Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarda unli tovushni undosh tovushdan ajratish hamda unli tovushlar so‘z ma’nosini farqlashga xizmat qilishi haqidagi bilimlarini aniqlash, so‘zlar talaffuzini kuzatish va ularni tovush tomonidan tahlil qilish ko‘nikmasini o‘stirish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarni komil inson qilib tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda imloviy va husnixat ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Dars turi: yangi bilim, ko‘nikma, malakani shakllantiruvchi dars.
Dars metodi: suhbat, kichik guruhlar bilan ishlash, ta’limiy o‘yin.
Dars jihozi: tarqatma materiallar, rasmlar, didaktik materiallar, testlar, multimediali ilova.
Do'stlaringiz bilan baham: |