O’zbekistonda o’sadigan ba’zi begona o’tlar urug’ining soni
Begona o’tlar
|
O’suv davrida bir tupdagi urug’lar soni
(dona)
|
Yulduz o’t
|
15-25000
|
Oksho’ra
|
1000-150000
|
Jag’-jag’
|
1250-73000
|
Semiz o’t
|
1750-74100
|
Ko’k itqunoq
|
700-6000
|
Oq itqunoq
|
150-6000
|
Mayin
|
167-1600
|
|
130-600000
|
Eshaksho’ra
|
500000
250-5000
|
Yovvoyi gultojixo’roz
|
260000
|
Pechak
|
25-7000
|
Tuyaqorin
|
500-236000
|
Kakra
|
1500-20000
|
G’umay
|
500-55000
|
I. Qashqarbeda
|
100-175000
|
Bangidevona
|
950-11000
|
Shumg’iya
|
300-20000
|
Buztikan
|
500-10000
|
Ajriq
|
50000
|
Salomalaykum
|
150000
|
Qamish
|
|
Shuvoq
|
|
Begona o’tlarga qarshi kurashishdagi qiyinchiliklardan biri ular urug’ining bir tekis unib chiqmasligidir, chunki ular har xil namlik va temperatura talab etadi. Masalan, yulduzo’t urug’i o’rtacha 30S da, yaltirbosh metlaniki 10-12 0S da, yovvoyi gultojixo’roz, kurmakniki 23-27 0S da, qo’ypechak, g’umayniki 25-30 0S da unib chiqadi.
Eshaksho’ra urug’ining unishi uchun o’zining quruq og’irligiga qaraganda 60 %, qo’ypechak – 100%, ituzum –271,42 % suv talab qiladi.
Olabuta yetilganlik darajasi har xil bo’lgan urug’ hosil qiladi. Oq rangli, yirikroq urug’lar qulay sharoit bo’lsa, pishib to’kilgan yili unib chiqadi, mayda jigarrangli urug’lar ikkinchi yili, mayda qalin pustli qora yaltiroq urug’lar esa uchinchi yili unib chiqadi. Begona o’tlarning urug’i har xil muddatlarda unib chiqaveradi, shuning uchun dalalarda yil davomida begona o’tlarni uchratish mumkin. Agar ular bir vaqtda unib chiqqanda edi, ularni yo’qotish ancha oson bo’lar edi.
Madaniy o’simliklarga qaraganda begona o’tlar urug’ining barvaqt yetilishi va pishishi ularga xos xususiyatdir. Hosil yig’im-terimi boshlanguncha begona o’tlar urug’i pishib, yerga to’kiladi va bir qismi hosilga qo’shilib ketib uni ifloslantiradi. Agar begona o’tlarning urug’i pishib to’kilgandan keyin bir tekisda unib chiqqanda edi, ularga qarshi kurash bir muncha yengillashgan bo’lar edi.
Begona o’tlarning ko’payishi va tarqalishi
Begona o’tlarga qarshi kurashda avvalo ularning ko’payishi, tarqalishi, yani dalalarni ifloslantiruvchi manbalarini aniqlash katta ahamiyatga ega.
28
Bir yillik va ikki yillik begona o’tlar asosan urug’lari bilan ko’payadi. Ko’p yillik begona (g’umay, ajiriq, qamish, salomalaykum, qo’ypechak, yantoq, kakra kabi) o’tlar urug’lari va vegetativ organlari poya bulaklari, bachki ildizi va ildiz poyalaridan ham ko’payadi. Begona o’tlarning urug’lari shamol, suv, go’ng, hayvonlar, qushlar va urug’lik bilan tarqaladi. Qamish, ilon o’t, oq bosh, bo’z tikan, qushqo’nmas va boshqalarning urug’lari asosan shamol yordamida tarqaladi, chunki ularning urug’larida turli moslamalar (zontiksimon, parashyutsimon uchmalar, qanotchalar va boshqalar) bor. Ular shu moslamalari yordamida havoga bemalol ko’tariladi va havo oqimi, shamolning yo’nalishi bo’yicha uchib yuradi.
Shuvoq, quytikan, sho’ra kabi begona o’tlar o’suv davrining oxirida kuzda yumaloq shar shakliga kiradi va ildiz bug’zidan uziladi, natijada, ular shamol yordamida keng dalalar buylab yumalab yurib yo’l-yo’lakay urug’ini to’kib ketadi.
A.Juraqulov (1987) malumotlariga ko’ra, begona o’tlar shamol yordamida eng ko’p oktyabr va noyabr oyilarida tarqalishi kuzatilgan.
G’umay, quypechak, oq sho’ra, yovvoyi gultojixo’roz, itqo’noq, kurmak va boshqalarning urug’lari ekinlar sug’oriladigan suvda oqib keladi va tarqaladi. Bir m3 ariq suvida 100 tagacha kurmak va itqunoq urug’i oqib kelishi aniqlangan. Jizzax viloyati, Paxtakor tumani Paxtakor xo’jaligida A.Juraqulov (1987 y) malumotlariga ko’ra, 1 m3 suvda 26 ta gacha begona o’tlar urug’i oqib kelishi aniqlangan. Qo’ytikan, g’o’zatikan, yovvoyi sabzi kabi begona o’tlarning urug’larini ilashuvchi moslamalari bo’lib, ular hayvonlar juniga yoki oyoqlariga, odamlar kiyimiga ilashib yoki yopishib o’z o’zidan tarqaladi. Qora va qizil ituzum chug’urchuqlar yordamida tarqaladi. G’alla ekinlari orasidagi begona o’tlar esa, urug’ni yaxshi tozalanmasligi natijasida tarqaladi.
Ko’pincha begona o’tlar dalalarga solingan, ayniqsa, chirimagan go’ng bilan tarqaladi. Go’ngda begona o’tlar urug’i qattiq po’stli bo’lib hayvonlarning meda ichagidan o’tganda ham hayotchanligini yo’qotmaydi va go’ng bilan dalaga qaytadi.
Zarpechak ko’pincha yantoqda tekinxo’rlik qiladi shuning uchun ham yantoqli joylarda boqilgan qo’y va echkilarning go’ngini beda, poliz, sabzavot ekinlari ekiladigan yerlarga solish ana shu ekinlarni zarpechak bosishga olib keladi.
Ajiriq, g’umay qamish kabi begona o’tlarning ildizpoyalarining qishloq xo’jalik mashinalarining ishchi organlariga ilashib tarqalishi ham mumkin. Ana shu o’tlar bor joylarda diskli boronalarda boronalash ildiz poyalarini mayda bo’laklarga bo’linishi va bir qancha, yangi o’simliklar paydo bo’lishiga olib keladi. Begona o’tlarning biologik xususiyatlarini, ko’payishi va tarqalishi har tomonlama puxta o’rganish ularga qarshi kurash choralarini samarali o’tkazishga yordam beradi.
Begona o’tlar qishloq xo’jaligiga katta zarar keltirib, u ekinlar hosili va sifatini pasaytiradi, mahsulot yetishtirish sarf-xarajatlarini oshirib yuboradi. Begona o’tlar tuproq unumdorligini pasaytiradi, uni qurib qolishiga sabab bo’lib, qishloq xo’jalik ishlarini mexanizasiyalashtirishni qiyinlashtirib, sug’orish tarmoqlarini ifloslantiradi. Begona o’tlar serurug’, urug’lari ko’p yillar unuvchanligini yo’qotmasligi, turli yo’llar bilan ko’plab tarqalish xususiyati xos bo’lib, ularga qarshi samarali kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda, eng avvalo ularni ko’payish va tarqalish xususiyatlarini bilish kerak.
AQLIY HUJUM.
Bevosita jamo bo’lib, “fikirlar hujumi”ni olib borish. Bu uslubdan maqsad-mumkin qadar katta miqdordagi g’oyalarni yig’ish, talabalarni ayni bir xil fikirlashdan holi qilish, ijodiy vazifalarni echish jarayonida dastlab paydo bo’lgan fikirlarni engishdir.
29
Begona o’tlar nima deb qanday o’simliklarga aytiladi?
Begona o’tlarning dehqonchilikdagi zararini ayting?
Begona o’tlar inson va hayvonlarga qanday zararli ta’sir ko’rsatadi?
Begona o’tlarning biologik xususiyatlari deganda nima tushuniladi?
Begona o’tlarning ko’payish xususiyatlari qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |