Denov filiali pedagogika fakulteti



Download 7,27 Mb.
bet134/360
Sana11.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#544168
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   360
Bog'liq
Denov filiali pedagogika fakulteti (3)

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

O’quvchilarning darsga tayyorgarligi nazorat qilinadi.

  1. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.

Uyga berilgan vazifa ogzaki oqitish orqali tekshiriladi.
O’quvchilar bilimi kichik test o’tkazish orqali aniqlanib baholanadi. Buning uchun o’qituvchi test savollarini monitor orqali ko’rsatadi. O’quvchilarga esa quyidagi jadval tarqatiladi: Ular savollarni monitordan o’qib, jadvalni to’ldiradilar. To’g’ri javobni monitor orqali ko’radilar va o’z-o’zlarini tekshiradilar.

t/r

Javob

Ball

1

D

1 ball

2

E

1 ball

3

D

1 ball

4

A

1 ball

5

B

1 ball




Jami

5 ball





t/r

Javob

Ball

1







2







3







4







5










Jami

ball



M ultimedia ilova orqali testlar bajartiriladi


II.Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. 185-mashqni bajarish uchun «Guruhini top» ta’limiy o’yinidan foydalanish mumkin. Buning uchun A4 qog’ozga quyidagi ko’rinishdagi chizma chiziladi. O’quvchilar mashqdagi so’zlarni o’qib guruhiga mos so’zlarni topib yozadilar va namunada ko’rsatilgandek chizib chiqadilar. Bu ta’limiy o’yinni qatorlar bilan musobaqa tarzida ham tashkil etish mumkin.



So‘z yasovchi qo‘shimcha olgan so‘zlar

So‘zlarni o’zaro bog’lovchi qo‘shimcha olgan so‘zlar




sutchidan mazmunli gulchining qayg‘usiz yurakli baliqchini



sutchidan mazmunga gulchida qayguning yurakni baliqchiga

1-topshiriq.
— Ajratib ko’rsatilgan so’zlarning asosini, so’z yasovchi va so’zlarni o’zaro bog’lovchi qo’shimchalarni tegishli belgilar bilan belgilang, - degan topshiriq beriladi.
1. Ilg’or terimchiga mukofot berildi. 2. Gulchidan katta guldasta oldik. 3. Temirchining ishi - mashaqqatli ish. 4. Ba- liqchining ovi baroridan keldi.
O’ylab ko’ring! Qo’shimchalar asosga qay tartibda qo’shiladi? - savoli beriladi.
Savol berilganda birinchi gapdagi ajratilgan so’zning asosi -terim, so’ng -chi, keyin -ga qo’shimchasi kattalashtirilib ko’rsatiladi.

  1. mashq. Ajratib ko’rsatilgan so’zlarga so’z yasovchi va so’zlarni o’zaro bog’lovchi qo’shimchalardan mosini qo’yib, gaplarni o’quvchilar daftarlariga ko’chiradilar.

  1. sut, ovqat, foyda, kishi; 1. Sutli ovqat kishiga foydali.

  2. quyosh, xona, tushdi, nur; 2. Quyoshning nuri xonaga tushdi.

  3. suv, sug’ordi, g’o’za, tunda; 3. Suvchi tunda g’o’zani sug’ordi.

  4. ozoda, maktab, ko’cha, yur. 4. Ko’chada, maktabda ozoda yur.

Gapda so’zlarni bir-biriga bog’lash uchun xizmat qilgan so’zlarni o’zaro bog’lovchi qo’shimchalari belgilanadi.
2-topshiriq:
186-mashqdagi ajratib ko’rsatilgan so’zlarga so’z yasovchi va so’zlarni o’zaro bog’lovchi qo’shimchalardan mosini qo’yib, gaplar tuzing. Gap tuzish uchun so’zlarni gapdagi tartibini raqamlarda belgilang - degan topshiriq beriladi.
sut, ovqat, foyda, kishi;
quyosh, xona, tushdi, nuri;
suv, sug’ordi, g’o’za, tunda;
ozoda, maktab, ko’cha, yur.
Foydalanish uchun qo’shimchalar va raqamlar:
-li, -siz, -chi, -la, -kor,-ning, -ni, -ga, -da, -dan; 1, 2,3,4.
Sutli ovqat - kishiga foydali.
Quyoshning nuri xonaga tushdi.
Suvchi tunda g’o’zani sug’ordi.
Maktabda, ko’chada ozoda yur.
IV. Darsga yakun yasash va baholash.
Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantirilib, baholanadi.
V. Uyga vazifa berish.

  1. mashq sharti tushuntiriladi. Ajratib korsatilgan sozlarning asosini, soz yasovchi va sozlarni ozaro boglovchi qoshimchalarini aniqlab tegishlicha chizib kelish aytiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
1. Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o’qitish metodikasi. -T.: Noshir, 2009. - 163 b.
2. G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat va uni o’qitish metodikasi.-T.: TDPU, 2009.
3. Raxmatullayeva L. Методика преподавания родного языка.-Т.: Учобное пособие. Молия Иктисод, 2007,
4. U. Masharipova, M.Umarova.Ona tili 3-sinf. Metodik qo’llanma –Tosh.: Sharq,2016.–121-125 b.
5. X.G’ulomova, T.G’afforova.1-sinfda Ona tili darslari -T.: Sharq, 2003.- 103-105 b.
6. R.Ikromova. –Ona tili 4-sinf. T.-2015: O’qituvchi, 126-128 b.


9-amaliy mashg’ulot. 3.3. So’z yasovchi qo’shimchalar ustida ishlash darslari va ishlanmasini tuzish. (ot, sifat) (2 soat)

  1. So’z yasovchi qo’shimchalarning mazmuni haqida saol-javob uyushtirish.

  2. So’z yasovchi –old qo’shimchalarning xususiyati va yozilishi haqida suhbat uyushtirish.

  3. Mavzu yuzasidan dars fragmentini kuzatish va tahlil qilish.

  4. So’z yasovchi qo’shimchalarni o’rgatishda grammatik o’yinlar, didaktik mashqlardan foydalanish usullari.

Mavzu yuzasidan topshiriqlar.
1-topshiriq. So’zning morfemik tarkibi qanday guruhlarga bo’linadi? Ularni esga oling.
2-topshiriq. Qaysi mustaqil so’z turkumlari so’z yasovchi qo’shimchalarni qabul qiladi? Ularning qaysilari boshlang’ich sinflarda o’rganiladi. Ro’yhatini tuzing
3-topshiriq. So’z yasovchi qo’shimchalar yuzasidan berilgan mashqlarni guruhlang. 1-2-3-guruh mashqlarini misollar asosida belgilab chiqing
4-topshiriq. Boshlang’ich sinflarda o’rganiladigan sifat yasovchi qo’shimchalarni aniqlab daftarizga ko’chirib oling.
G'alaba cho'qqisi” o'yini
Bu o'yinni o'tkazish uchun, ikki o'quvchi xattaxtaga chiqariladi.Ularning har biriga bittadan unumli so'z yasovchi qo'shimcha beriladi. O'quvchilarning berilgan yasovchi qo'shimcha yordamida belgilangan miqdorda so'z tuzishi va xattaxtaga yozishi talab qilinadi. Bu o'yinni ot, sifat, fe'l so'z turkumlari o’tilganda uyushtirish mumkin. Ot so'z turkumini o'rganish jarayonida o'yinni quyidagicha uyushtirish mumkin.
G' alaba cho' qqisi

So'z tarkibini bilamiz” o'yini


O'zak, negiz, qo'shimcha
Har qaysi bir tushuncha.
So'z quramiz birlikda,
Egalik ham ko'plikda.
Bu o'yinni 4-sinfda o'tkazish mumkin.Chunki bu sinfda o'quvchilar otlarning turlanishi va fe’ llarning tuslanishini o' rganadi. Oqituvchi tanlab kelgan matn yoki darslikdagi mashqlardan biri beriladi. Sinf o'quvchilari qatorlar bo'yicha uch guruhga bo' linadi. 1 - guruhdagilar o'zaklarni tanlab yozadi. 2- guruhdagilar so'z yasovchi qo'shimchali so'zlarni, 3-guruhdagi bolalar esa so'z o'zgartuvchi qo'shimchali so'zlarni topib, yozib oladi.
Matn: kuz, bahorda, gulni, gulzor, Toshkentda, paxtakor, kitobim, harakatchan, zirqilla, suvsiz, berdim, suvla, puldor, mashina, soat, ko'mir, chiroq, tovuq, o'qi, o'yinga, Termizdan, kelmagan, ishla, daftaring.
O'quvchilar ushbu o'yinni qo'yidagicha bajarishadi.

  1. guruh: kuz, vatan, Samarqand, mashina, soat, ko'mir, chiroq, tovuq, o'qi.

  2. guruh: gulzor, paxtakor, harakatchan, suvsiz, suvla,puldor,zirqilla, ishli, ishla.

  3. guruh: bahorda, gulni, Toshkentda, kitobim, daftaring, o'yinga, Termizdan, qalamni, botirning.



5-topshiriq. Dars ishlanmasini tuzing.


Mavzuga oid dars namunasi.
Mavzu: So’z yasovchi qo’shimchalar (158-160-mashqlar). Ona tili 3-sinf
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o’quvchilarga so’z yasovchi qo’shimchalar haqida tushuncha berish: asos, asosdosh so’zlar haqidagi bilimlarni mustahkamlash;
Tarbiyaviy: kasb-hunarga qiziqish uyg’otish;
Rivojlantiruvchi: imlosi qiyin so’zlarni tovush-harf tomondan tahlil qilish va imlosini o’rganish: husnixat malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantirish.
Darsning metodi: suhbat, «To’g’ri-noto’g’ri» metodi, «Davom ettir» ta’limiy o’yini.
Darsning jihozi: tarqatma materiallar, multimedia ilovasi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish