1. Demokratik institutlar rivoji fuqarolik jamiyati talabi.
Demokratik tamoyillarga amal qilib, fuqarolik jamiyatini qurishni maqsad qilgan jamiyatda fuqarolarning davlat va jamiyatni boshqarishda keng jalb etish, faol ishtirokini ta’minlash asosiy siyosiy maqsadga aylanadi. Bu, demokratik institutlarning rivojini xarakterlovchi muhim mezondir. SHu ma’noda, "Demokratiya, - deb yozadi Prezident Islom Karimov, –- inson, jamiyat, davlat degan uch sub’ekt o’zaro bir-birini to’ldiradigan, bir-birini boyitib, kerak bo’lsa, nazorat qilib turadigan tizim demakdir. Bu har qaysi insonning jamiyat bilan, jamiyatning esa davlat bilan munosabatini, ular o’rtasidagi muvozanatni anglatadi»1.
Xususan, mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O’zbekistonda xalqni davlat hokimiyatini boshqarishda ishtirok etishini ta’minlashning siyosiy-huquqiy asoslarini yaratilishiga alohida e’tibor qaratildi. O’zbekistonda yangi demokratik jamiyat asoslariga o’tish, totalitarizmdan meros bo’lib qolgan davlat va fuqaro munosabatlariga barham berish siyosatning ustuvor yo’nalishiga aylandi. Qisqa davrda mamlakatda "fuqaro - jamiyat -davlat" tizimi qonuniy asosga qo’yildi. Bu – siyosiy jihatdan keng va atroflicha tahlilga ega bo’lgan jarayon. CHunki, uning mohiyati jamiyatda demokratik jarayonlarni amalga oshirishni nazarda tutadi, eng muhimi, fuqaro manfaati bilan davlat hokimiyatini boshqarish o’zaro muvofiqlashtiriladi. Bu jamiyatda, insonning barcha huquqlari: xususan, davlat ishlarida qatnashish; e’tiqod erkinligi; yig’ilishlar; uyushmalar erkinligini amalda ta’minlash siyosiy voqelikka aylanadi. '"Fuqaro" va "davlat" munosabatlaridagi mavjud begonalashish jarayonlariga barham berilib, ularni davlat hokimiyatini boshqarishga bo’lgan mas’ulligi hamda davlatning fuqarolar oldidagi javobgarligi vujudga keldi. Jumladan, bosh Qomusimizning 32-moddasida belgilab qo’yilganidek, O’zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o’z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar2 deb, belgilab qo’yiladi. Bunday imkoniyat jamiyatda demokratik institutlarning rivoji bilan ta’minlanadi.
Demokratik institutlar jamiyat hayotida demokratik tamoyillarni qaror topishga xizmat qiladigan tashkilotlar va tuzilmalar majmuasi. Tarixiy jihatdan ularni shartli ravishda demokratik mazmunga ega bo’lgan an’anaviy, ijtimoiy-siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, OAV)hamda faqat demokratik jamiyat sharoitida faoliyat yuritadigan maxsus institutlarga, masalan, inson huquqlariga amal qilinishini ta’minlovchi turli nodavlat tuzilmalarga ajratish mumkin3.
Demokratik institutlar mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kuchli fuqarolik jamiyatining o’ziga xos jihatlari shundan iboratki, demokratik tamoyillar rivojida fuqarolik institutlari faoliyatiga keng o’rin beriladi, ular jamiyatda jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi, davlatning e’tiboridan chetda qolgan muammolarni belgilash va bartaraf etishda davlat institutlari bilan hamkorlik qiladi.
SHu jihatdan, ular jamiyat sohalari bo’yicha ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va ma’naviy-ma’rifiy tasniflarga bo’linadi. Jumladan,
Do'stlaringiz bilan baham: |