Dеmоkrаtik jаmiyatdа o’qituvchilik kаsbi vа ungа qo’yilаdigаn tаlаblаr.
Inson paydo bo`libdiki, tarbiya jarayoni mavjud, tarbiya paydo bo`lgan vaqtdan beri pedagogik faoliyat uzluksiz davom etib kelmoqda. O`qituvchilik, tarbiyachilik kasbi barcha ijtimoiy tuzumlarda sharafli hamda o`ta mas`uliyatli, qiyin va murakkab kasb hisoblangan.
Mustaqil O`zbekistonimizda uzluksiz ta`lim tizimining isloh qilinishi, ya`ni ta`lim standartlari asosida ta`lim va tarbiya jarayonini qayta tashkil etishga kirishilgan hozirgi kunda o`qituvchi faoliyatiga uning pedagogik mahoratiga alohida e`tibor berilmoqda.
Mamlakatimizda o`qituvchi faoliyatiga, uning kasbiy nufuzini oshirishga bog’liqdir. Shunday ekan, sog’lom, har tomonlama barkamol avlodni yetishtirish uzluksiz ta`lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoyiligiga, yosh avlodni o`qitish va tarbiyalash ishiga bo`lgan munosabatiga bog’liqdir. O`qituvchi jamiyatning ijtimoiy topshirig’ini bajaradi. Shunday ekan, har tomonlama yetuk mutaxassislarni tayyorlashda o`qituvchi muayyan ijtimoiy-siyosiy, pedagogik talablarga javob berishi lozim. O`qituvchi mustaqillik g’oyasiga e`tiqodli, har tomonlama rivojlangan, ilmiy tafakkuri, kasbiga tegishli ma`lumoti bor ya`ni o`z fanining chuqur bilimdoni, pedagogik muloqot ustasi, pedagogik-psixologik va uslubiy bilim va malakalarni egallagan bo`lishi hamda turli pedagogik vaziyatlarni tezda aniqlay bilishi, o`rganishi va baholay olishi zarur.

Bugungi pedagogdan yangicha fikrlash, yangicha munosabatlar talab etilar ekan. Uning bilimdonligi darajasi masalasi ham o`ta muhim.
Bular quyidagilar:
- Ijtimoiy bilimdonlik
Dars mobaynida sinf bilan samarali o`zaro muomala shaklini tashkil eta olish, yoshlar bilan til toptirish va sog’lom ma`naviy muhitni hosil qila olish qobiliyati.
- Uslubiy bilimdonlik
Barcha bilimlarini, ko`rgan-kechirganlarni yoshlarga tushunarli, ravon tilda yetkaza olishi, ta`lim texnologiyasi va metodlaridan boxabarlik qobiliyati.
- Kasbiy bilimdonlik
Amaliyotda eng obro`li, bilimdon pedagoglar birinchi navbatda insoniy bilimdonlik sohiblari bo`lishadi va shundaylarni o`quvchilar yaxshi qabul qilishadi. Chunki zamonaviy o`quvchi ko`plab ma`lumotlarga ega, uning psihologiyasi, talab-takliflarini aniq bilib til topisha olgan shaxsgina pedagogik jarayonda katta yutuqlarga erishadi.
Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy aytganidek, «Muallimning maqsadi mansab uchun kurash bo`lmasligi, bilmagan ilmlarini aytmasligi, o`zini ko`rsatish uchun dars bermasligi, ochko`zlik va johillik qilib, quruq gap sotmasliklari, g’avg’o ko`tarmasliklari lozim». U muallimlikni olijanob va faxrli kasb deb hisoblaydi. Shu sababdan bo`lsa kerak:
Do'stlaringiz bilan baham: |