroy Islomiya“ va „Shoʻroi Ulamo“, „Turon“ va boshqa siyosiy tashkilotlarni birlashtirish yoʻli bilan „Ittifoqi muslimin“ siyosiy partiyasini tuzishga kelishildi. Turkistonni boshqarish shakli toʻgʻrisidagi masala 1917-yil 26-28-noyabrda Qoʻqonda boʻlgan Turkiston oʻlka musulmonlarining favqulodda 4-qurultoyining diqqat markazida turdi. Muxtoriyat va mustaqillikni eʼlon qilish fikrini hamma qoʻllab-quvvatladi. Turkiston Muxtoriyati hukumati (raisi — Muhammadjon Tinishboyev, soʻngra Mustafo Choʻqay) tashkil qilindi. Fitrat, Choʻlpon, Hamza singari jadid shoirlar Turkiston Muxtoriyatini alqab, satrlar bitishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |