Yangi mavzuni mustahkamlash.
394-mashq asosida «Yod yozuv diktanti» olinadi. Bu diktantni o‘tkazishda o‘qituvchi o‘quvchilarning eslab qolish qobiliyatini oshiradi. O'quvchilar she’rni ifodali o‘qib, yod oladilar. O‘qituvchi ikki-uch nafar o‘quvchidan she’rni yoddan so‘raydi. Kitoblarni yopib, she’rni yoddan yozish topshirig‘i beriladi. O‘quvchilarga tinish belgilaridan o‘z o‘rnida foydalanish, husnixat malakalariga rioya qilish lozimligi aytiladi.
Kezib yurar gulbahor,
Go‘zalligi zavqi bor.
Yam-yashil ekan tusi,
Yoshlikka to‘la husni.
Yashilligi yoshlikdir,
Quchog‘i quyoshlikdir.
Po’lat Mo’min
Darsga yakun yasash va baholash.
O‘tilgan mavzu savol va topshiriqlar berish orqali yakunlanadi. Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar izohlab baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |