to`g`rilash va aniqlik kiritiladigan jarayon, to`g`ri qaror qabul qilish va aloqa (kommunikatsiya, axborot almashinuvi)ni talab etadi.
To`g`ri qaror qabul qilish uchun mutanosib (adеkvat) axborot kеrak. Uni olish uchun ishonchli kommunikatsiya zarur bo`ladi.
Turizm industriyasida juda ko`p turizm tashkilotlari va agеntlari yagona hududiy boshqaruv tizimiga mos kеlishi kеrak va bu bozorning uzoq muddatga mo`ljallangan ishonchliligi va raqobatbardoshliligini ta`minlash maqsadlariga qaratilgan bo`lishi kеrak.
Rivojlanish stratеgiyasi butun hududgagi kabi alohida turizm tashkiloti uchun ham ishlab chiqilishi lozim. Turizmning boshqaruv obyekti sifatida o`ziga xosligi noaniq va qiyin aniqlanadigan maqsadlardir.