Dehqonchilik va melioratsiya


-mavzu: SHO‘RLANGAN ERLARNI YUVISH, UNING ME’YORLARI VA USULLARI



Download 6,77 Mb.
bet9/13
Sana12.06.2022
Hajmi6,77 Mb.
#658490
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2 5199469597308228837

8-mavzu: SHO‘RLANGAN ERLARNI YUVISH, UNING ME’YORLARI VA USULLARI.


Reja:


1. Sho‘r yuvishning maqsadi va vazifasi. SHo‘r yuvish turlari. 2. Sho‘r yuvish samaradorligiga ta’sir qiladigan omillar. SHo‘r yuvish me’yorlari.
3. Sho‘r yuvish muddatlari. SHo‘r yuvish usullari va o‘tkazish texnikasi.


Tayanch so’z va iboralar: Tabiiy sho'rlanish, sho'r yuvishning vazifasi, asosiy sho'r yuvish, joriy sho'r yuvish, cho'ktirib yuvish, yuvib oqizib yuborish, ishqorsizlantirib (zovurlashtirilgan sharoitda) yuvish, yer yuzasidan oqizib yuvish, tuzlarning tabiiy yuvilishi, sho'r yuvish samaradorligi, cheklarning kattaligi, tuproqning mexanik tarkibi, sho'r yuvish muddatlari, sho'r yuvish me'yori.
Respublikamiz sug'oriladigan yerlarning 60-65 % tabiiy sho'rlanishga moyil yerlar hisoblanadi. Chunki bunday yerlarda minerallashgan sizot suvlari yer yuzasiga yaqin joylashgan bo'lib, ular doimo buglanishga sarflanadi va oqibatda tuzlar yer yuzasida to'planib qoladi. Shuning uchun sho'rlangan yerlarning har yili sho'rini yuvish mutlaqo zaruriy agromeliorativ tadbir hisoblanadi.
Sho'r yuvishning vazifasi qishloq xo'jalik ekinlarining o'sishi rivojlanishi va mo'l hosil berishi uchun zararli bo'lgan ortiqcha tuzlarni tuproqdan yuvish hamda sizot suvlarining minerallashganligini kamaytirishdir.

Sho'r yuvish ikki yo'l bilan amalga oshiriladi:


1.Asosiy sho'r yuvish. 2.Joriy sho'r yuvish.
Asosiy sho'r yuvish yangi yerlarni o'zlashtirishda va foydalanib kelinayotgan kuchli va sho'rhoq yerlarda qo'llaniladi. Joriy sho'r yuvish esa xar yili ekinlar hosili yig'ishtirib olingandan keyin, barcha foydalanib kelinayotgan sho'rlangan yerlarda o'tkaziladi.
Sho'r yuvish sug'oriladigan yerlarning iqlim, geologik, gidrogeologik va zovurlashtirish sharoitiga qarab quyidagi turlarga bo'linadi:
1. Cho'ktirib yuvish.
2. Yuvib oqizib yuborish.
3. Ishqorsizlantirib (zovurlashtirilgan sharoitda) yuvish.
4.Yer yuzasidan oqizib yuvish.
5.Tuzlarning tabiiy yuvilishi.
Shur yuvishda suvdan unumli foydalanib, ya'ni oz miqdorda suv sarflab, ko'proq tuzlarni yuvib tashlash sho'r yuvish samaradorligi deyiladi. Sho'r yuvish samaradorligini quyidagi omillar belgilaydi:
1.Joyning iqlim sharoiti.
2.Tuproqning turi, mexanik tarkibi va uning suv-fizik xossalari.
3.Tuproqni sho'rlanish darajasi va sho'rlanish tipi.
4.Sizot suvlarining joylashish chuqurligi va ularning minerallashganlik darajasi. 5.Yerlarning zovurlashtirilish darajasi.
6.Sho'r yuvish uchun o'tkaziladigan agrotexnik tadbirlar.
7.Sho'r yuvishni tashkil qilish.
Sho'r yuvish ikki usulda amalga oshiriladi. Kam sho'rlangan yerlar egatlar orqali, o'rtacha va kuchli sho'rlangan hamda sho'rhoq yerlar esa cheklarga bo'lib bostirib yuviladi. Egatlar orqali sho'r yuvishida egatlar oralig'i 60 sm, chuqurligi 18-20 sm bo'lishligi maqsadga muvofiqdir.
Cheklarga bo'lib bostirib yuvish usulida sho'ri yuviladigan dalalar uvatlar (marza) bilan cheklarga va suv keltirish uchun o'q-ariqlarga bo'lib chiqiladi.
Cheklarning kattaligi tuproqning mexanik tarkibiga, suv o'tkazuvchanligiga, dalaning tekislik darajasiga va nishabligiga bog'liq. Yer qanchalik yaxshi tekislangan, nishabi qanchalik kichik va tuproqning suv singdiruvchanligi qanchalik oz bo'lsa, chek maydoni ham shuncha katta bo'ladi.
Cheklarning o'lchami, ga.



Dalaning
tekislik
darajasi

Yengil
tuproqlarda

O'rta
tuproqlarda

Og'ir
tuproqlarda



Yaxshi
o'rta
yomon

0,12-0,15
0,08-0,10
0,04-0,05

0,15-0,20
0,10-0,12
0,05-0,06

0,20-0,25
0,12-0,15
0,06-0,08

Sho'r yuvish me'yori deb, sho'rlangan 1 ga maydonning ma'lum qatlamini chuchuklashtirish uchun kerak bo'ladigan chuchuk suv hajmiga aytiladi va m3/ga birlik o'lchamida belgilanadi.


Bu qiymat tuproqning sho'rlanish darajasi, sho'rlanish xili, sho'r yuvish qatlamining chuqurligi, tuproqning suv fizik xossalari va maydonning zovurlanganligiga bog'liqdir.

O'zbekiston Respublikasinig sho'rlangan sug'oriladigan yerlarida joriy sho'r yuvishning maqbul muddatlari va me'yorlari.





Tuproq-ning mexanik tarkibi



Sho'rla-nish
darajasi

Sho'r yuvish muddatlari

Sho'r yuvish me'yorlari
(ming m3/ga)

Mirza-cho'lda

Farg'ona vodiy-
sida

Buxoro viloyatida

Yengil

Kuchsiz


I-II

II-III

III

2,0-2,5

Yengil

O'rta

I-II

II-III

III

2,5-4,0

Yengil

Kuchli

I-II

II-III

III

4,0-5,0

O'rta

Kuchsiz

XI-I

I-II

I–II

3,0-3,5

O'rta

O'rta

XI-I

I-II

I–II

3,5-5,0

O'rta

Kuchli

XI-I

I-II

I–II

5,0-6,5

Og'ir

Kuchsiz

XI-XII

XII-I

XII–II

4,0-5,0

Og'ir

O'rta

XI-XII

XII-I

XII–II

5,0-6,5

Og'ir

Kuchli

XI-XII

XII-I

XII–II

6,5-8,0

O'zbekiston Respublikasinig sho'rlangan sug'oriladigan yerlarida joriy sho'r yuvishning maqbul muddatlari va me'yorlari.



Tuproq-ning
mexanik
tarkibi

Sho'rla-nish
darajasi

Sho'r yuvish muddatlari

Sho'r yuvish me'yorlari (ming m3/ga)

Qoraqalpog'iston respublikasi, Xorazm viloyatida

Qarshi va
Sherobod
cho'llarida

Yengil

Kuchsiz

III–IV

III

3,0-3,5

Yengil

O'rta

III

II–III

3,5-5,0

Yengil

Kuchli

III

II–III

5,0-6,5

O'rta

Kuchsiz

III

III

4,0-5,0

O'rta

O'rta

II–III

II–III

5,0-6,5

O'rta

Kuchli

II–III

II–III

6,5-8,0

Og'ir

Kuchsiz

XI–I,
me'yorning
2/3 qismi

XI–I,
me'yorning
2/3 qismi

5,0-6,0

Og'ir

O'rta

6,0-7,5

Og'ir

Kuchli

III,
me'yorning
1/3 qismi

III,
me'yorning
1/3 qismi

7,5-9,0

Nazorat savollari:


1. Respublikamiz sug'oriladigan yerlarning necha foizi tabiiy sho'rlanishga moyil yerlar hisoblanadi va nima sababdan?
2. Sho'r yuvishning vazifasi nimadan iborat?
3. Sho'r yuvish turlarini ayting.
4. Sho'r yuvish samaradorligini qaysi omillar belgilaydi?
5. Cheklarning kattaligi qaysi omillarga bog'liq?
6. Sho'r yuvish me'yori deb nimaga aytiladi?
7. Sho'r yuvish me'yori nimaga bog'liq?
8. Sho'r yuvish muddatlari xududlar bo'yicha nima sababdan bir – biridan farq qiladi?


9-mavzu: SUG‘ORILADIGAN ERLARDAGI ZOVURLARNING AHAMIYATI VA TURLARI.


Reja:
1. Zovurlarning vazifasi va turlari. Ochiq gorizontal zovurlar. Zovurlarning ta’sir mexanizmi.
2. Zovur oqimining moduli. Ochiq gorizontal zovurlarning afzalliklari va kamchiliklari.
3.YOpiq zovurlarning ahamiyati, yopiq zovurlarni barpo qilish va ular oralig‘idagi masofa.


Tayanch so'z va iboralar: Zovurlashtirish, tuproq grunt katlami, Davlat dasturi, ochiq kollektor tarmoqlar, yopiq-yotiq drenajlar, vertikal drenaj quduqlari, meliorativ nasos stantsiyalar, sho'r yuvishning samaradorligi, zovurlarni vazifasi, tabiiy zovurlar, sun'iy zovurlar, ochiq gorizontal zovurlar, yopiq gorizontal zovurlar, vertikal (tik) zovurlar, aralash zovurlar, vaakumli zovurlar, zovurlar guruxi, yigish zovurlari, kollektorlar, bosh kollektor, ish chuqurligi, zovurlarning oqim moduli, ochiq zovur va kollektorlarning asosiy kamchiliklari, ochiq zovurlarning afzalliklari, muvaqqat (vaqtinchalik) sayoz zovurlar, suv to'sar qatlam, zovurlar oralig'idagi masofa, fil`tratsiya koeffitsienti.
Zovurlashtirish deb, sug'oriladigan dehqonchilikda yerning sho'rlanishi va
botqoqlanishiga qarshi kurashda sizot suvlarini sun'iy yo'l bilan chiqarib tashlash usuliga aytiladi.
Sho'rlangan yerlarda tuzlarni yuvib chikarishda va tuproq grunt katlamidagi ortiqcha minerallashgan sizot suvlarini chikarib yuborishda zovurlardan foydalaniladi. Zovurlar dunyo mamlakatlarida, jumladan AQSH, Xindiston, Xitoy, Misr, Jazoir, Italiya va boshka davlatlarda keng qo'llaniladi.
O'rta Osiyo respublikalarida zovurlar qadimdan sho'r yerlarda qo'llanilgan. Lekin, 1911 yildan boshlab zovurlar chuqur ilmiy asosda o'rganila boshlandi. 1940 yildan boshlab esa keng qo'llanilib kelmoqda.
Davlat dasturi doirasida 2015-2019 yillar davrida:
3852 km uzunlikdagi ochiq kollektor tarmoqlari 1257 km yopiq-yotiq drenajlar
907 dona vertikal drenaj quduqlari 35 dona meliorativ nasos stantsiyalarni va boshqa ko'plab inshootlarni rekonstruktsiya qilish va qurish ishlari 75 507 km uzunlikdagi kollektor tarmoqlari 8082 km yopiq-yotiq drenajlarni
3639 dona vertikal drenaj quduqlari 126 dona meliorativ nasos stantsiyalarni va 7 mingdan ortiq kollektorlar va gidroinshootlarni ta'mirlash va tiklash ishlari olib borildi.
Hozirgi davrda respublikamizda barcha sho'r yerlarni (2,5 mln) zovurlashtirilgan ularning umumiy uzunligi 120 ming km dan ko'proqni tashkil qiladi yoki xar bir gektar yerdagi ularning solishtirish uzunligi 15-30 m ni tashkil qiladi.
Zovurlashtirilgan yerlarda sho'r yuvishning samaradorligi keskin oshadi, yer zaharli tuzlardan tez tozalanadi va kayta sho'rlanishning oldini oladi.

Zovurlarni vazifasi quyidagilardan iborat:


Sizot suvlar sathini maqbul chuqurlikgacha, ya'ni yer sho'rlanmaydigan va
botqoqlanmaydigan chuqurlikka tushirish. Tuproqdan suvda eriydigan, me'yoridan ortiqcha zararli tuzlarni yuvib tashlash. Chuchuklashtirilgan yoki chuchik sizot suvlar sathini tuproqning qayta sho'rlanishi hamda botqoqlanishiga imkon bermaydigan va unumdorligini ta'minlaydigan darajada saqlash.
Zovurlar 2 guruxga bo'linadi:
1. tabiiy zovurlar (daryolarning eski qurigan o’zanlari, jarliklar va boshqa chuqurliklar).
2. Sun'iy zovurlar 5 tipga bo'linadi:
1. Ochiq gorizontal zovurlar.
2. Yopiq gorizontal zovurlar.
3. Vertikal (tik) zovurlar.
4. Aralash zovurlar.
5. Vaakumli zovurlar.

Sug'oriladigan yerlarda zovurlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi:


Ochiq zovurlar - ochiq bo'ylama chuqurlar orqali sizot suvlarning chiqishi.
Yopiq zovurlar - yopiq quvirlar orqali sizot suvlarni chiqarish.
Tik (vertikal) zovurlar - maxsus quduqlardan sizot suvlarni nasoslar yordamida tortib chiqarish.
Aralash zovurlar - ochiq yoki yopiq zovurlarga qo'shimcha o'rnatilgan tik quduqlar va ulardan sizot suvlarni tabiiy bosimi bilan chiqishi.
Ochik gorizontal zovurlar-
1. Asosan O'zbekistonning eskidan sugorilib keladigan yerlarida qo’llaniladi (Mirzachul, Buxoro, Xorazm, Samarkand, Fargona viloyatlarida).
Ochiq gorizontal zovurlar quyidagi tarmoqlardan iborat bo'ladi:
1. Zovurlar guruxi. 2. Yigish zovurlari. 3. Kollektorlar. 4. Bosh kollektor.

Ochiq gorizontal zovurlar nishabligi 0,001-0,002 (1000 m masofadan farq 1-2 m) va ularning qiyaligi xamda tuproqning mexanik tarkibi xisobiga olinadi 1:1 va yengil tarkibli bo'lganda esa 1:1,5 nisbatda bo'ladi. Shu tarkibdagi zovurlardan okayotgan suvning tezligi 0,25-0,40 m/sek bo'lishi kerak.


Ochiq zovurlarning chuqurligi 2 ga bo'linadi:
1. Umumiy chuqurligi-yer yuzasidan zovurning tubigacha bo'lgan masofa.
2. Ish chuqurligi –er yuzasidan zovurdagi suvning yuzasigacha bo'lgan masofa.
Gurux zovurlar chuqurligi –2,5-3,0 m, yigish zovurlari – 3,0-3,5 m, kollektorlar –4-5 m chuqurlikda bo'lishi maksadga muvofikdir. Ochik zovurlar orasidagi masofa quyidagi omillarga bog'liq bo'ladi: Tuproq-gruntining suvi o'tmaydigan qatlam chuqurligiga, tuproq-gruntining suv-fizik xossalariga, sizot suvlarining pasayish tezligiga va qabul qilingan sizot suvlarining maqbul satxiga, xamda zovurlarning oqim moduliga.
Zovurlarning o'rtacha yillik oqim moduli gektariga 0,15-0,25 l/sek, sho'r yuvish davomida esa 0,50-0,85 l/sek ga ko'payishi mumkin.
Ochiq zovur va kollektorlarning asosiy kamchiliklari:
a) tez ko'milib qoladi va o'zanini o't bosadi, qiyaliklari o'pirilib, yuvilib ketadi va qayta tiklash uchun katta mablag' talab qilinadi;
b) Ko'pincha yuqoridagilar ta'sirida uning ish chuqurligi yetarli bo'lmaydi va sho'r yuvish ishlari sifatli olib borilmaydi;
v) ochiq zovur va kollektorlar yerdan foydalanish koeffitsentini kamaytiradi va bundan tashqari, qishloq xo'jalik ishlarini mexanizatsiyalashga, transport harakatiga halaqit beradi.
Ochiq zovurlarning afzalliklari:
Chuqur zovurlarning sayoz zovurga nisbatan ko'pgina afzalliklari bor:
sizot suvlar sathini va ular kapillyar balandligini ancha chuqurda saqlab turishga imkoniyat beradi;
oqibatda sho'r yuvishda tuproqdagi zararli tuzlar chuquroq yuviladi va tuproqning qayta sho'rlanish havfi kamayadi;
sizot suvlar bosimni ancha oshiradi, shuning uchun ham ularning tezroq chuchuklanishiga sabab bo'ladi:
zovurlarni bir-biridan uzoq masofada qazishiga imkoniyat beradi, natijada zovur inshootlar soni kamayadi, shuningdek, ekin maydoni kengayadi.
Muvaqqat (vaqtinchalik) sayoz zovurlar.
Sho'rlangan yerlarni melioratsiyalashda uzluksiz ishlaydigan chuqur (chuqurligi 2,5-3 m va undan ham chuqur) zovurlardan tashqari yana ko'pgina hollarda qo'shimcha muvaqqat sayoz zovurlardan foydalaniladi. Bunday zovurlardan sho'r yuvishni tezlashtirish, tuproqni to'liq sho'rsizlantirish, uning tez va bir tekis yetilishini ta'minlash maqsadida foydalaniladi.
Muvaqqat zovurlarning chuqurligi va ular orasidagi masofa, m:
Muvaqqat zovurlar kanalokopatellar bilan 0,8-1,2 m chuqurlikda qaziladi. Ular orasidagi masofaning quyidagicha olinishi tavsiya qilinadi: og'ir tarkibli tuproqlarda 30-40 m; o'rtacha tarkibli tuproqlarda 50-60 m; yengil tarkibli tuproqlarda 70-80 m.
Yopiq zovurlarning tuzilishi.

Yopiq zovurlar muayyan chuqurlikka ko'milgan quvur tarmoqlaridan iborat bo'ladi. Yopiq zovurlar Mirzacho'l, Qarshi, Sherabod, Jizzax cho'llarida, Buxoro, Farg'ona va boshqa viloyatlarning yangi o'zlashtirilgan yerlarida keng qo'llanilmoqda.


Yopiq zovurlarning ahamiyati shundaki, ular sizot suvlar sathini butun dala bo'ylab yoki butun sug'oriladigan massiv bo'yicha bir xilda ta'sir ko'rsatib, sug'orishdan yoki sho'r yuvishdan keyin sizot suvlar sathini tezda pasaytiradi va shu tufayli sizot suvlar sathini maqbul chuqurlikda saqlash imkoniyatini beradi. Tuproqning sho'rlanish darajasi asta-sekin kamayib boradi. Bu zovur turi tuproq grunt ichida yopiq holda bo'lganligi uchun yer maydonini egallamaydi va yerdan foydalanish koeffitsenti ochiq zovurlarga nisbatan yuqori bo'ladi.
Yopiq zovurlarning ish printsipi, sizot suv bosimining o'z ta'siri doirasida
taqsimlanishi, suv oqimining yo'nalishi gorizontal ochiq zovurniki singaridir.
Yopiq zovurlarni barpo qilishda dastlab ekskavator yordamida tik qilib tegishli chuqurlik uzinasiga qaziladi. Chuqurlik tubida maxsus supacha tayyorlanib, unga quvur va fil`tr yotqizib chiqiladi.
Quvirlarning tagligi gruntning xossasiga bog'liq. Agar grunt zich va turg'un bo'lsa, quvur to'g'ridan-to'g'ri transheya tubiga, 10 sm qalinlikda shag'al to'sham ustiga yotqizib boriladi.
Yengil tarkibli gruntlarda trasheyaning tubiga 30 sm shag'al to'kiladi (quvir
diametrining yarmigacha shu shag'al ko'miladi. Oqma gruntlarda quvir yog'och novlariga shag'al to'kib, ustiga yotqiziladi.
Zovur uchun odatda qisqa (33-100 sm) sopol yoki uzun (3-4 m) asbotsement quvurlar ishlatiladi.
Hozirgi vaqtda yopiq zovur uchun kovak devorli maxsus fil`trli polietilen
quvurlardan foydalanilmoqda.
Zich gruntlarda kalta (33 sm) sopol quvurlar uchma-uch qo'yib yotqiziladi. quvurlarda loyqa cho'kib qolmasligi uchun tutashgan uchlarining sirtidan aylanasining 2/3 qismiga tol` yopiladi. Bunday zovurlarga sizot suv quvurlarning ostidan tutashgan uchlarining 0,5-1 mm lik oralig'idan (bosim ostida) kiradi.
Kalta va bir-biriga mahkam jipslashtirilmagan quvurlardan qurilgan zovurlar tez ishdan chiqadi. Buning asosiy sababi ayrim zvenolarning vertikal yoki gorizontal surilishidir.
Quvurlarning choklariga yoki quvurning o'ziga ham o'simlik ildizlari tiqilib qolishi mumkin. 3-4 m uzunlikdagi asbotsement quvurlar yotqizilganda ham ularning uchlari bir-biriga xalqalar yordamida berkitiladi. Bunda suv quvurlarga ostidagi mayda teshiklar orqali kiradi (teshik diametri 4-6 mm yoriq eni 2-3 mm bo'ladi).
Zovurning ishlash sharoitiga va undan oqadigan suvning miqdoriga qarab quvur diametri tanlanadi. Boshlang'ich va guruh zovurlari uchun quvurlarning ichki diametri 12-15 dan 20-25 sm gacha yopiq kollektorlar uchun 50 sm gacha qabul qilinadi.
Zovur bo'ylab quvur diametri o'zgarib boradi. Zovur boshida diametri kichik bo'lib, borgan sari kattalashib boradi. Bir diametrdan ikkinchi diametrga o'tish joyi nazorat qudug'iga to'g'ri keltiriladi.
Fil`trlash hamda kapillyarlar bo'yicha suv ko'tara olish xususiyati yomon, mexanik tarkibi og'ir gruntlarda zovurlarni chuquroq qazish yaxshi natija bermaydi. Shuning uchun bunday gruntlarda zovurlar 2,2-2,5 m dan chuqur 1,75-2 m dan kam qazilmasligi kerak.
Lyossimon qumoq tuproqlarda chuqur va doimiy zovurlar qurishda qiyinchiliklarga duch kelinadi. Bunday tuproqlar o'ta namiqqan holda oqish-yuvilish xossasiga ega. Sizot suvlar harakatining bosim kattaligiga bog'liq bo'lgan tezlik yo'l qo'yilgan tezlikdan oshishi bilan bunday gruntlarda suffoziya (yuvilish) boshlanadi; bu esa ochiq zovur qiyaliklarining buzilishiga sabab bo'ladi. Oqma (siljiydigan) qumlar yer yuziga yaqin joylashganda ham zovur qiyaligi uvalanib buziladi.Bunday sharoitda chuqur zovurlar yopiq yoki sayozroq qilinadi.
Zovurlarning o'piriladigan qiyaliklarini mustahkamlash uchun tubi va qiyaliklariga kanal o'qiga perpendikulyar ravishda, qamish bog'lari tushab, ustiga zovur tubidan olingan tuproq tashlanadi.
Sayoz zovurlarda va ularni chuqur qilib qazishning iloji bo'lmaganda (grunt oqma bo'lganda) yig'iladigan suvning ko'paytirishning eng yaxshi usuli shu zovur tubi bo'ylab vertikal burgquduq - kuchaytirgich qazishdir. Bunday burg-quduqlar diametri 15 sm dan bo'lib, ular 2 m chuqurlikda bir-biridan 2 m qochirib qaziladi. Burg'u quduqlar shag'al va qamish bog'lamalar bilan tuldiriladi. Bunday quduqlar - kuchaytirgich sizot suvlar p`ezometrik bosimi kuchli bo'lgan yerlarda zovurdagi suv sarfini 3-4 martaga oshiradi.
Zovurlar oralig'idagi masofani belgilashda zovurning chuqurligi, tuproq-gruntining suv-fizik xossasi (fil`tratsiya va suv berish koeefitsientini), territoriyadagi tabiiy zovurlar, zovurdagi oqimning berilgan o'lchami (moduli), talab qilingan chuqurlik va sizot suvlar sathining pasayish tezligi hisobga olinadi.
Zovur va suv to'sar qatlam qancha chuqur tabiiy suv singdirishi qancha yaxshi bo'lsa, zovurlar orasidagi masofa ham shuncha katta olinadi. Tuproq-gruntining fil`tratsiya va suv berish koeffitsienti oshganida masofa kattalashtirib boriladi.
Fil`tratsiya koeffitsienti tuproq-grunt qatlamini to'yintirgan suvning sizib kirish tezligi (m/sutka yoki sm/sek) bilan aniqlanadi. Bu koeffitsientining qiymati sutkasiga 0,1-1 m dan (suv o'tkazishi yomon bo'lgan juda og'ir tarkibli gruntlar uchun) 5-10 m gacha (suv o'tkazishi yaxshi bo'lgan yengil tarkibli gruntlar uchun) bo'ladi.
Suv berish koeffitsienti to'la nam sig'imigacha to'yingan tuproqdan erkin oqib chiqqan suv hajmining shu grunt hajmiga bo'lgan nisbatini ko'rsatadi. Bu koeffitsient grunt qalinligidagi zovurga kira olgan erkin suv hajmini belgilaydi. Suvi qochiriladigan qatlamning qalinligiga va tuproq-gruntiga qarab u grunt hajmini 3-5% dan 15-20% gacha (bazan undan ham ko'p) qismini tashkil qiladi.
Zovurlar oralig'idagi masofani hisoblashda zovur suvi oqimining berilgan moduli nazarda tutiladi. Zovur okimning moduli vaqt birligida har gektardan keladigan (zovur) suv sarfidir. U bir gektoriga l/sek hisobida ifoda qilinadi. Sug'oriladigan sho'rlangan yerlarda turli tuproq va gruntlar uchun zovur suvi oqimining o'rtacha yillik miqdori, odatda, har gektarda 0,15-0,25 l/sek bo'ladi. Sho'r yuvish davrida oqim moduli ko'payadi (gektariga 0,5-0,85 l/sek va undan ham ko'proq).
Zovur oqimi modulining qiymati ortsa, zovurlar oralig'idagi masofa qisqaroq olinadi va aksincha, modul miqdori kamaysa, zovur oralig'idagi masofa kattaroq olinadi.
Zovur oralig'idagi masofa zovur chuqurligiga va sizot suv sathining pasayish
tezligiga ham bog'liq. Zovur qancha chuqur, sizot suv sathi qancha tez pasaysa, zovur oralig'i ham shuncha qisqa bo'lishi kerak.
2-2,5 chuqurlikdagi zovurlar og'ir tarkibli gruntlarda 100-125 m, yengil gruntlarda 200-300 m masofadagi sizot suv sathini pasaytira oladi.
Nazorat savollari:
1. Zovurlashtirish deb nimaga aytiladi?
2. Davlat dasturi doirasida 2015-2019 yillar davrida qanday ishlar amalga oshirildi?
3. Zovurlarni vazifasi nimalardan iborat?
4. Sug'oriladigan yerlarda zovurlarning qaysi turlaridan foydalaniladi?
5. Zovurlar oralig'idagi masofani belgilashda nimalar xisobga olinadi?
10-mavzu: TUPROQ EROZIYASI, SEL OQIMI VA ULARNI OLDINI OLISH HAMDA QARSHI KURASH TADBIRLARI. FERMER XO‘JALIKLARIDA SUVDAN SAMARALI FOYDALANISHNI TASHKIL QILISHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI.



Download 6,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish