Shermuhammad Munisning “Savodi Ta`lim” 1803
Munis ta`lim jarayonidagi qiyinchiliklar to`g`risida ham ko`p bosh qotirdi, bolalarning xat-savod chiqarishlarini, ilm o`rganishlarini bir qadar osonlashtirish maqsadida o`zining “Savodi ta`lim” yoki “Risolai savod” asarini yaratdi. Munisning “Munis ul-ushshoq” devonining ohirida keltirilgan 250 misralik bu asari ikki qismdan iboratdir. Uning birinchi qismida xat-savodning madaniyat taraqqiyotidagi ahamiyati uqtiriladi. Ilm donishmandlikning xat orqali qog`oz sahifalariga ko`chirilishi va yo`qolib ketmasligi takidlanadi.
Har so`zki ko`ngildan o`ldi mavjud,
Xat bo`lmasa bo`lg`ay edi nobud...
Bu nav buyurdi shohi Abror,
Kim ilm yori xatdir ey yor.
Shoir o`quvchilarni chiroyli yozishni o`rganishga, buning uchun qalam uchlarini yaxshi yo`nib “Raqamlar”ni qog`oz sahifalariga yaxshi tushurishga, ...
-Husnixatga e`tibor berishga undaydi:
Var yaxshi yo`nilmasa qalamlar,
Shak yo`qki yomon tushar raqamlar...
Ul bo`lmasa bo`lmag`ay kitobat
Bu bo`lmasa qolmag`ay hikoyat.
“Risolai savod”ning ikkinchi qismida shoir harflarning ta`rifi, shakli, imlosi to`g`risida bir qancha maslahatlar beradi. Masalan; u arabcha harflar bilan tanishtirar ekan, bolalarda savod o`rgatishda badiiy tasvirdan –sur`at solish vositalaridan foydalanishning ahamiyatini uqtiradi.
Chunonchi: “ ” q harfi haqida shoir shunday yozadi:
Qof avvali fo boshiga monand,
Nun halqasiga valek payvand.
Shuningdek “ ” (l) harfini yozish uchun “ ” (n) bilan “ ” (alif)ni bir biriga bog`lash lozimligini uqtiradi.
Gar lomni istasang murattab,
Nun birla alifni qil murakkab.
Biroq savod chiqarish, adabiyot o`qitish metodikasiga oid kitoblar bo`lmagan bir zamonda “ta`lim ishin oson” etish maqsadida “Savodi ta`lim” risolasini bunyod etgan shoir bu yo`lda qanchalik mehnat sarf qilmasin ( “jiddu jahd” ko`rsatmasin), baribir, u davrda ta`lim ishi juda yomon ahvolda qolgan edi. Ammo muhimi shundaki, Munis bu risola bilan bir marifatparvar, “elning” g`amxo`ri sifatida maydonga chiqdi. Shoir elning savodsizligidan qayg`urar, elni savodxon, bilimdon holda ko`rib, “alamdan ozod” bo`lishini istar edi. Shu maqsadda u elni o`z risolasiga rag`batlantirib, undan savod chiqarishini istadi.
Anbar Otin
Yana bir shoira 1870-yilda qo`qonda tug`ilib voyaga yetgan Anbar Otin ham ta`lim tarbiyaga oid “Yakka baytlar” nomli ta`limiy sherni yaratdi. Unda arab yozuvidagi barcha harflarni o`rganish uchun sheriy parchalar yaratdi. Bu sheriy parchalarda har bir harfning bolalar yodida qolishi uchun, sheriy parchalarda harfning tavsifi berildi. Bu sherlarda faqat harflar emas uning mazmunida ta`lim tarbiya g`oyalari ham ilgari surildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |