Mavzu: Gap bo’laklari (392-394-mashqlar).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarning gap bo’laklari haqidagi bilimlarini mustahkamlash; imlo malakalarini takomillashtirish;
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni «odob-axloq qoidalari»ga rioya qilish ruhida tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini oshirish; yozma nutqini rivojlantirish.
Darsning turi: bilim, ko’nikma, malakalarini mustahkamlash darsi.
Darsning metodi: suhbat, tushuntirish, mustaqil ishlash, «Venn diagrammasi» metodi, Yod yozuv diktanti.
Darsning jihozi: multimedia ilovasi, tarqatma materiallar, test.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘quvchilarning o‘quv yili davomida olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida kichik test olinadi.
Berilgan gapdan bosh bo‘laklarni toping.
O‘quvchilar qiziqarli kitob o ‘qiydilar.
o‘quvchilar, o‘qiydilar
kitob, o‘qiydilar
qiziqarli, kitob
qiziqarli, o‘qiydilar
Do'stlaringiz bilan baham: |