36. Aholi tarkibi deganda nimani tushunasiz?
Aholi tarkibi — bu aholining muayyan bir alomatlarga ko‘ra taqsimlanishidir yoki demografiya tili bilan aytganda qandaydir o'zgaruvchilarga asoslangan taqsimotidir. Tarkibni tuzish uchun asos sifatida tadqiqotchida qiziqish uyg'otadigan har qanday tavsifdan foydalanish m um kin. Odatda, turli fan vakillari (demograflar, iqtisodchilar, sotsiologlar va h.k.) aholi tarkibini quyidagi o'zgaruvchilar sinfiga asoslanib tuzadi: • aksripitiv (tug‘ilganda hisobga olinuvchi) tavsiflar: jins, yosh, irqiy mansublik, etnik mansublik va boshqalar; • ijtimoiy tavsiflar: nikoh holati, savodxonlik va ta’lim, maktabda o ‘qitilishi (bolalar va o ‘smirlar uchun), kelib chiqishi, ona tili, fuqarolik holati, diniy mansubligi va h.k.; • iqtisodiy tavsiflar: darom ad manbai, ish bilan bandlik maqomi, kasbi, mutaxassisligi va h.k.; • migratsion tavsiflar: tug‘ilganjoyi, mazkur aholi manzilgohida qancha vaqtdan beri yashayotganligi, u yoki bu vaqt ichida yashash joyini necha marta o'zgartirganligi va h.k.; • vitol (demografik) tavsiflar: nikohga kirish yoshi, nikohning tartib raqami, tug'ilgan farzandlar soni, bola tug'ilgandagi yoshi, homiladorliklar soni, genetik oraliqlar (intervallar), tug'ilishlar soni, o'lim soni, o'lik tug'ilganlar soni va boshqalar; • oila (uy xo'jaligi) tavsiflari: uy xo'jaligi turi, kattaligi, tarkibi va boshqalar.
37. Aholining jinsiy tarkibiga ta'sir etuvchi omillarni aytib bering.
Aholining jins tarkibi uchta omilning birgalikdagi ta’siriga bog‘liq bo'ladi: tirik tug'ilganlar orasidagi o‘g‘il bolalar sonining qiz bolalar soniga nisbati; differentsial o ‘lim darajasi, ya’ni turli yosh guruhlaridagi erkaklar va ayollar o'rtasidagi o ‘lim darajasining farqi; migratsiya jadalligidagi jinslar farqi. Birinchi om il (jinslarning ikkilam chi nisbati) barcha aholi uchun amaliyotda bir xil va o‘zgarmasdir, shuning uchun bu yerda asosiy rollar differentsial o‘lim darajasi va migratsiya jadalligidagi jinslar farqiga tegishli bo‘lib, ular mavjud ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga bog‘liqdir
38. Dunyo aholisi sonini tarixiy davrlar bo„yicha o„sishini ochib bering
XI-XV asrlarda dunyo aholisining ma’lum qismi yuz bergan katta urushlar tufayli qirilib ketdi. Ayniqsa bu urushlardan Sharqiy va Janubi-Sharqiy Yevropa mamlakatlari aholisi katta talafot ko‘rdi. Urushlar nafaqat aholining bevosita qirilib ketishiga, balki xo‘jaliklarni, ishlab chiqarishni izdan chiqarish hisobiga sodir bo‘lgan ocharchilik sababli hayotdan bevaqt ko‘z yumushlariga olib kelgan. Agar dastlabki 500 yilda (1000-1500 yillar) yer yuzi aholisi 135 millionga ko‘paygan bo‘lsa, 1500-1750 yillarda yoki 250 yilda esa bu ko‘rsatkich 288 millionni tashkil qildi, ya’ni aholining o‘sishi 2 marta tezlashdi. XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab aholining o‘sishi yanada tezlashdi. Dunyo aholisining 1000 yildan 2005 yilgacha bo‘lgan o‘sishiga nazar tashlasak, aholi eng tez ko‘paygan davr XX asrdir. 1900-1950 yillarda yer shari aholisi har yili o‘rtacha 0,90% dan ko‘paygan bo‘lsa, 1950-2000 yillarda bu ko‘rsatgich 1,75% ga yetdi. XXI asrning dastlabki yillarida esa dunyo aholisi sonining ko‘payish sur’ati birmuncha sustlashdi. 2000 – 2009 yillarda dunyo aholisining o‘rtacha yillik ko‘rsatgichi 1.42 % tashkil etmoqda.
39. Aholi registrining qanday turlarini bilasiz?
Aholi registrlari — bu muayyan hududda muntazam yashovchi har bir shaxs yoki uy xo'jaligi haqida axborotga ega bo'lgan kartotekadir. Aholi registrida har bir insonning asosiy ijtimoiydemografik tavsiflari to'g'risida ma’lumotlar jamlanadi, ya’ni jinsi, yoshi, nikoh holati, tug'ilgan va yashash joyi. Shuningdek, registrga ma’lumoti, ish joyi, farzandlari va hakozolar to'g'risidagi axborot ham kiritilishi mumkin. Registr asosini tashkil etuvchi asosiy tamoyil — bu undagi axborotni muntazam ravishda va o‘z vaqtida yangilab turishdir. 53 Dastlabki aholi registri 1749 yili Shvetsiyada paydo boMgan. Hozirgi vaqtga kelib, bir qator Yevropa mamlakatlarida milliy registrlar mavjud (Belgiya, Daniya, Lyuksemburg, Shvetsiya, Niderlandiya, Portugaliya, Ispaniya). Buyuk Britaniya va Fransiya registrlarida aniq yashash joyi qayd etilmagan. Bir qator mamlakatlarda faqatgina hududiy registrlar tuzilgan. Sobiq Ittifoqdagi ba’zi hududlarda registr yaratishga urinib ko‘rilgan bo'lsada, bu tadbirlar muvaffaqiyatsizlikka uchragan, chunki axborotlar deyarli yangilanmagan.
40. Demografiya fanining asoschisi kim?
Demografiyaning fan sifatida vujudga kelishi va ushbu so'zning kelib chiqishi tarixi 1662 yilga borib taqaladi. Ana shu davrda Angliyada vabo va boshqa yuqumli kasalliklar tarqalib, aholi o'rtasida o'lim hollari nihoyatda ko'payib ketgan. Shu bois Londonda har hafta o'lim haqida byulletenlar, ya’ni maxsus ma’lumotnomalar chop etilib, aholiga tarqatilgan. O'z salomatliklarini saqlash maqsadida, mazkur m a’lumotlarni juda ko'p fuqarolar o'qigan. Angliyalik savdogar olim J.Graunt Londonda tug'ilish va o'lim haqidagi 80 yillik ma’lumotlarni o'rganib chiqqan va 1662-yili o'zining 90 betdan iborat « 0 ‘lim haqidagi byulletenlar asosida olib borilgan va mundarijada ilova etilgan tabiiy va siyosiy kuzatish natijalari. Ko'rsatilgan shahaming boshqaruvi, dini, savdosi, havosi, o'sishi va boshqa o'zgarishlari xususida London fuqarosi Jon Grauntning asari» kitobini yozgan.
42. O`zbekistonda demografiya fanining shakllanish tarixi.
O'zbekistonda ham demografiyaning rivojlanishi o'z tarixiga ega. Respublikada demografik bilimlar juda qadimdan mavjud bo'lgan. Bular haqida qadimgi qo'lyozmalar, arxeologik yodgorliklar va ilmiy manbalar guvohlik beradi. Lekin, mamlakatda maqsadli demografik tadqiqotlarni o'tkazish 1960 yillardan boshlangan. Respublikada demografiya fanining asoschisi demograf olim Murtazo Qoraxonovich Qoraxonov hisoblanadi. Olim mamlakatning XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab demografik tarixini tiklagan. Shu bilan birga, M.Qoraxonov O'zbekiston aholisining son va sifat xususiyatlarini, tug'ilish, o'lim , nikoh va ajralish 21 kabi demografik jarayonlarini ilk bor kompleks o'rgangan hamda demografik prognozini amalga oshirigan. 0 ‘zbekistonda demografiya fanining rivojlanishiga Ishaq Rashidovich Mullajonov, Xojiakbar Salimovich Salimov, Ra‘no Axatovna Ubaydullayeva, Ozod Bobomirzayevich Ota-Mirzayev, Erkin Agzamovich Axmedov, Lyudmila Petrovna Maksakova, Mamlakat Rahmonovna Bo'riyeva, Abduhakim Abduhamidovich Qayumov, Abdusami Soliyevich Soliyev, Ravza Bayanovna Murtazina, Zulxumor Nazarovna Tojiyevalar ham katta hissa qo‘shgan.
43.49. .Demografik jarayonlarga ta`sir ko`rsatuvchi omillar.
Demografik jarayonlarni oʻrganishda juda koʻp maʼlumotlardan foydalaniladi. Koʻpchilik davlatlarda demografik maʼlumotlar statistika tashkilotlari tomonidan toʻplab boriladi. Ular aholi soni, tarkibi va demografik jarayonlarni aks ettirib oʻz ichiga ushbu masalalarga oid raqamli jadval va diagrammali maʼlumotlar, ilmiy manbalar, sotsiologik-demografik tadqiqotlar natijalarini oladi. Dunyo miqyosida demografik maʼlumotlarni toʻplash BMT boshchiligida tuzilgan dastur asosida oʻtkaziladi. D. har bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzum aholisining koʻpayishi va rivojlanish qonuniyatlarini alohida-alohida oʻrganadi, chunki har bir ijtimoiyiqtisodiy formatsiyaga xos aholi oʻsish qonuni demografik vaziyatga ham bevosita taʼsir koʻrsatadi. 20-asrning 2-yarmiga qadar Oʻzbekistonda aholining ijtimoiy-iqtisodiy turmush darajasi nisbatan pastligi tufayli aholi oʻrtasida oʻlim yuqori boʻlgan. Garchi tugʻilish yuqori boʻlsa ham aholi juda sekin koʻpaygan. 20-asrning 2-yarmidan Oʻzbekistonda aholi oʻrtasida oʻlim bir oz kamayib, aholining oʻrtacha umr koʻrishi uzaydi. Natijada aholining miqdor va sifat oʻsishi roʻy berdi.,
46.85. Demografiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi?
Demografiya tadqiq etish predmeti jamiyat va turli ijtimoiy hodisalar hisoblangan sotsiologiya fani bilan uzviy bog'liqlikka ega. Sotsiologiyadagi kabi, demografiyada ham tadqiqot ob’yekti inson hisoblanadi, lekin ushbu fanlar ijtimoiy jihatdan insonga o'zlarining yondashuvi bo'yicha bir-biridan farq qiladi. Sotsiolog insonni shaxs va individ sifatida, umumiy holda jamiyat a’zosi yoki uning alohida guruhlarining a’zosi sifatida ko'rib chiqadi va jam iyat hamda in son n in g o'zaro ta ’sirini o'rganadi. Demografiyada esa inson yashovchi shaxs sifatida, aholi jamlanmasining elementi sifatida ko'rib chiqilib, unda har bir inson umumiylikda o'zining individual jihatlarini yo'qotgan holda qorishib ketadi. Demografiya iqtisodiyot nazariyasi ning bir qator qonuniyatlaridan foydalanadi, chunki aholi ishchi kuchini takror barpo etadigan muhim unsurlardan biri hisoblanib, jamiyatning tabiiy asosini tashkil qiladi. Demografiyaning tarix fani bilan bog'liqligi shundan kelib chiqadiki, bunda barcha demografik jarayonlar tarixiy hodisalar jabhasida o'rganiladi, ya’ni demografik qonuniyatlar ma’lum bir tarixiy tavsifga ega va tarixiy hodisalar hamda dalillarning oqibatlarini o'zida aks ettiradi. Demografiya huquqshunoslik fani bilan ham uzviy aloqadorlikka ega. Qonuniy hujjatlar aholi va davlatning o'zaro munosabatlarini tartibga soladi hamda demografik jarayonlarning sodir bo'lishiga o'z ta’sirini o'tkazadi. Demografiya fanining etnografiya bilan aloqadorligi shu bilan belgilanadiki, etnografiya turli xalqlar turmush tarzi va madaniyatining o ‘ziga xos xususiyatlarini, demografik jarayonlarga ta’sirini ochib berishga yordam beradi. Ijtimoiy psixologiya demografiya bilan demografik xulq-atvomi o'rganishda, uning demografik jarayonlami ijtimoiy boshqarish mexanizmlaridagi rolini va h.k.larni o'rganishda yaqinlashadi. Gerontologiya insonning keksayish qonuniyatlarini o'rganadi. Demografiyaning ijtimoiy gigiyena bilan bog'liqligi o'lim darajasiga, aholi salomatligiga, ijtimoiy shart-sharoitlarning ta’sirini o'rganish zaruratidan kelib chiqadi. Demografiya tibbiyot bilan ham uzviy aloqadorlikka ega. O'z navbatida, bu aloqadorlik o'limning ayrim sabablarini o'rganishni amalga oshirishda yordam beradi. Demografiyada statistika nazariyasining tamoyillari juda ham keng qo'llaniladi. Demografiya juda ko'p miqdordagi kuzatuvlar, ijtimoiy hayotdagi ommaviy hodisalar bilan bog'liq, ularning qonuniyatlari esa katta sonlar qonunida o'z aksini topadi.
47.86. Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy, demografik vazifasining mohiyatini izohlab bering?
Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy, demografik mohiyati oila vazifalari, uning tarkibi kabi tushunchalar orqali ifodalanadi. Oilaning vazifalari jamiyat, oila va uning barcha a’zolarining o ‘zaro birgalikdagi harakati tizimini aks ettiradi. Har qanday jamiyat faoliyati uchun oilalar ham umuminsoniy rolni, ham undan jamiyat talab qiladigan qator eng muhim rollarni bajarishlari kerak. Bu umuminsoniy ehtiyojlarning dastlabki ta’minoti, bolalar tarbiyasi, ijtimoiy, madaniy an’analaming davom ettirilishidir. Oilaning eng muhim vazifasi — bu har doim farzandlarning tug'ilishi va tarbiyasi bilan bog'liq bo'lgan. Bola shaxsi, uning hayoti ijtimoiy munosabatlar ta’siri ostida shakllanadi. Biroq, otaonalaming madaniyat, shu jumladan, axloqiy madaniyat darajasi, •ularning hayotiy rejalari va intilishlari, ijtimoiy aloqalari va oilaviy an ’analari shaxsning rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Farzandning ko'pgina shaxsiy sifatlari (or-nomus, qadr-qimmat, oliyjanoblik, mehnatsevarlik, yaxshilik, sobitqadamlik) oilada shakllanadi va rivojlanadi.
48. .«Aholining oilaviy tarkibi» deganda nimani tushunasiz?
«Oila tarkibi» deganda, uning a’zolari o'rtasidagi qarindoshlik, ma’naviy, axloqiy munosabatlar tizimi tushuniladi. Oilalarning avtoritar va egalitar tarkibi mavjud. Avtoritar oilalar xotinning erga qat’iy bo'ysunishi va odatda, ota-onalar va bola- laming o'zaro munosabatlaridagi qattiq intizom bilan ajralib turadi. Egalitar oilalar er-xotinning shaxsiy sifatlari va qobiliyatlariga muvofiq taqsimlanishiga, ulardan har birining qarorlar qabul qilishda teng ishtirok etishlariga, vazifalar va bolalar tarbiyasining ixtiyoriy taqsimotiga asoslangan
54.81. Demografik siyosatni o'tkazishning qanday uslublarini bilasiz?
demografik siyosatni o'tkazish uchun iqtisodiy, m a’muriy-huquqiy va ijtimoiy-psixologik uslublardan foydalaniladi. Iqtisodiy uslub asosan tug'ilish darajasi aholi ko'payishini ta ’minlay olmagan hollarda qo'llaniladi. Bu uslubda davlat tomonidan homilador ayollarga farzand ko'rgandan keyin va farzandi 2-3 yoshga toinunga qadar maxsus nafaqalar ajratiladi hamda turli imtiyozlar beriladi. M a’muriy-huquqiy uslubda aholining takror barpo bo'lishiga qonun hujjatlari orqali ta ’sir ko'rsatiladi. Masalan, bu uslub' abortlarni qonun yo'li bilan ta’qiqlash, nikohga kirish yoshini k o 'tarish , aholining m igratsion harakatini cheklash yoki rivojlantirish, er-xotin ajrashganda ona va bola huquqlarini himoya qilish, homilador ayolni ishga qabul qilishda yoki bo'shatishda 265 ularning huquqlarini himoyasi va boshqa tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Demografik siyosat o‘tkazishning ijtimoiy-psixologik uslubi aholini «demografik tarbiyalash» deb ham ataladi. Aholini demografik tarbiyalash orqali yosh avlodning oilaga, oilada kutilayotgan farzandlar soniga boMgan munosabatini davlat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga, aholi salomatligiga mos ravishda shakllantiriladi. Bunda oila asosiy tarbiya o'chogM hisoblanadi. Shuning uchun ham ota-onalaming «demografik savodxonligi»ga katta e’tibor beriladi. Demografik tarbiyaning yana bir muhim o‘chogM ommaviy axborot vositalari orqali aholining demografik mayliga ta’sir o'tkazish hisoblanadi
55. O'zbekistonda oilalarni ijtimoiy-iqtisodiy qo'llab-quvvatlash maqsadida nafaqalarning qanday turlari beriladi?
Respublika Prezidentining "Kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi farmoniga (1994-yil 23 avg .) koʻra, voyaga yetmagan farzandlari boʻlgan koʻp bolali oilalar, kam pensiya olayotganlarning oilalari, nogironlarning oilalari, ishsizlar va boquvchisini yoʻqotganlarning oilalari, yolgʻiz pensionerlar va kam daromad olayotgan muhtoj oilalarga moddiy yordam berilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 10 dek.dagi farmoni bilan 16 yoshgacha farzandi boʻlgan kam taʼminlangan oilalar davlatning alohida otaligʻiga olindi, 2002-yil 25 yanvardagi farmonga binoan ijtimoiy yordam koʻrsatiladigan farzandli oilalar do-irasi umumtaʼlim maktablarida, akademik litseylarda va kasbhunar kollejlarida oʻqiyotgan 18 yoshgacha farzandi boʻlgan oilalar hisobiga kengaytirildi. Bulardan tashqari Oʻzbekistonda norasimiy ijtimoiy yordam turlari ham mavjud; ularga qarindoshlarning oʻzaro yordami, milliy va diniy urf-odatlar asosida qilinadigan yordam, korxona va tashkilotlarning pensionerlarga, kam taʼminlangan koʻp bolali oilalarga, beva-bechoralarga yordam puli berishi kiradi. Respublikada ayollar, bolalar, keksalarga alohida gʻamxoʻrlik koʻrsatiladi. I.h. doirasida 1998-yil "Oila yili", 1999-yil "Ayollar yili", 2000-yil "Sogʻlom avlod yili", 2001-yil "Bolalar yili", 2002-yil "Qariyalarni qadrlash yili" deb eʼlon qilingani va ularga taallukli maxsus dasturlarni amalga oshirish mavjud I.h. muammolarini halqilish va bunga jamoatchilikni jalb etishda yaxshi samaralar berdi. 1995-yilda byudjet harajatlarining 21,8%, 2000-yilda 29,6% ijtimoiy sohaga ajratildi. 1999-yildan boshlab YAIM oʻsishi aholi oʻsishi surʼatidan ustun boʻlishiga erishildi. Bu turmush darajasi oʻsishining va I.h. rivojining zaminidir. Umr uzunligi 70,3 yoshni (1999-yil) tashkil etdi. "Oʻzbekiston Respublikasi aholisini 2010-yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan ijtimoiy himoya tizimining yagona konsepsiyasi" ishlab chiqilgan. Unda Respublikada mavjud boʻlgan I.h. va ijtimoiy yordam, pensiya taʼmino-ti, bolalarga nafaqa toʻlash, yolgʻiz kek-salarga xizmat koʻrsatish, nogironlarni protez-ortopediya buyumlari, harakatlanish vositalari bilan taʼminlash, shuningdek, tibbiy, mehnat va ijtimoiy jihatdan tiklash, tibbiy xizmat, ishsizlarni ishga joylashtirish va moddiy yordam berish, bir yoʻla (nomuntazam) yordam tizimlari asoslarida amalga oshirilishi belgilangan.
56. O'zbekistonda o'limni kamaytirish va aholi salomatligini yaxshilash borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
Kelib chiqqan holatni, muam m oni yechishga qaratilgan masalalar quyidagilardan iborat: • yosh bolalar va o‘smirlarning sog‘lig‘ini mustahkamlash va jarohatlanish, zaharlanish, chekish, spirtli ichim liklarni va narkotiklarni iste’mol qilishdan saqlash; • jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish; • aholi salomatligini nazorat qilish va tibbiy yordamni kuchaytirish; • aholining salomatligini, birinchi navbatda, ish yurita oladigan yoshdagilarda jarohat zaharlanish oldini olish va qon aylanish tizimi kasalliklarini hamda yuqumli patalogiyalarning nuqsonlarini bilib olish; • keksalaming sog‘lig‘ini saqlash, onkologik, endokrin va yuqumli kasalliklaming oldini olish. Aholining ko‘p qismi doimiy stress holatida bo‘lishi, tibbiy yordamning dolzarblik ahamiyatini oshiradi. Shu o‘rinda aytish kerakki, tibbiy yordamni nafaqat davlat tashkilodari, balki nodavlat 281 tashkilotlar ham ko'rsatsa maqsadga muvofiq boMadi. Bu esa, o‘z navbatida, aholi salomatligini mustahkamlashga va oMim holatlarini kamaytirishga yordam beradi
57. Dunyo aholisining eng dolzarb demografik muammolari.
Demografik muammoning mohiyati 20-asrning ikkinchi yarmidan boshlab dunyo aholisining nihoyatda tez o'sishidir. Demografik muammo nafaqat dunyoning ayrim mamlakatlarining mavqeiga, balki jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga ham ta'sir qiladi xalqaro munosabatlar, ham olimlar, ham turli davlatlar hukumatlarining jiddiy e'tiborini talab qiladi. Sayyoramiz aholisi butun insoniyat davomida doimiy ravishda ko'payib borgan. Bizning davrimizning boshiga kelib Yer yuzida 256 million kishi yashagan, 1000 yilda - 280; 1500 yilga kelib - 427 million, 1820 yilda - 1 milliard; 1927 yilda - 2 milliard kishi. Aholining zamonaviy portlashi 1950 va 1960 yillarda boshlangan. 1959 yilda dunyo aholisi 3 milliardni tashkil etdi; 1974 yilda - 4 milliard; 1987 yilda 5 milliard odam, insoniyat olti milliard dollarlik sonni engib o'tdi. 2050 yilga kelib dunyo aholisining 10,5-12 milliard darajasida barqarorlashishi kutilmoqda, bu insoniyatning tur sifatida biologik populyatsiyasining chegarasi. Shunday qilib, tug'ilish va aholi sonining o'sishi sohasida zamonaviy dunyo ikkita qarama-qarshi tendentsiya rivojlandi: Ularni barqarorlashtirish yoki kamaytirish rivojlangan mamlakatlar; keskin o'sish rivojlanayotgan mamlakatlarda.
58. “Demografik o’tish bosqichlari” va ushbu jarayonni dunyo hududlari bo’ylab ahamiyati Demografik o'tish an'anaviy jamiyatda tug'ilish va o'lim darajasi yuqori bo'lganligi va aholi sekin o'sib borayotganligidan kelib chiqadi. Demografik o'tish zamonaviy sahna aholining ko'payishi (unumdorligi past - o'lim darajasi past - tabiiy o'sishning pastligi) shakllanish bilan deyarli bir vaqtda amalga oshiriladi sanoat jamiyati... Evropada u 20-asrning o'rtalarida, Xitoyda, Janubi-Sharqiy Osiyoning ayrim mamlakatlari va lotin Amerikasi- oxirgi chorakda. Bunday o'tishning asabiy bosqichida o'limning pasayishi (ovqatlanish sifatining yaxshilanishi, epidemiyalarga qarshi kurash va odamlar hayotining sanitariya-gigiena sharoitlarining yaxshilanishi tufayli) tug'ilish darajasining pasayishiga qaraganda tezroq sodir bo'ladi. , buning natijasida aholining tabiiy o'sishi (demografik portlash). Ikkinchi bosqichda o'lim pasayishda davom etmoqda, ammo tug'ilish darajasi tezroq pasaymoqda. Natijada, aholi sonining o'sishi sekinlashmoqda. Uchinchi bosqichda tug'ilishning pasayishining pasayishi xarakterlidir, o'limning ozgina oshishi bilan tabiiy o'sish o'zgarishsiz qoladi. yuqori daraja... Sanoat rivojlangan mamlakatlar, shu jumladan Rossiya, endi ushbu bosqichning oxiriga yaqinlashmoqda. To'rtinchi bosqichda tug'ilish va o'lim ko'rsatkichlari taxminan bir xil bo'ladi va demografik barqarorlash jarayoni tugaydi.
59. Dunyo aholisining ko’payib borishi va “demografik revolyutsiya” – uni keltirib chiqaruvchi omillar.
Aholi sonining ko‘payib borishida dunyo hududlari bo‘yicha keskin tafovutlar mavjuddir. Natijada XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asr boshlariga kelib, sayyoramizda hududiy xususiyatlarga ega bo‘lgan demografik muammolar vujudga keldi. Ba’zi davlatlarda moddiy boyliklar ishlab chiqarishga nisbatan aholi soni juda tez ko‘payib borib, “aholi ko‘payishi” muammosini yuzaga keltirgan bo‘lsa, baezi hududlarda esa aholi tug‘ilishining keskin qisqarishi, ya’ni demografik mezondan kamayib ketishi natijasida “demografig qarish” muammosi kuzatilmoqda. “Aholi ko‘payishi” muammolari asosan rivojlanayotgan davlatlarda kuzatiladi. Dunyo aholisining ko‘payishi ham deyarli ushbu davlatlar bilan bog‘liqdir. 1967-yilda esa yer shari aholisi 65 millionga oshdi. Undan 56 millioni rivojlanayotgan davlatlar aholisining ko‘payishi hisobiga ro‘y berdi. Dunyo aholisining bunday tez ko‘payishini olimlar “demografik portlash”, deb izohladilar. “Aholi ko‘payishi” muammosi Ayniqsa Hindiston va Xitoy kabi davlatlar uchun juda tashvishli kechmoqda.Hindistonda XX asrning 90 yillarida aholining ko‘payib borishida rekord tezlik qayd qilingan. Ushbu davrda Hindiston aholisi 1 yilda 15.6 millionga ko‘paygan. XXI asrga kelib bu davlatda aholi soni 1 milliarddan oshdi. Aholi sonini tez sur’atlar bilan ko’payib borishini aholishunos olimlar «Demografik revolyutsiya» yoki «Demografik portlash» deb atadilar. Aholining bunday tez sur’at bilan ko’payib borishi har bir davlat uchun ijtimoiy iqtisodiy muammolarni yuzaga keltirdi. Natijada ko’pgina davlatlar o’sib borayotgan aholi sonini cheklashga harakat, «Tug’ilishni nazorat etish» dasturi qabul qilindi va tug’ilish jarayoni ekzogen (tashqi) omillar ta’sirida boshqarila boshlandi. Aholi takror barpo bo’lishini tashkil etgan ikki asosiy jarayon tug’ilish va o’limni boshqarilishi aholi takror barpo bo’lish sur’atini, o’zgarishiga olib keldi. Aholi takror barpo bo’lishi bir turdan ikkinchi turga o’ta boshladi.
61. Progressiv statsionar va regressiv yosh tarkiblarining farqi nimada?
Aholining progressiv, statsionar va regressiv yosh tarkiblari 1894 yilda shved demografi A.G.Sundberg tomonidan birinchi marta ilmiy iste’molga kiritilgan. Ma’lumki, progressiv yosh tarkibida aholi soni ko'payadi, statsionarda aholi o'z sonini o'zgartirmaydi, regressivda esa qisqaradi. A.G. Sundbergning tasnifi bo'yicha, progressiv yosh tarkibida bolalar ulushi 40, qariyalar esa 10 foizni; mos ravishda statsionarda — 27 va 23; regressivda esa 20 va 30 foizlarni tashkil qiladi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Progressiv yosh tarkibi-aholi tarkibida bolalar (0-14 yosh) salmog’i yuqori bo’ladi va aholi o’sishiga olib keladi. Statsionar yosh tarkibi-aholi tarkibida bolalar va qariyalar (60 yosh va undan yuqori) salmog’i deyarli teng bo’ladi, bunday yosh tarkibi aholi o’sishida asosiy omil bo’la olmaydi. Regressiv yosh tarkibi-aholi umumiy sonida qariyalar salmog’i bolalarga nisbatan yuqori bo’ladi, aholi takror barpo bo’lishi qisqarib aholining qarish jarayoni ro’y beradi.
62. Demografik prognozning qanday shakllari mavjud?
Bugungi kunda demografik prognozlashtirishning ikkita asosiy yo'nalishi ajralib chiqqan: global va mintaqaviy. Global prognozlar dunyo miqyosidagi demografik rivojlanishning global muammolarini yechish imkonini beradi. Prognozlashtirishning mazkur turida aholini ijtimoiy-iqtisodiy rivojla nishining ko'plab omillari va parametrlari bilan o'zaro murakkab aloqadorligini tavsiflovchi modellar qo'llaniladi. Mintaqaviy prognozlar bevosita rejalashtirish bilan bog'liq. Masalan, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirayotganda aholi takror barpo bo'lishining o'ziga xos xususiyatlari, demografik jarayonlarning tavsiflari hisobga olinadi. Shuningdek, mintaqaviy prognozlar hudud aholisi soni va tarkibining istiqboldagi dinamikasi haqidagi ma’lumotlami beradi, bu esa ta’lim, sog'liqni saqlash, uy-joy siyosati, sport, savdo va maishiy xizmat ko'rsatish, aholini iste’mol tovarlari bilan ta’minlash va ulami ishlab chiqarish sohasida rejalashtirish uchun foydalaniladi. Shuningdek, aholi harakatining istiqboldagi ko‘rsatkichlarini baholash uchun ekstropolyatsiya, yoshni siljitish, ekspert baholash, ekonometrik modellashtirish, imitatsion modellash va boshqa usullardan keng foydalaniladi.
63. Aholining yosh tarkibiga ta'sir etuvchi omillarni sanab bering
Aholining yosh tarkibi — bu aholining yosh guruhlari va yosh kontingentlari bo'yicha taqsimotidir. Aholining yosh tarkibi o’zgarishiga qator demografik jarayonlar ta’sir o’tkazadi. Tug’ilish – bunda tug’ilish miqdori qay darajada baland bo’lsa mamlakatda bolalar soni shuncha ortib boradi. O’limlar soni, migratsiya va immigratsiya jarayonlari ham ularning tarkibida qaysi yosh qatlamlari mavjudligiga ko’ra aholi yosh tarkibiga ta’sir o’tkazadi. O‘lganlar aholi yosh tarkibiga ta’sir etadi. Bundan tashqari, urushlar, tabiiy ofatlar, epidemiya va pandemiyalar va shu kabi boshqa omillar ham aholi yosh tarkibiga sezilarli darajada ta’sir o’tkazadi.
64. Oila qaysi fanlarning tadqiqot ob'yekti hisoblanadi?
Oila jam iyat ijtim oiy tizim ining dastlabki va birlam chi bo‘g‘inidir. Ijtimoiy hayot oiladan boshlanadi. Oila — kishilarning qon-qarindoshlik, mulk, manfaat umumiyligi va talab-ehtiyojlarini birgalikda qondirishga asoslangan, maqsadi yagona bo'lgan mikroijtimoiy tuzilmadir. Oila eng muhim ijtimoiy yacheyka sifatida ko'plab ijtimoiy fanlar: sotsiologiya, psixologiya, iqtisodiyot, huquq, etnografiya, pedagogika, demografiyaning tadqiqot ob’yekti hisoblanadi. Bu fanlardan har biri predmetiga muvofiq ravishda oilaning faoliyati va rivojlanishining o'ziga xos jihatlarini tadqiq qiladi.
65. Oilaning reproduktiv vazifasini tushuntirib bering?
Oilaning vazifalari jamiyat, oila va uning barcha a’zolarining o ‘zaro birgalikdagi harakati tizimini aks ettiradi. Har qanday jamiyat faoliyati uchun oilalar ham umuminsoniy rolni, ham undan jamiyat talab qiladigan qator eng muhim rollarni bajarishlari kerak. Oilaning reproduktiv vazifasi deganda umumiy holatda jamiyatning biologik takror barpo bolishini ta’minlashi, individual tarzda esa farzandlarga bo’lgan ehtiyojning qondirilishi tushuniladi. Oilaning eng muhim vazifasi — bu har doim farzandlarning tug'ilishi va tarbiyasi bilan bog'liq bo'lgan. Bola shaxsi, uning hayoti ijtimoiy munosabatlar ta’siri ostida shakllanadi.
66. «Demografik o'tish» atamasi qachon fanga kiritilgan?
«Demografik o'tish» atamasi birinchi marta 1945-yili amerikalik demograf F.Noutstayn tomonidan ilmiy iste’molga kiritilgan. Demografik o'tishning birinchi konsepsiyasi 1909-1934-yillarda fransuz demografi L.Landri tomonidan yaratilgan. Bu nazariyani ishlab chiqishga shveytsariyalik kriminolog Leon Rabinovich (1929-y.), amerikalik olimlar Uorren Tompson (1930-y.) va Kingsli Devis (1949-y.) katta hissa qo'shgan.
68. «Ekzogamiya» va «endogamiya» tushunchalarining farqini tushuntiring?
Ekzogamiya (yunoncha — nikoh) — ibtidoiy jamiyatda bir urugʻ yoki jamoa aʼzolari orasida jinsiy munosabatlarning taqiqdanganligi. Ekzogamiyaning dastlabki va koʻp tarqalgan shakli ibtidoiy jamoa davridagi ota urugʻi yoki ona urugʻi orasida oʻzaro qarindoshlik munosabatlaridagi urugʻchilikdir. Ekzogam oilada juft faqat begona guruhdan tanlanadi. Endogamiya (yunoncha — nikoh) — bironta ijtimoiy guruh (qabila, urugʻ, tabaqa va boshqalar)ning oʻz ichidan uylanishini taqozo etuvchi odat. Endogam oilada juft faqat o’zining guruhidan tanlanadi.
69. Monogam va poligam nikoh deganda nimani tushunasiz?
Monogam nikoh deganda, bir erkakning bitta ayol bilan jinsiy va xo'jalik-maishiy ittifoqi tushuniladi. Ya’ni bir erkakning faqat bitta ayol bilan tuziladigan nikohi. Poligam nikoh deganda bir erkakning bir nechta ayol bilan yoki bir ayolning bir nechta erkak bilan tuziladigan nikohi tushuniladi. Poligam nikoh o’z ichida ikki turga bo;linadi: poliginiya – ko’p xotinlik va poliandriya – ko’p erlik.
70. Ajralishga qanday omillar ta'sir ko'rsatadi?
Nikohning barqarorligi yoki ajralishga nikohgacha va nikoh davridagi qator omillar ta’sir ko'rsatadi. Erkak va ayolning erta nikohga kirishi, nikohga kech kirish, xotin yoshining eridan katta bo'lishi, xotinning oliy ma’lumotga ega bo'lishi, er-xotinning kelib chiqishi, nikohdan oldingi homiladorlik kabi nikohgacha bo'lgan omillar ajralishga bevosita ta’sir ko'rsatadi. Nikohgacha bo'lgan omillar qatori nikoh davridagi omillar ham ajralishga sabab bo'ladi. Shu bilan birga, nikoh davrida er va xotinning reproduktiv holatining bir-biriga to'g'ri kelmasligi, spirtli ichimliklar iste’mol qilishi, ma’naviy muloqotda er va xotin xulqining to‘g‘ri kelmasligi, jinsiy munosabatlardan qoniqmaslik va ota-onaning salbiy munosabati ajralishga sabab boladi.
71. Demografiya fanining obyekti,predmeti va vazifalarini aytib bering
Fanning tadqiqot ob’yekti aholi hisoblanadi. Demografiyaning fan sifatidagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: • aholi to'g'risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish; • aholining rivojlanish nazariyasini ishlab chiqish; • demografik jarayonlar (tug'ilish, oMim, nikoh va ajralish) qonuniyatlarini nazariy asoslash va baholash; • demografik siyosat va demografik prognozlashtirishning nazariy asoslarini ishlab chiqish. demografiya fanining predmeti aholining tabiiy va migratsion harakatini, uning shakllanish va rivojlanish qonuniyatlarini, omillarini hamda oqibatlarini o'rganish hisoblanadi.
75. Oilaning ijtimoiy vazifasi.
Oilaning ijtimoiy vazifasi deganda oila a’zolariga ma’lum ijtimoiy maqomning berilishi, ijtimoiy tarkibning takror barpo bo’lishi, ijtimoiy intilishga bo’lgan ehtiyojning qondirilishi tushuniladi. Oilada farzandga berilgan ta’lim-tarbiya uning dunyoqarashining shakllanishida, hayotga, yashashga bo’lgan munosabatlarida asosiy omildir. Farzand oila muhitida katta bolar ekan, uning barcha xulqatvori, atrof-muhitga, oilaga bo’lgan munosabati, kelajakda o‘zining oila qurishi, farzandlar ko‘rishi haqidagi fikrlari shakllanib boradi. Agar oilaning ijtimoiy vazifasi ijobiy bajarilsa, ya’ni bolada oilaga, ota-onaga, keksalarga hurmat, o ‘zaro yordam kabi hislatlar shakllansa, u kelajakda oila qurgach, o‘zi ham farzandlarini xuddi shunday tarbiyalashga intiladi. Demak, yangi avlodning oila qurishida, yangi oilaning shakllanishida oiladagi ijtimoiy vazifalarning bajarilishi asosiy omillardan biri hisoblanadi.
82. Demografik jarayonlarning hududiy xususiyatlari deganda nimani tushunasiz?
Demografik jarayonlarning hududiy xususiyatlari va unga ta’sir etuvchi ijtimoiy – iqtisodiy tasnifdagi omillarni o‘rganish va baholashda demografik rayonlashtirish, tipologiyalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘z navbatida, mintaqaviy demografik siyosatni amalga oshirishda nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. Shundan kelib chiqib, O‘zbekistonning demografik vaziyati, demografik rivojlanishining o‘ziga xos hududiy xususiyatlarini ko‘rsatib berishda ma’muriy – hududiy birliklar doirasida mintaqalarni demogeografik rayonlarga ajratib tadqiq etiladi. Demogeografik rayonlarni ajratishda quyidagi mezonlar asos qilib olinadi: 1)demografik jarayonlarning borishi; 2)shahar aholisining salmog‘I va undagi o‘zgarishlar; 3) aholining demografik tarkibi; 4) aholi soni dinamikasi; 5) aholi zichlik ko‘rsatkichlari.
88. Tug'ilish va o'lim jarayonlarini qayd etish tartibini tushuntirib bering.
Inson hayotidagi tug‘ilish, o‘lim, nikoh tuzish, nikohdan ajralish, otalikni belgilash, farzandlikka olish, familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish kabi holatlar yuridik ahamiyatga ega bo’lib, fuqarolik holati dalolatnomalari deb ataladi. Fuqaroning shaxsiy hayotidagi va uning jamiyatdagi huquqiy holatini belgilash, uning fuqarolik va oilaviy huquqiy munosabatlarning subyekti sifatida tan olinishi uchun bu faktlar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) davlat organlarida qayd etiladi. Fuqaroning tug‘ilish faktini qayd etish mazkur fuqaroga nisbatan huquq layoqatining vujudga kelganligini, uning ma’lum ota-onadan tug‘ilganligini, fuqaroning to'liq muomala layoqatiga ega bo’lganligini, nikoh yoshini, harbiy xizmatga chaqirilish yoshini, jinoiy javobgarlikka tortilish yoshini belgilash uchun zarur. O‘lim faktining FHDYo organlarida qayd etilishi fuqaroning huquq layoqati bekor bo’lganligini tasdiqlaydi. FHDYo organlari tomonidan o’lim haqida berilgan guvohnomaga asosan merosning ochilish fakti va vaqti aniqlanadi. Marhumning qaramog‘ida bo’lgan voyaga yetmagan mehnatga layoqatsiz shaxslarga nisbatan ijtimoiy ta’minot organlari tomonidan nafaqa tayinlanadi. Er-xotindan birining vafot etishi oqibatida nikoh tugagan hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 223-moddasida belgilanishicha, o’lim FHDYo organlarida qayd etilgandan keyingina marhum dafn etilishi mumkin.
89. Tanlama tadqiqotlar deganda nimani tushunasiz?
Tanlama tadqiqotlar hayotning deyarli barcha sohalariga doir ma’lumotlarni to'plashda foydalaniladi. Aholi haqidagi axborotni yig'ish tizimida tanlama tadqiqotlar batafsil ma’lumotlarni qo'lga kiritish maqsadida olib borilib, ular aholi ro'yxati yoki joriy qayd etishdan jamlangan axborotga nisbatan to'la va aniq bo'ladi. Asosiy axborot manbalaridan farqli ravishda ushbu tadqiqotlar aholining muayyan guruhiga tegishli ma’lumot olishga imkon yaratadi. Tanlama tadqiqotlar aholi ro'yxatlarini tayyorlash va o'tkazilishida aholida o'rin tutadi. Buning uchun umumiy aholi ro'yxati dasturi bo'yicha o'tkaziladigan mikroro'yxatlar olib boriladi. Biroq, mamlakatning barcha aholisi emas, balki uning bir qismigina so'rovda qatnashadi. Mikroro'yxat so'nggi aholi ro'yxati o'tkazilganidan keyingi davrda aholi tarkibida sodir bo'lgan o'zgarishlarni aniqlash imkonini beradi. Lekin, uning asosiy vazifasi rejalashtirilayotgan aholi ro'yxati dasturini sinab ko'rishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |