Kurs ishining maqsadi:
Maktabgacha ta’lim muassalarida ijtimoiy tarbiyani rivojlantirish.Maktabgacha ta’lim muassasida ijtimoiy tarbiyani tadbiq etish va amalda qo’llash.
Kurs ishi vazifalari:
-tadqiqot maqsadi va vazifasini belgilash,shu ish yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borish.
-adabiyot va tahlil
-tadqiqot me’todlarini belgilash
-maktab muassasalarida ijtimoiy tarbiyani rivojlantirish
Kurs ishi me’todlari.
Kuzatish metodi.Maktabgacha ta’lim muassasalarida ijtimoiy tarbiyani yo’lga qo’yib,bolalar ongiga sindirib,ularning tarbiyasini rivojlantirish
Aniq vaziyatni tahlil qilish.Bu metodda kompleks yondashuv talab etiladi, maktabgacha ta’lim muassasasi hodimlari va bolalar bilan ijtimoiy tarbiya haqida so’rovnoma o’tkazish va tahlil qilish.
So’rov metodi.
Kurs ishining amaliy ahamiyati.
Maktabgacha ta’lim muassasida ijtimoiy tarbiyani yo’lga qo’yish va amalda qo’llash.
BOB.Ijtimoiy tarbiya mutaffakirlar nazarida.Ijtimoiy tarbiya prinsiplari Ijtimoiy tarbiya kuch, xosiyati haqidagi sharq buyuk olimlarining pedagogik qarashlari katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Al Xorazmiy va boshqalarning g‘oyalri hamda pedagogik qarashlari ijtimoiy pedagogik fikr taraqqiyotining dunyoviy jarayoniga ko`p jihatdan ta’sir ko`rsatadi. Ta’lim-tarbiya haqidagi ta’lim birinchi yozma ma’lumot bo`lgan «Avesto» dan tortib “Qur’oni Karim”, Hadislarda, Kaykovusning «Qobusnoma» sida, K.Sheroziyning «Qalila va Dimna», Nizomulkning «Sayoxatnoma», M.Qashg`ariyning «Devonu lug‘ati- turk», Y.X.Xojibning «Qutadg‘u bilik», A.Yugnakiyning «Xibbat ul-xaqoyiq», A.Navoiyning «Maxbub ul-qulb», A.Avloniyning «Gulikton yoki axloq» asarlarida ilg‘or pedagogik g‘oyalar ifodalangan, tarbiya kuchi, xosiyati ulug‘lanib asarlarida ilmga tarbiya orqali, yaxshi fazilatlarga ega tarbiya orqali erishiladi deydi. «Aflotun qonuniyatlarini mohiyati» va boshqa asarlarida yosh avlod bilim va madaniyatga erishishda inson
tarbiyasi,shaxs kamolotiga alohida e’tibor beradi.
Abu Ali Ibn Sino (980-1037) bolalarning kelajagi haqida tug‘ilmasdan oldin g‘amxo`rlik qilish kerak, ilk yoshligidan boshlab unga rostgo`ylik, javobgarlik, mehribonlik kabi fazilatlarni, yahshilik, insoniylik hissini singdirish zarurligini aytadi. Ibn Sino tarbiyada ijtimoiy muhitni katta ta’sirini alohida uqtirib o`tadi. Ibn Sino o`z tarbiya tizimini yaratadi. Bunda odob, tibbiyot, astranomiya, falsafa, mantiqiy, tabiatshunoslik, til va grammatika, musulmon qonunshunosligi kabi bilim sohalari kiritilgan edi. U tarbiya jarayoni axloqiy, jismoniy, aqliy, estetik, mehnat (hunarga o`rgatish) tarbiyaning bir butunligini tashkil qiladi deb ko`rsatadi. Imom Al-Buxoriy (809-869): «Bir ul-volidayin», «Ota-onani hurmatlash», «Al- adab al-mufrat», «Adab durdonalari», hadislar, «Al- jome’ As-Saxix». Imom At-Termiziy: «Sunnan», nomli xadislar to`plami «Kitob ashshqil an- nabaviyya», «Payg‘ambarlarning Axloq, odob va sayru sulliklar xaqida kitob». Abu Rayxon Beruniyning (973-1048) pedagogik ijodida inson va uning baxt saodati, ta’lim-tarbiyasi, kamolot bosh vazifa bo`lib, u tarbiya maqsadi, vazifalari
va roli, yosh avlodning rivojlanishi haqidagi fikrlarini chin ma’noda insonparvarlik asosida rivojlantirgan. Bilish va tarbiyaning tabiatga uyg‘unlik akidakini Beruniyning hamma asarlarida kuzatish mumkin. «Qadimgi Xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Geodeziya». «Minerologiya», «Munajjimlik san`atiga boshlang‘ich tushunchalar» kabi asarlarida pedagogika va psixologiya bo`yicha juda muhim ma’lumotlar berib o’tilgan. Y.X.Xojib «Qutadg‘u bilik», «Saodatga yo`llovchi bilim» asarida ta’lim-tarbiya, ma’naviy kamolotga erishish yo`llari, axloq odobga doir qimmatli fikrlarni bildirgan.
Burxonuddin.Z «O`quvchiga ta’lim yo`lida qo`llanma» asarida ta’lim va tarbiya masalalariga katta e’tibor qaratgan. Shuningdek A.Yugnakiy «Xiybat-ul-haqoyiq», asarida inson shaxsi ma’naviy kamolati, tarbiyaning ijtimoiy mohiyati to`g‘risida fikr,yuritadi.
Buyuk sharq mutafakkiri A.Navoiy (1441-1501) o`z asarlarida bola tarbiyasi va uni shaxs sifatida shakllanishga katta ahamiyat bergan. Uning «Maxbub ul-qulub» asari uch qismdan iborat bo`lib, 1-qism tabaqa kasb-korlarni jamiyatda tutgan o`rni ifodalangan. 2-qism axloqiy tarbiya, odob, saxiylik, sadoqat kabi fazilatlarning mohiyatini sharaflaydi, o`qituvchi hikoyalar, maqollar va xikmatli ko`zlar o`rin olgan. A.Navoiy ma’rifatni, ta’lim-tarbiyani «hayot-chirog‘i» deb ta’riflaydi.
Tarbiya prinsiplari quyidagilardan iborat:
1.G‘oyaviylik,ma’naviylilik.
2.Shaxsni jamoada va jamoa orqali tarbiyalash.
3.Tarbiyalanuvchilar shaxsiga qo`yiladigan talablar va xurmat birligi. 4.Tarbiyaning hayot, mehnat, jamiyat ko`rilishi amaliyoti bilan bog‘liqligi.
Tarbiyaviy ta’sirning izchilligi, tadrijiyligi, davomiligi, sistemaliligi, yaxlitligi va uzluksizligi.
Tarbiya o`quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini xisobga olish. Tarbiya qonuniyatlari deganda pedagogik xodisa va jarayon o`rtasidagi aloqalarni tushunamiz.Tarbiya qonuniyatlari quyidagilardan iborat:
1-qonuniyat. Tarbiyaning insonning maxsus hayotiy faoliyati sifatidagi ijtimoiy muhitning ob’yektiv va sub’yektiv faktorlarining majmuasi ekanligi.
Tarbiya-bu:
moddiy boylikni yaratishni yaratish usuli.
Siyosiy tizim.
Jamiyatdagi xukmron mafkura.
Jamiyatning sotsial tizimi.
Jamiyat a’zolarining ma’naviy madaniyati bilan chambarchas bog‘lis bo`lgan xodisalar.
qonuniyat. Tarbiya va shaxs rivojlanishining birligi va o`zaro aloqasi. Tarbiya va rivojlanish dialestis o`zaro aloqadagi jarayondir. Tarbiya sifati bilan shaxs rivojlanishining o`rtasida chambarchas aloqa mavjud. O`z navbatida tarbiya mazmuni, shakl va metodlari shaxsning rivojlanganlik darajasiga,bog‘liq.
qonun. Tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy foydali faoliyati qancha maqsadga muvofiq tashkil qilinsa, o`qituvchi bilan muloqot to`g‘ri tashkil qilinsa, tarbiya jarayoni shunchalik samarali bo`ladi. Demak, tarbiya jarayoni ikki asosiy faktorlarning o`zaro aloqadorligiga bog‘liq bo’lib kelmoqda .Bular quyidagilar: 1.Muomala.
2. Faoliyat (o`qish faoliyati, o`yin faoliyati, mehnat faoliyati, estetik faoliyat.) 4-qonuniyat. Tarbiyalanuvchi aktiv faoliyati bilan tarbiyaviy ta’sir o`rtasidagi qonuniy aloqa mavjudligi. Pedagoglarning bolalarga tarbiyaviy ta’sir ularning aktiv faoliyatini tashkil qilishni, muloqat, intellektual, emotsional va irodaviy sifatlarni shakllantirishni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |