Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi



Download 5,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet328/394
Sana07.01.2022
Hajmi5,91 Mb.
#327692
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   394
Bog'liq
2 5235621037118329437

12-topshiriq. 
Tadbirkorlik va hayotqonunlari 
Har  qanday  tadbirkor  o‘z  ishini  boshlar  ekan,  u  tadbirkorlik  faoliyatini 
muvaffaqiyatli  yuritish  uchun  o‘zidagi  bor  bilim,  saviya,  tajriba  va  pul 
mablag‘larini  ishlatadi.  Bunda  u  ko‘pincha  o‘zining  hayot  tajribasiga,  o‘qigan 
o‘quv muassasasida olgan bilimlariga, ota-onasidan yoki yaqin insonlaridan bilib 
olgan  bilimlar  majmuasiga  va  qandaydir  etik  qoidalarga  rioya  qiladi. 
Lekin,ko‘pincha  tadbirkorning  ishi  hozirgi  paytdan  ko‘ra  muvaffaqiyatli  bo‘lishi 
va  yanada rivojlanishi  uchun buning  o‘zi aslo  yetarli bo‘lmaydi. Haqiqatan ham, 
bizga ma’lum bo‘lgan olti ming yil davomidagi insoniyat tarixida barcha insonlar 
o‘z ota-onalaridan va ustozlaridan turli xil bilim hamda ko‘rsatmalar olganlar va 
buning  natijasida  hayot  tajribasiga  ega  bo‘lganlar,  oldilariga  juda  katta  niyat  va 
orzular  qo‘yganlar  hamda  juda  katta  narsalarni  orzu  qilganlar.  Ammo,  ming 
afsuski,  ularning  tug‘ilganliklari  va  orzulari  haqida  qabr  toshidan  boshqa  hech 
nima qolmagan. Muvaffaqiyatga erishish yo‘l-yo‘riqlari haqida juda ko‘p kitoblar 
yozilgan,  anjumanlar  va  seminarlar  o‘tkazilgan,  unda  katta  muvaffaqiyatga 
erishgan  insonlar  o‘zlari  haqida  to‘lqinlanib  gapirganlar,  lekin,  biznesda 
muvaffaqiyatga  erishishning  qandaydir  tayyor  qoidalari  yoki  qandaydir  retsepti 
hali  yozib  chiqilmagan.  Ba’zilar  muvaffaqiyatga  o‘z  do‘stlaridan  va  oilalaridan 
ajralish  hisobiga,  kimdir  esa  o‘z  hayotini  garovga  qo‘ygan  holda  erishadilar. 
Ba’zilar  uchun  esa  muvaffaqiyatga  erishish  va  boylik  orttirish  orzusi  umr 
davomida ezgu va shirin orzuligicha qolib ketaveradi. Ba’zilar esa boy bo‘lishadi, 
lekin,  oldingi  kambag‘al  paytlaridagi  oilaviy  baxtni  va  xotirjamlikni  topa 


336 
 
olishmaydi. Biz Sizga  muvaffaqiyatga erishish yoki boylik orttirish kaliti tayyor 
holda  taqdim  etilmaymiz,  balki  unda  bu  yo‘lda  tadbirkor  qilishi  lozim  bo‘lgan 
ishlar qanday bo‘lishi kerakligini  ko‘rsatib o‘tamiz. Agar, bu maslahatlarga amal 
qilinsa, Siz  muvaffaqiyat kalitini qanday qilib topish  mumkinligini  o‘zingiz bilib 
olasiz,  so‘ngra  esa,  bu  sehrli  kalitdan  foydalanib,  muvaffaqiyatga  eltadigan 
eshikni topishingiz va uni ochishingiz kerak bo‘ladi. Kitob hayotimizdagi voqea- 
hodisalarga  ob’ektiv  nazar  tashlashga,  maqsadlarni  aniqlashga,  ularga  erishish 
yo‘llarini  chamalashga  bo‘lgan  bir  urinish  bo‘lib,  ularni  baholash  Sizga  havola. 
Agarda,  bu  muammolarga  har  kim  ham  aniq  va  ravshan  javoblar  topa  olsa,  bu 
albatta, juda ajoyib holat bo‘lib, hayot yanada go‘zal bo‘lar edi. Lekin, bir kimsa 
uchun  muvaffaqiyatga  erishish  yo‘li  bo‘lgan  echimlar  ikkinchi  kimsa  uchun 
batamom  muvaffaqiyatsizlikka  eltadigan  yo‘l  bo‘lishi  ham  mumkin.  Chunki,  har 
bir  inson  o‘zicha  tanho,  aqli,  shart-sharoitlari  va  hayot  tarzi  ham  qaytarilmas 
bo‘lib yaratilgandir. Demak, bizning asosiy maqsadimiz  - har bir insondagi ichki 
imkoniyatlarni uyg‘otishga harakat qilish va unda muvaffaqiyatga erishish kalitini 
topishga  so‘nmas  ishtiyoq  uyg‘otishdir.  Albatta,  muvaffaqiyatga  erishish  uchun 
ma’lum  bir  qoidalarga,  tartiblarga,  ko‘rsatmalarga,  ogohlantirish  va 
ehtiyotkorliklarga rioya qilish kerak bo‘ladiki, bunday tartib-qoidalar yoki boshqa 
so‘zlar bilan aytganda “Biznes etikasi” jamiyatning har bir qatlamida, xududlarda 
va  mamlakatlarda  xilma-xil  ko‘rinishlarda  bo‘ladi.  Ammo,  afsuski,  texnokratik 
jamiyat rivojlanishi  va  uning turli sohalarga jadal kirib borishi bu  muammolarga 
bag‘ishlangan  adabiyotlar  yaratishni  ancha  chegaralab  qo‘ydi  va  natijada 
mamlakatimizda  bunday  kitob  hamda  qo‘llanmalar  qisman  yoki  umuman 
yozilmadi  va  shuning  uchun,  ham  kerakli  nusxalarda  nashr  etilmadi.  Demak, 
shuning  uchun,  ham  ko‘pchilik  bo‘lajak  tadbirkorlar  jamiyatda,  ishxonada,  chet 
ellik  tadbirkorlar  orasida,  boshqalar  bilan  o‘zaro  muloqotda  va  oilada  qanday 
qilib muomala qilish, o‘zini tutish, biznes suhbatni olib borish, janjalli holatlarga 
duch kelmaslik uchunnimalar  qilmoq kerak ekanligini oliy ta’lim muasasasidagi 
ta’lim  olish  jarayonida  yaxshi  anglay  olmaydilar.  Bu  esa  yana  boshqa  va  kerak 
bo‘lmagan  qo‘shimcha  muammolarni  keltirib  chiqarishga  sabab  bo‘ladi  hamda 


