Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti pedagogika fakulteti



Download 251,19 Kb.
bet12/15
Sana06.07.2022
Hajmi251,19 Kb.
#746933
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Mamatova Zulfizar kurs ishi

g‘ayridin, nimpushti.
Qo‘shma sifatlar: a) ikki tub so‘zdan tashkil topadi: sovuqqon, xom semiz, kamgap; b) biri tub, ikkinchisi yasama so‘zdan iborat bo‘ladi: ishyoqmas, erksevar, tilbilmas, o‘zbilarmon.

  1. birikmali sifatlar tarkibi ikki va undan ortiq so‘zdan iborat bo‘ladi va ular orasidagi munosabatlar aniq sezilib turgan bo‘ladi, bunday sifatlar aralash, yo‘q, ko‘p, oliy, och, to‘q, to‘la, chala, yarim, bir, ikki kabi so‘zlar ishtirokida hosil qilinadi: qum aralash (loy),

tengi yo‘q, ko‘p tarmoqli, oliy ma’lumotli, och qizil, qorni to‘q, to‘q qizil, to‘la huquqli, chala mulla, bir tomonlama, ikki qavatli, yuqori hosilli (dala), uzun tolali (paxta), yoshi ulug‘ (inson), gapga usta (odam), oqishdan kelgan (yigit).

  1. juft sifatlar quyidagicha yasaladi: 1) qarama-qarshi ma’noli so‘zlardan: katta- kichik, uzun-qisqa, maza-bemaza, sezilar-sezilmas, bilinar-bilinmas, kirdi-chiqdi; 2) sinonim ko‘rinishdagi so‘zlardan:

erka-arzanda, boy-badavlat, sog‘-salomat, uzuq-yuluq, ola-chipor, soya-salqin, mo‘min-qobil, xor-zor; 3) yaqin ma’noli so‘zlardan: och-nahor, shaldir-shuldir, o‘ydim-chuqur, och-nochor, nozik-nihol, ola-quroq, kuydi-pishdi.Juft sifatlar chiziqcha bilan yoziladi, -u, -yu yuklamalari bilan bog‘lansa, chiziqcha qo‘yilmaydi: yakka-yu yagona farzand.

  1. So‘zlarni takrorlash bilan ham sifatlar yasaladi: Bu usul yordamida sanoqli miqdordagi sifatlargina yasaladi: yo‘l-yo‘l

(ko‘ylak), manman (odam), shiqshiq (tugma), liplip (chiroq), chaqchaq (odam).


Ona tili darsligining 120-mavzusi qo‘shma sifat bahsiga qaratilgan. Unga 1ta topshiriq, 3ta mashq va 3ta savol ajratilgan. Nazarimizda bu kam. Mashqlar rang-barang va mazmundor bo‘lsa o‘quvchilarning o‘zlari izlab topishiga imkon ko‘proq bo‘ladi, deb o‘ylaymiz. Darsni mustahkamlashda test usulidan va qo‘shimcha manbalardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Mashq. Gaplarni o‘qing. Sifatlarni topib, tuzilishiga ko‘ra turini aniqlang.

  1. Bunday tinch, ma’sud damlarda uni qog‘oz-qalam o‘ziga tortardi (P.Q.) 2. Bu shifobaxsh suvning topilganiga hali bir yil ham bo‘lgani yo‘q (O.Y.) 3. U paxta ishi naqadar og‘ir ekanini, ayniqsa kuzda terim paytida, yo shu qari barchaning tinkasini quritishini yaxshi biladi (O.Y.) 4. Tezyurar lift qushday yengilgina uchib,

Rasulni bir zumda to‘rtinchi qavatga olib chiqdi (O.Y.).



  1. Direktorimiz bizni tag‘in-da yuksak-yuksak zafarlar sari chorlaydi (T.M.) 6. Go‘yo Yusufbek ham o‘zidek bir qonxo‘rga bir zolimga aylansin emish (A.Qod.) 7. Qancha toza va musaffo, farahbaxsh, zebo, ey, odamzod, ibrat olgin yulduzlardan sen (M.Sh.) 8. Shu sokinlikni buzib, qaydadir kuchli portlash bo‘ldi. Uning dahshatli ovozi tog‘ ko‘kragiga qadalib aks-sado qaytdi (S.A.) 9. Xushkayfiyat odam uchun tong otishini kuzatishdan zavqliroq yumush yo‘q (T.Mal.).

Mashq. Gaplarni o‘qing. Qo‘shma, murakkab va juft sifatlarni topib, ularni uch ustunda yozing.

  1. Baland parvoz so‘zlaringiz ko‘nglimga zig‘ir yog‘iday urdi (O.) 2. Eshik ochilib yetti-sakkiz yosh-qari dehqonlar hujraga kirdilar

(O.) 3. Zumrad yo‘lning past-balandidan ehtiyot qadam tashlasa-da, qoqila-suqila borar edi (O.) 4. U soddaroq, qo‘polroq kiyingan, baqbaqasi qo‘sh qavat osilgan, keng yag‘rinli, mitti ko‘zlari ayyor, kalta to‘rva soqolli oltmish yoshlardagi kishi (O.) 5. Siyrak mallarang sochlari kechki shabadada hurpaygan, ko‘m-ko‘k ko‘zlari hayratdan chaqnagan (O.Y.). 6. To‘rdagi kichkina eshik ochilib ichkaridan to‘la yuzlik, o‘siq qoshliq, og‘ir qarag‘uvchi ko‘zlik, siyrak soqol, o‘rta bo‘yluq, ustidan kimxob to‘n kiyib, beliga qilich osqan qirq besh yoshlar chamasida bir kishi ko‘rindi (A.Qod.). 7. Men otamga jannatmakon Shohruh Mirzoga Kamarbasta o‘g‘il bo‘ldim qirq yil muttasil (M.Sh.). 8. Endi u yalang oyoq tanini oftob kuydirgan sho‘x, olov bola emas, sochlari oqargan, hayotning achchiq-chuchugini totgan Tolibjon edi (S.A.). 9. Hayitali oqsoqol cho‘rtkesar bir so‘zli edi (T.Mal.). 10. Sinf rahbari o‘quvchisining sog‘-salomat ekanini bilib, ko‘ngli tinchidi (T.Mal.). 11. Hokim qulog‘iga bir-ikki chalingan Saritepa qishlog‘i ham shu soyning o‘ng tomonida bo‘lib, o‘n-o‘n ikkitagacha pastu baland tomlardan iborat edi (M.).
O‘quvchilarning qo‘shma so‘zlar bilan tanishtirish va ularning savodxonligini oshirish uchun turli o‘yinlar, boshqotirma va tarqatma materiallardan ham foydalanish o‘rinli bo‘ladi. Masalan olmoshlarning tuzilishiga ko‘ra turlarini aniqlashda quyidagi terma mashqdan foydalanish mumkin.

Download 251,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish