12-topshiriq. Tavsifnoma haqidagi ma’lumotlardan foydalanib do‘stingizga
tafsifnoma yozing.
Tavsifnoma korxona yoki o‘quv yurti ma’muriyati tomonidan beriladigan
rasmiy hujjatdir. Unda tavsiflanuvchining ish, o‘qish, jamoatchilik faoliyati,
ma’naviy-axloqiy fazilatlari aks etadi. Unda qayd etiladigan zaruriy ma’lumotlar:
familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, kuni, oyi va joyi, ma’lumoti,
ishlagan lavozimlari, ish yoki o‘qish faoliyati davridagi yutuqlari, tashabbuskor va
ijodkorligi, atrofdagilarga munosabati, oilaviy ahvoli, xulq-atvori, hujjatni
tasdiqlovchilarning imzolari, familiyalari va lavozimlari, muhr va tasdiqlangan
sana keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |