Декабрь 2020 10-қисм
Тошкент
qiziqishlarini orttirish, kasbga yo‘naltirish, o‘zlashtirishlariga ijobiy ta’sir etadi.
Ta’limda bu yangi yondashuv qanday paydo bo‘ldi?
Bu nazariya va amaliyotni birlashtirishning mantiqiy natijasidir. STEAM Amerikada ishlab
chiqilgan. Ba’zi maktablar o‘zlarining bitiruvchilarining kareralarini rivojlantirishga e’tibor
berishdi va fan, texnologiya, muhandislik va matematika kabi fanlarni birlashtirishga qaror qilishdi,
shuning uchun STEM tashkil etildi. (Fan, texnika, muhandislik va matematika). Keyinchalik unga
san’at qo‘shildi va STEAM tashkil etildi. O‘qituvchilar, bu fanlarni yoki bu fanlarga oid bilimlarga
ega bo‘lish, maktab o‘quvchilarini kelajakda yuqori malakali mutaxassislar bo‘lishiga yordam
beradi deb hisoblaydilar. Natijada o‘quvchilar yaxshi bilim egallash va bilimlarini qo‘llashga
harakat qiladilar.
G‘oyalar haqiqatga aylanadi. Agar biz an’anaviy ta’limning asosiy maqsadi bu bilimlarni
o‘rgatish va ishlatish bo‘lsa, demak, STEAM yondashuvi olingan bilimlarni haqiqiy hayotga
mahorat bilan qo‘llashni o‘rgatishdir. Bu maktab o‘quvchilariga faqatgina ba’zi g‘oyalarga ega
bo‘lishni emas, balki ularni haqiqatda ishlatish va amalga oshirish imkonini beradi. Haqiqatda
ishlatilishi mumkin bo‘lgan bilimlar haqiqatda qimmatlidir.
STEAM yondashuvining eng mashhur namunasi Massachusets Texnologiyalar Instituti (MIT).
Bu mashhur universitetining shiori “Mind and hand” – “Aql va qo‘l” dir. Massachusets Texnologiya
instituti STEAM kurslarini ishlab chiqdi va hatto ba’zi o‘quv yurtlarida STEAM ta’lim markazlari
yaratildi.
STEAM yondashuvi o‘rganish va ta’limga bo‘lgan munosabatimizni o‘zgartiradi
O‘quvchilar amaliy ko‘nikmalarga e’tibor qaratish orqali irodasini, ijodkorligini,
moslashuvchanligini rivojlantiradi va boshqalar bilan hamkorlik qilishni o‘rganadi. Ushbu
ko‘nikmalar va bilimlar asosiy ta’lim vazifasini tashkil etadi, ya’ni ta’lim tizimining bosh maqsadi
hisoblanadi.
xulosa qilib aytmoqchimanki, o‘rta maktabda STEAM yondashuvi bolalarga tajribalar
o‘tkazish, dizayn modellarini yaratish, mustaqil musiqa va kino yaratish, o‘z g‘oyalarini haqiqatga
aylantirish va yakuniy mahsulotni yaratishni rag‘batlantiradi. Ushbu ta’lim yondashuvi bolalarga
nazariy va amaliy ko‘nikmalarni samarali tarzda birlashtirishga imkon beradi va oliy ta’limda
o‘qishni yanada osonlashtiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
1. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 05.09.2018 yildagi № pF-5538 Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 6 aprel 2018 yil 187-son
Qarori.
3. Сергеев И.С. Основы педагогической деятельности: Учебное пособие. Питер. Серия
“Учебное пособие”, 2004.
148
Do'stlaringiz bilan baham: |