O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
Uyga berilgan 329-mashq sharti asosida tekshiriladi. O’quvchilar tomonidan tuzilgan gaplar tahlil qilinadi, eng mazmunli tuzilgan gap egasi rag‘batlantiriladi.
«5-ortiqcha» ta’limiy o‘yini. O’qituvchi so‘z turkumini takrorlash maqsadida o‘tkazadi.
Namuna: So‘z turkumlari qatoridagi so‘zlardan bitta ortiqchasini toping.
Maktab, kitob, kundalik, keldi, bola.( Ot)
Chiroyli, moviy, qizil, ikkita, shirin.(Sifat)
O’quvchi, to‘rtta, beshinchi, yuzta, o‘nta. (Son)
Bordi, keldi, o‘tirdi,uxladi, chiroyli.(fe’l)
O’quvchilar javobi umumlashtiriladi va rag‘batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |