Dehqonchilik va melioratsiya


Tuproqning radiatsiya va issiqlik balansi



Download 88,9 Kb.
bet7/10
Sana28.05.2022
Hajmi88,9 Kb.
#613993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi

2.3.Tuproqning radiatsiya va issiqlik balansi.
Yer yuzasiga keluvchi quyosh energiyasi qisman tuproqqa singib, uning bir qismi atmosferaga qaytariladi.
Tuproq yuzasida singdiriladigan va undan nurlanadigan quyosh radiatsiyasining kirimi va sarfiga radiatsiya balansi deyiladi. Tuproqning radiasiya balansi musbat va manfiy bo‘lishi mumkin. Ana shunga ko‘ra tuproq yuzasining isishi yoki sovushi belgilanadi. Quyosh radiasiyasi tuproq yuzasiga yetib kelgandan keyin, issiklik radiasiyasiga o‘tadi.
Issiqlik balansi quyidagi qismlardan iborat: radiasiya balansi ko‘rsatkichi (Rb) dan; transpirasiya va fizik bug‘lanish uchun sarflanadigan issiqlik (It) dan tashkil topgan va bu issiqlik tuproqdagi nam miqdoriga bog‘liq bo‘lib, radiasiya balansining 7080 foizgacha yetadi; tuproq yuzasi va uning ancha chuqurligi orasidagi issiqlik almashinuvi uchun sarflanadigan issiqlik (Is); issiqlik oqimi tuproq yuzasidan pastga (yozda, kunduzi) yoki pastdan yuqoriga qarab (qish, kechasi) harakatlanishi mumkin; havoni qizdirish uchun sarflanadigan issiqlik (Ik) dan iborat. Energiyaning saqlanish qonuniga asosan tuproq yuzasiga ayni vaqtda keladigan issiqlik miqdori, uning sarfiga barobar bo‘lganidan issiqlik balansi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:

Tuproqning issiqlik balansi joyning geografik holati, relyefi, yil mavsumi va sutkaning vaqti, tuproq xossalari, o‘simliklari hamda meteorologik sharoitlari va boshqalarga bog‘liq.
14
O‘rtacha yillik harorat va tuproqning muzlash xarakteriga ko‘ra V.N.Dimo (1972) tuproq issiqlik rejimining quyidagi: muzloq, uzoq mavsumiy muzlaydigan, mavsumiy muzlaydigan, muzlamaydigan tiplarini ajratadi.
2.4.Tuproqning issiqlik rejimi ahamiyati va uni yaxshilash tadbirlari.
Turli o‘simliklarning optimal (mo‘tadil) o‘sib rivojlanishi uchun, uning ayrim vegetativ davrlarida har xil miqdordagi issiqlik talab etiladi.




Ekinlar

Ur

ug‘lar

Unishi

Ko‘karib chiqishi

Bug‘doy, arpa, no‘xat, beda

0 – 1

2 – 3

Lavlagi, zig‘ir

3 – 4

6 – 7

Kartoshka, kungaboqar

5 – 6

8 – 9

Jo‘xori, tariq, soya

8 – 10

10 – 11

Loviya, kanakunjut

10 – 12

12 – 13

G‘o‘za, kunjut, sholi, araxis

12 – 14

14 – 15

Tuproqdagi issiqlik (ma‘lum chegaragacha) qanchalik yuqori bo‘lsa, o‘simliklarning o‘sib rivojlanishi shunchalik tez boradi.
Yuqori harorat ham o‘simliklarga salbiy ta‘sir etadi. Jumladan, kartoshkada tuganaklarning hosil bo‘lish jarayoni pasayadi. Past haroratda o‘simliklarning o‘sishi susayib, vegetasiya davri cho‘ziladi va o‘simliklar hosili ozayadi. Bunday sharoitda o‘simliklarga tuproqdan nam va oziq moddalar, ayniqsa, fosfor hamda azotning o‘tishi kamayadi, biologik-kimyoviy jarayonlar susayib, oziq moddalarning almashinuvi buziladi.
Bularning barchasi ekinlar hosildorligining kamayishiga keladi.
15

Tuproq harorati mikroorganizmlarning hayot faoliyatiga va ular ta‘sirida kechadigan biokimyoviy jarayonlar (organik moddalar qoldiqlarining parchalanishi, ammonifikasiya, nitrifikasiya va boshqa jarayonlar) ga katta ta‘sir etadi. Ko‘pchilik mikroorganizmlar uchun optimal harorat 25-35 atrofidadir.
Tuproq haroratining oshishi bilan tuproq eritmasidagi gazlarning eruvchanligi kamayadi, ammo kimyoviy reaksiyalar aktivligi oshadi. Qo‘llaniladigan o‘g‘itlar samarasi, tuproqdagi namning bug‘lanishi va uning tuproq gorizontlari bo‘ylab tarqalishi ham haroratga bog‘liq.
Tuproqning issiqlik rejimi sharoitlarini yaxshilash yo‘li bilan quyosh radiasiyasini tartibga solish, uning ta‘sir kuchini pasaytirish yoki havoga tarqalishi bilan uning yo‘nalishini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar sistemasini ishlab chiqishda muhim rol o‘ynaydi. Shimoliy rayonlarda yozgi mavsumda namlik yuqori bo‘lishi va quyosh radiasiyasining kam tushishi sababli, tuproq haroratini oshirishga, Janubiy qurg‘oqchil rayonlarda esa, uni pasaytirishga qaratilgan tadbirlar olib boriladi. Quyosh issiqligini tartibga solish tadbirlari sistemasiga tuproq yuzasini o‘simlik qoplami bilan soyalantirish va mulchalash, yerni ishlashning ba‘zi usullaridan (yumshatish, qatok bosish) foydalanish, ekinlarni pushtaga ekishni qo‘llanish singarilar kiradi
. O‘simlik qoplami tuproq yuzasini soyalantirib, quyosh issiqligining kelishini kamaytiradi, shu bilan haroratning pasayishiga olib keladi.
16
Mulchalash, ya‘ni mayda torf, chirindi, go‘ng, somon, mulcha qog‘ozi, plyonka kabi turli materiallar bilan tuproq yuzasini yopish yoki berkitish orqali tuproq harorati tartibga solinadi. Bu agrotexnik usul ayniqsa, sabzavotchilikda keng ishlatiladi.
Har qanday mulcha bilan yopilgan tuproq yuzasidan namning bug‘lanishi va shu bilan issiqlik sarfi ham kamayadi.
Mulchalash issiqlikning sutkalik o‘zgarishini tartibga soladi. Mulchalash keyingi yillarda paxtachilikda ham qo‘llanila boshlandi. M.V.Muhammadjonovning ma‘lumotiga ko‘ra (1982) g‘o‘za ekilgan qatorlarni yupqa (0,5 mm) qora plyonka bilan mulchalash orqali asosan qalin qatqaloq hosil bo‘lishining oldini olishga, tuproq haroratini 1,5-40S ko‘tarishga, chigitlarning to‘la to‘kis unib chiqishiga,
o‘simliklar rivojini 8-10 kunga tezlashtirishga va paxta hosilini gektariga 5-6 s oshirish imkoniyatiga ega bo‘linadi.
Yerni ishlash va tuproqning ustki qismini yumshatish tuproq issiqligining tez almashib turishini ta‘minlaydi. Tuproq haroratini tartibga solishning eng muhim vositalaridan yana biri, qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orishdir.
Sabzavotchilikda tuproqning issiqlik rejimini yaxshilash uchun tuproq yuzasi va havoning quyi yer usti qatlamini isitish tadbirlaridan foydalaniladi. Shu maqsadda bioyoqilg‘i, issiq suv, bug‘ va elektr isitkichlardan foydalanish va plyonka bilan yopish usullari qo‘llaniladi.
17
Tuproq haroratini oshirish uchun bug‘ va issiq suv bilan isitish usulidan keng foydalaniladi. Shu maqsadda tuproqning yuqori madaniy qatlamlaridan 40-70 sm chuqurlikda qilib, trubalar o‘tkaziladi va ular orqali issiq suv, bug‘ yuboriladi. Sovuq davrlarda tuproqning issiqlik rejimini yaxshilash, uchun qor to‘plash meliorasiyasidan foydalaniladi. Qor to‘plangan maydonlarda kuzgi-qishki ekinlar muzlashdan saqlanadi, tuproqda nam ko‘payadi va natijada ekinlar hosili oshadi.

Download 88,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish