Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Yangi mavzuning bayoni.
Kirish suhbati. O’qituvchi doskaga yozilgan so‘zlar (bosh, boshliq, boshla, boshli, boshchilik; gul, gulchi, gulzor, guldor, gulla)ga o‘quvchilar diqqatini qaratib, bu so‘zlarning har biri ustida quyidagicha suhbat o‘tkazadi:
Bosh so‘ziga so‘roq bering. (Nima?)
Boshliq so‘ziga so‘roq bering. (Kim?)
Bu so‘zlar nimani bildiryapti? (Shaxs va narsalarni.)
Boshli so‘ziga so‘roq bering. (Qanday?)
Qanday? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘z nimani bildiradi? (Shaxs va narsalarning belgi xususiyatini.)
Bu so‘zlarda umumiylik nimada? (ma’no va shakl jihatdan umumiy qismga ega) Ularning qismlarida umumiylik seziladi. Ana shu umumiy qism so‘zning asosidir.
Shuningdek, gul, gulchi, gulzor, guldor so‘zlari bilan ham shunday savol-javob o‘tkazilib, javoblar umumlashtiriladi.
O’quvchilar 140-mashqda berilgan asosdosh so‘zlarni doskadan o‘qiydilar va suhbat yordamida nima uchun ular asosdosh so‘zlar bo’la olishini aniqlaydilar. Suhbatda quyidagi savollardan foydalanish mumkin:
Sinf so‘ziga so‘roq bering. (Nima?)
Endi sinfdosh so‘ziga so‘roq bering. (Kim?)
Kim?, nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlar nimani bildiradi? (shaxs va narsalarni.)
Sinf deganda nimani tushunasiz? (Mana shu biz o‘qiyotgan xonani.)
Sinfdosh deganda-chi? (Bir sinfda o‘qiydigan bolalar bir- biriga sinfdosh.)
Shu ikki so‘z uchun umumiy boigan so‘zni o‘qing. (Sinf) O’qituvchi suhbatni xulosalab, sinf - sinfdosh so‘zlarining
umumiy qismi sinf. Bu so‘zlar asosdosh so‘zlardir. Asosdosh so‘zlar uchun umumiy bo‘lgan qism asos deyilishini tushuntiradi. Bolalar qoidani darslikdan o‘qiydilar. Asosdosh so‘zlarni doskadan yoki kitobdan ko‘chirib yozadilar. Asosni namunada ko‘rsatilgandek belgilaydilar.
Namuna: ish- ishchan.
O’quvchilar -chi, -li qo‘shimchalarini qo‘shib yangi so‘zlar hosil qiladilar. Ularning qanday so‘roqlarga javob bo‘lishini, qanday ma’no bildirishini aytadilar.
sut — sutchi nur - nurli
hashar —... ishonch - ...
bo’yoq -... intizom -...
holva—... odob-...
kashta-... qor -...
1-topshiriq.
- Tilimizda minglab so‘zlar bor. Ular orasida bir umumiy qismga ega bo‘lgan so‘zlar ham bor. (Tushuntirish jarayonida ekranda so‘zlar paydo bo‘ladi.) Masalan: yozuv, yozma, yozuvchi, yozishma; bosh, boshliq, boshla, boshli, boshchilik so‘zlariga e’tibor bersangiz, ular uchun yoz, bosh qismlari umumiy ekanligini ko‘rasiz.
Yozuv, yozma, yozuvchi, yozishma; bosh, boshliq, boshla, boshli, boshchilik - so‘zlarning umumiy qismlari aytilganda, so‘zlarning asosi yarim oy shakli bilan belgilanadi.
-Ma’no va shakl jihatdan umumiy qismga ega bo‘lgan so‘zlar asosdosh so‘zlardir. Asosdosh so‘zlar uchun umumiy qism asos deb nomlanadi.
III. Yangi mavzuni mustahkamlash.
141-mashq. O’quvchilarga mashqdagi she’riy parcha ifodali o‘qitiladi. Mazmuni yoritiladi. O’quvchilarning vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatlarini oshirib, O’zbekiston buyuk va qudratli davlat ekani, tinchlik bizga doim yo‘ldosh bo‘lishi haqida uqtiriladi. She’r matnidagi asosdosh so‘zlar doskada yonma- yon yozilib, aniqlanadi. Ularning umumiy qismi namunadagidek belgilanadi.
Namuna: yo‘l-yo‘ldosh, yo‘lchi, yo‘lboshchi, yo‘lli.
Do'stlaringiz bilan baham: |