M a v z u : Harakatni bildirgan so‘zlar
Darsning maqsadi: 1. Nima qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni so‘roqlar yordamida aniqlash, boshqa so’zlardan so‘roqlar yordamida farqlashga o‘rgatish, so'zlarni imloviy to‘g‘ri yozish ko‘nikmasini hosil qilish; 2. Mashqdagi she’r orqali tabiatni sevishga, uni ardoqlashga o‘rgatish; 3. O’quvchilarning nutqini harakatni bildiruvchi so‘zlar bilan boyitib, ulardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning uslubi: og‘zaki, induktiv uslub.
Dars jihozi: rasmlar.
Darsning borishi.
Tashkiliy qism: O’quvchilarni ona tili darsiga hozirlash.
Yangi mavzu bayoni:
Bolalarga harakatni bildiruvchi so‘zlarni tushuntirishda ko‘rgazmali harakatdan foydalaniladi:
O’qituvchi bir o‘quvchini xattaxta oldiga chiqaradi va stulga o‘tirg‘izadi: Akmal nima qildi? deb so‘raydi.
Bolalar: Akmal o‘tirdi.
Xattaxtaga «nima qildi? — o’tirdi» so‘zlari yoziladi.
Akmal turmoqchi bo‘lgandek harakat qiladi va o‘qituvchi «Akmal nima qilmoqchi?» deb so‘raydi.
Xattaxtaga «Nima qilmoqchi? — turmoqchi» deb yoziladi.
O’qituvchi Akmalga o‘rnidan turib yurishni aytadi. So‘ng bolalarga savol beradi:
Akmal nima qilyapti?
Yuryapti.
Xattaxtaga «Nima qilyapti? — yuryapti», deb yoziladi.
Xattaxtada: nima qildi? — o‘tirdi;
nima qilyapti? — yuryapti;
nima qilmoqchi? — turmoqchi ko‘rinishidagi jadval hosil bo‘ladi.
Xattaxtaga: nima qildi?
nima qilyapti?
nima qilmoqchi? deb yozib qo‘yiladi.
O’quvchilarga har xil harakat bajarayotgan mutaxassislar rasmlari ko‘rsatiladi. O’quvchilarga bir so‘z bilan javob berishlari aytiladi va ularning javoblari yozib boriladi: Xattaxtada:
nima qildi? — yozdi, chizdi;
nima qilyapti? — yuguryapti, arralayapti;
nima qilmoqchi?—yotmoqchi, uxlamoqchi.
O’quvchilarga muammoli savol beriladi:
Bolalar, bu so‘zlar nimani bildiryapti?
Harakatni bildiryapti.
Kimning harakatini bildiryapti?
Odamlarning harakatini bildiryapti.
Demak, tilimizda shaxs va narsani bildirgan so‘zlardan tashqari, harakatni bildirgan so‘zlar ham qo‘llanar ekan.
Bu so‘zlarning ham ma’nosini tushunib olishingiz, to‘g‘ri yozishingiz lozim.
Bu so‘zlar shaxs va narsa bildirgan so‘zlardan nimasi bilan farq qilyapti?
So‘rog‘i bilan, ma’nosi bilan farq qilyapti.
O’qituvchi so‘z aytadi, o‘quvchilar ular ichidan harakatni bildirgan so‘zlarni so‘roq yordamida aniqlab aytadi. So‘ng o‘quvchilarning o‘ziga harakatni bildirgan so‘zlar toptiriladi.
Kitob bilan ishlash.
125- mashq. Shartiga ko‘ra bajariladi.
Har bir so‘zni o‘qitib, u nimani bildiryapti, bu harakatlarni kimlar bajarishi so‘raladi (shifokor, o‘qituvchi, bolalar, o‘quvchi). So‘zlar har bir qatorga ikkitadan bo‘lib beriladi. Shu so‘zlarni qatnashtirib bolalar ikkita gap tuzib yozadi va o‘qiydi. Quyidagicha gaplar tuzadilar:
O‘qituvchi o’qitadi.
Shifokor davolaydi.
Bolalar o’qiydi.
Bolalar o’ynaydi.
Shu kabi gaplarni yozishgach, shaxs va harakatni bildirgan so‘zlar tagiga tegishlicha chizdiriladi. Ularga so‘roq berdirib, ma’nosi so‘raladi.
O’quvchilar 126-mashqning shartini o‘qiydilar. Bolalarga ism qo‘yadilar va berilgan so‘zlarni qo‘llab gap tuzadilar. Gapni birinchi tuzgan bola doskaga yozadi. Harakatni bildirgan so‘zning tagiga 2 chiziq chizadi. 2ta gap yozdirilgach, qolgani og‘zaki bajartiriladi.
Dam olish daqiqasi o‘tkaziladi.
127-mashq uyga vazifa qilib beriladi. O’quvchilarga mashq sharti bo‘yicha so‘roqlar yordamida so‘zlarni guruhlab yozishlari tushuntiriladi.
Nima qildi? — qochdi, qo‘ndi, ...
Nima qilyapti? — chiqyapti, uzyapti, ...
Nima qiladi? — oladi, qoladi, ...
Ba’zi harakat bildirgan so‘zlar bilan gap tuzishlari mumkinligi aytiladi. Shunda bola harakat bildirgan so‘zlar ma’nosidagi farqlarni bilib oladilar.
Darsda faol qatnashgan o‘quvchilarning reyting ballari qo’yiladi.
Mavzu: Harakatni bildirgan so‘zlar (mustahkamlash)
Darsning maqsadi: harakatni bildirgan so'zlarning ma’nosini tushuntirish, bu so’zlarni o’zi bog’langan so’zlar bilan so’roq yordamida aniqlashga, to‘g’ri talaffuz qilishga o’rgatish; o’quvchilarga ilm olishning ahamiyatini qisqa suhbat orqali tushuntirish.
Darsning uslubi: suhbat, analiz, tushuntirish uslublari.
Dars turi: mustahkamlash.
Darsning jihozi: tabiat tasvirlangan mazmunli rasm, lug’at yozilgan kartochka.
Darsning borishi.
Tashkiliy qism.
Uyga vazifa va o’tilgan mavzu so’raladi.
127-mashqdagi nima qildi?, nima qilyapti? nima qiladi? so’roqlariga javob bo’lgan harakatni bildirgan so’zlar o’qitiladi.
Harakatni bildirgan so‘zlar yuzasidan suhbat.
Qanday so’zlar harakatni bildiradi?
Harakatni bildirgan so’zlarga qanday so’roq beriladi?
Men ko’rsatgan so’zlarni o’qing va so’roq bering: ish- ladi, yozdi, bajardi, uzdi, chizdi, o‘ynadi...
128-mashqni o’qiydilar, o‘qituvchi olib kirgan rasmni kuzatadilar, she’rga sarlavha topadilar. O'quvchilar ichda bir marta o‘qiydilar. So‘ng she’rni diktovka bilan yozadilar. Oxirgi misrani o‘zlari topadilar (Keldi bahor). Shu misrani qanday harf bilan boshlaganliklari so‘raladi. Yozganlarini kitobga qarab tekshiradilar.
Harakatni bildirgan so‘zlarni so‘roqlar yordamida topish, tagiga ikkita to‘g‘ri chiziq chizish mustaqil ish qilib beriladi (eridi, oqar, kuldi, keldi).
129-mashq shartiga ko‘ra bajariladi: yaproqlar, chorlaydi, chang yutib, kozimizga yashnatib ko’rsatadi dunyoni so‘z, birikma va gap ustida ishlanadi.
130-mashq uyga beriladi. Mashq shartiga ko‘ra harakatni bildirgan so‘zlarni (ochdi, siladi, o‘tdi, esladi) ko‘chiradilar, ajratilgan so‘zlarning ma’nosini aytadilar.
Choyshabini — o‘rin-to‘shak ustiga yoziladigan yopinchiq, bu o‘rinda shu choyshab Po‘latning ustiga yopilgan.
urush dahshatlari — qo‘rqinchli, o‘t-olov ostida qolish, o‘qlardan yarador bo‘lish kabilarning ko‘rinishi.
haroratli quchog‘ida — issiq, yoqimli bag‘ri.
So‘zlarning lug‘aviy ma’nosini test yordamida bolalarga aniqlatish mumkin.
Choyshabi so‘zining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan:
ko‘rpa jildi.
to‘shak ustiga yoziladigan yopinchiq.
D) yostiq jildi.
Savol-javob yo‘li bilan dars yakunlanadi.
Bugun qaysi mavzu yuzasidan bilimlarimizni boyitdik?
Harakatni bildirgan so‘zlar qaysi so‘roqqa javob bo‘lar ekan? Harakatni kimlar (nimalar) bajaradi? Ularni qanday nomlaymiz? (shaxs va narsani bildirgan so‘zlar)
Qaysi so‘zlarning lug‘aviy ma’nosini izohladik? — (choyshabini, urush dahshatlarini, haroratli quchog‘ida, tanbeh yedi). Quchog‘ida, yedi so‘zlari qanday ma’nolarni bildiradi (onaning qiichog‘i, paxtazor (bog‘)ning quchog‘i); ovqat yedi, tanbeh yedi birikmalari taqqoslanadi. So‘zlar ko‘p ma’no bildirishi bolalarga aytiladi.
Harakatni bildirgan so‘zlarning tagiga qanday chiziq chiziladi?
O’quvchilar rag‘batlantiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
1. Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o’qitish metodikasi. -T.: Noshir, 2009. - 163 b.
2. G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat va uni o’qitish metodikasi.-T.: TDPU, 2009.
3. Raxmatullayeva L. Методика преподавания родного языка.-Т.: Учобное пособие. Молия Иктисод, 2007,
4. U. Masharipova, M.Umarova.Ona tili 3-sinf. Metodik qo’llanma –Tosh.: Sharq,2016.–121-125 b.
5. X.G’ulomova, T.G’afforova.1-sinfda Ona tili darslari -T.: Sharq, 2003.- 103-105 b.
6. R.Ikromova. –Ona tili 4-sinf. T.-2015: O’qituvchi, 126-128 b.
25-maliy mashg’ulot
|
7.2. 2-SINFLARDA FE'LNI O`RGANISH DARSLARI REJASINI VA ISHLANMASINI TUZISH
|
Amaliy mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi
Vaqti: 2 soat
|
Talabalar soni: 25 ta
|
Mashg’ulot shakli:
|
Amaliy mashg’ulot
|
Amaliy mashg’ulot rejasi:
|
1. Bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarni, fe’l zamonlarini o’rganish bo’yicha nazariy savol-javob.
2. Bo’lishli va bo’lishsiz fe’llarni, fe’l zamonlarini o’rganish bo’yicha ona tili dasturi tahlili.
3.“Bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar“, “«Fe’l zamonlari»ga oid mavzularning taqvim rejasi ustida ishlash.
4.“Bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar“, “«Fe’l zamonlari»ga oid mavzulardagi dars ishlanmalari taqdimoti.
|
O’quv mashg’ulotning maqsadi:
|
1.Talabalarni bo’lishli-bo’lishsiz fe’llar, fe’l zamonlarini o’tish bo’yicha metodik adabiyotilardagi tavsiyalarni amaliyotga tadbiq etishga o’rgatish.
2.Darslikdagi mashqlar tizimi ustida amaliy ishlash ko’rikmalarini shakllantirish.
3.Fe’l bo’lishli-bo’lishsiz fe’llar, fe’l zamonlarini o’tishda o’quvchilarni faollashtiradigan ish turlarini ijod qilishga, ijodiy izlanishga yo’llash.
|
O’qituvchining vazifasi:
1.Talabalarning bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar, fe’l zamonlari haqidagi nazariy bilimlarini aniqlash .
2.Talabalarda “Bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar“, “«Fe’l zamonlari»ni o’rganishning ahamiyati va ular ustida ishlash bo’yicha umumiy tasavvur hosil qilish
3.Talabalarni boshlang’ich sinflarda bo’lishli-bo’lishsiz fe’llar, fe’l zamonlarini o’rganish izchilligi, dastur talablari, shaxs-son kategoriyalarini o’rganish usullari, mashqlar tizimi bilan tanishtirish.
4.Ma’ruza davomida talabalarning faoliyatini kuzatish va baholash (5 ball)
|
O’quv faoliyatining natijasi
Talabalar bilishi kerak
1. Talabalarning bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar, fe’l zamonlarini
o’rganishning maqsad va vazifalarini.
2. Bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar, fe’l zamonlarini o’rganish usullaridan foydalana olishni, mashqlar tizimini qo’llay bilishni egallashi.
3. Bo’lishli va bo’lishsiz fe’llar, fe’l zamonlarini o’rgatishda ko’rgazmali qurollar, ta’limiy o’yinlardan foydalana bilishni.
|
Ta’lim metodi va texnikasi
|
Suhbat,muammoli izlanish, mustaqil ish metodi.Komp’yuter texnologiyasidan foydalanish: slaydlar.
|
Ta’lim vositasi
|
Proektor
|
Ta’lim shakli
|
Yakka tartibdagi savol-javob, kichik guruhlarda ishlash
|
Ta’lim sharti
|
Auditoriya, TSOdan foydalanish
|
Amaliy mashg’ulotlarining texnologik xaritasi
Dars bosqichlari va vaqti
|
O’qituvchi
|
Talaba
|
1-bosqich
Kirish
(5 daqiqa)
|
1. Amaliy mashg’ulot mavzusini
|
Do'stlaringiz bilan baham: |