Demokratik jamiyat barpo etishning,,o’zbek modeli”, ning o’ziga hos hususiyatlari



Download 13,47 Kb.
Sana13.07.2022
Hajmi13,47 Kb.
#792392
Bog'liq
Demokratik jamiyat barpo etishning ,,o’zbek modeli”, ning o’ziga hos hususiyatlari


Demokratik jamiyat barpo etishning ,,o’zbek modeli”, ning o’ziga hos hususiyatlari
Mustaqillikni dastlabki yillaridan boshlangan keng qo’lamli islohatlar mamlakatimiz taraqqiyotining strategik maqsadi – demokratik huquqiy davlat va bozor iqtisodiyotiga asoslangan adolatli fuqarolik jamiyati qurishga qaratilgan edi.Bu belgilangan vazifani amalga oshirish uchun esa, qurilmoqchi bo’lgan davlatning modeli uning nazariy asoslari (andozasi) ham aniq belgilab berilishi zarur edi.Bu masalani Prezidentimiz o’zining 1993yilda yozgan ,,O’zbekiston bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li” nomli asarida ishlab chiqdi.Bu asarda bozor munosabatlariga o’tishning shunday yo’li tanlandiki, unda respublikamizning taraqqiyot darajalari, aholining turmush darajasi milliy urf-odatlar, an’analar, demografik jarayonlar aholining mehnat qilish imkoniyatlari va boshqa bir qator omillar hisobga olindi.
Ana shu omillarni hisobga olib Prezidentimiz O’zbekistonda qurilmoqchi bo’lgan jamiyatning taraqqiyot modelini ishlab chiqdi. U taraqqiyotning ,, o’zbek modeli” shaklida vujudga keldi va Prezidentimiz tomonidan belgilangan besh tamoyilga asoslanadi.Ular quyidagilardan iborat:
Birinchi tamoyil. Iqtisodiyotning siyosatdan ustivorligi. Iqtisodiy islohatlar hech qachon siyosatdan ortda qolmasligi kerak, u biror mafkuraga bo’ysundirilishi mumkin emas.Ichki va tashqi iqtisodiy munosabatlar mafkuradan xoli bo’lishi lozim. Ma’lumki, sho’rolar davrida barcha sohalar – iqtisodiyot ham, siyosat ham kommunistik mafkuraga bo’ysindirilgan edi.
Davlat mulkidan tashqari jamoat mulki va shaxsiy mulk ham mavjud deb ta’kidlansada, ular totalitar tuzum siyosati va komunistik mafkura belgilab bergan doiradagi mulklar edi xolos. Mustaqillik sharoitida esa mulk shakllarini rang-baranglashtirish zarur. SHuning uchun ham ko’p ukladli bozor iqtisodiyotini shakllantirish, odamlarda mulkka egalik tuyg’usini uyg’otish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarib, xususiylashtirish orqali teng huquqli, raqobatda ishlaydigan iqtisodiyotni shakllantirish vazifasi qo’yildi.
SHuni qayd etish lozimki, iqtisodiyotni xususiylashtirish butun jamiyat va har bir kishining hayotiga jiddiy ta’sir ko’rsatadigan, ko’p hollarda turli to’qnashuvlarni, davlat to’ntarishlarini keltirib chiqaradigan holdir. I.Karimovning ulkan xizmatlari shundaki, u mana shunday falokat (kataklizm)larning kelib chiqmasligi uchun, islohatlarni aholining demografik, ijtimoiy psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich amalga oshirish siyosatini yuritdi. SHu bois ko’p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish uch bosqichni o’z ichiga oladi.
Birinchi bosqich (1991-1995 yillar) da qishloq xo’jaligi, mahalliy davlat sanoat korxonalari, savdo-sotiq maskanlari, maishiy xizmat ko’rsatish muassasalari, qurilish va transportda turli mulk shakllarining yuzaga kelishi uchun sharoitlar yaratadi.1996-yilga kelib uy-joy fondining 96 foizi xususiy mulk qilib berildi.
Ikkinchi bosqich (1996-1998 yillar) da o’rta va yirik davlat korxonalarining sanoatda 62 foizi, qishloq xo’jaligi va savdo shaxobchalarida – deyarli 100 foiz, qurilishda 79 foiz, maishiy xizmat ko’rsatishdagi muassasalarning 57 foizi xususiylashtirildi.
Uchinchi bosqich (1999-yillardan) Yirik va strategik ahamiyatga ega bo’lgan korxonalar xususiylashtirila boshlandi.Bu bosqichda chet el investitsiyalarini iqtisodiyotga jalb etishning yangi dasturi ishlab chiqildi.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, davlat mulkini shoshma-shoshirlik bilan xususiylashtirishga, o’zboshimchalik bilan egallab olishga yo’l qo’yish mumkin emas. Xususiylashtirish jarayoni maxsus dasturlar asosida, davlatning qattiq nazorati ostida amalga oshirilishi lozim. Davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan korxonalar o’tish davrining har bir bosqich vazifalaridan kelib chiqqan holda aniqlanishi kerak.Uy-joy fondini, maishiy xizmat ko’rsatish, savdo va umumiy ovqatlanish, qishloq-ho’jaligi, mahalliy va yengil sanoat korxonalari hamda tashkilotlarini xususiylashtirish birinchi navbatdagi amalga oshiriladigan chora-tadbirlar jumlasiga kiradi. Boshqa tarmoqdagi korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish ishlari asosan hissadorlik, korxonalarni mulkchilikni jamoat shakliga o’tkazish printsiplari bo’yicha amalga oshiriladi.
Xullas, bu islohatlarni amalga oshirishda ko’zlangan maqsad odamlarga « iqtisodiy faoliyat uchun erkin sharoit tug’dirib berish» orqali xalq farovonligini oshirishdir. Biz shuni anglab yetayapmizki, odamlar iqtisodiy munosabatlarda erkin bo’lmay turib, davlat va jamiyat hayotida faol qatnasha olmaydilar. Kambag’al, bir burda nonga, ishga muhtoj odam o’z yurti, o’z davlati uchun qayg’urmaydi. Boy badavlat yashash uyat emas, balki shaxsning ijodiy kuchlarini to’liq ro’yobga chiqarish shartidir.
Ikkinchi tamoyil. Davlat – bosh islohatchi. U islohatlarni ustuvor yo’nalishlarini belgilab berishi va uni izchillik bilan amalga oshirishi lozim.Jahon tajribasi iqtisodiyotni davlat yo’li bilan tartibga solish zarurligidan dalolat bermoqda.Tom ma’noda o’zini o’zi tartibga solib turadigan bozor bo’lmaydi.
Davlat alohida mavqeiga ko’ra hamma davrlarda iqtisodiy jarayonlarga ta’sir o’tkazib kelgan.
Mustabid tuzum asoratlaridan xalos bo’lish jarayonida o’zini-o’zi tartibga soladigan yetuk rivojlangan iqtisodiy mexanizm birdaniga vujudga kelib qolmaydi.SHu boisdan ma’muriy buyruqbozlikka markazlashgan iqtisodiyotga asoslangan tuzum ziddiyat va qarshiliklarni yengib o’tish, yangi munosabatlarni qaror toptirish uchun o’tish davri kerak ziddiyatlarga boy bo’lgan o’tish davri sharoitida iqtisodiyotni, islohatlarni o’z holiga tashlab qo’yib bo’lmaydi.
O’tish davrida xalq xo’jaligining ayniqsa uning asosini, tizimini belgilaydigan, tarmoqlarning faoliyatini qo’llab quvvatlashi, narx navolarni tartibga solib turishi, soliq solish va qarz berishda imtiyozlar yaratishi, shuningdek, bevosita yordam ko’rsatish yo’li bilan ana shu tarmoqlarga madad berishi lozim.
Download 13,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish