Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Ijtimoiy-gumanitar fakulteti Filologiya va tillarni o’qitish o’zbek tili yo’nalishi 204-guruh talabasi Xolboyeva Mohichehraning Hozirgi o’zbek adabiy tili fanidan tayyorlagan taqdimoti
SINONOMIYA VA DARAJALANISH MUNOSABATI MUNDARIJA
I.KIRISH
Sinonimlar haqida umumiy ma’lumot.......…...........................……2-4
II.ASOSIY QISM
1. Leksik sinonimiya....……..........................….............……..……5-8
2. Graduonimiya hodisasi va sinonimlarda darajalanish...............9-15
3. Sinonimiya va polisemiya..……….......…................…...……16-18
4. Sinonimlar stilistik vosita sifatida..............................................19-23
III.XULOSA....................................................................................24-28
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR....................................29
Sinonimiya haqida tilshunoslikda turlicha qarashlar mavjud.Sinonimlarni o‘rganish dastlab faqat leksik sathda bo‘lib, “..odatda, “bir xil ma’noli so‘zlar”, “bir-biriga yaqin ma’noli so‘zlar”,”yaqin, yoki bir ma’noli so‘zlar”, “uslubiy bo‘yoqlari, qo‘llanish sathlari bilan farqlanuvchi so‘zlar sifatida ta’riflanadi”. “O‘zbek tilshunosligida sinonimlarga berilgan ta’rifga e’tibor berilsa, ularni belgilashda dastlab leksemalarning ma’no juhatidan bir xilligiga , so‘ngra ma’nolarning umumiyligiga, keyinchalik esa ma’noviy o‘xshash(aynan)likka asoslanilgani kuzatiladi”.
Misol sifatida yuz -bet - aft - bashara - turq qatorini keltirish maqsadga muvofiq. Ma’nodoshlik qatoridagi mazkur leksemalarning barchasida atash semalari bir xil: “odam boshi old tomoni”,“peshonadan iyakkacha”. Ammo ifoda semalari har bir leksemada o‘ziga xos. Aniqrog‘i, “shaxsiy munosabat” semasi har bir leksemada boshqaboshqa namoyon bo‘lgan. U yuz leksemasida “shaxsiy betaraf munosabat” ko‘rinishida bo‘lsa, turq leksemasida “o‘ta kuchli shaxsiy salbiy munosabat” tarzida.
Ma’nodoshlik qatoridagi leksemalarning ifoda semalari turli-tuman. Ulardan ayrimlari quyidagilar:
1) Ijobiy yoki salbiy baho yoxud munosabat semasi
2) Leksemaning qo’llanish davrini ko’rsatuvchi sema: ‘‘eskirgan’’, ‘‘yangi’’, ‘‘o‘ta yangi’’, ‘‘arxaik’’, ‘‘tarixiy’’;
3) Leksemaning qo’llanilish doirasini ko’rsatuvchi sema: ‘‘ shevaga xos ’’, “so’zlashuvga xos”, “ko’tarinkilik” va h.k
Leksik sinonimiya leksemalarning bir xil ma’no anglatishiga ko‘ra guruhlanishidir: yelka, kift, o‘miz (birinchi guruh); in, uya, oshyon (ikkinchi guruh); nur, shu’la, yog‘du, ziyo (uchinchi guruh) va b.lar. Bunday guruhlar tilshunoslikda sinonimik qatorlar deb nomlanadi. Har bir sinonimik qatorda:
a) Leksemalarning denotativ ma’nosi bir xil, ifoda semalari har xil bo’ladi. Masalan, ozod, erkin, hur, sarbast leksemalari bitta denotatni – o’z haq-huquqiga egalikni ataydi, biroq ularda o’zaro farqlanuvchan ifoda semalari bor.
b) ifoda semalari ba’zan darajalanadi: yuz, bet, aft, bashara, turq leksemalari barchasida (“yuz” dan boshqasida) salbiy bo’yoqli semalar bor, biroq bu semalarda salbiy bo’yoqning ifodalanishi “bet”dan “turq”qa tomon ortib boradi.
d) ifoda semalari bo’lmagan, betaraf ma’noli leksemalar sinonomik qatorning dominantasi hisoblanadi. Chunonchi, yuz, bet, aft, bashara, turq (yuz –dominanta); nur, yog’du, ziyo (nur- dominanta).
Ifoda semalarining har xilligidan kelib chiqib, leksik sinonimlar quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Ma’no sinonimlari(ideografik sinonimlar). Bunday sinonimlar ma’no qirralari bilan farqlanadi.
2. Uslubiy sinonimlar( stilistik sinonimlar). Bunday sinonimlar leksik ma’nosi ijobiy yoki salbiy bo’yoqlar bilan qoplangan bo'ladi, ayni shu semalar sinonimning uslubiy vosita sifatidagi qiymatini belgilaydi.
3. Nutqiy sinonimlar – nutqning u yoki bu turiga xoslanishi bilan o’zaro farqlanadigan sinonimlar.
Graduonomik lug’aviy qatorni ajratishning lisoniy omillari quyidagilar:
a) ma’noviy omil;
b) so’zlararo paradigmatik munosabat.
Graduonomik qatorni ajratishdagi ma’noviy omilning mohiyati shundaki, bir qator leksemalar sememasida ma’lum bir belgining oz-ko’pligiga, turli xil darajalariga ishora mavjud. Masalan, eshik, darcha, darvoza leksemalarini kuzataylik:
1. Darcha-ilgarigi vaqtlarda deraza vazifasini o’tagan bir tavaqali eshik yoki devorga o’rnatilgan kichkina eshikcha.
2. Eshik- uy, xona, bino yoki hovlining kiraverishida ochib-yopib turiladigan moslama.
3. Darvoza- hovli, qo’rg’on, qal’a, zavod va shu kabilarning kiriladigan, ochib-yopiladigan katta eshik, qopqa.
Stilistik sinonimlar doirasida quyidagilar ajralib turadi:
a)Zamonaviylik darajasi bilan bir-biridan farq qiluvchi sinonimlar. Bunday sinonomik turkumda bir so’z zamonaviy lug’at, ikkinchisi- eskirgan bo’ladi.
b) Qo’llanilish doirasiga ko’ra bir-biridan farq qiluvchi sinonimlar.
Sinonimlar lug’atlarida sinonomik qatorlar guruhlangan. Sinonimlar lug’ati birinchi bo’lib D.I Fovzina tomonidan 18-asr oxirida yaratilgan. Keyinchalik, 19-asr va 20- asrning birinchi yarmida P. Kalaidovich lug’atlari, A. I. Grecha, Davydova va boshqa mualliflar lug’atlari paydo bo’lgan.
1968-yilda “Rus tilining sinonimlar lug’ati” nashr etildi. Ushbu lug’at 9000 ga yaqin sinonimik guruhlarni o’z ichiga oladi. Biroq, sinonimlar orasidagi semantik farqlar minimallashtiriladi yoki umuman yo’q. Sinonimlarning stilistik
xususiyati belgilar yordamida beriladi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |