aholining milliy tarkibi – Muayyan hudud yoki mamlakatda yashovchi aholining millatlar boʻyicha tarkibi. aholining milliy tarkibiga haqidagi maʼlumotlar aholi roʻyxati oʻtkazish va statistik roʻyxat olib borish yoʻli bilan aniqlanadi. Etnik statistika rivojlanmagan davlatlar, regionlarda esa aholining til birligiga, diniga qarab millatlarga, etnik guruhlarga ajratiladi.
27. Aholi migratsiyasi va uning turlari nima?
Aholi migratsiyasi — bu odamlaming (migrantlarning) u yoki bu hududlar chegarasi orqali, yashash joyini doimiy o'zgartirayotgan yoki qisqa yoxud uzoq muddatga yoki doimiy tarzda kelib ketishini anglatuvchi ko'chishidir. Migratsiya so‘zi lotincha «migratio» so‘zidan olingan bo‘lib, «ko‘chish» m a’nosini anglatadi. Aholining turli maqsadlarda, ya’ni yangi yerlarni o ‘zlashtirish, daromad topish, o'qish, yashash hamda siyosiy nuqtai nazardan yashash joyini doimiy yoki vaqtincha o'zgartirishiga «aholining mexanik harakati» deyiladiMigratsiya turlari. Migratsion harakat nafaqat bir mamlakat ichida, balki mamlakatlararo ham sodir bo'lishi mumkin. Shuning uchun migratsiyaning ikki turi farqlanadi: xalqaro (mamlakatlararo, tashqi) va ichki (mamlakat ichida).
Xalqaro migratsiya uchun aynan «immigratsiya» va «emigratsiya» kabi tushunchalar xosdir. Immigratsiya aholining biror mamlakatga ishga joylashish yoki o'qish uchun doimiy yoki vaqtinchalik (odatda,-uzoq muddatga) yashash uchun ko'chib kirishini bildiradi. Shuningdek, uning ko'pchilik hollarda fuqarolikni almashtirish (masalan, oilalami birlashtirish) bilan bog'liq bir qator sabablari ham bor. Emigratsiya aholining boshqa mamlakatga doimiy yoki vaqtinchalik (uzoq muddatga) yashash uchun (ixtiyoriy yoki majburiy) ko'chishini bildiradi. Xalqaro migratsiya kontinentlararo (masalan, Yevropadan AQSHga yoki Avstraliyaga) va kontinent ichidagi (masalan, Yevropa hududi bo'yicha) kabi turlarga bo'linadi. «Ichki migratsiya» deganda, mamlakat hududi doirasida bir m anzilgohdan ikkinchi m anzilgohga ko'ch ay o tg an aholi tushuniladi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi hududi doirasida aholining ko'chishi ichki migratsiya hisoblanadi. Ichki migratsiya oqim lari quyidagi yo'nalishlar bo'yicha farqlanadi: shahardan-shaharga, qishloqdan-qishloqqa, qishloqdan-shaharga, shahardan qishloqqa. Ushbu yo'nalishlar m a’lum bir ma’noda xalqaro migratsiya uchun ham xosdir
28.31. Dunyo aholisining ko`payishi va joylashishi.
Aholi sonining ko‘payib borishida dunyo hududlari bo‘yicha keskin tafovutlar mavjuddir. Natijada XX asrning ikkinchi yarmi va XXI asr boshlariga kelib, sayyoramizda hududiy xususiyatlarga ega bo‘lgan demografik muammolar vujudga keldi. Ba’zi davlatlarda moddiy boyliklar ishlab chiqarishga nisbatan aholi soni juda tez ko‘payib borib, “aholi ko‘payishi” muammosini yuzaga keltirgan bo‘lsa, baezi hududlarda esa aholi tug‘ilishining keskin qisqarishi, ya’ni demografik mezondan kamayib ketishi natijasida “demografig qarish” muammosi kuzatilmoqda.
“Aholi ko‘payishi” muammolari asosan rivojlanayotgan davlatlarda kuzatiladi. Dunyo aholisining ko‘payishi ham deyarli ushbu davlatlar bilan bog‘liqdir.
1967-yilda esa yer shari aholisi 65 millionga oshdi. Undan 56 millioni rivojlanayotgan davlatlar aholisining ko‘payishi hisobiga ro‘y berdi. Dunyo aholisining bunday tez ko‘payishini olimlar “demografik portlash”, deb izohladilar.
Rivojlanayotgan davlatlarda XX asrning ikkinchi yarmida aholi sonining ana shunday tez sur’at bilan o‘sishi, asosan, uchta demografik omilga bog‘liq bo‘lgan. Ulardan birinchisi – tug‘ilishning yuqori darajada saqlanib qolayotganligi.
1950 – 1966 yillarda dunyodagi iqtisodiy rivojlangan Yevropa, Shimoliy Amerika davlatlari va Yaponiyada har 1000 aholiga nisbatan tug‘ilgan bolalar soni 16 – 22 ni tashkil etgan bo‘lsa, rivojlanayotgan davlatlarda esa, bu ko‘rsatkich 35 – 45, hatto Afrikadagi ba’zi davlatlarda esa 50 – 60 ni tashkil etdi1. Tug‘ilishning ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyot darajasi bilan bog‘liqdir.
29. Aholi o`limi va salomatlik.
Aholi salomatligini mustahkamlash va o'lim ni kamaytirish sohasidagi siyosatning ikkinchi tarkibiy qismi taxmin qilinayotgan siyosatning chora-tadbirlari, yo'nalishlari va tamoyillarini qo'yishdan maqsad doirasida umumlashtiruvchi konsepsiyadir. Nisbatan kontsentrlangan holatda ushbu konsepsiya Butunjahon sog'liqni saqlash tashkilotining dunyodagi o'limni kamaytirish sohasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishgan mamlakatlarning tajribalarini umumlashtiruvchi «Salomatlik barcha uchun» strategiyasida o'z aksini topgan. Bu tajriba shuni ko'rasatadiki, insonlar faqat iqtisodiy rivojlanishga erishish vositasi sifatida qaralmay, insoniyat inson omilidan iborat bo'lib qolmasdan va iqtisodiy o'sish kishilik 279 jamiyatining hisobiga emas, aksincha ularning qiziqishlari yo‘lida amalga oshirilsagina strategiya samarali bo'lishi mumkin. Bu siyosat deklaratsiya emas, biroq real faoliyatning zamonaviy ta’minotidir. Bu faoliyat natijasida rivojlangan mamlakatlarda ilgari ham, hozirda ham inson kapitalini rivojlantirishga anchagina mablag4laming investitsiyasi davom etib kelmoqda. Buni sog'liqni saqlash strategiyasida qo'llanilganda eng kamida quyidagi asosiy tamoyillarga amal qilishni anglatadi.
30. O`zbekistonning demografik rivojlanishi.
Oʻzbekiston aholisining ijtimoiy -iqtisodiy va demografik rivojlani shi 19-asrning 2-yarmidan boshlab podsho Rossiyasi bosib olgandan soʻng keskin oʻzgardi. Bu holat aholi soni, milliy va yosh-jinsiy tarkibi, koʻpayish surʻatlari, joylashish xususiyatlarida oʻz aksini topdi. Rossiyadan dehqonlar koʻchirilib, Mirzachoʻlga joylashtiril di, Sharqiy Turkistondan uygʻurlar koʻchirilib keltirilib, respublika sharqidagi togʻ vodiylarida ular uchun joy ajratildi. 1897-yilda oʻtkazilgan aholi roʻyxatiga muvofiq Oʻzbekiston hududida 3,9 mln. kishi yashagan, shundan 19 % shahar aholisi edi. Tub aholining migratsion harakatchanligi past boʻlgan. Aholining koʻchib keluvchilar hisobiga oʻsishi podsho hukumati mustamlakachilik siyosatining natijasi edi. Shu siyosat tufayli oʻlkada yangi-yangi qishloq va shaharchalar barpo etildi. Biroq shunga qaramay 18651900-yillarda aholi 0,6 % ga koʻpaydi. 20-asrning 1-choragida ham aholi oʻsishida sezilarli oʻzgarish boʻlmadi. 192440-yillar davomida Oʻzbekiston aholisi 2,3 mln. kishiga oshdi, aholining oʻsishi-yiliga 3 % ga teng boʻldi.
Ikkinchi jahon urushi Oʻzbekiston aholisi ning soniga, uning tarkibi va joylashuviga nihoyatda salbiy taʼsir koʻrsatdi. Urush natijasida respublika 1 mln.dan ortiq aholisini yoʻqotdi. Aholining umumiy soni 194045-yillarda 6,6 mln. kishidan 5,2 mln. kishigacha kamaydi.
Urushdan keyingi davrda aholi oʻsish surʻatlarida ijobiy oʻzgarishlar boʻldi. Aholining soni 5,2 mln.dan 8,4 mln.gacha koʻpaydi. Bunda ham sof tabiiy koʻpayishdan koʻra chetdan koʻchirib keltiril gan aholining salmogʻi katta boʻldi. 20-asrning 6080-yillarida respublika aholisi tarkibida oʻzbeklarning soni muntazam ravishda yuqori surʻatlar bilan koʻpayib bordi. 1989-yilda oʻzbeklar salmogʻi respublika aholisining tarkibida 71,4 % ni tashkil etgan.
Oʻzbekistonning mustaqil rivojlanish yoʻliga oʻtishi uning demografik tarixida mazmunan yangicha bosqichga oʻtishni taqozo etdi. Respublikada bozor munosabatlarining shakllanishi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sharoitlarning oʻzgarishi natijasida yangi demografik jarayon boshlandi: tugʻilish keskin kamaydi, mamlakatdagi slavyan xalqlar, yahudiy, mesxeti turk, grek, ukrain, nemis va b. xalqlarning maʼlum qismi oʻz tarixiy yurtlari va b. xorijiy davlatlarga koʻchib ketdi. Eng katta manfiy migratsiya saldosi 1990-yilda kuzatilib, 181,2 ming kishini tashkil etdi. Mazkur demografik jarayonlar Oʻzbekiston aholisining oʻsish surʻatlarini qisqarishiga olib keldi. Keyingi 15-yil davomida respublika aholisi 4,8 mln.ga koʻpaydi, oʻsish surʻati 1,8 %ni, oʻrtacha-yillik mutlaq koʻpayish soni 400 ming kishini tashkil qildi.
32. Ichki migratsiya va uning oqibatlari.
«Ichki migratsiya» deganda, mamlakat hududi doirasida bir m anzilgohdan ikkinchi m anzilgohga ko'ch ay o tg an aholi tushuniladi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi hududi doirasida aholining ko'chishi ichki migratsiya hisoblanadi. Ichki migratsiya oqim lari quyidagi yo'nalishlar bo'yicha farqlanadi: shahardan-shaharga, qishloqdan-qishloqqa, qishloqdan-shaharga, shahardan qishloqqa. Ushbu yo'nalishlar m a’lum bir ma’noda xalqaro migratsiya uchun ham xosdir Migratsiyaning asosiy umumiy natijasi - aholi zichligining o'zgarishi, natijada yirik shaharlarda aholi zichligi yuqori, qishloqlarda esa aholi zichligi past. Aholining zichligi bu vaziyatga aql bilan yondashmasa, shaharlarni beqarorlashtirishi mumkin. Tashlandiq qishloq joylari Ko'pgina mamlakatlarda keng tarqalgan yana bir muhim oqibat qishloq joylardan voz kechishdir. Ko'pgina iqtisodiyotlar uchun muhim bo'lgan qishloq xo'jaligi va chorvachilik faoliyati ko'pincha e'tibordan chetda qoladi. Nomutanosib yosh Ichki migrantlarni qabul qilgan ko'plab joylarda odatiy oqibat bu aholi yoshidagi nomutanosiblikdir. Shahar joylarida qishloqlarga qaraganda yoshlar ko'p, bu shaharlarning mahsuldorligiga ta'sir qilishi mumkin; Qoida tariqasida, ish bilan band bo'lish uchun ko'proq potentsialga ega bo'lgan yoshlari ko'proq bo'lgan shaharlar samaraliroq.Oila buzilishi Ko'chib o'tishda yuzaga keladigan oilaning buzilishi noaniq oqibatdir. Ko'p oilalar birgalikda ko'chib ketishadi, ammo ko'pchilik odamlar yolg'iz ko'chib, oilasi va yaqinlarini tashlab ketishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |