Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va mamlakatni modernizatsiya qilish omili



Download 182.95 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.01.2020
Hajmi182.95 Kb.

1-Savol

 

150Ўзбекистон Республикасининг ―Сиёсий партиялар тўғрисида‖ги Қонуни. // Ўзбекистон 

Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, № 2 (1250). 1997. –Б. 12.  

Demokratik  islohotlarni  chuqurlashtirish  -  fuqarolik  jamiyatini  rivojlantirish  va 

mamlakatni modernizatsiya qilish omili  

Mamlakatimiz  konstitutsiyasi  negizida  o‗zining  ifodasini  topgan  qoidalarga  hamda 

jamiyatimizning  isloh  etishning  ―o‗zbek  modeli‖  asoslariga  tayanilgan  holda  yurtimizda 

zamonaviy  demokratiya  mezonlari  va  tamoyillariga  hamohang  ravishda  fuqarolik  jamiyati 

bosqichma-bochqich ravishda shakllantirib kelinmoqda.  

YUrtimizda  amalga  oshirilayotgan  islohotlarning  samarali  natijalari  tufayli  XXI  asrning 

dastlabki  o‗n  yilligiga  kelib,  jamiyatimiz  o‗z  taraqqiyotining  tom  ma‘nodagi  yangi  sifat 

bosqichiga  qadam  qo‗ydi.  Siyosiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  ma‘naviy  sohalarda  erishilgan  ulkan 

ijobiy 

natijalar 



mamlakatimizni 

taraqqiy 

ettirishning, 

modernizatsiya 

jarayonlarini 

kuchaytirishning yangi strategik asoslarini yaratilishi uchun zamin bo‗lib xizmat qildi.  

Davlatimiz  rahbari  I.A.Karimovning  2010  yilning  12  noyabrida  bo‗lib  o‗tgan  O‗zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasi  va  Senatining  qo‗shma  majlisidagi  ma‘ruzasida 

jamiyatimizni  yangilash  va  modernizatsiya  qilishning  yangi  strategik  yo‗nalishlarini  belgilab 

bergan Konsepsiya asoslab berildi.  

Birinchi  Prezidentimizning  mamlakatimiz  taraqqiyotining  endilikdagi  keng  istiqbollarini  ochib 

berish  uchun  dasturul  amal  bo‗lib  xizmat  qiluvchi  Konsepsiyasi,  jamiyatimizda  amalga 

oshirilayotgan  140  siyosiy  yangilanishlar  va  modernizatsiya  jarayonlarining  yangi,  yanada 

yuqoriroq bo‗lgan bosqichi boshlanganligining amaldagi ifodasi bo‗ldi.  

YUrtboshimiz ta‘kidlaganidek: ―Biz hammamiz shuni aniq anglab olishimiz zarurki, saylovlarda 

yutib chiqqan siyosiy partiya taqdim etgan Bosh vazir nomzodining Parlament tomonidan ko‗rib 

chiqilishi  va  tasdiqlanishi  haqidagi  konstitutsiyaviy  tartibning  belgilanishi,  hukumatga  nisbatan 

ishonchsizlik  votumi  institutining  joriy  etilishi  va  siyosiy  tizimni  modernizatsiya  qilish 

jarayonida amalga oshirili lozim bo‗ladigan boshqa qator chora-tadbirlar o‗z mazmun-mohiyati 

bilan  mamlakatimizni  isloh  etish  va  demokratlashtirishning  yangi  bosqichini  boshlab  beradi 

‖151.  

151Каримов  И.А.  Мамлакатимизда  демократик  ислоҳотларни  янада  чуқурлаштириш  ва 



фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепцияси. –Т.: Ўзбекистон, 2010. -Б. 15.  

I.A.Karimov  konsepsiyasida  mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish 

hamda  fuqarolik  jamiyatini  kuchli  darajada  rivojlantirish  asnosida  demokratik  yangilash  va 

modernizatsiya jarayonlarini yanada yuksaltirishga xizmat qiluvchi strategik yo‗nalishlar asoslab 

berildi.  Bular,  Davlat  hokimiyati  va  boshqaruvini  demokratlashtirish,  Sud-huquq  tizimini  isloh 

etish, Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‗z erkinligini ta‘minlash, O‗zbekistonda saylov 

huquqi  erkinligini  ta‘minlash  va  saylov  qonunchiligini  rivojlantirish,  Fuqarolik  jamiyati 

institutlarini  shakllantirish  va  rivojlantirish,  Demokratik  bozor  islohotlarini  va  iqtisodiyotini 

liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish kabi muhim va hal etuvchi ustuvor yo‗nalishlardir.  

Birinchi  Prezidentimiz  tomonidan  ilgari  surilgan  konsepsiya  asosida  avvalambor  davlat 

hokimiyati  va  boshqaruvini  demokratlashtirish  borasida  erishilgan  ulkan  natijalar  zaminida 

mamlakatimizda  demokratlashtirish  jaryonlarini  kuchaytirish  uning  institutsional  asoslarini 

zamonaviylashtirish,  hamda  fuqarolik  jamiyati  zaminlarini  mustahkamlashga  xizmat  qiluvchi 

konstitutsiyaviy-huquqiy  bazani  yanada  rivojlantirish  va  zamonaviylashtirish  masalalariga 

etakchi  e‘tibor  qaratildi.  SHuningdek,  mamlakatimizda  barpo  qilinayotgan  demokratiya  va 

fuqarolik jamiyatining nazariy  va  g‗oyaviy asoslari ham har tomonlama boyitila boshlandi. Bu 

o‗rinda avvalambor mamlakatimiz Asosiy qonuni  –  Konstitutsiyamizga kiritilgan o‗zgartish va 

qo‗shimchalarning  jamiyatimizni  yangilash  va  modernizatsiya  qilish  borasida  hal  qiluvchi 

ahamiyatga ega bo‗lganligini alohida e‘tirof qilib o‗tish joizdir.  

Davlatimiz  rahbari  tomonidan  ilgari  surilgan  Konsepsiyaning  g‗oyalariga  binoan 

Konstitutsiyamizning  mamlakatimiz  davlat  hokimiyatini  tashkil  etish  va  uni  boshqarish  bilan 

bog‗liq  yuridik  xususiyatlari  hamda  tamoyillari  eng  zamonaviy  demokratik  taraqqiyot 



manfaatlaridan kelib chiqqan holda yanada takomillashtirildi. Vakillik demokratiyasining etakchi 

ustuni  bo‗lgan  qonun  chiqaruvchi  hokimiyatining  faoliyati  timsolida,  xalqning  davlat 

hokimiyatining birdan bir manbai ekanligi haqidagi konstitutsiyaviy demokratik qoidani yanada 

yuqori  darajada  amal  qilishi  uchun,  Konstitutsiyamiz  bag‗rida  yangi  huquqiy-siyosiy  asoslar 

belgilab qo‗yildi. Xususan, Konstitutsiyamizning XVIII, XIX, XX boblariga va jumladan 32, 78, 

93,  96,  98,  103  va  117  moddalariga  qo‗shimchalarning  kiritilishi  mamlakatimiz  Asosiy 

Qonunining  huquqiy  normalarini  vorisiylik  asosida  yangi  demokratik  qoidalari  bilan 

to‗ldirilishini ta‘minladi.  

Konsepsiya  asosida  shu  paytga  qadar  27  ta  qonun  hamda  tegishli  me‘yoriy-huquqiy  hujjatlar 

qabul  qilindi.  Jumladan,  ―Rieltorlik  faoliyati  to‗g‗risida‖gi  (2010  yil  22  dekabr),  ―Oilaviy 

tadbirkorlik  to‗g‗risida‖gi  (2012  yil  26  aprel),  ―Xususiy  mulkni  himoya  qilish  va  mulkdorlar 

huquqlarining  kafolatlari  to‗g‗risida‖gi  (2012  yil  24  sentyabr),  ―Kredit  byurolari  faoliyati  va 

kredit axboroti almashuvi to‗g‗risida‖gi (2012 yil 4 oktyabr), ―Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi 

ruxsat  berish  tartib-qoidalari  to‗g‗risida‖gi  (2012  yil  20  dekabr),  ―Tezkor-qidiruv  faoliyati 

to‗g‗risida‖gi  (2012  yil  25  dekabr),  ―Garov  reestri  to‗g‗risida‖gi  (2013  yil  23  oktyabr), 

―Ekologik  nazorat  to‗g‗risida‖gi  (2013  yil  27  dekabr),  ―Davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi 

organlari faoliyatining ochiqligi to‗g‗risida‖gi (2014 yil 5 may), ―Ijtimoiy sheriklik to‗g‗risida‖gi 

(2014  yil  28  avgust),  ―Investitsiya  va  pay  fondlari  to‗g‗risida‖gi  (2015  yil  25  avgust)  yangi 

qonunlar qabul qilindi.  

SHu bilan bir qatorda, Konsepsiya zaminida bir qator qonun hujjatlariga demokratik mohiyatga 

ega bo‗lgan o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritildi. Xususan, 2012 yil 18 sentyabrda O‗zbekiston 

Respublikasi Jinoyat-protsessual  kodeksining,  2012  yil  19  dekabrda  ―O‗zbekiston  Respublikasi 

Oliy  Majlisiga  saylov  to‗g‗risida‖gi,  ―Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar  Kengashlariga 

saylov  to‗g‗risida‖gi  qonunlarning  qator  bob  va  moddalariga  o‗zgartish  va  qo‗shimchalar 

kiritildi.  SHuningdek,  jamiyatimizdagi  o‗zgarishlarga  hamohang  tarzda  ―O‗zbekiston 

Respublikasining  Ma‘muriy  javobgarlik  to‗g‗risidagi  kodeksiga  o‗zgartish  va  qo‗shimchalar 

kiritish haqida‖gi (2011 yil 26 aprel), ―Tadbirkorlik 141  

 

faoliyati erkinligining kafolatlari to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi Qonuniga o‗zgartish va 



qo‗shimchalar  kiritish  haqida‖gi  (2012  yil  2  may),  ―Normativ-huquqiy  hujjatlar  to‗g‗risida‖gi 

O‗zbekiston Respublikasi Qonuniga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish haqida‖gi (2012 yil 24 

dekabr), ―Fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi 

Qonuniga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish haqida‖gi (2013 yil  22 aprel), ―Fuqarolar yig‗ini 

raisi  (oqsoqoli)  va  uning  maslahatchilari  saylovi  to‗g‗risida‖gi  O‗zbekiston  Respublikasi 

Qonuniga  o‗zgartish  va  qo‗shimchalar  kiritish  haqida‖gi  (2013  yil  22  aprel),  ―Aksiyadorlik 

jamiyatlari  va  aksiyadorlarning  huquqlarini  himoya  qilish  to‗g‗risida‖gi  O‗zbekiston 

Respublikasi Qonuniga o‗zgartish va qo‗shimchalar kiritish haqida‖gi (2014 yil 6 may) qonunlar 

qabul qilindi. 

 

 



2-savol 

Ma‘lumki,  korrupsiya  har  qanday  davlat  va  jamiyatning  siyosiy-iqtisodiy  rivojlanishiga  jiddiy 

putur  etkazadi,  davlatning  konstitutsiyaviy  asoslarini  va  qonun  ustuvorligini  zaiflashtiradi, 

pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol bo‗lishiga olib keladi.  

Korrupsiya  —  bu  jamiyatni  turli  yo‗llar  bilan  iskanjaga  oladigan  daxshatli  illatdir.  U 

demokratiya  va  huquq  ustuvorligi  asoslariga  putur  etkazadi,  inson  hukuklari  buzilishiga  olib 

keladi,  bozorlar  faoliyatiga  to‗sqinlik  kiladi,  hayot  sifatini  yomonlashtiradi  va  odamlar 

xavfsizligiga  taxdid  soladigan  uyushgan  jinoyatchilik,  terrorizm  va  boshka  hodisalar  ildiz  otib, 

gullashi  uchun  sharoit  yaratib  beradi.  Ushbu  zararli  hodisa  katta  va  kichik,  badavlat  va 

kambag‗al bo‗lishidan qatiy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi.  

Ushbu  illatga  qarshi  kurashishni  jahon  talablari  asosida  tashkil  etish  maqsadida  2008  yilda 

mamlakatimiz  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  2003  yil  13  oktyabrdagi  "Korrupsiyaga 

qarshi"  Konvensiyasini  ratifikatsiya  qildi,  shuningdek,  "Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining 

"Korrupsiyaga qarshi" konvensiyasiga O‗zbekiston Respublikasi qo‗shilishi to‗g‗risida"gi Qonun 

qabul qilindi.  

Istiqlol bergan tinch va osuda hayotimiz, farovon turmush tarzimiz, erishayotgan turli sohadagi 

yutuqlarimiz, ayniqsa yosh avlod kamoloti yo‗lida qilinayotgan ezgu ishlarni har qancha e‘tirof 

etsak, arziydi. Albatta, bunday havas qilsa arzigulik kunlarga etishishning o‗zi bo‗lmayotganligi 

va  buning  zamirida  mashaqqatli  mehnat  yotganligi  hech  birimizga  sir  emas.  Bugungi  kunda 

qaysi  bir  sohaga  e‘tibor  qaratmaylik,  ularning  har  birida  yuqori  samaradorlikka 

erishayotganligimiz,  bu  bunyodkor  xalqimizning  o‗z  Vataniga  bo‗lgan  mehr-muhabbatidan 

dalolat beradi.  

Darhaqiqat,  jamiyatimiz  ravnaqi  uchun  astoydil  mehnat  qilayotgan  insonlar  bilan  faqat 

faxrlanishimiz  kerak.  Lekin  ayrim  kimsalar  borki,  to‗qlikka  sho‗xlik  qilib,  o‗z  vazifalarini 

suiiste‘mol  qilgan  holda,  taraqqiy  etib  kelayotgan  davlatimiz  mulkiga  rahna  solayotganliklari 

achinarli  holdir.  Birinchi  Prezidentimiz  Islom  Karimov  o‗zining  “O„zbekiston  XXI  asr 



bo„sag„asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari”  asarida 

korrupsiya  va  poraxo‗rlik  haqida  to‗xtalib,  “Jinoyatchilik  va  korrupsiyaning  avj  olishi 



davlatning  konstitutsiyaviy  asoslarini  emiradi,  fukarolarning  xukuk  va  erkinliklari  jiddiy 

tarzda  buzilishiga  olib  keladi.  “Qonunlar  va  farmonlarni  qabul  qilishdan  maqsad  ularni 

chetlab  o„tishdir”  degan  mutlaqo  yaramas  qoida  jamiyatning  eng  oddiy  huquqiy  tartibot 

va  jamoat  tartibini  saqlab  turish  qobiliyatidan  mahrum  bo„lishiga  olib  boradi”  deb 

ta‘kidlaydi.  

Korrupsiya va uni vujudga keltiruvchi sabablar o‗rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. Bundan 

xulosa  shuki,  birinchidan,  korrupsiyani  faqat  uni  vujudga  keltiruvchi  sabablar  va  shart-

sharoitlarni  echish  yo‗li  bilan  kamaytirish  hamda  cheklash  mumkin;  ikkinchidan,  bu 

muammolarni  echishda  korrupsiyaga  qarshi  barcha  yo‗nalishlarda  qat‘iy  va  murosasiz  kurash 

olib  borish  samara  beradi.  SHu  o‗rinda  ta‘kidlash  muhimki,  har  qanday  holatda  ham 

korrupsiyadan bevosita jamiyat va insonlar aziyat chekadi, zarar ko‗radi. SHuning uchun ushbu 

125  

 


muammo global bo‗lib, unga qarshi kurashning davlatlar o‗rtasida muvofiqlashtirilgan dasturlari 

va boshqa huquqiy me‘yorlari ishlab chiqilganligi bejiz emas.  

Korrupsiya  o‗zi  nima?  Korrupsiya  bu  –  mansab,  mavqeidan  shaxsiy  maqsadlarda  foydalanish 

bilan  bog‗liq  bo‗lgan  jinoyat  turi  hisoblanadi.  Korrupsiya  faoliyati  xufyona  iqtisodiyotning 

asosiy turlaridan biridir. Aksariyat hollarda korrupsiya deganda davlat xizmatchilari tomonidan 

shaxsiy manfaatlarni ko‗zlab, boylik orttirish maqsadida xalqdan pora olish, qonunga xilof pul 

daromadlarini  qo‗lga  kiritish  tushuniladi.  Ammo,  umuman  olganda,  mansabdor  shaxslargina 

emas,  balki,  davlat  tashkilotida  ishlamaydigan  fuqarolar  ham  korrupsiyaga  doir 

munosabatlarning ishtirokchilari bo‗lishi, pora emas, balki boshqa narsalar evaziga o‗z ehtiyoj va 

manfaatlarini  ham  amalga  oshirishlari  mumkin.  Darhaqiqat,  korrupsiya  –  ildizlari  davlat 

xizmatini  tashkil  etishdagi  nuqsonlarga  va  davlat  xizmatchilarining  o‗ziga  xos  psixologiyasiga 

borib  taqaladigan  ijtimoiy  hodisa.  Bu  korrupsiyaga  qarshi  avvalo  ma‘muriy-huquqiy  va 

tashkiliy-boshqaruv chora-tadbirlari ko‗rilishini taqozo etadi.  

"Tarixiy  tajriba  va  hozirgi  amaliyot,  shu  jumladan,  ba‘zi  yangi  mustaqil  davlatlardagi  voqelik 

korrupsiya  va  jinoyatchilik  xavfsizlikka  soladigan  tahdidni  yaqqol  tasavvur  etish  imkonini 

bermoqda",  deb  ta‘kidlaydi  yurtboshimiz  "O‗zbekiston  XXI  asr  bo‗sag‗asida:  xavfsizlikka 

tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" nomli asarida.  

SHu  narsani  alohida  ta‘kidlash  kerakki,  korrupsiyaning  oldini  olishga  qaratilgan  institutsional 

mexanizmlarni  isloh  qilishda  YUrtboshimiz  tomonidan  2010  yil  12  noyabrda  e‘lon  qilingan 

“Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirish  va  fuqarolik 

jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” muhim ahamiyat kasb etmoqda.  

Korrupsiya  muammolari  bilan  shug‗ullanuvchi  “Transparency  International”  tashkilotining 

ma‘lumotlarga  ko‗ra,  ayni  damda  dunyoda  ko‗plab  jinoyatlarga  sabab  bo‗layotgan  nafs  balosi, 

ya‘ni korrupsiya va poraxo‗rlik natijasida yiliga bir trillion dollardan ortiq mablag‗ o‗zlashtirilar 

ekan. SHu bois korrupsiya va poraxo‗rlikni hech ikkilanmay ―taraqqiyot kushandasi‖ deb atash 

mumkin.  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  oldida  turgan  eng  global  muammolardan  biri 

sanalgan  korrupsiyaga  qarshi  kurashning  davlatlar  o‗rtasida  muvofiqlashtirilgan  dasturlari  va 

boshqa  huquqiy  me‘yorlari  ishlab  chiqilgan.  Xususan,  2005  yil  dekabr  oyida  kuchga  kirgan 

"Korrupsiyaga qarshi" konvensiyasi global doirada qabul qilingan xalqaro-huquqiy hujjat bo‗lib, 

uning  loyihasi  ikki  yil  davomida  130  dan  ortiq  davlatlar  ishtirokida  muhokama  etilgan.  Unda 

korrupsiyaga  qarshi  xalqaro  va  milliy  kurash  amaliyotini  yo‗lga  qo‗yish  hamda  ularni  amalga 

oshirish mexanizmlari belgilangan. 

 

 


3-Savol 

Soliq va bojxona siyosatini takomillashtirish va optimallashtirish  

Quyidagilar  O‗zbekiston  Respublikasining  soliq  siyosatini  takomillashtirish  konsepsiyasining 

asosiy yo‗nalishlari etib belgilansin:  

iqtisodiyotga 

soliq 


yukining 

darajasini 

kamaytirish, 

shuningdek, 

soliq 

solishning 



soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimi bo‗yicha soliqlarni to‗laydigan xo‗jalik yurituvchi 

subyektlar o‗rtasidagi soliq yuki darajasidagi nomutanosibliklarni bartaraf etish;  

soliqlarni unifikatsiya qilish orqali ularning sonini optimallashtirish, shuningdek, o‗xshash soliq 

solish  bazasiga  ega  bo‗lgan  soliqlarni  birlashtirish,  soliq  hisobotlarini  qisqartirish  va 

soddalashtirish, operatsion xarajatlarni minimallashtirish;  

makroiqtisodiy  vaziyatning  barqarorligini,  O‗zbekiston  Respublikasi  Davlat  byudjeti  va  uning 

daromadlarini shakllantirishning mustahkamligini ta‘minlash;  

soliq  qonunchiligini  soddalashtirish,  soliq  munosabatlari  sohasida  normativ-huquqiy 

hujjatlardagi  qarama-qarshiliklar  va  ziddiyatlarni  bartaraf  etish,  insofli  soliq  to‗lovchilarning 

huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish;  

soliq solish masalalarini tartibga soladigan havolaki normalar va qonun osti hujjatlarinimaksimal 

darajada cheklagan holda, soliq qonunchiligining barqarorligini hamda O‗zbekiston Respublikasi 

Soliq kodeksi normalarining to‗g‗ridan-to‗g‗ri amal qilishini ta‘minlash, shu jumladan kodeksda 

soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar stavkalarining miqdorlarini belgilash;  

xorijiy  investorlar  va  investitsiyalar  uchun  qulay  rejimni  saqlab  qolish,  ularni  har  tomonlama 

qo‗llab-quvvatlash va ishonchli huquqiy himoyalash;  

soliq  nazoratining  shakl  va  mexanizmlarini,  shu  jumladan  soliq  solish  obyektlari  hamda  soliq 

to‗lovchilarni  yanada  to‗liq  qamrab  olish  va  hisobini  ta‘minlaydigan  zamonaviy  axborot-

kommunikatsiya  texnologiyalarini  keng  joriy  etish  hisobigatakomillashtirish,  transfer  narxlarni 

shakllantirish bilan bog‗liq operatsiyalarga soliq solish tartibini joriy etish.  

32. Soliq yukini kamaytirish. Soliq va bojxona ma‘muriyatchiligini soddalashtirish.  

Soliq yuki 2018-yilda keskin oshib ketmasligi uchun kadastr qiymatiga asosan hisoblangan soliq 

summasi  2017-yildagi  soliq  summasiga  nisbatan  20  foizdan  ko‗p  bo‗lmasligi  belgilandi.  Misol 

uchun,  Toshkent  viloyati  Zangiota  tumanida  joylashgan,  kadastr  qiymati  321,2  million  so‗mni 

tashkil etadigan  hovli-uy  uchun  2018-yil  429,1  ming  so‗m  mol-mulk  solig‗i  hisoblanishi  lozim 

edi. Lekin 2017-yilda ushbu mulk uchun soliq summasi 134,4 ming so‗mni tashkil qilgani uchun 

2018-yilda  soliq  miqdori  161,3  ming  so‗mgacha  hisoblanadi,  ya‘ni  ushbu  summa  o‗tgan 

yildagiga nisbatan 20 foizdan oshmaydi.  

Yakka  tartibdagi  tadbirkor  maqomini  yo‗qotgan  va  muqaddam  tadbirkorlik  faoliyati  bilan 

shug‗ullanishi  natijasida  yuzaga  kelgan  soliq  qarzdorligiga  ega  bo‗lgan  fuqarolarga  –  jismoniy 

shaxslarga  bankrotlik  qo‗llanilishi  belgilanib,  bu  borada  Fuqarolik  kodeksining  26-moddasiga, 

Soliq  kodeksining  62-moddasiga  hamda  ―Bankrotlik  to‗g‗risida‖gi  qonunning  27-moddasiga 

o‗zgartirish va qo‗shimchalar kiritildi. 

Seminarda  tadbirkorlarning  savollariga  mutasaddi  xodimlar  tomonidan  javob  berildi. 

Ishtirokchilarni o‗ylantirayotgan muammolar o‗rtaga tashlandi. Ularni hal etish bo‗yicha amaliy 

takliflar  bildirildi.Bojxona  ma'muriyatchiligini  soddalashtirish  va  eksport-import  sohasini 

tartibga solish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada:  

bojxona chegarasidan tovarlarni o‗tkazish tartiblari va tizimini qayta ko‗rib chiqish;  

ilg‗or jahon tajribasiga muvofiq milliy bojxona rejimlarini qayta ko‗rib chiqish;  

mamlakat hududidagi bojxona postlari, terminallari va omborlarini ekspress-laboratoriyalar bilan 

jihozlash;  

bojxona rasmiylashtiruvida ortiqcha byurokratik to‗siq va g‗ovlarni bartaraf etish va muddatlarni 

keskin qisqartirish maqsadida «yagona darcha» tamoyilini keng joriy qilish nazarda tutiladi.  

Bojxona  qonunchiligini  tubdan  takomillashtirish,  ushbu  tizimni  ilg‗or  xalqaro  standartlar 

talablariga muvofiqlashtirish. 

 

 



4-Savol 

Fuqarolarning  saylovlarda  va  boshqa  siyosiy  jarayonlarda  faol  ishtirok  etishi  fuqarolik 

jamiyatining  muhim  mezonlaridan  biridir.  ―Saylovlar  –  bu  mamlakatimizda  amalda  bo‗lgan 

huquqiy  me‘yorlarning  nechog‗liq  demokratik  ruhda  ekanini  namoyon  etadigan,  demokratik 

huquqiy  davlatning  uzviy  belgisi,  xalqning  o‗z  xohish-irodasini  erkin  ifoda  etishining, 

fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy shakli bo‗lib, o‗ta muhim va 

hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega  masaladir‖13.  Demokratik  saylovlar  orqali  demokratik  mezonlar 

amalga  tatbiq etiladi,  xalqning  ishonchli vakili  hokimiyat  tepasiga  keladi,  barcha  fuqarolarning 

huquq va erkinliklari kafolatlanadi, orzu-umidlari ro‗yobga chiqadi. 

Saylov  xalq  hokimiyatchiligining  timsoli  bo‗lib,  eng  avvalo  o‗zida  jamiyat  a‘zolarining, 

qolaversa saylovchi – fuqaro manfaatini ifoda etadi. Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati 

sari  amalga  oshirilayotgan  islohotlarda  saylovlarning  o‗rni  beqiyosdir.  O‗zbekiston  mustaqil 

taraqqiyot yo‗lining hozirgi bosqichida davlat hokimiyatining vakillik organlarini erkin, qonuniy 

va  adolatli  saylovlar  asosida  shakllantirilishi  demokratik  jarayonlar  va  yangilanishlarning 

ijtimoiy hayotda oliy qadriyat sifatida ifoda etilayotganligining yorqin namunasidir14. 

Erkin  saylovlarni  o‗tkazish  jarayonida  qonuniylik,  tenglik  kabi  bir  qator  umumiy  huquqiy 

tamoyillarga  og‗ishmasdan  amal  qilinishi  ularni  muvaffaqiyatli  amalga  oshirishga  va  fuqarolik 

jamiyatini shakllantirishga xizmat qiladi. 

Saylov  –  demokratiya  degani.  Demokratiya  –  bu  saylov  degani.  Darhaqiqat,  saylovsiz 

demokratiyani, demokratiyasiz saylovni tasavvur qilish qiyin. Demokratiya saylov asosida, erkin 

fikr mushtarakligida, siyosiy plyuralizm mavjudligida namoyon bo‗ladi. 

Saylovlar  kishilik  jamiyatining  bir  necha  asrlik  tarixiy  rivojlanish  mahsuli  bo‗lib,  davlat  va 

jamiyatning  takomillashgan  modellarini  shakllantirish  maqsadida  paydo  bo‗lgan  institutdir. 

Hozirgi  davrga  kelib,  dunyoning  aksariyat  mamalakatlarida  davlat  hokimiyati  va  o‗z-o‗zini 

boshqarish  organlarini  shakllantirish  bilan  bog‗liq  bo‗lgan  demokratik  saylovlar  siyosiy 

tizimining  ajralmas  tarkibiy  qismiga  aylanib  bo‗ldi.  Turli  mamlakatlardagi  huquqiy  davlat  va 

fuqarolik  jamiyatining  rivojlanish  darajasini  ularda  o‗tkaziladigan  saylovlarga,  saylovlardagi 

aholining  ishtirokiga,  saylovlarning  saviyasiga  ko‗ra  belgilanadi15.  Bundan  tashqari 

mamlakatdagi  tinchlik,  barqarorlik  xukm  surishi  va  shaxs,  jamiyat,  davlat  xavfsizligining 

ta‘minlanishi demokratik saylov tamoyillarining qay darajada ro‗yobga chiqishiga ham bevosita 

bog‗liqdir. 

65.Saylov tushunchasi va uning asosiy tamoyillari, tizimlari 

Fuqarolarning  saylovlarda  va  boshqa  siyosiy  jarayonlarda  faol  ishtirok  etishi  fuqarolik 

jamiyatining  muhim  mezonlaridan  biridir.  ―Saylovlar  –  bu  mamlakatimizda  amalda  bo‗lgan 

huquqiy  me‘yorlarning  nechog‗liq  demokratik  ruhda  ekanini  namoyon  etadigan,  demokratik 

huquqiy  davlatning  uzviy  belgisi,  xalqning  o‗z  xohish-irodasini  erkin  ifoda  etishining, 

fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokining asosiy shakli bo‗lib, o‗ta muhim va 

hal  qiluvchi  ahamiyatga  ega  masaladir‖.  Demokratik  saylovlar  orqali  demokratik  mezonlar 

amalga  tatbiq etiladi,  xalqning  ishonchli vakili  hokimiyat  tepasiga  keladi,  barcha  fuqarolarning 

huquq va erkinliklari kafolatlanadi, orzu-umidlari ro‗yobga chiqadi. 

Saylov  xalq  hokimiyatchiligining  timsoli  bo‗lib,  eng  avvalo  o‗zida  jamiyat  a‘zolarining, 

qolaversa saylovchi – fuqaro manfaatini ifoda etadi. Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati 

sari  amalga  oshirilayotgan  islohotlarda  saylovlarning  o‗rni  beqiyosdir.  O‗zbekiston  mustaqil 

taraqqiyot yo‗lining hozirgi bosqichida davlat hokimiyatining vakillik organlarini erkin, qonuniy 

va  adolatli  saylovlar  asosida  shakllantirilishi  demokratik  jarayonlar  va  yangilanishlarning 

ijtimoiy hayotda oliy qadriyat sifatida ifoda etilayotganligining yorqin namunasidir. 

Erkin  saylovlarni  o‗tkazish  jarayonida  qonuniylik,  tenglik  kabi  bir  qator  umumiy  huquqiy 

tamoyillarga  og‗ishmasdan  amal  qilinishi  ularni  muvaffaqiyatli  amalga  oshirishga  va  fuqarolik 

jamiyatini shak 

llantirishga xizmat qiladi. 

Saylov  –  demokratiya  degani.  Demokratiya  –  bu  saylov  degani.  Darhaqiqat,  saylovsiz 

demokratiyani, demokratiyasiz saylovni tasavvur qilish qiyin. Demokratiya saylov asosida, erkin 



fikr  mushtarakligida,  siyosiy  plyuralizm  mavjudligida  namoyon  bo‗ladi.  Saylovlar  kishilik 

jamiyatining  bir  necha  asrlik  tarixiy  rivojlanish  mahsuli  bo‗lib,  davlat  va  jamiyatning 

takomillashgan  modellarini  shakllantirish  maqsadida  paydo  bo‗lgan  institutdir.  Hozirgi  davrga 

kelib,  dunyoning  aksariyat  mamalakatlarida  davlat  hokimiyati  va  o‗z-o‗zini  boshqarish 

organlarini shakllantirish bilan bog‗liq bo‗lgan demokratik saylovlar siyosiy tizimining ajralmas 

tarkibiy qismiga aylanib bo‗ldi. Turli mamlakatlardagi huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining 

rivojlanish  darajasini  ularda  o‗tkaziladigan  saylovlarga,  saylovlardagi  aholining  ishtirokiga, 

saylovlarning  saviyasiga  ko‗ra  belgilanadi.  Bundan  tashqari  mamlakatdagi  tinchlik,  barqarorlik 

xukm  surishi  va  shaxs,  jamiyat,  davlat  xavfsizligining  ta‘minlanishi  demokratik  saylov 

tamoyillarining  qay  darajada  ro‗yobga  chiqishiga  ham  bevosita  bog‗liqdir.  Erkin  saylov 

huquqining amalga oshirilishi, erkin hamda chinakamiga ifoda etiladigan xalq irodasi hokimiyat 

va  har  qanday  hukumat  qonuniyligining  asosi  ekanligi  va  har  bir  shaxsning  o‗z  davlatini 

boshqarishda  bevosita  yoki  o‗z  vakillari  orqali  qatnashish  huquqi  ko‗pgina  xalqaro  hujjatlarda 

alohida ta‘kidlangan.  

66.O‘zbekiston qonunchiligida xalqaro saylov standartlariga asoslanishi 

Mamlakatimiz  hozirgi  zamon  saylov  huquqi  xalq  hokimiyatini  yaqqol  namoyon  qiladigan 

muhim konstitutsiyaviy institutdir. O‗zbekiston saylov qonunchiligi erkin demokratik saylovlar 

o‗tkazish bo‗yicha xalqaro saylov andozalari majmuini tashkil etuvchi xalqaro huquqning umum 

e‘tirof  etilgan  prinsiplari  va  normalariga  to‗la  mos  keladi.  O‗zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasi Muqaddimasida ta‘kidlanganidek,  yurtimizda ―xalqaro huquqning umum e‘tirof 

etilgan qoidalari ustunligi‖ tan olinadi. 

Ma‘lumki,  XX  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  fuqaroning  saylov  huquqlari  va  erkinliklari 

mavzusi  nufuzli  xalqaro  tashkilotlar  jiddiy  shug‗ullanadigan  masalaga  aylandi.  Hozirgi  paytda 

dunyoda  insonning  saylov  huquqlari  va  erkinliklarini  ta‘minlash,  erkin  demokratik  adolatli 

saylovlarni  tashkil  etish  va  o‗tkazish  sohasiga  doir  20  dan  ziyod  xalqaro  normativ-huquqiy 

hujjatlar mavjud 

Saylov huquqi sohasiga taalluqli prinsiplar va andozalar Birlashgan Millatlar Tashkilotining bir 

qancha  xalqaro  universal  hujjatlarida,  xususan,  Inson  huquqlari  umumjahon  deklaratsiyasining 

(1948 yil) 21-moddasida, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‗g‗risidagi xalqaro paktning (1966 yil) 

25-moddasida, 

Irqiy  kamsitishning  barcha  shakllarini  tugatish  to‗g‗risida  xalqaro 

konvensiyaning  5-moddasida,  Irqiy  kamsitishning  barcha  shakllarini  tugatish  to‗g‗risida  BMT 

deklaratsiyasining  (1963  yil)  6-moddasida  mustahkamlab  qo‗yilgan  Davlat  hokimiyati  vakillik 

organiga  saylov  masalalariga  o‗zida  145  davlat  parlamentlarini  birlashtirgan  va  shu  jumladan, 

O‗zbekiston  Respublikasi  ham  a‘zo  hisoblanuvchi  Parlamentlararo  ittifoq  ayniqsa  katta  e‘tibor 

qaratadi.  1994  yili  Parlamentlararo  ittifoq  Kengashi  ―Erkin  va  adolatli  saylov  prinsiplari 

to‗g‗risidagi deklaratsiya‖ni qabul qildi. Ushbu Deklaratsiya barcha mamlakatlar hukumatlari va 

parlamentlarini  mazkur  hujjatda  belgilangan  saylov  huquqi  sohasiga  doir  xalqaro  prinsiplar  va 

normalarga  amal  qilishga  da‘vat  etadi.  Mintaqaviy  xalqaro  tashkilotlar  ham  o‗zlarining  Inson 

huquqlari  va  asosiy  erkinliklarini  himoyalash  to‗g‗risidagi  Yevropa  konvensiyasi  (1950  yil), 

Inson  huquqlari  to‗g‗risidagi  Amerika  konvensiyasi  (1969  yil),  Inson  va  xalqlar  huquqlarining 

Afrika xartiyasi (1986 yil) kabi xalqaro-huquqiy hujjatlari timsolida xalqaro saylov andozalariga 

jiddiy  ahamiyat  qaratadi.  Xususan,  Yevropada  Xavfsizlik  va  hamkorlik  tashkilotining  (EXHT) 

demokratik  saylovlar  sohasidagi  asosiy  andozalari  Insoniylik  mezonlari  bo‗yicha  Kopengagen 

hujjatida  (1990)  o‗z  aksini  topgan.  EXHTning  saylov  prinsiplarini  quyidagi  ettita  so‗z  – 

universallik, tenglik, erkinlik, adolatlilik, yas 

hrinlilik, ochiqlik va hisobdorlik - misolida to‗la ifodalash mumkin. Bu  - har bir ovoz e‘tiborga 

olinishi va fuqaro davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirishga ko‗maklashishi mumkin 

ekanligining  o‗ziga  xos  dalolatidir.  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  tomonidan  qabul  qilingan 

Inson  huquqlari  umumjahon  deklaratsiyasining  21-moddasiga  ko‗ra,  ―Har  bir  inson  o‗zi 

yashayotgan  davlatning  boshqaruvida  bevosita  yoki  erkin  saylangan  vakillar  orqali  qatnashish 

huquqiga egadir. 



Download 182.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent axborot
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
umumiy o’rta
haqida umumiy
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
davlat sharqshunoslik
jizzax davlat