Y uBDsida mamlakat chegarasidan tashqariga chiqayot- gan va chegaradan kelayotgan tovarlar hisoboti amalga oshiriladi. Dekloratsiyada tovarlarning yo‘nalishi (kirish, chiqish) qiymati, tovaming kodi va nomi, sof og'irligi, boj xona rejimi va h.k. keltiriladi. Shu ma’lumotlar asosida
mamlakatning tashqi savdosi haqida ma’lumotlar tuziladi, shuning uchun YuBDda bir xil hisob birliklari, shu bilan birga xalqaro klassifikatorlar va nomenklaturalar qo'llaniladi. Shu asosda tashqi savdo geografiyasini aniqlash mumkin va shu ma’lumotlar bojxona statistikasi uchun ma’lumot manbai bo'lib hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi bojxona statistikasida tovarlar ning quyidagi kategoriyasi hisobga olinadi:
Import:
—erkin muomala uchun olib kiritilgan tovarlar; —reimport tovarlari;
bojxona nazorati ostida qayta ishlash uchun olib kiritilgan tovarlar;
—reeksport tovarlari;
shaxslar tomonidan olib kelinib, davlat foydasiga o'tkazilgan tovarlar;
poshlinasiz savda magazinlariga keltirilgan chet el Tovarlari; '
bir yil va undan ortiq muddat bilan ijaraga qo'yish uchun kiritilgan tovarlar.
Eksport kvota deganda nimani tushunasiz?
Eksport kvota deganda, muayyan tovarni eksportga belgi
langan hajm (hissa)da ishlab chiqarish va yetkazib berish tu shuniladi. Keks- Eks/YalM; Jeks K-eks/^ekso
Bundan tashqari yana sanoat mahsuloti eksporti kvotasi hisoblanadi. Keks- Eks/SM; Jeks—
Bunda, SM — sanoat mahsuloti hajmi, u rivojlangan mamlakatlarda taxminan 40—50%ga teng. Bu esa ishlab chiqarish barcha sanoat mahsulotlarining yarmi tashqi bo zorga olib chiqib ketilishini anglatadi.
Import kvota deganda nimani tushunasiz?
Import kvota — bu har yili mamlakatga keltirishga ruxsat berilgan xorijiy mahsulot hajmini miqdor jihatdan cheklab qo'yishidir. Davlat mamlakatga mahsulot keltirishiga ijozat beruvchi litsenziyani cheklangan miqdorda beradi va litsenzi- yasiz importni taqiqlaydi.
Import kvota darajasi Kjm=I/YaIM;
Uning indeksi esa Jim=Kjmi/Kjmo aniqlanadi.
Bu yerda I — import hajmi; Kjmo- Kjmi — bazis va joriy
davrlarda import kvota darajalari.
Bulardan tashqari quyidagi xizmatlar ham tashqi savdo
aylanmasiga kiritiladi: qurilish montaj ishlari, kemalarni, samolyotlami, poezdlami, avtomobillami, uskunalarni ta’mirlash. Bu xizmatlar hammasi tijorat asosida amalga oshiriladi.
Quyidagilar tashqi savdo aylanmasiga kiritilmaydi: —bepul berilgan odamiylik yordamlari;
—ko‘rgazmaga keltirilgan mahsulotlar;
—aloqa bo'limlari orqali yuborilgan shaxsiy mahsulotlar. Eksport —bu tovarlar, xizmatlar va kapitalni tashqi bo-
zorga chiqarishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |