13.
Qoida
. Hozirgi paytda haqiqatni oddiy qilib tushuntirish kifoya qilmaydi.
Shuning uchun, ishonarli va ta’sirchan reklama usullaridan keng foydalanish
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agar, sizga boshqalar diqqatini qaratish zarur bo‘lib
qolsa, siz ham shunday usullarni keng miqyosda qo‘llaganingiz ma’qul
bo‘ladi.Agar,muvaffaqiyatga erishishni istasangiz, dalillarni effektiv (
samarali
)
ravishda tushuntiring va bunda o‘ta topqirlik bilan harakat qiling.
14.
Qoida
. Rejalashtirilgan ishning amalga oshirilishiga erishish uchun insonlar
orasidagi raqobatni, bir biridan ustun bo‘lish uchun harakat qilishga bo‘lgan
intilishni qo‘llab-quvvatlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Insonlarga berilgan
bunday imkoniyat ularning rivojlanishiga va samarador ishlashiga turtki bo‘lib
xizmat qiladi. Bu ishning natijasi sifatida yaxshi kadrlarni tanlab olish va joy-
joyiga qo‘yish mumkin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |