Denov filiali pedagogika fakulteti


-ilova. Mavzuni mustahkamlashda darslik materiallari ustida ishlash bo’yicha topshiriqlar



Download 7,27 Mb.
bet362/551
Sana23.01.2022
Hajmi7,27 Mb.
#404392
1   ...   358   359   360   361   362   363   364   365   ...   551
Bog'liq
Она тили ўқитиш методикаси фанидан ЎУМ 3-курс 2019-2020

3-ilova. Mavzuni mustahkamlashda darslik materiallari ustida ishlash bo’yicha topshiriqlar.

1. Namunaviy va konstruktiv mashqlarni tashkil etish bo’yicha darslik materiallariga munosabatingizni bildiring.



2. Berilgan namunaviy va konstruktiv mashqlarni kichik guruhlarda taqsimlab olib, ular ustida ishlash yo’lini ochib bering.

Amaliy mashg’ulotda dars fragmentini namoyish etgan va bahs-munozarada qatnashgan talabalarni baholash mezonlari



Baholash mezonlari

Ball

50

3

4

5

50

30

40

45-50

1.

Amaliy mashg’ulot mavzusining yoritilishi













2.

Bayon etishning to’liqligi, aniqligi, ketma-ketligi, mantiqiyligi.













3.

Qo’llanilmagan ta’limiy vositalar o’quv materiallarining to’g’ri, tanlanganligi va ulardan o’rinli foydalanish.













4.

O’qituvchi mahorati













5.

O’qituvchining nutq madaniyati













6.

Xulosalarning aniq ifodalanishi













7.

Dars tahlili.

a) ijobiy tomnlarini ko’rsatish;

b) kamchiliklarini ko’rsatish;

v) tavsiya berish va uni asoslash.















8.

Savollar bilan ishtirok etish, savollar soni.













9.

Dasr bo’yicha talabаning shaxsiy fikri va ijodkorligi













10.

Vaqtga rioya qilishi













11.

Jami (Eng yuqorisi).













1. Nazariy savol-javob:

  1. Boshlang’ich sinflarda gapning qaysi xususiyatlari o’rganiladi?

  2. Gapga xos xususiyatlar qanday izchillikda o’rganiladi?

  3. Gap ustida ishlashga doir mashq turlarini ayting.

2. Gap ustida ishlashga doir mashqlar:

1-guruh uchun topshiriq:

Namuna asosidagi mashqlarni uyushtirishni amaliy yoriting.



2-guruh uchun topshiriq:

Konstruktiv mashqlarni uyushtirishni amaliy yoriting.



3-guruh uchun topshiriq:

Ijodiy mashqlarni uyushtirishni amaliy yoriting.



3. Har bir guruhning faoliyatini talabalarning o’zlari muhokama qiladi va baholaydi.

4. Amaliy mashg’ulot yuzasidan talabalarning fikr-mulohazalarini eshitish va darsni yakunlash.

Guruhlar uchun topshiriq.

2.3) Gap bo’laklari ustida ishlash darslari va ishlanmasini tuzish.

2.4) 4-sinfda gap ustida ishlash mavzusini amaliy yoriting.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Boshlang’ich sinflar takomillashtirilgan davlat ta’lim standart, «Boshlang’ich ta’lim», 2006, 5-son

2.Boshlang’ich sinflar takomillashtirilgan o’quv dasturi, «Boshlang’ich ta’lim», 2006, 5-son.
10-amaliy mashg’ulot: 4.3. Gap bo’laklari ustida ishlash darslari ishlanmasini

tuzish. (2 soat)

Gap ustida ishlashning boshlang'ich bosqichi savod o'rgatish davriga to'g'ri keladi. Bu davrda o'quvchilar gapning muhim xususiyatlari (fikr ifodalashi, tugallangan ohang bilan aytilishi) bilan tanishadilar. Gapning bu xususiyatlarini bilmasdan turib, so'zlardan gap tuzib bo'lmaydi. Agar o'quvchilar gapning bosh bo'laklarini ajrata olmasalar, gap nutqning yaxlit birligi ekanini bilmaydilar. Ega va kesim gapning qurilishi va mazmunining asosini tashkil etadi. Shuning uchun ham savod o'rgatish davrida gapning bosh bo'laklari ustida kuzatish o'tkazgan ma’qul.

Gapning bosh bo'laklarini kuzatish bilan o'quvchilar o'z fikrlarini aniq ifodalashga o'rganadilar, ularda nutqdan gapni ajratish ko'nikmasi shakllanadi. Gapni o'rganish me’yoriga qarab uning tarkibiy qismlari, xususan, so'z birikmasi haqidagi tasawur aniqlanadi.

Boshlang'ich sinflarda o'rganiladigan sintaktik material kam bo'lsa ham, butun o'quv yili davomida, boshqa mavzularga singdirilgan holda gap ustida ishlab boriladi.

Dasturga ko'ra, 1-sinfda o'quvchilarga gap haqida elementar tushunchalar beriladi. Gap tugallangan fikr bildirishi, gap so'zlardan tashkil topishi, uning oxiriga ma’lum tinish belgilari qo'yilishi haqida amaliy ma’lumotlar beriladi.

2-sinfda esa o'quvchilar gap haqida nazariy tushunchalar oladilar. Ular gapdan shu gap kim yoki nima haqida aytilganini va u haqda nima deyilganini bildirgan so'zni ajratishga o'rganadilar. Aslida gapning grammatik asosi ustida ishlash mana shundan boshlanadi va bu bosh bo'laklarni o'rganishga muqaddima bo'ladi.

3-sinf gap ustida ishlashda yangi bosqichdir. O'quvchilar gapni amaliy o'rganishdan tushuncha sifatida o'rganishga o'tadilar. Ular gapning muhim belgilarni bilib oladilar. Bu bosqichda bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarning ta’rifi, ega va kesim atamalari kiritiladi. Bu sinfda gapda so'zlaming bog'lanishiga katta e’tibor beriladi. O'quvchilar gapning asosi (ega va kesim)ni ajratadilar, ikkinchi darajali bo‘laklarni farqlaydilar va gapdagi ikki so‘z (hokim va tobe so‘z)ni, so'zlaming grammatik jihatdan, ya’ni qo'shimchalar orqali bog'lanishini bilib oladilar.


Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   358   359   360   361   362   363   364   365   ...   551




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish