(Quyidagi rivoyat sahnalashtiriladi).
Podshoh bir kuni vazirlariga:
- Menga eng lazzatli taom pishirib keltiringlar, - dedi.
Vazirlar maslahatlashib, til go'shtidan taom pishirib keldilar. Taom podshohga ma’qul bo'ldi.
U: - Endi esa menga eng achchiq narsadan tayyorlangan ovqat olib kelinglar, - deb farmon berdi.
Bu gal ham unga til go'shtidan ovqat pishirib keldilar.
Podshohga topshiriqning ijrosi ma’qul bo‘ldi va vazirlarini mukofotladi.
2- boshlovchi: - Navbat so'zlashish madaniyati haqidagi maqol va she’rlarga.
Do'stlaringiz bilan baham: |