Protestantlik diniy marosimlarning ko'pchiligini bekor qildi, faqatgina lyuteranlikda non va vino bilan cho'qintirish saqlanib qoldi. O'lganlarga bag'ishlangan duo o'qish, aziz-avliyolarga sig'inish, muqaddas murdalarga, sanamlarga topinish bekor qilindi. Ibodat uylari ortiqcha hashamlardan, mehroblardan, sanamlar, haykallardan tozalandi, ruhoniylarning uylanmaslik shartlari bekor qilindi. Bibliya milliy tillarga tarjima qilindi, uni sharhlash har bir xudojo'yning eng muhim burchi bo'lib qoldi. Asrorlardan faqat cho'qinish va mansublik (cherkovga) e'tirof etiladi. Ibodat va'z-nasihatlar, birgalikdagi ibodat va suralarni kuylashdan iborat bo'ldi. Protestantlar Bogorodisa shaxsiyatini, a'rofni tan olmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |