Darsning maqsadi:
Ta’limiy: gapda so‘zlarning bog‘lanishi haqidagi tasavvurni shakllantirish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda milliy sharqona odob-axloq qoidalarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, o‘z fikrini aniq bayon qilishga o‘rgatish.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi dars.
Dars metodi: muammoli metod, suhbat, ta’limiy o‘yin.
Dars jihozi: mavzuga oid rasmlar, savolli kartochkalar, tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Uy vazifasini tekshirish.
mashq sharti asosida tekshiriladi. O’tilgan mavzu yuzasidan savollar berib, o‘quvchilar baholanadi.
Yangi mavzu bayoni.
mashq. O’qituvchi mashqda o‘quvchilar diqqatini jamlash maqsadida “Xatosini top” ta’limiy o‘yinidan foydalanishi mumkin. Buning uchun doskaga (yoki slayd orqali) tipratikan haqidagi matn noto‘g‘ri yozib qo‘yiladi. So‘ng o‘quvchilarga matnni avval yaxshilab o‘qish topshirig‘i beriladi.
Qishda tipratikanlar shox-shabba tagida keldi.
Mana bahor ham uyg‘ondi. Ona tabiat turdi.
Tipratikanlar qish uyqusidan uxlaydi.
O’quvchilar o‘qituvchi tomonidan ataylab yo‘l qo‘yilgan xatoni topishadi. Matndagi gaplarni o‘z o’rniga qo‘yib, daftarlariga ko‘chirib yozadilar. Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
Har bir gapning asosi (mazmuni)ni bildirgan so‘zlarni aniqlab, tagiga chizadilar.
Ekranda so‘zlar beriladi. O‘quvchilar shu so‘zlardan gap tuzishlari kerak. Buning uchun so‘roq so‘zlar o’rniga so‘roqqa javob bo‘ladigan so‘zlarni qo‘yib gap hosil qilinadi. So‘zlar o‘qiladi. Berilgan so‘zlar nimani bildiradi? Shu so‘zlardan gap hosil bo‘lishi uchun nima qilish kerak? So‘roqlarga javob bo‘lgan so‘zlar ishtirokida gaplar tuzdiriladi.
Mavzuni mustahkamlash.
mashq. “O’z o’rnini top” ta’limiy o‘yinidan foydalanib ushbu mashqni bajarish mumkin. Buning uchun o‘qituvchi ikki xil matematik shakldan foydalanib, shakllar ichiga mashqdagi so‘zlar yozib qo‘yiladi. O’quvchilar avval shakllarni ikki guruhga ajratib oladilar va shakllar ichidagi so‘zlardan gap tuzadilar.
sevadi, juda, yer, mehnatni.
yaxshi, yerdan, olinadi, hosil.
Mashq asosida savol-javob o‘tkaziladi:
Berilgan so‘zlar nimani bildiradi?
Shu so‘zlardan gap hosil bo‘lishi uchun nima qilish kerak?
(Gap hosil qilish uchun so‘zlar mazmun jihatidan o‘zaro bog‘lanadi.)
Mashqda nimalar yozilgan? (So‘zlar.)
Nima uchun bu so‘zlar gap hosil qilmadi. (So‘zlar o‘zaro bog‘lanmagan.)
So‘zlardan gap hosil qilish uchun nima qilarniz? (Avval gap kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan so‘zlarni topib, shu so‘zlarga so‘roq berib, u haqida nima deyilganini bildirgan so‘zlarni topamiz, mazmunan bog‘langan so‘zlardan gap tuzamiz.)
Masalan, birinchi gap yer haqida aytilgan. Nima? yer. Yer haqida nima deyilgan? Yer nima qiladi? Yer sevadi. Yer nimani sevadi? (Mehnatni.) Yer mehnatni sevadi. Yer mehnatni juda sevadi. Ikkinchi gap ham shunday yo‘l bilan tahlil qilinadi.
Darslikdagi qoida o‘quvchilar bilan birgalikda keltirib chiqiladi.
So‘zlar mazmun jihatidan o‘zaro bog'lanib, gap hosil qiladi.
Bu topshiriq yangi mavzuni tushuntirish uchun mo‘ljallangan. Shuning uchun qoida tushuntirilishi jarayonida animatsiya bajariladi.
Darsga yakun yasash va baholash.
Bugun darsda nimani o‘rgandingiz?
Nimalarni bilib oldingiz?
Gapda so‘zlarning bog‘lanishini belgilashni bilish nima uchun zarur?
Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish. 262-mashq.
Mazmuniga mos so‘zlarni savollar o’rniga qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.
Bahorda (nimalar?) gullaydi. Qirda (nimalar?) ochiladi. Egatlarga (nimalar?) ekildi. Yaylovda (nimalar?) o‘tlaydi.
Gap nimalar haqida aytilganini, ular haqida nima deyilganini bildirgan so‘zlar tagiga chizing.
31-mashq. O’qing. So‘roqlar yordamida o‘zaro bog‘langan so‘zlarni aniqlang. Ularning boglanishini chizma yordamida ko‘rsating.
Namuna:
Biz maktabimizga shoirlarni taklif qildik. Kechaga Po’lat Mo’min, Tursunboy Adashboyevlar kelishdi. Ular bizga yangi she’rlaridan o‘qib berishdi.
Esda tuting.
Gapda so‘zlar o‘zaro boglanib keladi. Gapda so‘zlarning bog’lanishi so’roqlar yordamida aniqlanadi.
Ikkinchi darajali bo’laklar gapda bosh bo’laklar bilan yoki boshqa ikkinchi darajali bo’laklar bilan bog‘lanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Boshlang’ich sinflar takomillashtirilgan davlat ta’lim standart, «Boshlang’ich ta’lim», 2006, 5-son
2.Boshlang’ich sinflar takomillashtirilgan o’quv dasturi, «Boshlang’ich ta’lim», 2006, 5-son.
3.G’afforova T va boshqalar, Ona tili, 1-sinf uchun darslik, T-2006.
4.Qosimova K va boshqalar, Ona tili, 2-sinf uchun darslik, T-2006.
5.Fuzailov S, Xudoyberganova M, Ona tili, 3-sinf uchun darslik, T-2006.
9-amaliy mashg’ulot
|
4.2. Gap ustida ishlash darslari ishlanmasini tuzish. namuna asosidagi mashg’ulotlarning shakllari
|
Amaliy mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi
Vaqti: 2 soat
|
Talabalar soni: 25 ta
|
Mashg’ulot shakli:
|
Amaliy mashg’ulot
|
Amaliy mashg’ulot rejasi:
|
1. Namunaviy mashqlarning ta’limda tutgan o’rni va ahamiyati
2. Konstruktiv mashqlarni tashkil etish samarador usullari
3.Dars namunalarini kuzatish va tahlil qilish.
4.Talabalar faoliyatini baholash.
|
O’quv mashg’ulotning maqsadi:
|
Talabalarni dastur talab asosida namunaviy va konstruktiv mashqlarni tashkil etish usullarini egallashlariga erishish, mustahkamlashda mashq materiallari ustida ishlash usullarini o’rgatish.
|
O’qituvchining vazifasi:
1.Mavzu yuzasidan topshiriqlar tizimini ishlab chiqish va talabalarga berish.
2.Mavzu yuzasidan metodik adabiyotlar ro’yxatini tuzish.
3.Darsda foydalanish uchun darslikka qo’shimcha test, diktant, krossvord, ta’limiy o’yinlar, ko’rgazmali qurollar ishlab chiqish bo’yicha maslahatlar mazmunini ishlab chiqish.
4.Otlarning birlik va ko’plikda qo’llanilishi bo’yicha dars namunalari ishlab chiqish. 1–4 - sinfda «Gap va so`z birikmasi» mavzusini o’tishga tayyorlash.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |