Dekabr- boshlang’ich ta’lim fan oyligi



Download 129,01 Kb.
Sana07.01.2020
Hajmi129,01 Kb.
#32291
Bog'liq
Dekabr- boshlang’ich ta’lim fan oyligi

Mirzo Ulug’bek tumani

27-maktab boshlang’ich sinflar

Metod birlashmasining

2019-2020 - o’quv yilida

“Dekabr- boshlang’ich ta’lim fan oyligi”

da olib borgan ishlarining



HISOBOTI














Toshkent


Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumanidagi 27-umumiy o’rta ta’lim maktabi boshlang’ich ta’lim metod birlashmasining 2019-2020 o’quv yilida qilingan ishlar hisobati.

O’quv yili 2019-yil 4-sentabrda boshlanib, “Jonajon O’zbekistonim, mangu bo’l omon” shiori ostida mustaqilligimizning 28-yilligiga bag’ishlanib o’tkazildi. Metod birlashmaning yeg’ilishida tuman avgust kengashida aytilgan ta’lim sohasidagi yangiliklar bilan tanishtirildi. 2019-2020 o’quv yili uchun yillik ish rejasi tasdiqlandi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining bilimlarini oshirishida DTS bilan tanishtirish 5 ballik reyting tizimi bilan tanishtirish.

Oktabrdagi metod birlashma yig’ilishida “Ona tili va adabiot”fan oyligida o’tkaziladigan tadbir rejalarini tuzish, oylik dasturlarini ishlab chiqish bilan tanishtirildi. Ona tili fanidan “Eng yaxshi dars” ko’rik tanlovi tashkil etildi. 4 sinf o’quvchilari o’rtasida “Ona tilim- jonu dilim” mavzusida tadbirlar o’tkazildi. 2-3-4 sinflardan chiroyli yozuv asosida diktant olindi. “Biz diktant yozamiz” shiori ostida boshlang’ich sinf o’qituvchilari ham diktant yozishdi.

Noyabr oyidagi yig’ilishda qilinadigan ishlar belgilab olindi. 1-chorak yakunlari haqida har bir sinf rahbari qilgan ishlari haqida hisobot berdi. “Rus tili va adabiyot” fan oyligida ham boshlang’ich sinflar faol ishtirok etdilar. Har bir sinfda yangi pedtexnalogiyalar asosida ochiq darslar va tadbirlar o’tkazildi.



Dekabr-“Boshlang’ich ta’lim fan oyligi”ni yuqori saviyada o’tkazish bo’yicha tadbirlar jadvalini TXTMFTTEB dan olib kelib, boshlang’ich ta’lim fan o’qituvchilariga tag’dim etildi va shu asosida reja tuzildi. Fan oyligini yuqori saviyada o’tkazish uchun qilinadigan ishlar 4 haftaga taqsimlab chiqildi. 2-dekabr kuni fan oyligining tantanali ochilish marosimi ko’tarinki ruhda boshlandi.

“ Dekabr-boshlang’ich ta’lim fan oyligi “ da o’z kasbining mohir ustasi bo’lgan barcha sinf o’qituvchilari o’z mahoratlarini ishga solib, astoydil mehnat qildilar. 1-hafta fanlar bo’yicha DTS yuzasidan o’quvchilar o’zlashtirish lozim bo’lgan BKM lar monitoring o’tkazildi. Bunda o’quvchilardan kirish testlari olindi. Test natijalariga ko’ra 2 sinf o’quvchilari 85%ni, 3-sinf o’quvchilari 84% ni, 4-sinf o’quvchilari 86% o’zlashtirish samaradorligiga erishildi. Boshlang’ich ta’lim o’quvchilarining umumiy o’zlashtirish ko’rsatkichi 87%ni tashkil etdi. Boshlang’ich ta’lim fanlari bo’yicha na’munali darslar ishlanmasi devoriy gazetalar, ko’rgazmali qurollar tayyorlash topshirildi. 8-dekabr O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuniga bag’ishlab 4-A va 4-B sinf o’quvchilari o’rtasida “Konstitutsiya- baxtimiz qomusi” mavzusida bayram tadbiri o’tkazildi. 2-haftasida o’quvchilarning kitob o’qishga qiziqishlarini oshirish maqsadida “Kitob bilim manbayi” ko’rgazmasi tashkil etildi. Bu tadbirda barcha o’quvchilar faol ishtirok etishdi. O’quvchilarning kutubxonada kitob o’qishga qiziqishlarini oshirish, nutq madaniyatini oshirishga erishildi. Oylik davomida “Samarali dars-zamon talabi” mavzusida ochiq darslar zamonaviy pedagogik hamda innavatsion texnalogiyalar asosida tuzilgan, AKTlardan foydalangan holda o’tkazildi. 9-dekabr kuni 3-V sinf o’qituvchisi Siddiqova D.I rus tili fanidan “Закрепление” , 4-B sinf o’qituvchisi To’layeva.M.YU o’qish fanidan “Rangin qorlar” mavzusida, 10-dekabrda 4-V sinf o’qituvchisi Sharipova. O.M “Конститутсия Республики Узбекистан”, 11-dekabrda esa “ Славные предки нашей Родины”,4-Г sinf o’qituvchisi Saydaxmetova R.B “Узбекский язык” fanidan “Bozorda” mavzusida 4-A sinf o’qituvchisi odobnoma fanidan “Mamlakatimiz hududlaridagi qo’shiqchilik san’atining o’ziga xosligi” mavzusida 2-A sinf o’qituvchisi Sharapova I.U matematika fanidan “Nomalum bo’linuvchini topish” mavzusi, 3-B sinf o’qituvchisi Salixadjayeva Sh.YU o’qish fanidan “Yangi yil archasiga” mavzusida, 3-A sinf o’qituvchisi Qosimova S.Q o’qish fanidan “Bo’lim yuzasidan takrorlash” mavzusida, 2-B sinf o’qituvchisi Gadoyeva D.CH matematika fanidan “Nomalum ko’paytuvchini toppish” mavzusi, 1-V sinf o’qituvchisi Еременко Л.П “Буквы и звуки Хх” mavzusida ochiq darslar o’tib berishdi. Dars DTS talabi darajasida, yangi pedtexnalogiyalarga asoslangan holda tashkil etildi. 1-sinflarda esa “Savodxonlik muborak” bayram tadbiri o’tkazildi. Bayram yaxshi o’tdi. O’quvchilar ingliz tilida she’r va qo’shiqlar kuylashdi.Bayramda ota-onalar qatnashdilar. 2-4 sinf o’quvchilarining ijodiy ishlari namunalaridan maktabning kirish zalida ko’rgazmalar tashkil etildi. 1-sinflar uchun “Yangi yil”, 2-sinflar uchun “Ertaklar yaxshilikka yetaklar”,3-sinflar uchun “O’zbekiston mening Vatanim” 4-sinflar uchun “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” mavzusida devoriy gazetalar tanlovi o’tkazildi.Bundan tashqari “Eng namunali dars” ishlanmalari,2-A sinf o’qituvchisi Sharapova I.U. , 4-B sinf o’qituvchisi To’layeva M.YU. , Saydaxmetova R.B. , Gadoyeva D.Ch., “Eng yaxshi boshlang’ich sinf xonasi” Umarova Z.T., “Eng namunali tarqatma materiallar” bo’yicha Siddiqova D.M., Qosimova S.Q lar tanlovda yaxshi natijalarga erishishdi. 3 va 4 haftalarda sinfdan tashqari tadbirlar ko’rik tanlovi o’tkazildi. O’quvchilar bilan ishlandi. Ularning bilim samaradorligi oshirildi. “Fan to’garaklari faoliyati” tag’dimotida 4-V sinf Sharipova O.M g’oliblikni qo’lga kiritdi. Hafta o’qiyuvchisi deb 3-B sinf o’qituvchisi Salixodjayeva Sh.YU deb topildi. “Eng yaxshi video dars 4-A sinf o’qituvchisi Qurbonboyeva M.R faxrli o’rinni egalladi. 4-sinflar o’rtasida “Yilning eng yaxshi bilimdon o’quvchisi” ko’rik tanlovi maktab bosqichida o’tkazildi. Matematika fanidan 4-A sinf o’quvchisi Qurbonova Sabina 1-o’rinni, ona tili fanidan 4-B sinf o’quvchisi Egamberdiyev Samandar 1-o’rinni, o’qish fanidan 4-B sinf o’quvchisi Sobirov Asadbek 1-o’rinni, husnixat yozuvida 4-A sinf o’quvchisi Ismatova M 1-o’rinni egalladi. Ingliz tili fanidan Yuldasheva Muslima 1-o’rinni egalladi. Fanlar bo’yicha DTS yuzasidan o’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan BKM lar monitoringi o’tkazildi. Bunda o’quvchilardan chiqish testlari olindi. Yurtimizdagi bunyodkorlik ishlari tufayli yurtimiz kundan kunga chiroy ochib borayotganini ko’rib o’quvchilarning vatanga bo’lgan mehr hisslarini yanada oshirish maqsadida Toshkent shahridagi yangi qurilgan Toshkent sitiga sayohat uyushtirildi. Dekabr- boshlang’ich ta’lim fan oyligida barcha fan o’qituvchilari ko’tarinki kayfiyatda oylikni samarali o’tishiga harakat qildilar. Oylikgimiz DTS talablaridan kelib chiqqan holda, reja asosida olib borildi. Rejada ko’rsatilgan barcha ishlar o’z vaqtida amalga oshirildi. 2019-2020-o’quv yilini yaxshi kayfiyat bilan yakunlab, 2020-yilni a’lo kayfiyat bilan kutib olmoqchimiz.
Download 129,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish