Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan fanidan ma’ruza ma'tinlari doc


Tajribada o’tkaziladigan kuzatishlar, taxlillar, o’lchashlar



Download 1,29 Mb.
bet92/110
Sana01.06.2022
Hajmi1,29 Mb.
#625871
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   110
Bog'liq
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan fanidan ma’ruza ma\'ti

2. Tajribada o’tkaziladigan kuzatishlar, taxlillar, o’lchashlar. Dala tajribasida amalga oshiriladigan kuzatish va hisob-kitob ishlari avvaldan tuzilgan reja asosida bajariladi.
Kuzatish agronomiya fanida ilmiy tekshirishning mustaqil usuli hisoblanmaydi, chunki u hodisalarning mohiyatini aniqlamaydi. Lekin, o’simlikning bir necha belgi- xususiyatlari o’rtasidagi aloqadorlikni aniqlashga yordam beradi va ilmiy tekshirishning asosiy usuli – tajribaning eng zarur qismi bo’lib, uni faol kuzatish deyiladi.
Tajribaning kuzatishdan va o’zaro aloqadorlikdan o’ziga xos farqli xususiyati shundaki, bunda bo’lajak tekshirish ishining shart-sharoitini yaratish uchun oldindan fikr yuritiladi. Bo’lajak tajriba natijasini oldindan ko’ra bilish ilmiy ishning eng qiyin va mas’uliyatli qismi hisoblanib, u ilmiy xodimdan chuqur bilimdonlikni, ijodiy fikr yuritish, hodisalarning aniqlanmagan yo’nalishlarini qidirish, ishda qobiliyatli, sabotli, tirishqoq yangilik yaratish sari intilishni talab etadi. Tadqiqotchi fikri-zikrini yig’ib, tekshiriluvchi masalaga yo’naltirishi, u haqda surunkali o’ylashi lozim.
Bilish nazariyasi jihatidan kuzatish bilan tajriba o’rtasida keskin farq mavjud bo’lib, kuzatishda tashqi muhit ta’siri aks ettiriladi, u miyaga tashqaridan kirib, faktlar qayd qilinadi
– yoziladi, tajriba esa bizning ongimiz, tafakkurimizdan chiqadi va u faraz qilingan narsalarni dalillar asosida amaliy jihatdan tekshirish orqali hal qilinadi (B.A.Dospexov, 1965).
Tajriba kuzatishga nisbatan ko’proq ustunlikka ega bo’lib, u tabiatdagi hodisalarning ro’y berish qonuniyati sirini ochishga, hodisalarning mohiyati, kelib chiqish sababini aniqlashga qaratilgan. Ulug’ olim I.P.Pavlovning ta’riflashicha - «Kuzatishda tabiat taqdim qilganlar yig’iladi, tajribada esa tabiatdan o’zining maqsadiga mos keladigani, ya’ni keraklisi ajratib olinadi».
Hodisalarni kuzatish har xil odamda har xil darajada bo’lib, u insonning tabiiy qobiliyati, mashq qilish darajasi, oilaviy tarbiyasi va obyektni yaxshi bilishiga bog’liq. Aynan shunday, bilimga tashna, unga qiziqqan va havasi zo’r inson eng qimmatli kuzatuvchi hisoblanadi (A.L.Sanaqulov, 2003).
Tajriba ishida kuzatish 2 guruhga bo’linadi:

  1. O’simlikni o’rab turgan tashqi muhitni, jumladan, ob-havo, tuproq va uning xili, kimyoviy tarkibi, namlik va issiqligi, sho’rlanish darajasi, kasallik va zararkunandalar, mikrobiologik va boshqa holatlarni kuzatish;

  2. O’simlikning o’zini, nihollarning unib chiqishi, tup qalinligi, o’sish jarayonida shox, novda, barg, gul va mevalar hosil qilishi, hosili, uning sifati va boshqalarni kuzatish.

Kuzatish jarayonida quyidagilarga ahamiyat berish zarur: u ma’lum maqsad asosida olib borilishi va faol bo’lishi; kuzatiladigan obyekt yoki ko’rsatkichlarni to’g’ri tanlash va asosiylariga birinchi galda ahamiyat berish; sezish organlarining xulosasiga ehtiyotkor bo’lish bilan birga, texnika va asbob-uskunalardan ko’proq foydalanish, kuzatish tufayli yig’ilgan ma’lumotlarni albatta yozib borish. Shuningdek, olingan ma’lumotlarning anik, xakkoniy va ishonchli bulishi shart, aks xolda ular isbotlab beradigan kuchga ega bulla olmaydi. Bu fikr ma’lumotlarning fakat arifmetik jixatdangina (masalan, sm, dona, s, t.) anik bulishi tugrisida emas, balki ma’lumotlarning obyektiv xakkoniyligi tugrisida borayapti.
O’simliklarda asosan oddiy va fenologik kuzatishlar olib boriladi.
Oddiy kuzatishlar tekshiruvchining hohishi asosida tuziladi, masalan, 1 may, 5 may, 15 may, 25 may va hokazo.
Fenologik kuzatishlar o’simliklarning o’sishi va rivojlanish fazalari bo’yicha olib boriladi. Fenologik kuzatishlarda fenologik fazalarning boshlanishi va tugash muddati aniqlanadi. Paykaldagi hamma o’simliklarning 10 %i mazkur davrga (fazaga) kirishi shu davrning boshlanishini, 75 %da bo’lishi tugashini ko’rsatadi. Fenologik kuzatishlarni bir kishi doimo ma’lum bir vaqtda o’tkazishi kerak.
Tajribalar natijasi aniq bo’lishi uchun har bir variant va takrorliklarni bir-biridan aniq farq qilish kerak, buning uchun paykallarga qoziq qoqiladi yoki tajriba mazmunini yorituvchi

107


yorliqlar o’rnatiladi. Yorliqlar ixcham, chiroyli qilib bo’yaladi, yozuvlari qisqa va aniq bo’lishi kerak.
Tajribada o’simliklarda kuzatish va hisobot olib borish uchun har bir paykaldan 100 donadan (model) o’simliklar ajratiladi. Bunda qator orasi ishlanadigan ekinlar uchun qator boshidan va oxiridan 33 tadan, qator o’rtasidan 34 ta o’simlik olinadi hamda yorliq bilan belgilanadi. Yoppasiga ekiladigan ekinlarda har bir paykaldan 1-2 m2 maydon ajratilab, shunda kuzatish ishlari olib boriladi. Hamma variantlarda ikki takrorlikda shu tartibda ish bajariladi (1 va 3 yoki 2 va 4- takrorliklarda). Butun vegetasiya davomida bu o’simliklarga teginilmasdan, faqat kuzatish va hisobot ishlari olib boriladi.
Kuzatish va tajriba ma’lumotlaridan foydalanib, xodimni qiziqtiruvchi o’simlikning ikki yoki ko’pchilik belgi-xususiyatlarini o’zaro taqqoslash orqali, ular o’rtasidagi bog’liqlik (korrelyasiya) borligini aniqlash mumkin. Agar o’simlikning bir ko’rsatkichiga bog’liq (o’simlikdagi hosil shoxining ko’payishi) holda ikkinchi ko’rsatkichi (hosildorligi) mutanosib ravishda ko’payib borsa, bu to’g’ri korrelyasiya (aloqador), aksi bo’lsa, teskari aloqadorlik mavjud deyiladi. O’zaro aloqadorlik borligini aniqlash tufayli hodisalarning mohiyati, ularning paydo bo’lish sabablarini bilish va natijada hodisalarni foydali tomonga qarab o’zgartirishni boshqarish yo’llarini topish mumkin.

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish