Dehqonchilik



Download 20,58 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi20,58 Kb.
#723237
Bog'liq
Dehqonchilik


Dehqonchilik - 1) oʻsimlik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun madaniy oʻsimliklar (q.x. ekinlari)ni yetishtirish; q.x.ning asosiy tarmoklaridan biri. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari, chorvachilikni yem-xashak, koʻpgina sanoat tarmoushri (oziq-ovqat, toʻqimachilik, farmatsevtika va b.)ni xom ashyo bilan taʼminlaydi. Chorvachilik bilan uzviy bogʻliq. Dalachshshk (asosiy tarmoq), sabzavotchshshk, polizchshshk, bogʻdorchilik, gulchilik, yaylov-oʻtloqchilik kabi tarmoklarga boʻlinadi.
D.da ekinlarni parvarishlash va mahsulotlar yetishtirish texnologiyasining asosiy tadbirlari: mahalliy tuproq-iqlim sharoitiga moslashgan, qimmatli biologik va xoʻjalik belgilariga ega boʻlgan navlar (duragaylar)ni tanlash, almashlab ekishla eng yaxshi oʻtmishdoshni tanlash; ekin ekiladigan maydonlarda yerga yaxshi ishlov berish va oʻgʻitlarni qoʻllash; urugʻlikni ekishga tayyorlash, ekish (muddatlari, urugʻlik ekish normasi, ekish usuli, ekish chuqurligi); ekinlarni parvarishlash (tuproqqa ishlov berish, oziqlantirish, begona oʻtlarni yoʻqotish, ekinni zararkunandalar va hasharotlardan himoya qilish, defoliantlar, desikantlar qoʻllash); hosilni yigʻib-terib olish (asosiy va ikkilamchi mahsulotlarni yigʻib-terib olish muddatlari va uni tashkil qilish, dalani oʻsimlik qoldiklaridan tozalash, hosil yigʻib olingandan keyin yerni haydash); yigʻib olingan hosilga dastlabki ishlov berish va b.
Q.x. ekinlarini yetishtirishda mukammal agrotexnologiya mintaqa, muayyan hudud, xoʻjalik, almashlab ekish dalasining tuproq-iqlim sharoitlari va ekiladigan oʻsimlik xususiyatlariga, shuningdek, xoʻjalikning ishlab chiqarish resurslariga mos kelishi kerak. D.ning asosiy vazifasi ekinlarni yetishtirishning ilmiy asoslangan jadal texnologiyalari negizida don, sabzavot, meva va b. mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirishdan iborat.
Tuproq, joy, iqlim sharoitlarining xilma-xilligiga qarab D.da ekiladigan ekinlar, tuproqqa ishlov berish usullari katta farqlarga ega. Namgarchilik yetarli boʻlgan moʻʼtadil mintaqalarda turgʻun D., qurgʻoqchilik hududlarida sugʻorma D., nam subtropik va tropiklarda 2—3 marta hosil yetishtiriladigan yil boʻyi D. paydo boʻlgan. Shu munosabat bilan har bir mintaqa uchun dehqonchilik tizimi ishlab chiqiladi. Shim. yarim sharda D. ning quyidagi turlari paydo boʻlgan: turgʻun D. (tuproq-iqlim sharoitlari turli xil asosiy ekinlarni sugʻormasdan yetishtirish imkonini beradigan hududlarda); qurgʻoqchil D. (ob-havo sharoitlari, atm yogʻinlari beqaror boʻlgan dashtlarda); lalmi D. (q.x. ekinlarini yetishtirish faqat atm yogʻinlariga bogʻliqboʻlgan, sugʻorilmaydigan yerlarda); sugʻorma D. (choʻl, chala choʻl quruq dasht hududlarda); togʻ D. (tuprogʻi kam taraqqiy etgan, ammo tabiiy unumdorligi yuqori boʻlgan togʻli hududlarda); qutb D. (Chekka Shimol mintaqasida).
D. tosh davrining soʻnggi bosqichi (neolit)da paydo boʻldi. Tuproqni yum-shatishda ishlatilgan dastlabki qurol-yogʻoch yoki tosh poynakli yogʻoch soʻqa hisoblanadi. Tuproqqa ishlov berish qurollari (soʻqa, omoch, ketmon, plug) va ot-ulov kuchlari (ot, hoʻkiz, traktor, elektr tortish qurilmalari)ning takomillashib borishiga qarab haydalma D. paydo boʻldi va rivojlandi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning oʻsishi, tabiatshunoslik fanlarining rivojlanishi natijasida D. usullari ham oʻzgarib, asta-sekin ekstensiv shakllardan (olinadigan yalpi hosilni ekin maydonlarini kengaytirish hisobiga koʻpaytirish) intensiv shakllarga (yer maydonlarini kengaytirmagan holda ekinlar hosildorligi oʻsishini turli omillar — mexanizatsiya, melioratsiya, kimyolashtirish, agrotexnika va b. hisobiga taʼminlash) oʻtib, takomillashib bordi.
Hoz, davrda jahonda D. qilinadigan va koʻp yillik daraxtzorlar bilan band boʻlgan yerlar 1512 mln. ga ni tashkil qiladi. Jahon D.da bugdoy, sholi, makkajoʻxori, arpa, kartoshka, sabzavotpoliz ekinlari, mevalar, uzum eng koʻp ekiladi.
Jahon D.da sugʻoriladigan jami yerlar maydoni 271,4 mln.ga ni tashkil etadi. Sugʻoriladigan maydonlar (mln.
ga): Afrikada — 12,5, Shim. Amerikada — 30,4, Osiyoda — 191,2, Yevropada — 24,6, Avstraliyada — 2,4. Jahonda AQSH, Xitoy, Hindiston, Rossiya, Qozogʻiston kabi mamlakatlarda katta maydonlarda D. qilinadi. Haydaladigan va doimiy ekiladigan yer maydoni AQShda 176,9 mln.ga (sugʻoriladigan yerlar 21,4 mln.
ga), Xitoyda 124,1 mln.ga (sugʻoriladigan yerlar 52,5 mln.ga), Hindistonda 161,9 mln.ga (su-goriladigan yerlar 59 mln.ga), Rossiyada 127,9 mln.ga (sugʻoriladigan yerlar 4,6 mln.ga), Qozogʻistonda 30 mln.
ga (sugʻoriladigan yerlar 2,3 mln.ga). 20-a. oxiriga kelib Yevropa mamlakatlarida ham sugʻorma D. rivojlandi. Sugʻoriladigan yerlar maydoni (mln.ga) Fran-siyada — 2, Italiyada — 2,7, Ruminiyada — 2,8, Ispaniyada — 3,6, Ukrainada — 2,5 ni tashkil qiladi (1999).
Oʻrta Osiyo, shu jumladan Oʻzbekiston D.ning qadimiy markazlaridan biri hisoblanadi. Ibtidoiy D.dan madaniy D.ka oʻtish davrida Oʻrta Osiyoda Osiyo hamda Yevropaning boshqa mintaqalariga Karaganda yerni ishlashda qoʻllanilgan temir qurollar ertaroq paydo boʻlgan. SP. Tolstovning taxminicha, mil. av. 2-ming yillikning oʻrtalarida Xorazmda qayir tipidagi sugorishga asoslangan chopiq qilinadigan D. rivoj topgan. Fargʻona vodiysida ibtidoiy jamiyatda yashagan urugʻlar (ayniqsa jez davrida) soy va dare etaklarida liman usulida sugʻorishnn qoʻllab, loyqa bosgan yerlarga tariq, arpa va b. donli ekinlar ekishgan. Arxeologik tadqiqotlarning koʻrsatishicha, Oʻrta Osiyoda mil. av. 10-a.
da, asosan gʻalla ekinlari, sholi, gʻoʻza, kunjut, qovun, tok va b. oʻstirilgan.
20-a. boshlariga qadar Oʻrta Osiyoda, xususan hozirgi Oʻzbekiston hududida D.ning texnikaviy va agronomik darajasi past edi. Asosan ekstensiv D. tizimi qoʻllanilgan. Barcha q.x. ekinlari, jumladan gʻoʻza, makkajoʻxori, oq joʻxori, sholi, boshoqli don, dukkakli don ekinlari faqat qoʻl kuchi bilan yetishtirilar, don ekinlari hosildorligi gektariga 6—7 s dan oshmas edi. Asosiy ulov — ot, hoʻkiz, tuya, q.x. qurollari — omoch, ketmon, oʻroq, yogʻoch moladan iborat boʻlgan, mineral oʻgʻitlar umuman qoʻllanilmagan. 20-a.ning 20-y.laridan Oʻzbekistonda D.ning ilmiy bazasini yaratish boshlandi, tajriba st-yalari, tajribatayanch xoʻjaliklari, i.t. va oʻquv institutlari tashkil etildi, D.da turli mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilishning ki-myoviy vositalaridan foydalanila boshlandi, respublikaning oʻzida oʻgʻitlar ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari qurildi, irrigatsiya-melioratsiya qurilishi rivojlantirildi. Oʻzbekistonda keyingi 90 yil mobaynida asosiy D. qilinadigan sugʻoriladigan yerlar maydoni 2,34 marta koʻpaydi va 2000 y.ga kelib 4238,6 ming ga yetdi (1914 y.da 1809,5 ming ga). Q.x. ishlab chiqarishda mexanizatsiyani keng joriy qilish natijasida D. madaniyati yuksaldi: ekinlarni yetishtirish agrotexnologiyasi yaxshilandi, mineral oʻgʻitlardan foydalanishning salmogʻi va ularning turk tarkibi ortdi, tuproqning meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari keng koʻlamda amalga oshirildi, davlat nav va urugʻlik nazorati ishlari yoʻlga qoʻyildi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin umuman mamlakat q.x.da, shu jumladan D.da chuqur islohotlarni amalga oshirish davri boshlandi. Birinchi navbatda D.ni olib borishning tashkiliy shakllari oʻzgartirilib kolxozlar va sovxozlar dastlab jamoa xoʻjaliklariga, soʻngra 1995 y.dan boshlab shirkatlar, ijarachilar uyushmalari, xalq korporatsiya va b.ga aylantirildi, dehqon xoʻjaligi, fermer xoʻjaligi kabi yangi xoʻjalik yuritish shakllari paydo boʻldi, q.x. korxonalarida oila pudrati keng yoyildi, aholining tomorqa xoʻjaligini rivojlantirishga eʼtibor berildi.
Oʻzbekistan Respublikasida D.da tub burilishlarning huquqiy asoslarini yaratadigan "Yer toʻgʻrisida" (1990), "Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida" (1993), "Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida", "Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida", "Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida" (1998) va b. qonunlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi (1998) qabul qilindi va amalga kiritildi.
Respublika q.x.da D. yetakchi oʻrinda turadi, uning q.x. yalpi mahsuloti hajmidagi hissasi 60—65%. D.da agrotexnikaning ilgʻor usullarini qoʻllash, ekinlarning hosildor navlarini yaratish, navlarni muttasil yangilash va nav almashtirish, oʻgʻitlardan samarali foydalanish, oʻsimliklar himoyasi xizmatini yoʻlga qoʻyish, ekin maydonlari tarkiblarini oʻzgartirish tufayli yuqori natijalarga erishildi. D.da gʻoʻza maydonlari qisqartirildi, aholini oziq-ovqat bilan taʼminlashni tubdan yaxshilash uchun respublikada don ekinlari maydoni koʻpaytirildi va respublikaning gʻalla mustaqilligi taʼminlandi. 2000 y.da jami toifadagi xoʻjaliklarda ekin ekilgan maydonlar 3774,9 ming ga ni tashkil qildi. Ekin maydonlari tarkibida don ekinlari — 42,7, gʻoʻza — 38,2, sabzavot — 3,4, kartoshka — 1,4, yem-xashak ekinlari — 11,3, poliz ekinlari — 0,9% tashkil etdi. Respublika dehqonchiligida texnika ekinlari (gʻoʻza, tamaki, qand lavlagi), don ekinlari (bugdoy, sholi, arpa, makkajoʻxori, dukkakli don ekinlari), sabzavot-kartoshka, poliz ekinlari, yem-xashak ekinlari, bogʻdorchilik oʻz ahamiyatiga koʻra yetakchi oʻrinlarda turadi. Respublikada 2000 y.da (ming t) paxta — 3001,8, don — 3915,7, shu jumladan bugʻdoy — 3521,7, sholi — 154,8, makkajoʻxori doni — 131,4, kartoshka — 729,8, sabzavotlar — 2637,3, poliz mahsulotlari — 457,3, meva va rezavor meva — 796,9, uzum — 625,4 yetishtirildi.
D. madaniyatini ogʻishmay oshira borish, fan yutuklarini va ilgʻor tajribalarini keng joriy etish natijasida Oʻzbekistonning koʻpgina ilgʻor xoʻjaliklarida paxta hosildorligi gektariga 35—45 s, boshokli don ekinlari 50—70 s, sholi 60—70 s, kartoshka 250—300 s, poliz ekinlari 300—400 s, makkajoʻxori doni hosil-dorligi 80—100 s ga yetdi (q. LalmikorlikSugʻorma dehqonchilik);2) q.x. ekinlarini yetishtirish va tuproq unumdorligini oshirishning umumiy usullarini oʻrganadigan fan (agronomiyaning boʻlimi). D. fan sifatida yuqori va barqaror hosildorlikni taʼminlash uchun tuproqqa hamda ekinga taʼsir koʻrsatishning turli usullarini, xususan, tuproqning oʻsimlik oʻsishi va rivojlanishi uchun qulay sharoitlarni taʼminlaydigan suv, ozuqa, havo va harorat rejimini boshqarish, ilmiy asoslangan D. tizimlarini va eng maqbul almashlab ekishni, shuningdek, hosildorlikni pasaytiradigan sal-biy omillar (qurgʻoqchilik, garmsel, tuproq eroziyasi, begona oʻtlar va b.)ni bartaraf etish yoki ularning taʼsirini kamaytirish usullarini oʻrganadi va ishlab chiqadi. D. tuproqshunoslik, agrofizika, agrokimyo, seleksiya, urugʻchilik, kishlok xoʻjaligi fi-topatologiyasi, entomologiya, melioratsiya, meteorologiya, yer tuzish va b. bilan chambarchas bogʻliq. D. ka oid i.t. ishlari i.t. muassasalari, tajriba styalari, tajriba dalalari va tayanch punkt larida, q.x. oliy oʻquv yurtlarining tajriba dalalarida olib boriladi (yana q. Oʻsimlikshunoslik).
Adabiyot[tahrir]
Download 20,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish