Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi



Download 5,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/394
Sana07.01.2022
Hajmi5,91 Mb.
#327692
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   394
Bog'liq
2 5235621037118329437

Sinovdan o‘tkazmoq
 
Taklif kiritish va uning ijrosini ta’minlash 
Misol keltirmoq
 
Biror narsa haqida to‘liq ma’lumot berish 
Tafsilotlarni bermoq
 
Mavzuning qisqacha mazmunini yoritib berish 
Taklif qilmoq
 
Mavzuning turli qirralarini hisobga olgan 
holda  uning kamchilik va ustunlik 


199 
 
tomonlarini tahlil qilish 
Umumlashtirmoq
 
Mavzuning ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritish 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
12-mavzu. Matn tahlili va tahriri 
1-topshiriq. Matnni o‘qing. Matnni og‘zaki so‘zlab bering. 
 
 
 
 
 
Tahrir  ma’naviyat,  madaniyat  va  ma’rifatga  bevosita  daxldor 
jarayondir.  “Tahrir”  so‘zi  arabcha  bo‘lib,  “
yozma  ishni,  asarni  tuzatishlar 
kiritib yaxshilash, tuzatish” 
 ma’nolarini anglatadi.  
 


200 
 
Matnni  tahrir  qilish  uchun  dastlab  u  bilan  yaxshilab  tanishib,  to‘lig‘icha 
o‘qib  chiqish,  masalaning  mohiyatini  tushunib  olish  lozim.  Birinchi  o‘qishdanoq 
tuzatishlar  kiritishga  shoshilish  xatoliklarga  olib  kelishi,  bu  tuzatishlar  muallif 
muddaosini  anglamasdan  amalga  oshirilgan  bo‘lishi  mumkin.  Matn  haqida 
tasavvurga  ega  bo‘lingandan  keyin,  matn  til  jihatdan  tahrir  qilinadi.  Bunda 
so‘zlarning  imlosi  ham, tinish belgilari  ham,  uslubiy kamchiliklar  ham  e’tibordan 
chetda  qoldirilmaydi.  Mana  shu  tuzatishlar  jarayonida  asosiy  matndagi  ba’zi 
o‘rinlar kyengaytirilishi, olib tashlanishi, o‘zgartirilishi mumkin. 
Tahrir  usulida  asosiy  e’tibor  matn  talqin  (variant)larini  qiyoslashga 
qaratiladi.  Bunda,  ya’ni  qiyoslash  jarayonida,  tabiiyki,  tuzatishlar  kiritiladi, 
natijada  matnning  ikki  talqini  yuzaga  keladi:  birinchisi,  muvaffaqiyatsiz  chiqqani 
bo‘lsa,  ikkinchisi  tuzatilgan  namunasi.  Axborot  texnologiyalari  rivojlanayotgan 
hozirgi  vaqtda  matnni  qiyoslash  usulida  yangi  qadam  tashlandi.  Bunga 
muharrirning  mehnati  zamonaviy  texnika  vositalari  bilan  ta’minlanganligi  sabab 
bo‘ldi.  Muharrir  matn  talqinlarini  qiyoslash  uchun,  ularni  bir  vaqtda  displey 
ekraniga chaqirish imkoniga ega bo‘ldi. Bunday qiyoslash ham qulay. Chunki, ikki 
qiyoslanuvchi  talqin  muharrir  ko‘z  o‘ngida  yaqqol  namoyon  bo‘ladi  va  qulaylik 
tug‘diradi. 
 
Biror  so‘z  yoki  biror  iboraning  ma’nosi  haqida  fikr  bildirishda  uning  turli 
muqobillari  bilan  izohlash  mumkin.  Tilshunoslik  tajribasi  shuni  ko‘rsatadiki, 
“pishib  yetilmagan”  so‘zlarni  ikkinchisi,  ya’ni  maqbul  varianti  bilan  almashtirib 
yoki o‘rnini, ifodasini o‘zgartirib erkin birikmaga kirishida ma’naviy farqlanishini 
kuzatish zarur. 
Muharrir  matn  bilan  tanishar  ekan,  u  haqiqiy  mutaxassis,  bilimdon  sifatida 
namoyon  bo‘lishi  kerak.  Tafsilotlarga    chuqur  va  keng  qamrovli  nazar  tashlay 
olganlargina  ishining  haqiqiy  ustasi  sifatida  muharrirlikni  kasb  qilib  olgan 
«hunarmand»lardan  farq  qiladi.  O‘z  ishining  haqiqiy  bilimdonigina  arzimasdek 
tuyulgan g‘ayriodatiy narsada ham katta ma’no ko‘radi, zero uni chuqur tushunadi. 
Muharrir  mutolaasi  ko‘p  jihatdan  ilmiy  mutolaaga  o‘xshab  ko‘rinadi.  Har  ikkala 
o‘qishda ham tushunarsiz bo‘lgan hech narsa qolmasligi lozim. Bunda tushunarsiz 


201 
 
ifoda qolmasligidan tashqari, matndagi murakkab bandlarni chuqur mulohaza qilib 
ko‘rish,  mazkur  mavzu  bo‘yicha  adabiyotlar  bilan  tanishish  shart.  Lekin,  shuni 
unutmaslik kerakki, bunday vaziyatda to‘la aynanlikka erishish amrimahol. 
Mohirona  amalga  oshirilgan  tuzatishlar  matnning  yaxlitligi  va  mazmuniy 
uyg‘unligiga  putur  yetkazmaydi.  Aksincha,  uning tuzilishidagi  ayrim  nuqsonlarni 
istisno etadi, muallif fikrini, g‘oyasini oydinlashtiradi.  Muharrirlik 
faoliyati 
andozaviylikni  mutlaqo  rad  etadi.  Zero,  tuzatishning  har  qanday  matnga  nisbatan 
qo‘llash  mumkin  bo‘lgan  qolipi  yo‘q.  Muharrir  tuzatish  usulini  o‘zi  tanlash 
huquqiga  ega,  lekin,  bu  usul  to‘g‘ri,  asoslangan  bo‘lishi  lozim,  Shuningdek,  uni 
to‘g‘ri qo‘llay bilishi ham kerak. 
 
 
 
 
 
 
Musahhih  va  muharrir  o‘qishidagi  maqsad  alohida,  boshqa-boshqadir. 
Musahhih  chop  etishga  tayyorlangan  matnni  o‘qish  jarayonida  uning  tahrirdan 
chiqqan,  muallif  bilan  kelishilgan  va  tasdiqlangan  matniga  to‘la  mos  ekanligiga 
erishadi.  Matnni  imloviy,  tinish  belgilari  bilan  bog‘liq  xatolardan  holi  qiladi. 
Ensiklopedik asar  matnidagi qisqartmalar  va  havolalarni bir  xildaligi  va aniqligini 
ta’minlaydi. Izohlar matndagi ko‘rsatkichlarga mosligi va hokazolarni to‘g‘riligini 
tekshiradi, shuningdek, zarur tuzatishlarni amalga oshiradi. 
 
Muharrirning  o‘qib  tuzatishidan  maqsadi  matnni  sidirg‘a  o‘qishdan  iborat. 
Muharrir  bu  tur  o‘qishni  amalga  oshirganda  uning  mazmuni,  tuzilishi 
(kompozitsiyasi)dagi,  shuningdek,  uslubiy  xatolarni  aniqlaydi.  O‘qish  jarayonida 
muharrir  geografik  nomlar,  shaxslar  ismi  va  familiyalari,  taHalluslari  bir  xil 
berilishi,  iqtiboslar,  raqamlar,  sanalar  aniq  bo‘lishiga  e’tibor  qaratadi,  uzunlik, 
miqdor  o‘lchamlarining  o‘rinliligi  va  to‘g‘riligini  tekshiradi.  Shuningdek, 
sarlavhalarning matn bilan uyg‘unligi, mosligini; tasvirlar osti yozuvlarining rasm, 
chizmaga mosligini tekshirish ham uning vazifasiga  kiradi. 
Tahrir uslubiyatida tuzatishning to‘rt turi farqlanadi. Bular quyidagilar: 
a) o‘qib tuzatish;  b) qisqartirib tuzatish; 
s) ishlov berib tuzatish;  d) o‘zgartirib tuzatish. 
 


202 
 
 
Ayrim  hollarda  bunday  o‘qish  tahririyatning  malakali  va  tajribali 
mutaxassisiga  topshiriladi,  lekin,  u  materialni  tayyorlagan  muharrirning  zinhor 
o‘rnini bosa olmaydi. Uning vazifasi matndagi kamchiliklarni aniqlash, ko‘rsatish, 
tuzatish  emas.  Ammo,  tabiiyki,  aniq  ko‘rinib  turgan  punktuatsion,  grammatik, 
imloviy  xatoliklar  bundan  istisno.  Shuning  uchun,  bunday  o‘quvchining  malakasi 
juda  yuqori  bo‘lgan  taqdirda  ham  mazkur  jarayonda  yetakchi  muharrir  ishtirok 
etadi va muammolarni hal qiladi. 
 

Download 5,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   394




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish