Demokratik institutlarni rivojlantirishda siyosiy partiyalarning roli va o’rni Reja


Partiyaning matbuot organi “XXI asr” gazetasi hisoblanadi



Download 376,5 Kb.
bet5/6
Sana13.07.2022
Hajmi376,5 Kb.
#792415
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Demokratik institutlarni rivojlantirishda siyosiy partiyalarning roli va o’rni


Partiyaning matbuot organi “XXI asr” gazetasi hisoblanadi.
Ko’rib turibmizki, O’zbekistonda partiyaviy tizim tadrijiylik asosida, bir maromda o’z takomiliga yetib bormoqda. Masalan, 1994 yilga Parlament saylovlarida hokimiyat organlari va aholining tashabbuskor guruhlaridan 167 nafar deputat saylangan bo’lsa, 1999 yilgi Parlament saylovlarida ularning soni 125 tagacha qisqardi. 2004 yilgi Parlament saylovlarida saylangan deputatlarning 90 foizidan ko’prog’i siyosiy partiyalar tomonidan ko’rsatilgan nomzodlardir. 2009 yilgi saylovlardan boshlab esa O’zbekiston Ekologik harakatidan 15 nafarlik kvota asosida saylanadigan deputatlardan tashqari qolgan barcha deputatlar partiyaviy mansublik asosida saylana boshladilar. Bu esa siyosiy hayotda siyosiy partiyalarning vazni va nufuzi tobora oshib borayotganligidan dalolat beradi.
Prezident Islom Karimov 2010 yilning 12 noyabr kuni bo’lib o’tgan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi dasturiy ahamiyatga ega ma’ruzasida o’tgan davrdagi bosib o’tgan yo’limizni chuqur va atroflicha tahlil etib, mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga olib chiquvchi rivojlanish kontseptsiyasini belgilab berdi. Ayniqsa, Yurtboshimizning davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish yo’nalishida ilgari surgan qonunchilik tashabbuslari va shu asosda amalga oshirilgan ishlar ijtimoiy-siyosiy hayotimizda mutlaqo yangi davr boshlanayotganidan dalolatdir. Bular doirasida siyosiy partiyalarning mamlakatimiz hayotidagi o’rni va qarorlar qabul qilishdagi rolini oshirishga qaratilgan tashabbuslar keng jamoatchilikda katta qiziqish uyg’otdi.
Albatta, hozirgi tezkor hayot dinamikasi, yurtimizda olib borilayotgan tub va izchil islohotlar, taraqqiyotning yana bir yangi davriga qadam tashlash Konstitutsiyamizga ba’zi o’zgartish va qo’shimchalar kiritishni taqozo etayotgandi.
Bu jarayon Asosiy Qonunimizning ayrim jihatlarini real turmush tarziga moslashtirish va yuzaga kelishi kutilayotgan yangicha munosabatlarni tartibga solishga tayyorlash hamda aniqlashtirishdan iborat edi.
SHu boisdan Kontseptsiyada belgilab berilgan qonunchilik tashabbuslari asosida tayyorlangan “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)”gi Qonun 2011 yilda qabul qilindi.
Mazkur o’zgartish va qo’shimchalar natijasida Konstitutsiya yanada mukammallashtirilib, uning barqarorligi va hayotiyligi ta’minlandi.
SHu ma’noda, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan Bosh vazirning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish va muhokama qilib borish to’g’risidagi me’yor eng demokratik tamoyillardan kelib chiqqanini e’tirof etish joiz.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o’zgartishlarga asosan, Bosh vazir lavozimiga nomzod ko’rsatish va uni tasdiqlashning demokratik tamoyillarini ifodalaydigan yangi huquqiy tartib o’rnatildi. Ya’ni O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko’p deputatlik o’rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko’p deputatlik o’rinlarini qo’lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etilishi belgilab qo’yildi. SHuningdek, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumini bildirish huquqi berildi.
Albatta, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan yuqoridagi o’zgartish va qo’shimchalar, eng avvalo, parlament tomonidan o’z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimini shakllantirish, siyosiy partiyalarning jamiyat hayotidagi rolini yanada mustahkamlash, mamlakatimizni demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlarining jadal rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etadi.
O’z navbatida, bugun yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan siyosiy partiyalardan ham ana shu tamoyillarni hayotga joriy etish ishlariga tayyor bo’lishlari, siyosiy yetuklikka intilishlari talab etiladi.
Xulosa qilib aytganda, Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, mazkur islohotlarning muvaffaqiyati, avvalambor, mamlakatimizni yanada demokratlashtirish va liberallashtirish yo’lidagi sa’y-harakatlarimiz sur’atlariga, fuqarolarimizning ijtimoiy-siyosiy faolligiga, ularning siyosiy-huquqiy madaniyatining yuksakligiga va o’z-o’zidan ayonki, birinchi navbatda, siyosiy partiyalarning yetuklik darajasiga, ularning O’zbekistonimiz taqdiri va kelajagiga daxldor bunday ulkan mas’uliyatli vakolatlarni o’z zimmasiga olishga qay darajada tayyor ekaniga bevosita bog’liqdir.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda siyosiy tizimni liberallashtirish, siyosiy fikr, tafakkur, yondashuv xilma-xilligini ta’minlash, partiyalararo sog’lom raqobatni rivojlantirishga qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar majmui amalga oshirildi. Bu borada mamlakatimiz rahbari tomomnidan 2010 yil 12 noyabrda taqdim etilgan Kontseptsiyaga muvofiq faqat 2011 yilda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga kiritilgan o’zgartish va qo’shimchalar kiritilganligi, saylov qonunchiligi yanada takomillashtirilganligi hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Reglamentiga va boshqa qonun hujjatlariga siyosiy partiyalarning huquq va vaolatlarini kengaytirishni ko’zda tutuvchi bir qator o’zgartish va qo’shimchalar kiritilganligini qayd etishning o’zi kifoya.
Bularning barchasi davlat siyosiy tuzilmasida vakillik hokimiyatining roli va ahamiyatini yanada kuchaytirish hamda ijro etuvchi hokimiyat organlarini shakllantirish, ular faoliyati ustidan parlament va deputatlik nazoratini amalga oshirish borasida siyosiy partiyalar rolini tubdan oshirish uchun mustahkam qonunchilik asoslarini yaratdi. Eng muhimi, ham Qonunchilik palatasi, ham Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doirasida demokratik jamiyatning eng muhim tarkibiy qismi bo’lgan siyosiy, partiyalararo raqobatni yanada kuchaytirish uchun qo’shimcha sharoit va imkoniyatlar yaratildi.
SHu bilan birga, mamlakatimizda demokratlashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish yo’lida hokimiyat bo’linishining konstitutsiyaviy tamoyilini amalga oshirishda ko’ppartiyaviylik tizimini yanada rivojlantirish, siyosiy partiyalar faolligini oshirish, ular o’rtasida raqobatli kurashni kuchaytirish masalalari g’oyat muhim o’rin egallaydi. Davlatimiz rahbari bir necha bora ta’kidlaganidek, vakillik hokimiyat organlariga aynan shu kurash orqali har bir partiya o’z oldiga qo’yayotgan maqsadlarga erishadi. Bu raqobat qanchalik kuchli va murosasiz bo’lsa, muayyan ijtimoiy kuchlar va qatlamlar manfaatlarini ilgari suruvchi har bir partiya g’oyalari, dasturiy vazifalari shunchalik muvaffaqiyatli amalga oshirilishini kafolatlaydi. SHubhasiz, bularning barchasi qabul qilinayotgan qonunlar sifatini oshirish, huquqni qo’llash amaliyotini yaxshilash, qonun ustuvorligini ta’minlash, vakillik hokimiyat organlarining mamlakatimizda yuz berayotgan jarayonlarga ta’sirini kuchaytirishga ko’maklashadi.



Download 376,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish