Demokratik jamiyat shakllanishida mahalla va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari



Download 34,26 Kb.
Sana21.04.2020
Hajmi34,26 Kb.
#46207
Bog'liq
Demokratik jamiyat shakllanishida mahalla va
Витаминлар Xamraev MirAli, Aliyev B.I

Aim.uz

Demokratik jamiyat shakllanishida mahalla va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari
REJA:

  1. O‘zbekistonda demokratik jamiyat shakllanishida mahalla va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining o‘rni

  2. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda demokartik tamoyillar asosidagi o‘zini-o‘zi boshqarish tizimining tiklanishi.

  3. Mahallaning fuqarolarning demokratik qarorlari qabul qilishda tshtirokini ta’minlash va aholini ijtimoiy himoya qilishdagi o‘rni.

XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab jahondagi ilg‘or demokratik mamlakatlarda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qaror topishi bilan o‘zini-o‘zi boshqarish organlari fuqarolarning jamiyatni boshqarishidagi asosiy instituti sifatida takomillashib kelmoqda. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish (g‘arbda «munitsipal» deyiladi) deb, u yoki bu ma’muriy-hududiy birliklardagi aholi vakolatlarini ifodalovchi saylangan organlar va ularning ma’muriyatlari tomonidan amalga oshiriladigan mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan ishlarni boshqarish tushuniladi.

Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish nomarkazlashish tamoyillari asosidagi boshqaruv bo‘lib, uning asosiy belgilari, bu-mazkur organlarning fuqarolar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylanishligi va mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqarish faoliyatiga rahbarlik qilishdagi nisbatan mustaqilligidir. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat tashkilotining unsurlarini tashkil etadi. Shuningdek, ular joylardagi mahalliy davlat organlari tizimidagi yuqori darajaga taalluqli bo‘lmaydi. Chunki, odatda hududlarni boshqarish funksiyalarining aksariyati hukumat va alohida vazirliklarning quyi organlariga berilgandir.

Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari fuqarolar tomonidan saylanishi, shuningdek, mahalliy aholining vakillari sifatidagi rasmiy o‘rinlarga binoan vakillik tizimining tarkibiy qismlaridan biridir. Bu organlarning iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi faoliyatlari aholi uchun ulkan ahamiyatga egadir. O‘zini o‘zi boshqarish organlarida davlat boshqaruvining boshqa bo‘g‘inlariga nisbatan byurokratizmga berilish kamroq bo‘ladi. Ana shu barcha fazilatlar saylanuvchi mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishni demokratiya qadriyatlaridan biriga aylanishiga imkoniyatlar yaratdi.

Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning demokratik tamoyillar asosidagi nazariyasi dastlab XYIII asrning ikkinchi yarmida g‘arbiy Yevropada ishlab chiqilgan bo‘lib, uning tabiati va jamiyatdagi o‘rni mahalliy hokimiyatlar va jamoalar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining fuqarolar tomonidan saylanish prinsipi g‘oyalari bilan bog‘liqdir. Saylanuvchi o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mustaqilligi konsepsiyasi, ularning qishloq jamoalari va shaharlardagi ishlarga rahbarlik qilishida markaziy hokimiyatga nisbatan mustaqilligi yangi tarixning ilk davrida mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish funksiyalarini ifodalab, bu organlarga davlat boshqaruvi sohasidan tashqaridagi bo‘g‘in sifatida qarash rusumga kirdi.



1985 yil 15 oktabrda Yevropa Ittifoqi tomonidan qabul qilingan «Mahalliy o‘zini boshqarish to‘g‘risidagi Yevropa xaritasi»ning 3- moddasida bu tushuncha quyidagicha ifodalanadi: «Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish deganda, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘z mas’ulligida, mahalliy aholi manfaatlari asosida, qonunlar doirasida davlat ishlarining aksariyat qismini boshqarishiga va uni real uddalay olish qobiliyatiga aytiladi. Bu huquqlar erkin, yashirin, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri umumiy saylovlarda saylangan a’zolardan iborat kengashlar yoki majlislar tomonidan amalga oshiriladi. Kengashlar yoki majlislar o‘zlariga hisobotlar berib boruvchi yoki ijroiya organlariga ega bo‘lishi mumkin. Bu qoidalar fuqarolar majlislariga, referendumlarga yoki fuqarolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishining qonun yo‘l boshqa shakllariga murofaat etishni istisno etmaydi».

G Xollis va K. Plokker (Yevropa Ittifoqi ekspertlari) kabi olimlar mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishga doir tushunchalarni talqin qilib unga binoan, «Mahalliy boshqaruv» deganda «davlat boshqaruvidan qo‘yidagi barcha darajalarni, «mahalliy hokimiyat» deganda- «saylangan kengash va uning ijroiya organlari vositasida o‘z saylovchilari manfaatlarini ifoda etuvchi va harakat qiluvchi tashkilotlar», «mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish»ni esa- «milliy boshqaruvdan quyi darajadagi demokratik avtonom birliklarning mahalliy aholi manfaatlari asosida jamoatchilik muammolarini aksariyat qismini muvofiqlashtirishi va boshqarishi» dir.

Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish, mashhur olim Aleksis de Tokvil ning talqinicha, «shunday bir siyosiy institutki, u nafaqat siyosatchilar uchun, balki, umuman barcha fuqorolar uchun bir maktabdir. Bu insitutga xos bo‘lgan imkoniyatlar shu qadar yuyuyuyuksakki , u fuqarolarning keng siyosiy ishtirokii uchun shart-sharoitlar yaratib beradi. O‘zini o‘zi boshqarish organlarii siyosiy madaniyat elementlarini shakllantirishningg ham beqiyos omilidir. Oxir oqibatda bu organlar faoliyati siyosiy tizimning bir butun barqarorligi va moslashuvchanligini taa’minlab beradi. Millat jamoaviy institutlarsiz ham erkin hukumat shakllantirishi mumkin, lekin u erkinlikning haqiqiy ruhiyatiga ega bo‘la olmaydi.»

«Umumiy farovonlik davlati» nazariyasi bilan bog‘liq holda munitsipal konsepsiya ham paydo bo‘ldi. Munitsipalitetlar jamiyatning barcha tabaqalari manfaatlarini ta’minlovchi va

qo‘riqlovchi ijtimoiy xizmat ko‘rsatish vositasi sifatida qaraldi. Yevropa , Shimoliy Amerika va Yaponiya kabi mamlakatlarda munisipal kengashlar huquqiy jihatdan munitsipal ijroiya boshqaruvidan yuqori turib, ularning vakolatiga quidagilar kiradi. Mahalliy budjetni qabul qilish yuqori tashkilotlar tomonidan hal qilinmagan ayrim masalalar bo‘yicha me’yoriy qarorlar qabul qilish, mahalliy soliqlarni joriy etish, qarzlar olish va ularni ishlatish massalalarini yechish, munitsipalitetga qarashli mulkni tasarruf etish, ko‘pchillik davlatlarda munitsipalitetning ijroiya rahbarlik organlarini tashkil etish va ularni nazorat qilish, mahalliy referendumlarni belgilash kabilar kiradi. AQSH hayotida munitsipalitetlar muhim o‘rinni egallaydi. Chunki, bu mamlakatda munitsipal funksiyalarni nomarkazlashtirish prinsipi keng qo‘llaniladi. Munitsipal maktablar, shifoxonalar, kutubxonalar, sanitariya ishlari, suv bilan ta’minlash, parklar, yong‘inga qarshi xizmatlarni boshqarish ko‘p hollarda munitsipal kengashlar tasarrufidadair. Ayrim mamlakatlarda (masalan GFR) kengashlar o‘z vakolatlarini ijroiya organlarga berish huquqiga egadirlar.

Rivojlangan ilg‘or mamlakatlarda o‘zini-o‘zi boshqarish lorganlari fuqarolik jamiyatining asosi sifatida yildan-yilga takomillashib bormoqda. Shuningdek, mazkur organlarning boshqaruv tizimidagi ko‘lamini kengayib borishi huquqiy davlatning o‘z vakolatlarini demokratik tamoyillar asosida amalga oshirish uchun qulay va keng imkoniyatlar yaratib bermoqda.

O‘zbekistonda ham milliy mustaqillik davrida mahallalar o‘zini o‘zi boshqarish organi sifatida fuqarolik jamiyatini tashkil etuvchi institutga aylanib bormoqda. «Mahalla» arabcha so‘zdan kelib chiqib, «shahar ichidagi shahar» ma’nosini anglatadi. Tarixchi olim Narshaxiy «Buxoro tarixi» asarida bundan 1100 yil ilgari bir qancha mahalla bo‘lganligini yozgan edi. Qadimda mahalla nafaqat ijtimoiy va ma’muriy-hududiy tuzilma tarzida ham e’tirof etilgan. Alisher Navoiyning «Hayratul-abror» («Yaxshi kishilarning hayratlanishi») asarida qo‘yidagi band uchraydi:



Shaharlar otini mahalot etib,

Bo‘ldi chu yuz shahar Hirot etib.
Mahallaning «shahar ichidagi shaharcha» degan mazmuni yuqoridagi tashbehdan ko‘rinib turibdiki, o‘rta asarlarda Hiri deb atalgan Hirot shahri yuz «shaharcha»-mahallalardan tashkil topgan ekan

Demak, qadim zamonlardayoq bugun biz ta’rif berayotganimiz fuqarolik jamiyatining, kishilarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining ilk kurtaklari namoyon bo‘la boshlagan. Sharqda bu jarayon ming yillar tarixga ega bo‘lgan mahallalar ko‘rinishida rivojlangan bo‘lsa, g‘arb mamlakatlarida kishilarning o‘z manfaat va qiziqishlarini jamiyatda kechayotgan jarayonlardan kelib chiqib ifodalash va himoya qilish maqsadida har xil uyushmalar ratiyalar, jamiyatlar, harakatlar va boshqa tuzilmalar sifatida paydo bo‘lishiga asos solindi.

Uzoq yillar mahalla tarixi va sotsilogiyasini tadqiq etgan D.Karlayl yozadi: «Oila va do‘st-yoronlar mahalla turmushining bosh asosi bo‘lib kelgan va shundayligicha qoladi. U shaxsiy munosabatlar tamal toshi sanaladi. Ular «sulola» deb ataluvchi, kishilarni birlashtiruvchi va ajratuvchi o‘ta muhim tarmoq tuzilmasini yaratdi. Yaqinlik munosabatlariga asoslangan va nasl-nasab prinsiplari bilan metinlashgan mahalla o‘zbeklar dunyoga keladigan, tarbiyalanadigan va odatda o‘zining butun hayotini o‘tkazadigan joy hisoblanadi. Do‘stlik barqaror tushuncha bo‘lgan mahallada moyillik singdirilgan bo‘ladi. Hamma mahalla tevaragida parvona bo‘lar, shaxsiy sadoqat butun shahar bo‘ylab tarqalar, ba’zan esa butun boshli mintaqani qamrab olar edi. Bunday an’anaparastlik sharoitida kimningdir tajribasi shaxsiy muloqotlar doirasi tasarrufidan tashqariga ham zudlik bilan tarqalib ketadi. Shaxs har qanday masofadan turib sulola a’zolarining nikoh tantanalarida, marosimlarda qatnashishi mumkin. Rang-barang oilaviy-qarindoshchilik aloqalarining mahalladan tashqarida ham kundalik turmushda toshi bor, lekin ular mahallaniki singari tosh bosa olmaydi».

Sobiq ittifoq davrida mahallaning mazmuni va vazifalari butunlay izdan chiqqan edi. Bu davrda mahallalar o‘zining huquqiy maqomini yo‘qotdilar, ularning asosiy faoliyati sobiq kommunistik partiyaning mahalliy tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlashdan, shuningdek, mahalliy an’ana va urf-odatlar, odob-axloq me’yorlarini tashviqot-targ‘ibot qilish, oilalardagi marosimlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazishda «ko‘z va quloq» bo‘lib turish kabilardan iborat bo‘lib keldi. Sobiq ittifoq davrida qadimdan ma’naviyat, ta’lim va tarbiya masalalarini hal etib kelgan mahallalarning o‘rni deyarli yo‘qqa chiqarildi.

Milliy mustaqillik davriga kelibgina fuqarolarning mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning qonuniy maqomini mustahkamlash, ularni fuqarolik jamiyatining asosiy institutiga aylantirishga doir jiddiy islohotlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Konstitutsiyasi mahalla maqomini fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organi sifatida mustahkamladi. Mamlakatda shaharcha, poselka, qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari huquqiy maqomini oldilar. Jumladan, mustaqillik davrida mamlakat 8142 ta mahallalar musatqil tashkilot sifatida qaytadan mustahkamlandi va ularning aksariyati o‘zining qadimgi nomlarini va xalq o‘rtasidagi obro‘ e’tiborlarini qaytadan tiklab oldilar.

Mustaqillik yillarida mahalla tarixiy va rivojlangan mamlakatlardagi tushunchada aniq belgilangan ijtimoiy-demografik, madaniy-ma’naviy va hududiy-ma’muriy birlik sifatida maqomga erishib, u o‘z hududidagi fuqarolar o‘rtasida an’ana va urf-odatlar birligi, insoniy, xo‘jalik, huquqiy munosbatlar birligini tashkil etgani holda o‘zaro ijtimoiy munosabatlarni bog‘lab turish vositasiga aylandi.

Mamlakat Prezidenti I.A.Karimov mahallalarni fuqarolik jamiyatining asosi deb, bildi va uni har tomonlama rivojlantirish chora-tadbirlarini ko‘rib kelmoqda. Prezident I.A.Karimov 1995 yildayoq shunday fikrni bildirgan edi: «Ma’lumki, asrlar mobaynida mahallalarda ko‘pdan-ko‘p hayotiy muammolar o‘z yechimini topib keladi. To‘y-ma’rakalar ham, hayitu hasharlar ham mahalla ahlisiz o‘tmaydi. Mahallalarda siyosiy, iqtisodiy va boshqa masalalarga doir jamoatchilik fikrni shakllanadi. Bu esa xalqimizning turmush tarzi,ota-boboldarimizdan bizga meros bo‘lib kelayotgan tafakkur tarzidir. Binobarin, hayotning o‘zi mahallalarni rivojlantirish va ularni qo‘llab-quvatlashni taqozo etmoqda. Mamlakatimizda ko‘p qirrali islohotlar amalga oshayotgan bir payotda mahalla jamiyat uchun ishonchli tayanch va ta’sirchan kuch bo‘lib xizmat qilishi lozim».

Mustaqillik davrida mahallaning tashkiliy, ijtimoiy va huquqiy maqomini mustahkamlash borasida chuqur islohotlar amalga oshirildi. Eng avvalo mahalla atamasi tarixda birinechi marta Konstitutsyiyaga kiritildi. Unga aholining o‘zini-o‘zi boshqaruvining noyob shakli sifatida konstitutsiyaviy maqom berildi. 1992 yilda O‘zbekiston Prezidentning «Respublika «Mahalla» xayriya jamg‘armasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida» gi qarori, O‘zbekiston Prezidentining 1998 yildagi «Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini qo‘llab-quvvatlash haqida»gi, 1999 yildagi «Aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish to‘g‘risidagi»gi Farmonlari, shuningdek, kam ta’minlangan qator farmon, qarorlar, qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni e’lon qilinganligi fikrimizning yorqin isbotidir.

O‘zbekiston Respublikasi Kosntitutsiyasining 105-moddasida o‘zini o‘zi boshqarish organlariga quyidagi huquqiy ta’rif berildi: «Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni(oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi. O‘zini o‘zi boshqarish organlarini saylash tartibi,faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi». Konstitutsiyaviy asosdan kelib chiqib, 1999 yil 14 aperlda qabul qilingan «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida (yangi tahriri)»gi Qonunning 1-moddasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishning huquqiy tushunchasi quyidagicha ta’riflandi: «Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarishi-fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Kosntitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan, ularning o‘z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faolyaitidir». Ko‘rinib turibdiki mamlakatimizda o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimi tushunchasi va uning huquqiy maqomlari rivojlantirildi va ular ilqor demokratik mamlakatlardagi huquqiy mezonlar bilan bir xil tarzda ifodalandi.

Hozirgi davrda mahalla yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar ikkita yo‘nalishni nazarda tutadi. Birinchisi ma’naviy vazifa bo‘lib, u xalqimizning ming yillik tarixidagi noyob, eng aziz an’analarni, qadriyatlarni qaytadan tiklash va rivojlantirishdan iborat. Ikkinchisi siyosiy vazifa bo‘lib, Prezident I.A.Karimovning mahalla institutini bugungi zamon talablariga muvofiq tarzda tiklash barobarida viloyat, shahar, tuman hokimlmklari zimmasiga yuklangan ko‘pchilik vazifa va huquqlarni fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga, ya’ni mahallalarga berib, ular maqomini joy-joyiga qo‘yib, shu tariqa jamiyatimiz hayotini demokratiyalashda yangi va juda muhim imkoniyatlarga erishish.

Ayniqsa, mahalla fuqarolar yig‘inlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi oliy Majlisiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov o‘tkazuvchi uchaska saylovi komessiyalariga tavsiya etish, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatlariga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qilish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlariga, xalq deputatlari viloyat Kengashlari deputatlariga nomzodlar ko‘rsatish uchun fuqarolarning nomzodlari bo‘yicha hokimiyatning tegishli vakillik organlariga takliflar kiritish to‘g‘risidagi vakolatlarning va huquqlarning berilishi mahallalarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari sifatida jamiyatimiz sifatida jamiyatimiz siyosiy hayotidagi rolini yanada oshib borayotganligini ko‘rsatadi.

Mamlakat prezdinti I.a.karimov o‘zining ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasidagi ma’ruzasida o‘zini o‘zi boshqarish organlarini jamiyat va davlat boshqaruvidagi o‘rnini ko‘tarishning muhim bosqichini boshlash uchu nasos bo‘lgan quyidagi fikrni bildirdi: «hayotimizni erkinlashtirish yo‘nalishlarining yana bir muhim yo‘li-markaziy va yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tuzilmalariga,fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkaza borishni ta’minlashdir». Albatta, davlat tomonidan mahallarga katta boshqaruv vakolatlarini berishda ularning aholi faolligini oshirishdagi o‘rnini yuksaltirish ko‘zda tutildi. Chunki, mahalla fuqarolar yig‘inlarida yetarlicha huquq bo‘lmasa, ular o‘zini o‘zi boshqarish funksiyalarini bajara olmas edilar. Shuningdek, ham avvalo huquqqa ega bo‘lishlari lozim edi.

Hozirgi davrga kelib, jamiyatimiz siyosiy sohasini erkinlashtirish maqsadlaridan kelib chiqib, mahalla fuqarolar yig‘inlariga boshqaruvning turli yo‘nalishlariga yetakchilik qilish vakolatlari berildi. Mahalla o‘z hududida yashayotgan fuqarolar turli ijtimoiy muammolarini hal qilib berishda bevosita ishtirok etadilar: qariyalar faxriylar, yetimlar, baynalminal-harbiylar, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalar manfaatlari himoya qilinadi, mahalla faollarini mazkur faoliyatda ishtirok etishiga boshchilik qiladi.Shu bilan birgalikda insonni ma’naviy yuksalishi vaamaliy tashabbuslarini namoyon bo‘lishi uchun shart-sharoit yaratiladi, moddiy va ma’naviy qo‘llab- quvvatlanadi. Mahalla fuqorolar yig‘ini ijtimoiy ta’minot organlari va boshqa homiy tashkilotlar bilan birgalikda ijtimoiy yrdam. Kam ta’minlangan oilalar va yolg‘iz kishilarga beg‘araz moddiy yordam ajratish ishining barcha tashkiliy jihatlarini o‘z zimmalariga olganlar. Shu bilan birga , mahallalar o‘z hududlarida ekologik muammolarni yechish va aholi moddiy ahvolini yaxshilash, hashar yuli bilan ko‘kalamzorlashtirish, tozalash ishlariga jalb qilish, mahalliy aholi o‘rtasida atrof-muhitni asrash yuzasidan tushuntirish va tarbiyaviy ishlar olib borishga bosh va qOsh bo‘lmoqda. Albatta. Bu faoliyat faqat fuqorolar faolligini oshirish vositasida amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, ko‘plab qonunlar loyihalari, Konstitutsiga kiritiladigan o‘zgarishlarni o‘zida ifodalagan umum halq referendumlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish avvalo mahalla ahli va faollari tomonidan muhokama qilinmoqda va qo‘llab quvvatlanmoqda. Boshqacha aytganda, mahallalar siyosiy qarorlar qabul qilishda jamoatchilik ishtirokini faollashtirishning muhim vositasi ekanligini hayotning o‘zi isbotladi.

Mamlakat siyosiy hayotida fuqarolarning siyosiy qarorlar qabul qilishdagi ishtirokini ta’minlab beruvchi asosiy bo‘g‘in – bu mahalla fuqorolar yig‘inlaridir. Shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy hayotdagi faoolligini oshirish qobiliyatiga ega bo‘lgan birdan-bir boshqaruv tizimi ham mahalla fuqarolar yig‘inlaridir.

Respublika «Mahalla» xayriya jamg‘armasi, uning viloyat shahar,tuman bo‘limlari bilan hokimliklar hamkorligida har yili «Eng yaxshi mahalla», «Eng ibratli oqsoqol», «Mahalla jonkuyari», «Eng tadbirkor mahalla oqsoqoli» shiori ostida muttasil ko‘rik-tanlovlar o‘tkazib kelindi. Ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari har yili obro‘li komissiyalar tomonidan maxsus nishonlar, qimmatli esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar. Mazkur tadbirlar mahallalarni obodonlashtirish, ozoda saqlash, ayniqsa yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.

O‘zbekiston Oqsoqollar Kengashi va respublika «Mahalla» jamg‘armasining aholini huquqiy madaniyatini va faolligini oshirish maqsadlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini mahallalarda o‘rganishni tashkil etish komissiyasi ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqilgan «Mahalla darsxonasi»ning mavzular rejasi jamoatchilik e’tiboriga yetkazish uchun «Mahalla» gazetasida e’lon qilib borildi.Respublikaning 8043 ta mahallasidagi fuqarolar yig‘inlari qoshida Konstitutsiyani o‘rganishni tashkil etish uchun yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislardan, siyosatshunoslardan, amaliyotchilardan iborat targ‘ibot va tashviqot guruhi tuzildi. Mahalla idoralarida, markazlarda, guzar va choyxonalarda Konstitutsiyaga oid adabiyotlar, targ‘ibod vositalari (plakatlar fotosuratlar) burchagi tashkil etildi. «Mahalla» jamg‘armasining bo‘lim hamda bo‘linmalarida huquqshunos olimlar ishtirokida seminarlar, muloqotlar, davra suhbatlari o‘tkazib borilmoqda. «Mahalla» jamg‘armasi tomonidan ishlab chiqilgan mahalla xalq universitetlarining namunaviy Nizomi asosida shaharcha, qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlarida, bevosita aholi o‘rtasida konstitutsiya asoslari o‘rganilmoqda.

Mustaqillik davrida mahallalar fuqarolar yig‘inlari oqsoqollari, «Mahalla» jamg‘armasi va uning mahalliy tashkilotlari rahbarlarining sifat tarkibi yaxshilanib bordi. 2001 yil may-iyun, oylarida mamlakatimizda o‘zini-o‘zi boshqarish organlari-mahalla ovul, qishloq, shaharcha fuqarolar yig‘inlariga o‘tkazilgan saylov bu soha rahbarlarini larini yetuk kadrlar hisobiga sifat jihatdan o‘zgarishiga olib keldi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining 2001 yil 12 apreldagi «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylov o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida» gi qarorida tashkilotchilik qobiliyatiga hamda aholi o‘rtasida yuqori obro‘-e’tibor va hurmatga sazovor bo‘lgan, davlat hokimiyati organlari vakolatlarining bir qismi bosqichma- bosqich fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga berilishi munosabati bilan, ushbu organlar oldida turgan vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan shaxslar orasidan fuqarolar yig‘inlari rais va oqsoqollari va ularning maslahatchilari lavozimlariga nomzodlar tanlash maqsadi qo‘yildi.

Saylov kompaniyalari davridagi tashkiliy ishlar va amalga oshirilgan chora–tadbirlar natijasida mamlakatimiz bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylovlar ijtimoiy-siyosiy va tashkiliy jihatdan yuksak saviyada va fuqarolarning ijtimoiy faolligi o‘sgan holda amlga oshdi. Saylovlarda 12 millionga yaqin fuqarolar ishtirok etdilar. Bu ko‘rsatkich mamlakat katta yoshli aholisining qariyib 90 foizini tashkil qiladi.

Fuqarolarning 9627 yig‘inida, shu jumladan 1556 shaharcha. qishloq va ovul yig‘inlarida, qishloqlardagi 4151 mahallalar va shaharlardagi 2138 mahallalar yig‘inlarida, shuningdik jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan 1782 mahalla fuqarolar yig‘inlarida saylovlar bilan bir vaqtda fuqarolar yig‘inlarida saylovlar bilan bir vaqtda fuqarolar yig‘inlari raislari va oqsoqollarining oldingi chora-tadbirlarini ko‘rib kelmoqda. Prezident I.A. Karimov 1995 yildayoq shunday fikrni bildirgan edi: «Ma’lumki, asrlar mobaynida mahallalarda ko‘pdan-ko‘p hayotiy muammolar o‘z yechimini topib keladi Tuy-ma’rakalar ham hayitu hasharlar ham mahalla ahlisiz o‘tmaydi. Mahallalarda siyosiy, iqtisodiy va boshqa masalalarga doir jamoatchilik fikri shakllanadi. Bu esa xalqimizning turmush tarzi, ota-bobolarmizdan bizga meros bo‘lib kelayotgan tafakkur tarzidir. Binobarin, hayotning o‘zi mahallalarni rviojlantirish va ularni qo‘llab-quvvatlashni taqozo etmoqda. Mamlakatimizda ko‘p qirrali islohotlar amalga oshayotgan bir paytda mahalla jamiyat uchun ishonchli tayanch va ta’sirchan kuch bo‘lib xizmat qilishi lozim».

Mustaqillik davrida mahallaning tashkiliy, ijtimoiy va huquqiy maqomini mustahkamlash borasida chuqur islohotlar amalga oshirildi. Eng avvalo mahalla atamasi tarixda birinchi marta Konstitutsiyaga kiritildi. Unga aholining o‘zini-o‘zi boshqaruvining noyob shakli sifatida konstitutsiyaviy maqom berildi. 1992 yilda O‘zbekiston Prezidentning «Respublika «Mahalla» xayriya jamg‘armasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, O‘zbekiston Prezidentining 1998 yildagi «Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini qo‘llab-quvvatlash haqida»gi, 1999 yildagi «Akholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari rolini oshirish to‘g‘risidagi»gi Farmonlari, shuningdek, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan qator farmon, qarorlar, qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni e’lon qilinganligi fikrimizning yorqin isbotidir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 105-moddasida o‘zini o‘zi boshqarish organlariga quyidagi huquqiy ta’rif berildi: «Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi. O‘zini o‘zi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi». Konstitutsiyaviy asosdan kelib chiqib, 1999 yil 14 aprelda qabul qilingan «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida (yangi tahriri)» gi Qonunning 1-moddasida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishning huquqiy tushunchasi qo‘yidagicha ta’riflandi: «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan, ularning o‘z manfaatlaridan, rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qilish borasidagi mustaqil faoliyatidir». Ko‘rinib turibdiki, mamlakatimizda o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimi tushunchasi va uning huquqiy maqomlari rivojlantirildi va ular ilg‘or demokratik mamlakatlardagi huquqiy mezonlar bilan bir xil tarzda ifodalandi.

Hozirgi davrda mahalla yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar ikkita yo‘nalishni nazarda tutadi. Birinchisi ma’naviy vazifa bo‘lib, u xalqimizning ming yillik tarixidagi noyob, eng aziz an’analarni, qadriyatlarni qaytadan tiklash va rifojlantirishdan iborat. Ikkinchisi siyosiy vazifa bo‘lib, Prezident I.A.Karimovning mahalla institutini bugungi zamon talablariga muvofiq tarzda tiklash barobarida viloyat, shahar, tuman hokimliklari zimmasiga yuklangan ko‘pchilik vazifak va huquqlarni fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga, ya’ni mahallalarga berib, ular maqomini joy-joyiga qo‘yib, shu tariqa jamiyatimiz hayotini demokratiyalashda yangi va juda muhim imkoniyatlarga erishish.

Ayniqsa, mahalla fuqarolar yig‘inlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylovi komissiyalarining a’zoligiga komzodlarni tegishli okrug saylov komissiyalariga tavsiya etish, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qilish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatligiga, xalq deputatlari viloyat Kengashlari deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish uchun fuqarolarning nomzodlari bo‘yicha hokimiyatning tegishli vakillik organlariga takliflar kiritish to‘g‘risidagi vakolatlarning va huquqlarning berilishi mahallalarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlari sifatida jamiyatimiz siyosiy hayotidagi rolini yanada oshib borayotganligini ko‘rsatadi.

Mamlakat Prezidenti I.A.Karimov o‘zining ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasidagi ma’ruzasida o‘zini o‘zi boshqarish organlarini jamiyat va davlat boshqaruvidagi o‘rnini ko‘tarishningn muhim bosqichini boshlash uchun asos bo‘lgan qo‘yidagi fikrni bildirdi: «Hayotimizni erkinlashtirish yo‘nalishlarining yana bir muhim yo‘li-markaziy va yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining qo‘yi tuzilmalariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkaza borishni ta’minlashdir». Albatta, davlat tomonidan mahallalarga katta boshqaruv vakolatlarini berishda ularning aholi faollligini oshirishdagi o‘rnini yuksaltirish ko‘zda tutildi. Chunki, mahalla fuqarolar yig‘inlarida yetarlicha huquq bo‘lmasa, ular o‘zini o‘zi boshqarish funksiyalarini bajara olmas edilar. Shuningdek, mahallalarning aholi va davlat oldida mas’uliyat sezishlari uchun ham avvalo huquqqa ega bo‘lishlari lozim edi.

Hozirgi davrga kelib, jamiyatning siyosiy sohasini erkinlashtirish maqsadlaridan kelib chiqib, mahalla fuqarolar yig‘inlariga boshqaruvning turli yo‘nalishlariga yetakchilik qilish vakolatlari berildi. Mahalla o‘z hududida yashayotgan fuqarolar turli ijtimoiy muammolarini hal qilib berishda bevosita ishtirok etadilar: qariyalar, faxriylar, yetimlarp, baynalminal-harbiylar, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalar manfaatlari himoya qilinadi, mahalla faollarini mazkur faoliyatda ishtirok etishiga boshchilik qiladi. Shu bilan birgalikda insonni ma’naviy yuksalishi va amaliy tashabbuslarini namoyon bo‘lishi uchun shart-sharoit yaratiladi, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlanadi. Mahalla fuqarolar yig‘ini ijtimoiy ta’minot organlari va boshqa homiy tashkilotlar bilan birgalikda ijtimoiy yordam, kam ta’minlangan oilalar va yolg‘iz kishilarga beg‘araz moddiy yordam ajratish ishining barcha tashkiliy jihatlarini o‘z zimmalariga olganlar. Shu bilan birga, mahallalar o‘z hududlarida ekologik muammolarni yechish va aholi moddiy ahvolini yaxshilash, hashar yo‘li bilan ko‘kalamzorlashtirish, tozalash ishlariga jalb qilish, mahalliy aholi o‘rtasida atrof-muhitni asrash yuzasidan tushuntirish va tarbiyaviy ishlar olib borishga bosh va qosh bo‘lmoqda. Albatta, bu faoliyat faqat fuqarolar faolligini oshirish vositasida amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, ko‘plab qonunlar loyihalari, Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgarishlarni o‘zida ifodalagan umumxalq referendumlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish avvalo mahalla ahli va faollari tomonidan muhokama qilinmoqda va qo‘llab-quvvatlanmoqda. Boshqacha aytganda , mahallalar siyosiy qarorlar qabul qilishda jamoatchilik ishtirokini faollashtirishning muhim vositasi ekanligini hayotning o‘zi isbotlandi.

Mamlakat siyosiy hayotida fuqarolarning siyosiy qarorlar qabul qilishdagi ishtirokini ta’minlab beruvchi asosiy bo‘g‘in-bu mahalla fuqarolar yig‘inlaridir.

Shuningdek, fuqarolarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish qobiliyatiga ega bo‘lgan birdan-bir boshqaruv tizimi ham mahalla fuqarolar yig‘inlaridir.

Respublika «Mahalla» xayriya jamg‘armasi, uning viloyat, shahar, tuman bo‘limlari bilan hokimlar hamkorligida har yili «Eng yaxshi mahalla», «Eng ibratli oqsoqol», «Mahalla jonkuyari», «Eng tadbirkor mahalla oqsoqoli» shiori ostida muttasil ko‘rik-tanlovlar o‘tkazib kelindi. Ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari har yili obro‘li komissiyalar tomonidan maxsus nishonlar, qimmatli esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar. Mazkur tadbirlar mahallalarni obodonlashtirish, ozoda saqlash, ayniqsa yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.

O‘zbekiston Oqsoqollar Kengashi va respublika «Mahalla» jamg‘armasining aholini huquqiy madaniyatini va faolligini oshirish maqsadlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini mahallalarda o‘rganishni tashkil etish komissiyasi ishchi guruhi tomonidan ishlab chiqilgan «Mahalla darsxonasi»ning mavzular rejasi jamoatchilik e’tiboriga yetkazish uchun «Mahalla», gazetasida e’lon qilib borildi. Respublikaning 8043 ta mahallasidagi fuqarolar yig‘inlari qoshida Konstitutsiyani o‘rganishni tashkil etish uchun yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislardan, siyosatshunoslardan, amaliyotchilardan iborat targ‘ibot va tashviqot guruhi tuzildi. Mahalla idoralarida, markazlarda, guzar va choyxonalarda Konstitutsiyaga oid adabiyotlar, targ‘ibot vositalari (plakatlar, fotosuratlar) burchagi tashkil etildi. «Mahalla» jamg‘armasining bo‘lim hamda bo‘linmalarida huquqshunos olimlar ishtirokida seminarlar, muloqotlar, davra suhbatlari o‘tkazib borilmoqda. «Mahalla» jamg‘armasi tomonidan ishlab chiqilgan mahalla xalq universitetlarining namunaviy Nizomi asosida shaharcha, qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlarida, bevosita aholi o‘rtasida Konstitutsiya asoslari o‘rganilmoqda.

Mustaqillik davrida mahallalar fuqarolar yig‘inlari oqsoqollari, «Mahalla» jamg‘armasi va uning mahalliy tashkilotlari rahbarlarining sifat tarkibi yaxshilanib bordi. 2001 yil may-iyun oylarida mamlakatimizda o‘zini o‘zi boshqarish organlari – mahalla, ovul, qishloq, shaharcha fuqarolar yig‘inlarigaO‘tkazilgan saylov bu soha rahbarlarini yetuk kadrlar hisobiga sifat jihatdan o‘zgarishiga olib keldi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashiningn 2001 yil 12 apreldagi «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylov o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorida tashkilotchilik qobiliyatiga hamda aholi o‘rtasida yuqori obro‘-e’tibor va hurmatga sazovor bo‘lgan, davlat hokimiyati organlari vakolatlarining bir qismi bosqichma-bosqich fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga berilishi munosabati bilan, ushbu organlar oldida turgan vazifalarni hal etishga qodir bo‘lgan shaxslar oraida fuqarolar yig‘inlari rais va oqsoqollari va ularning maslahatchilari lavozimlariga nomzodlar tanlash maqsadi qo‘yildi.

Saylov kompaniyalari davridagi tashkiliy ishlar va amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida mamlakatimiz bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylovlar ijtimoiy-siyosiy va tashkiliy jihatdan yuksak saviyada va fuqarolarning ijtimoiy faolligi o‘sgan holda amalga oshdi. Saylovlarda 12 millionga yaqin fuqarolar ishtirok etdilar. Bu ko‘rsatkich mamlakat katta yoshli aholisining qariyib 90 foizini tashkil etdi.

Fuqarolarning 9627 yig‘inida, shu jumladan 1556 shaharcha, qishloq va ovul yig‘inlarida qishloqlardagi 4151 mahallalar va shaharlardagi 2138 mahallalar yig‘inlarida, shuningdek jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan 1782 mahalla fuqarolar yig‘inlarida saylovlar bo‘lib o‘tdi. Fuqarolar yig‘inlarida saylovlar bilan bir vaqtda fuqarolar yig‘inlari raislari va oqsoqollarining oldingi saylovdan boshlab o‘tgan davr mobaynida qilgan ishlari to‘g‘risidagi hisobotlari eshitildi. Fuqarolar yig‘inlari faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining olib borgan ishlari atroflicha va chuqur tahlil etildi. Qonunlar, Prezident Farmonlari, hukumat qarorlarini amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarishda mahallalarning mahalliy davlat hokimiyati organlariga bergan yordamlariga muhim e’tibor berildi. O‘tgan hisobot davridagi (2,5 yillik) ishdagi kamchiliklar sabablari ham ochib tashlandi va ularni kelgusida bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar va rejalar qabul qilindi. O‘zini o‘zi boshqarish organlariga bo‘lgan hisobot-saylov yig‘ilishlarida jami 120 mindan ortiq faollar so‘zga chiqib, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. So‘zga chiqqanlarning aksariyati mamlakatda tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni saqlab turish, aholining turli qatlamlarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islotlarni qo‘llab-quvvatlab chiqdilar. Mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi oqsoqollar saylovi millionlab fuqarolarni befarq qoldirmadi. Barcha saylovchilarda faol ishtirok, o‘z nuqtai nazarini ifoda etishga intilishlar ochiq sezilib turdi.

Mamlakatdagi o‘zini o‘zi boshqarish organlarining 9627 ta yig‘inlari oqsoqoli va raisligiga jamoatchi ishchi guruhlari tom onidan tavsiya etilgan 22 ming nafardan ortiq nomzod orasidan tanlab olinishi saylovlarni muqobillik asosida o‘tishiga va fuqarolar yig‘inlari oqsoqolligi va raisligi munosib nomzodlarni saylanishiga imkon yaratdi.

O‘zini o‘zi boshqarish organlariga bo‘lgan saylovlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, bu saylovlar aholining keng qatlamlari uchun ijtimoiy-siyosiy faollik bag‘ishladi va o‘ziga xos demokratiya maktabi vazifasini ham o‘tadi. Shuningdek, 2003 yilning noyabr va dekabr oylarida o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yangi saylovlarning yangi kampaniyasi davom etmoqda. Mazkur saylovlardagi majlislar, undagi muhokamalar, bahs va munozaralar mahalliy davlat hokimiyati organlari vazifalarini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkazish borasidagi siyosatni fuqarolar qo‘llab-quvvatlayotganligini, davlat qurilishi va jamiyatning barcha sohalrini erkinlashtirishda, fuqarolar yashash joylaridagi muhim ijtimoiy-siyosiy masalalarni hal etishda, aholi faolligini oshirishda mahallalarning o‘rni va ahamiyati yildan-yilga ortib borayotganligini, «Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari» konseptual siyosiy dasturni hayotga tatbiq etish o‘zining ijobiy va samarali natijasini berayotganligini ko‘rsatmoqda. Mahallalarning fuqarolik jamiyatining asosi sifatidaga o‘rni yildan yilga yuksalib bormoqda. Mahalla ahlining ijtimoiy fikri tobora demokratlashib bormoqda. Yangi asr boshiga kelib har bir oila, mahallada yashayotgan fuqaro o‘z hayoti va taqdirini mahallasiz tasavvur qila olmaydi. Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish «Ijtimoiy fikr» markazining 2003 yil yanvarda o‘tkazgan sotsiologik so‘rovnomalarida «Mahalla oiladagi ichki muammolarni hal qila oladimi?» degan savol berilgan edi. Unda so‘ralgan fuqarolarning 63,1 foizi mahalla yiqinining qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasidagi kelishmovchilikni bartaraf etishiga, 84,4 foizi esa to‘y, maraka, dafn va boshqa marosimlarini tashkil eta olishiga ishonadi. Ko‘rinib turibdiki, mahalla fuqarolarning birlamchi hayotiy ehtiyojlarining ifodachisiga aylanib bormoqda.

«Mahalla» jamg‘armasining asosiy vazifalari «Obod mahalla yili» dasturidan kelib chiqqan holda hamda muvofiqlashtiruvchi kengashlarning tuzilishi munosabati bilan qayta ko‘rib chiqildi. «Mahalla» jamg‘armasi, uning joylardagi tarkibiy tuzilmalariga tegishlicha respublika Kengashi hamda Qoraqolpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish ishlari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi Kengashlarning ishchi organi vazifasini funksiyasini bajarish vakolati berilmoqda. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish ishlarini muvoyafiqlashtiruvchi kengashlarining asosiy vazifalarini qo‘yidagi yo‘nalishlarda bo‘lishi belgilandi:

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish:

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish;

mahallalarda madaniy, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘yish, yosh avlodni milliy mafkura, vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga ko‘maklashish;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining davlat organllari va nodavlat tashkilotlar bilan bo‘lgan munosbatlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘zaro tajriba almashishida ko‘maklashish;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga ularning vakolatlari doirasida barcha masalalarni hal etish, moliyaviy xo‘jalik faoliyatini yuritish, ish uslublarini takomillashtirishda amaliy yordam ko‘rsatish; mahalla hududida to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni, marhumlar xotiralariga bag‘ishlangan tadbirlarni zamon talablariga javob beradigan tarzda ixcham tejamkorlik bilan o‘tkazishni ta’minlash;

kengashlar yig‘ilishlarida qabul qilingan qarorlar bo‘yicha hamda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarini manfaatlarini ko‘zlab davlat organlari va nodalvat tashkilotlariga murojaat qilish;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqlarini hioya qilish, ularning huquqiy va iqtisodiy bazasini rivojlantirish va takomillashtirish masalalari bo‘yicha davlat organlariga murojaat qilish;

fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarida o‘tkaziladigan saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishni tashkiliy jihatdan ta’minlash.

Shuningdek, «Mahalla» jamg‘armasi va uning viloyat, tuman va shahar bo‘limlariga qo‘yidagi vakolatlarni amalga oshirishining huquqiy asoslari ishlab chiqildi:

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moddiy va moliyaviy asoslarini mustahkamlashga har tomonlama ko‘maklashish;

mahalla ahlining tashabbuskorligini oshirish, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda mahalla hududida kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishda ko‘maklashish;

kam ta’minlangan, oilalarga moddiy yordam berish hamda nogironlar, keksalar, yetim va nogiron bolalarning huquqlarini har tomonlama ijtimoiy himoya qilish;

fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishda uslubiy ko‘maklashish, kadrlar malakasini oshirish ishlarini bajarish.

Rivojlangan Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlarida o‘zini o‘zi boshqarish organlarining fuqarolik jamiyatining asosi bo‘lish maqomiga erishi tajribalaridan kelib chiqib, shuningdek, bu sohaga doir milliy mreos va an’analardan foydalangan holda O‘zbekistonda «Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari» siyosiy dasturdan kelib chiqqan holda mahalla fuqarolar yig‘inlarining mustaqilligini va huquqlarini hayotda to‘la amalga oshira olish darajasiga yetkazish maqsadlarida ular faoliyatini qo‘yidagi yo‘nalishlarda isloh etish davom etmoqda:
-huquqiy me’yorlar qabul qilish masalalaridagi mustaqillik-o‘z hududi doirasida hamma bajarishi majburiy bo‘lgan –oilalar nizomlar, qarorlar, o‘z hududi doirasidagi aktlar qabul qilish erkinligi;

- kadrlar masalasidagi mustqillik-boshqaruv organlari oqsoqollarini yig‘inning o‘zi tanlashi va saylashi qoidalarini yanada demokratlashtirish:

- boshqaruv masalalaridagi mustaqillik, ya’ni, musatqil ravishda qarorlar qabul qilish va ularni ijrosini ta’minlash imkoniyatlarini yaratilishi;

-moliyaviy masalalardagi mustaqillik-o‘z vakolatlarini amalga oshira olish uchun ularning moliyaviy asoslarini yaratish, mavjud soliqlardan tushudigan mablag‘larni ma’lum qismini mahallalarning obodligi va o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlanishi uchun ajratish;

Mazkur yo‘nalishlarda o‘zini o‘zi boshqarish organlarini mustaqilligini tiklash, ularni davlat organlari emas, balki, fuqarolik instituti sifatidagi faoliyatini ta’minlash fuqarolik intituti sifatidagi faoliyatini ta’minlash fuqarolik jamiyati qurishning eng asosiy kafolatlaridan biri, shuningdek, jamiyatni erkinlashtirish va boshqaruvni nomarkazlashtirish omili ekanligi amaliyotini joriy etish hozirgi davrda bu sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirishning dolzarb vazifasidir. Albatta, o‘zini boshqarish organlarining jamiyat va davlat boshqaruvidagi o‘rnini yuksaltirish hozirgi davrda mamlakat hukumati va parlamenti tomonidan olib borilayotgan islohotlarning mhuim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Obod mahalla yili» dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasini tuzish to‘g‘risida»gi Farmoyishida (2002 yil 16 dekabr) ustuvor yo‘nalish va vazifa sifatida ko‘rsatilgan bandlardan biri qo‘yidagicha ifodalanadi: «Mahallaning fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimidagi eng muhim tuzilma sifatida tutgan o‘rni va rolini aniqlash; mazkur institutning davlat va jamoatchilik hokimiyati va boshqaruv tizimida o‘z o‘rnini egallashi uchun zarur shart-sharoit yaratib beradigan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish». Albatta, bu fuqarolik jamiyati barpo etish maqsadini bajarishda mahallalardagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini demokratik tamoyillar asosida takomillashtirish va siyosiyts qarorlar qabul qilishda ular ishtirokining faollashuvi muhim o‘rin tutishi shubhasizdir.
A D A B I YO T L A R:

1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.: «O‘zbekiston», 2012.

2. O‘zbekiston Respublikasining «Fuqurolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi (yangi tahriri) Qonuni, 1999 yil 14 aprel.

3. O‘zbekitson Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Respublika «Mahalla» hayriya jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, 1993 yil 1 dekabr.

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi Farmoni, 1998 yil 23 aprel.

5. Karimov I.A. O‘zbekiston-bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li. T.1.-T.: «O‘zbekiston», 1996. 290-295-b.

6. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.- T.: «O‘zbekiston», 1997. 31-40, 125-135, 149-162-b.

7. Karimov I.A. O‘zbekistonda demokraik o‘zgarishlarini yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari. –T.:«Xalq so‘zi»,2002 yil 30 avgust.

8. Karimov I.A. Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o‘z kuch-qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog‘liq.-T.: «O‘zbekiston», 2004.

9. Karimov I.A. El-yurtga halol, vijdonan xizmat qilish-har bir rahbarning muqaddas burchi. Andijon viloyat xalq deputatlari kengashining navbatdan tashqarii sessiyasida so‘zlangan nutq .»ishonch»,2004 yil 26 may.

10. Karimov I.A. Qonun va adolat ustuvorligi faolliyatimiz mezoni bo‘lsin. Surxondaryo viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqarii sessiyasida so‘zlangan nutq. «Xalq so‘zi»,2004 yil 2 iyun.

11. Azizxo‘jayev A.A. Davlatchilik va ma’naviyat.-T.:»Sharq», 1997.

12. Azizxo‘jayev A.A. Chin o‘zbek ishi.- T.: «Akademiya», 2003.

13. Azizxo‘jayev A.A. Mustaqillik: kurashlar, iztiroblar, quvonchlar.-T.: «Sharq», «Akademiya», 2001.


Aim.uz


Download 34,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
guruh talabasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
toshkent davlat
O'zbekiston respublikasi
tashkil etish
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
matematika fakulteti
saqlash vazirligi
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
ta’limi vazirligi
fanining predmeti
pedagogika universiteti
haqida umumiy
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
koronavirus covid
coronavirus covid
qarshi emlanganlik
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
covid vaccination
moliya instituti
fanidan tayyorlagan
umumiy o’rta
fanlar fakulteti
fanidan mustaqil
ishlab chiqarish
Toshkent axborot