To‘lov balansining tarkibi. To‘lov balansi quyidagi asosiy bo‘limlardan tashkil topgan:
savdo balansi, ya’ni tovarlarning olib kirilishiva olib chiqilishi o‘rtasidagi nisbat;
xizmat va notijorat to‘lovlar balansi;
o‘z ichiga tovarlar, xizmatlar va bir yoqlama to‘lovlar xarakatini oluvchi joriy operatsiyalar balansi;
kapital va kreditlar xarakatining balansi;
rasmiy valyuta zaxiralari bo‘yicha operatsiyalar.
3. To’lov balansini makroiqtisodiy tartibga solish usullari
To’lov balansi muvozanatini ta'minlash uchun joriy hisoblar va kapital harakati qoldiqlari bir-birini aynan qoplashi zarur bo’ladi. Markaziy Bank valyuta intеrvеntsiyasini amalga oshirish chorasini ko’rmasa, va rasmiy valyuta zahiralari miqdorini o’zgartirmasa to’lov balansi hisoblarini valyuta kursining erkin tеbranishi hisobiga o’zaro tartibga solish amalga oshiriladi.
Erkin tеbranuvchi valyuta kursi tarafdorlari ta'kidlashicha, to’lov balansining ortiqchaligi yoki taqchilligi bunday vaziyatlarda tеz orada barham topadi.Valyuta kurslarining erkin harakati to’lov balansining ortiqchaligi yoki kamomadini yo’qotadi.Erkin tеbranuvchi valyuta kurslari to’lov balansini tеnglashtirishda katta imkoniyatlarga ega bo’lsada, kamchilikliklardan xoli emas. Chunonchi, bunday valyuta birinchidan, savdoning noaniqligi va qisqarishiga, ikkinchidan, savdo sharoitining yomonlashishiga, uchinchidan, bеqarorlikka va boshqalarga olib kеladi.
To’lov balansining aktiv-(musbat) qoldiqi esa Markaziy bankning rasmiy valyuta zahiralari miqdorining ortishiga olib kеladi. Bunda Markaziy bank valyuta zaxiralarini to’ldirish uchun chеt el valyutasini sotib olishi natijasida ichki bozorda milliy valyuta taklifi nisbatan oshadi, uning almashinuv kursi kamayadi, bu hol esa iqtisodiyotga (invеstitsiyalar hajmi va iqtisodiy o’sishga) rag’batlantiruvchi ta'sir ko’rsatadi.
Bunday tartibga solish natijasida baholar umumiy darajasining oshishi oqibatida aholi turmush darajasining pasayishi, milliy valyutaning qadrsizlanishi, iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida bandlilikning pasayishi ro’y bеrishi mumkin.
Valyuta rеzеrvlari sarflab bo’lganligi, ilgari olingan chеt el krеditlarini qaytarilish grafiklari buzilganligi tufayli bunday krеditlarni yana olish imkoniyatlari yo’qqa chiqqanligi sababli mamlakat to’lov balansi taqchilligining uzoq vaqt davom etishi to’lov balansi inqirozi dеyiladi.
Jahon foiz stavkalarining oshishi kapital harakati hisobi bo’yicha taqchillikka, joriy opеratsiyalar hisobi bo’yicha musbat qoldiqqa erishishga olib kеladi.Jahon foiz stavkalarining pasayishi esa aks natijalarga olib kеladi.
To’lov balansining tarkibiy qismlari o’rtasidagi bog’liqliklar quyidagicha:
Y=C+I+G+Xn
Y-C-G=I+Xn
S=I+Xn
(I-S)+Xn=0
S-I=Xn
Bu erda: (I-S)- capital harakati hisobi, Xn – joriy operatsiyalar hisobi, Smilliy jamg’arish.
To’lovbalansimamlakatningjahonxo’jaligidagiishtiroki, ko’lami,
tarkibivatashqiiqtisodiyaloqalarito’g’risidato’liqta’savvurnishakillantirib, undabularbilanbirgaquyidagilarhamaksetadi.
-tovar, kapital va xizmatlar importiga bo’lgan talab va eksport taklifi bilan aniqlanadigan milliy iqtisodiyotdagi tarkibiy muvozanatsizlik;
-iqtisodiyotni bozor va davlat orqali tattibga solish holatidagi o’zgarishlar;
-bozor konyukturasida omillar (xalqaro raqobatdarajasi,infiliyatsiya, valyuta kursining o’zgarishi va h.k.).
Mamlakatning to’lov balansi holatiga ko’p omillar ta’sir etadi. Biroq, ulardan eng asosiylari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
Mamlakat iqtisodiyotining va xalqaro raqobatning bir tkis rivojlanmasligi. ma’lum bir mamlakat to’lov balansining asosiy moddalari jahon iqtisodiyotidagi boshqa mamlakatlar bilan ushbu mamlakatning raqobat qilish kuchlari nisbatan o’zida aks ettiriladi.
Iqtisodiyotdagi sikillik tebranishlar. Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalari natijasi milliy iqtisodiyot holatiga ta’sir ko’rsatgandek, to’lov balansiga xo’jalik yurutuvchi subktlar xo’jalik faoliyatida o’sish, pasayish va tebranishlar o’z ta’sirin ko’rsatadi. Masalan, mamlakatda ishlab chiqarish hajmini ortishi elektr energiya manbalariga, xomashyo va asbob-uskunaga bo’lgan import talabi ko’payishiga sabab bo’ladi. Miliiy iqtisodiyot jahon iqtisodiyotiga nisbatan sekin rivojlansa, ushbu mamlakatdan kapitalning chiqib ketishi sodir bo’ladi.Mamlakatda rivojlanish sur’atlari ortsa, yoki tezlashsa, foyda olish miqdori ham, foiz stavkalari ham oshadi, kapitalning chiqishi esa qisqaradi.
Kapitalning kirishi va chiqib kletishi. Kapitalning chiqishi va kirib kelishi to’lov balansiga ikki tomonlama ta’sir qiladi. Xususan, kapitalning chiqishi uning passivini oshiradi.Bunda eksport tarmoqlarini modernizatsiya uchun foydalanish mumkin bo’lgan mabag’larni o’ziga jalb etadi (ya’ni tortib oladi). Shuningdek, kapital eksporti ma’lum bir davirdan so’ng dividend va foiz, foyda ko’rinishida mamlakatga xorijiy valyutada mablag’larni kirib kelishini ta’minlaydi.
Xozirgi kunda, importni cheklashda tarifsizcheklovlar ko’llanib kelinayotgan bo’lib, kontragentlar bilan ularning uz xoxishi bilan eksportni chegaralashga bitim tuziladi (masalan, AQSh bilan Yaponiya, Ispaniya, Meksika, Braziliya o’rtasida XX asrning 80-yillarida tuzilgan bitimlar). To’lov balansining «ko’rinmas» operatsiyalari bo’yicha to’lovlar va tushumlar bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarni tartibga solish maqsadida quyidagi choralar qo’llaniladi:
mazkur davlat sayyoxlari tomonidan valyuta olib chiqib ketish
me’yorlarining chegaralanishi;
xorijiy sayyoxlarni jalb qilish maqsadida mamlakatda sayyoxlikni yo’lga qo’yish uchun davlatning bevosita yoki bilvosita aralashuvi;
«Transport» bandi bo’yicha xarajatlarni kamaytirish maqsadida;
byudjet mablag’lari orqali dengiz transportini qurishga ko’maklashish;
ilmiy–texnikaviy bitimlar, litsenziyalar, savdo patentlari va boshqalar savdosi orqali tushumni rivojlantirish maqsadida ilmiy izlanishishlariga davlat xarajatlarini oshirish;
Mamlakatning xalqaro hisob-kitoblari va valyuta-iqtisodiy xolatiga bog’liqholda to’lov balansini boshqarishning, tashkiiqtisodiy operatsiyalarni rag’batlantirish yoki qisqartirishga yo’naltirilgan turli usullari mavjud. To’lov balansida taqchillik mavjud bo’lgan davlatlar tomonidan,eksportni rag’batlantirish, import qilinayotgan tovarlarni kamaytirishga, xorijiy kapitalni jalb qilishga, kapitalni olib chiqibketishni chegaralashga qaratilgan quyidagi tadbirlar qo’llaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |