AQLLI BOG‘BON
Reja:
Bo‘g‘bonning o‘g‘illariga vasiyati.
Bog‘bon olamdan ko‘z yumdi.
Oltin - mehnatda.
Bir bog‘bonnning uch o‘g‘li bor edi. Kunlardan bir kun bog‘bon o‘g‘illarini chaqirib shunday debdi:
- Bog‘dagi tokning tagiga bir xum oltin ko‘mib qo‘yganman. Mendan keyin o‘zingiz kovlab olarsizlar.
Oradan bir necha kun o‘tgach, bog‘bon olamdan ko‘z yumibdi. O‘g‘illari oltin axtarib tokning tagini rosa qazishibdi. Lekin oltin topilmabdi. Ammo shu yili tok chunonam ko‘p hosil qilibdi. Uzumning puliga bir necha xum oltin sotib olsa bo‘lar ekan.
Shunda o‘g‘illar oltin yerda emas, mehnatda ekanini anglab- dilar. 0‘quvchilar bayonni yozib bodgach, o‘qituvchi daftarlarni yig‘ib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |