Tuproqning suv ko’tarish qobiliyati. Kapillyar kuchlar tasirida tuproqning suvni yuqoriga qarab ko’tarish xossasidir.
Suv o’tkazuvchanlik va suv ko’tarish tezligi sm/sek, sm/min va sm/soat, mm/soatlarda ifodalanadi.
16
Tuproqdagi kovakliklarning o’lchami 8 mm atrofida bo’lganda kapillyar kuchlar yuzaga keladi. Suvning maksimal ko’tarilishi (sizot suv sathidan yuqorida) qumli tuproqlarda 0,5-0,7, qumlik tuproqlarda 2,5-3,0 m, og’ir soz tuproqlarda 4-6 m ni tashkil etadi.
Tuproqning suv bug’latish xususiyati. Tuproqdagi namlikning malum qismi bug’lanish tufayli yo’qoladi. Namni bug’lanish miqdoriga tuproqning xossalari va tashqi sharoit tasir etadi. Bug’lanish havoning namligiga, temperaturaga, shamolning tezligiga qarab o’zgarib turadi.
Malumki, shamol tasirida, ayniqsa, bahorda yerning yuza qatlamidagi nam tez bug’lanib ketib, tuproq quriydi. Natijada, ekinlarning urug’i tuproqning tabiiy namida unib chiqmaydi, ko’chat siyrak bo’lib qoladi.
Yerning relyefi, tuproqning mexanik tarkibi, strukturasi, chirindi miqdori, tuproqning tusi ham bug’lanishga tasir etadi.
Bug’lanishni kamaytirish maqsadida sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida ekinlarni bevosita sug’orishdan oldin egat olingani maqul.
Yer betini mulchalash, yani chirigan go’ng, qipiq, g’o’zapo’choq kabi narsalar ham namning bug’lanishini ancha kamaytiradi. Tuproqdagi namning bug’lanishini kamaytirish chora-tadbirlarini ko’rish, dalalar atrofida ixota daraxtzorlari barpo etish, tuproqda kapillyar orqali namning yuqoriga ko’tarilishiga to’sqinlik qilish (boronalash, kultivasiyalash) tuproqning suv rejimini boshqarishda, suvdan samarali foydalanishda katta ahamiyatga ega.
Tuproqning suv xossalari uning mexanik tarkibiga, strukturasiga va tuzilishiga bog’liq bo’ladi. Tuproqning suv rejimi to’g’ri bo’lishi uchun tuproqning suv o’tkazuvchanligini yaxshilash, nam sig’imini oshirish, namni yuqoriga ko’tarish xususiyati va uning bug’lanish sathini kamaytirish zarur.
Sug’oriladigan dehqonchilikda tuproqning suv rejimini yaxshilash muhim tadbirlardan hisoblanadi. Tuproqda maksimal darajada nam to’plash va uning foydasiz sarflanishini, qo’yi qatlamlarga sizib ketishini, yog’in suvlarning pastlikka, shuningdek, jarlarga oqib ketishini va boshqalarni iloji boricha kamaytirish zarur.
Bevosita tuproq suv rejimini boshqarishda qo’llaniladigan tadbirlardan eng muhimi tuproqni sifatli ishlashdir. Yer sifatli ishlaganda tuproq tuzilishi yaxshilanadi, uning g’ovak, kesakli strukturasi saqlanadi va begona o’tlar yuqoladi. Namlikning bexuda sarf bo’lishi kamayadi.
Tuproqning suv rejimini boshqarishda sug’orishni to’g’ri tashkil etish va sug’organdan so’ng tuproq yetilishi bilan sifatli ishlov berish muhim ahamiyatga ega.
Almashlab ekish, yani dalalarga ekinlarni to’g’ri navbatlab ekish, yerga organik o’g’itlar solish, yerni ekishga sifatli tayyorlash va urug’ni o’z vaqtida yuqori agrotexnika qoidalari asosida ekish, o’simliklarni o’z vaqtida parvarish qilish, tuproqning suv rejimiga foydali tasir etuvchi eng muhim omillardan hisoblanadi.
1.O’simliklar hayotida suvning ahamiyati va urug’larni unib chiqishi uchun zarur bo’lgan suv miqdorini tushintirib bering?
Transpirasiya va uning koeffisiyenti deganda nima tushiniladi?
O’simliklar suvga bo’lgan munosabatiga qarab, qanday gruxlarga bo’linadi? 4.Tuproqdagi suvning shakllari qanday va ularni axamiyatini izoxlab bering? 5.Tuproqning suv xossalari va ularni axamiyati qanday?
6.Tuproqning suv rejimi va uni boshqarish to’g’risida tushuncha bering.
17
Do'stlaringiz bilan baham: |