Bog'liq Markaziy bankining pul-kredit siyosati 5 BvMB
Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti 1i-21-guruh talabasi Yusupov Oybek Slayd asoschisi: Yusupov Oybek ✉️ Email addres: yusupovoybek799@gmail.com Pul-kredit tizimi Reja: 1.Pul kredit siyosati mohiyati
2.Pul kredit siyosatining tizimli ishlashi
3.Pul kredit siyosati va dasturlari
Pul-kredit siyosati - hukumatning pul muomalasi va kredit sohasida olib boradigan bosh yoʻli va mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini va uning samarali faoliyatini taʼminlashga, pul tizimini lozim darajada mustahkam sak/gab turishga qaratilgan chora-tadbirlari. P.-k.s. davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi boʻlib, odatda, uni Markaziy bank amalga oshiradi. P.-k.s. orqali muomaladagi ortiqcha pul massasi qisqartiriladi yoki koʻpay-tiriladi, inflyasiyann pasaytirish chora-tadbirlari koʻriladi. Markaziy bank P.-k.s.ni olib borishda pul bo-zoriga toʻgʻridan-toʻgʻri — oʻzining boshqaruv vakolatlari yordamida va pul emissiyasi orqali taʼsir oʻtkazishi mumkin.
P.-k.s. bevosita va bilvosita vositalar orqali amalga oshiriladi. Bevosita vositalar — moliyaviy institutlardagi moliyaviy aktivlar narxlari (foiz stavkalari)ni yoki ular haj-mini toʻgʻridantoʻgʻri boshqarish orqali olib boriladi. Markaziy bank tomonidan tijorat banklaridagi mavjud depozit kurinishidagi pullarni hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar narxlari va hajmi nazorat qili-nadi. Bilvosita vositalar — Markaziy bank tomonidan moliyaviy institutlar resurslarita bozor mexanizmlari (majburiy zaxiratalablari, ochiq bozordagi operatsiyalar, tijorat banklarini qayta moliyalash va Markaziy bankning hisob stavkasi, tijorat banklaridan depozitlarni qabul qilish va boshqalar) orqali iqtisodiyotdagi pul massasiga taʼsir etiladi.
Ta’kidlash lozimki, so‘nggi yillarda respublikamizda tarif va pul-kredit sohasida ko‘rilgan chora-tadbirlar inflatsiya darajasini asta-sekin pasaytirish imkonini berdi, makroiqtisodiy barqarorlik va izchil iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minladi.
Shu bilan birga global moliya-iqtisodiy tizimidagi murakkab va tez o‘zgaruvchan, shuningdek, valyuta munosabatlarini tartibga solishni liberallashtirish sharoitida makroiqtisodiy barqarorlik va aholining turmush darajasini oshirishni ta’minlashga qaratilgan monetar siyosatning amaldagi instrumentlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish talab etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5177-sonli Farmoni bilan valyuta bozorini liberallashtirish jarayonlarida davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan qat’iy monetar siyosat olib borish belgilangan bo‘lib, bunda uning instrumentlaridan faol va moslashtirgan holda foydalanishni nazarda tutish, davlatning qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish, shuningdek, ochiq bozorda operatsiyalarni amalga oshirish amaliyotini hamda davlat qimmatli qog‘ozlarini garovga qo‘yish bilan banklarning likvidligini oshirish bo‘yicha operatsiyalarning joriy etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Moliya tizimining tarkibi. Pul-kredit tizimi statistikasi asosida hisobga olish tamoyillari. Pul-kredit tizimini boshqarish idoralari. Pul-depozit banklari. Pul-kredit sharхi asosiy makroiqtisodiy hisoblar orasida pul-kredit hisoblari bir qancha sabablarga ko‘ra muhim rol o‘ynaydi.
Birinchidan, asosida pul yotgan bozor iqtisodiyotida moliyaviy tizim sektorlararo resurslar oqib o‘tadigan vositachi vazifasini bajaradi. Pul-kredit sektori iqtisodiyotdagi barcha moliyaviy oqimlar bo‘yicha hisob-kitob markazi hisoblanib, ushbu sektorning hisoblarida moddiy resurslarni sektorlararo harakatini ifodalaydigan oqimlar dinamikasini aks etadi.
Ikkinchidan, pul-kredit hisoblari ochiq iqtisodiyotni makroiqtisodiy tahlil qilishda markaziy rol o‘ynaydigan o‘zgaruvchilar (pul, kredit, хorijiy aktivlar va passivlar kabi) holatini ifodalaydi. Bu o‘zgaruvchilarning daromadlar, narхlar va TBning holatiga ta’sir meхanizmini tushuntirishi uchun bir qancha turli klassik va hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalari ishlab chiqilgan. Ushbu mavzuda TBga monetar yondashish uchun asos bo‘lgan pul-kredit sohasidagi hisobga olish kategoriyalari ko‘rib chiqilgan. Pul-kredit sohasining hisoblar tizimi yyetarli darajada keng va moslanuvchan bo‘lgani uchun pul, narхlar va TBning turli nazariyalarga asoslangan tahlil ishlarida foydalanish mumkin.