337 
 
busiz  ham  murakkab  bo‘lgan  hayot  tarziga  salbiy  ta’sir  qiladi.  Albatta, 
tadbirkorning  faoliyatidagi  va  jamiyatdagi  qiyinchiliklarini  faqatgina  to‘g‘ri 
muloqot  qoidalarni  yo‘qligi  bilan  izohlash  kulgili  bo‘lar  edi,  lekin,  bu  samarali 
muloqot tartib-qoidalarining yoki biznes etikasining juda katta tarbiyaviy, ahloqiy 
va  insoniy  ahamiyatini  rad  qilish  ham  telbalik  bo‘lishi  tushunarlidir.  Xozirgi 
tadbirkorlik va ishbilarmonlik jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan davrimizda biz 
murakkab  insoniy  munosabatlarda  adashib  qolmasligimiz,  xatolardan  holi 
bo‘lishimiz,  insonni  va  uning  intilishlarini  yaxshi  tushunishimiz  hamda  his 
tuyg‘ularimizni  maqsadga  muvofiq  ravishda  jilovlab  olishimiz  uchun  bunday 
samarali  muloqot  tartib-qoidalari  yoki  biznes  etikasi  hayotiy  zarur  va  muhim 
bo‘lgan  bir  ashyoga  aylanib  borayapti.  Haqiqatan  ham  bizning  barchamizda 
o‘zimizga  xos  bo‘lgan  hayot  tarzimiz  tufayli  yuzaga  kelgan  ishonchsizlik, 
talabchanlik,  shubha,  qattiqqo‘llilik  va  nodo‘stona  munosabatlar  o‘zimiz  uchun 
ishimizni  rivojlantirishga  xalaqit  beradigan  qandaydir  kishanga  aylanib 
bormoqda. Ushbu kitobda bular bilan bog‘liq  muammolarning ko‘pchiligi ko‘rib 
chiqiladi  va  holis  nuqtai-nazardan  tahlil  qilinadi  hamda  tadbirkorning 
muvaffaqiyatga  erishish  uchun  nimalarga  diqqat-e’tiborini  qaratishi  lozimligiga 
urg‘u  beriladi.  Bu  esa  har  bir  insonga  va  birinchi  navbatda  bizning  muhtaram 
hamyurtlarimizga ularning turfa xil murakkab muammolarini hal qilishga yordam 
beradi  deb  umid  qilamiz.  Sizlar  bu  ma’lumotlarga  muhtojsizlar,  chunki,  Siz 
hayotda  albatta,  muvaffaqiyatga  erishishingiz  va  munosib  hayot  tarziga  ega 
bo‘lishingiz kerak. Bu ma’lumotlar Sizni yana o‘ylashga, ijodiy fikrlashga majbur 
qiladi  va  ular  yangi  narsalar,  biznes  g‘oyalar  kashf  etishga,  o‘z  ijodiy 
potetsialingizni 
muvaffaqiyatgaerishishyo‘lidato‘lasafarbaretishuchunhayotiyzarurdir. 
Biz ishonamizki, ushbu ma’lumotlar barchaga qandaydir darajada ko‘mak beradi 
va har kimga nima bilandir yordam beradi.  
Siz  tug‘ilganingizda  hech  bir  aybsiz,  beg‘ubor  inson  bo‘lasiz  va  Sizning 
bundan  buyon  rivojlanishingiz  oilangiz,  atrof-muhit  va  o‘zingizga  bog‘liq  bo‘lib 


338 
 
qoladi. Biroz vaqtdan keyin o‘zingizni-o‘zingiz va aqlingizni taniysiz hamda endi 
Sizning  etuk  inson  bo‘lib  etishishingiz  va  kamolot  sari  yana  ham  dadilroq 
ravojlanishingiz  faqat  o‘zingizga  bog‘liq  bo‘lib  qoladi.  Buning  uchun  esa  ilm, 
bilim, mehnatsevarlik, tirishqoqlik kerak bo‘ladi. Agar, insoniyat asrlar davomida 
yaratgan  bilimlarni  yaxshilab  o‘zlashtirib  olsangiz  va  ularni  amalda  qo‘llashga 
kuch-quvvat  va  imkoniyat  topsangiz,  boylik  Sizga  o‘z-o‘zidan  oqib  kelaveradi. 
Shuning uchun, ham ota- bobolarimiz “

Download 5,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   394




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish