Yil fasllari Yil fasllari — bahor, yoz, kuz, qish. Yil fasllarining almashinishi Yer aylanish oʻqining orbita (Yerning Quyosh atrofida aylanish yoʻli) tekisligiga nisbatan ogʻishganligi (66°33’) sabab boʻladi. Yer Quyosh tevaragida aylanganda Yer oʻqining yoʻnalishi oʻzgarmaydi. Shu sababli Yer Quyosh atrofida aylanar ekan bir Shim. qutb, bir Jan. qutb Quyoshga qarab qoladi. Shim. qutb Quyoshga roʻpara boʻlganda Shim. yarim shar koʻproq isiydi, Jan. qutb Quyoshga roʻpara kelganda esa Jan. yarim shar koʻproq isiydi. Shundan yil fasllari almashinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |