3. Sonning imlosini qaysi usulda tushuntirasiz.
4. Sonni mustahkamlashda qaysi imloviy mashqlardan foydalaniladi?
3-ilova
Darslik materiallari ustida ishlash.
321-mashq. Matnni o’qing. So’roqlar yordamida sonlarni toping.
Hisobchi.
6, 8 va 10 yosh atrofidagi 3 bolakay baliq oviga chiqishdi. Qarmoqni suvga tashladilar, chelakni suvdan 30 qadam nariga qo’yishdi. Tutgan baliqlarini chelakka olib borib solishdi. - Qancha baliq tutdik? - so’radi katta bola. Menimcha, 50 ta baliq tutdik, - dedi o’rtanchasi. Kenja bolani baliqni sanab kelishga yuborishdi. Kenjatoy bor-yo’g’i 20 gacha sanashni bilardi. (Serik Boyto’qaevdan).
Sonlarni o’zi bog’langan ot bilan birga ko’chiring. Raqamlarni harfiy ifodalar bilan yozing.
323-mashq. Chiziqchalar o’rniga sanalarni qo’yib matnni qayta o’qing. Qaysi birida matn mazmuni to’liq ifodalangan.
……… - yil ……….. sentyabr – Mustaqillik kuni. ………… yil ……… noyabrda Davlat bayrog’i haqidagi qonun tasdiqlandi. ………….-yil ………. yilda O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi haqidagi qonun qabul qilindi.
………… yil ……… dekabrda O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilindi. ……..-yil ……..-dekabrda O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilindi.
Sanalarni qo’yib, matnni ko’chiring. Nechanchi, so’rog’iga javob bo’lgan so’zlarni ayting.
329-mashq. She’riy masalani o’qing. Yoddan yozing. Sonlarni harflar bilan ifodalang.
Bog’da o’sar 10 ta nok,
5 ta olma, 5 ta tok .
Ekdik 15 ta olxo’ri,
Qancha bo’ladi bari?
Hammasi neta daraxt bo’ladi ? Sonlar qaysi so’z turkumiga bog’lanib kelgan va narsalarning nimasini bildiryapti?
335-mashq. Matnni o’qing. CHiziqchalar o’niga qancha? nechta? nechanchi? so’roqlariga javob bo’lgan so’zlarni qo’yib ko’chiring.
Namuna. 15-maktab, …
Biz …. sinfda o’qiymiz.Sinfimiz keng va yorug’. Sinfimizda ... parda, ……. stol va … ta stul bor. Sinfimizning buchagida …… kitob javoni bor. Bujavonda kitob, daftar, ruchka va boshqa o’quv qurollari saqlanadi. Har partada …… bola o’tiradi. Men o’rtog’im Xabibulla bilan …… partada o’tiraman. Biz sinfimizni doim ozoda tutamiz.
Xabibulla so’zi o’rniga partadoshingizning nomini qo’yib yozing. Tartib bildirgan sonlar raqam bilan yozing. Raqamlardan so’ng chiziqcha qo’yishni unutmang.
322-mashq. O’qing. Sonlarni so’roqlar yordamida aniqlang, ularni o’zi bog’langan so’z bilan ko’chiring.
Italiyalik oshpazlar ulkan tort yaratishibdi. U dunyodagi eng katta tort sifatida «Gennis rekordlari» kitobiga kiritilgan. Tortning uzunligi 2 km – u 396 metr. Uni tayyorlash uchun 500 kilogramm sariyog’, 900 kg shakar, 500 kg olxo’ri murobbosi, 14 000 ta tuxum ishlatilgan. Ulkan tortni tayyorlash 200 kishi ter to’kkan.
325-mashq. Ertakni o’qing. So’roqlari yordamida sonlarni toping.
Qadimda yurtimizga yog’iylar hujum qilib, bo’yi arava g’ildiragidan baland yigitlarni o’ldirar ekanlar. SHunday kunlarning birida aravasozning oldiga bir kishi kelib - usta, mening 11 ta bolam bor. Kichigim 14 yoshga to’ldi. Xalqimizda bunday farzandlar soni son-sanoqsiz … yov odamlarni bilan o’lchaydi. Farmon bering, yurt aravalarining g’ildiragini 2 hissaga kattalashtiraylak. Usta rozi bo’libdi. Yurtda omon qolgan o’smirlar 2-3 yilda voyaga yetibdilar. Ular vatanni dushmandan ozod qilibdilar.
Sonlarni o’zi bog’langan so’z bilan birga ko’chiring. Raqamlarni harfiy ifoda bilan yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |